Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Lester» bilan xayrlashgan Ranyeri oldida mashhur murabbiylar ham bosh egdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Lester» jamoasini 133 yil kutilgan chempionlik sari boshlab kelgan Klaudio Ranyeri yaqinda ishdan olingani haqida xabar berilgandi. «Lester» bilan o‘tgan mavsumda o‘ziga xos ertak yarata olgan murabbiyning iste’fosiga futbol jamoatchiligi turli xil munosabat bildirdi.

«Bizning o‘yinchilar bilan muammomiz yo‘q edi. Qoniqarsiz natijalar sabab g‘alati tuyg‘ular paydo bo‘lgani rost. Biroq Klaudio shunda ham kiyinish xonasidagi obro‘sini yo‘qotmagandi.

Klaudio bilan munosabatlarimiz a’lo darajada bo‘lgan. Kecha kechqurun u bilan uzoq gaplashdik, fikr almashdik. Undagi gaplar doim o‘rtamizda qoladi» - Kreyg Shekspir, «Lester» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi.

«Lester» uchun unutilmas onlarni taqdim etgan murabbiyga chiqish eshiklarini ko‘rsatish oson bo‘lmagan, bunisi aniq. Qaror qabul qilishdan oldin jamoa xo‘jayinlari ich-etini yeganiga shubha yo‘q. Biroq hayot beshafqat, unda kutilmagan burilishlar ham bo‘lib turadi.

Bizda rahbariyat qo‘lidan kelganicha ishlaydi. Yechilishi shart bo‘lgan birorta muammo mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, klubning Premyer-ligada qolishi uchun millionta ish qilish lozim.

Iltimosim shu —qarorimni hurmat qiling! Men «Lester»ni uyaltirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan ishga hech qachon qo‘l urmayman. Instagram bilan esa xayrlashaman. Bu yerda meni qaytib ko‘rmaysiz» - Vishay Shrivadxanaprabxa, «Lester» xo‘jayini.

Otasining yo‘lini bosib o‘tish va Angliya chempionligiga erishishni tasavvur qilish Kasper Shmeyxel uchun qiyin edi. Chunki u mamlakatning top klubida to‘p surmaydi. Italiyalik murabbiy esa shu o‘g‘ilni ham APL taxtiga olib chiqqandi.

«Nafaqat «Lester», balki shaxsan o‘zimga singgan mehnatlari uchun Klaudioga minnatdorchilik bildiraman. Birgalikda erishgan yutuqlarimiz katta hurmat va maqtovga loyiq. Hammasi uchun rahmat, boss!» - Kasper Shmeyxel, «Lester» darvozaboni.

Kontening «Chelsi»si o‘ynay boshlagach, Ranyerining «Lester»i «ishdan chiqdi». Biroq o‘tgan vaqt ichida murabbiyni nafaqat Angliyada, balki vatani Italiyadagi mutaxassislar ham tan olib bo‘lgandi.

«Kayfiyatim buzildi. Klaudioning ishdan olinganidan qattiq ta’sirlandim. Birinchidan, u mening do‘stim va yaxshi inson. Undan keyin esa ajoyib murabbiy hamdir.

Men Ranyeriga albatta qo‘ng‘iroq qilaman. Biroq hozir emas. Biroz kutgan ma’qul. Hozir uning ko‘nglidan nimalar o‘tayotganini yaxshi tushunaman» - Antonio Konte, «Chelsi» bosh murabbiyi.

Roberto Manchini «Manchester Siti» bilan APLda zafar quchgan. Biroq uning bu muvaffaqiyatini bugun hech kim eslamasligini yaxshi biladi. Ranyerining chempionligi bilan solishtirganda uniki yer bilan osmoncha farq qiladi.

«Afsus. Bu — futbol. Agar yusang zo‘rsan, yutqazsang buning uchun tovon to‘laysan. Ranyeri shunday buyuk ish qildiki, uni 2000 yildan keyin ham yaxshi eslashadi» - Roberto Manchini, murabbiy.

«Normal one» - Kloppning Ranyeri borasidagi fikrlari ko‘pchilik uchun qiziq edi.

«So‘nggi vaqtlarda g‘alati ishlar bo‘lyapti: Brexit, Tramp va mana endi Ranyeri… «Lester» rahbariyati nima sababdan bunday qarorga qo‘l urganini tushunmayman. Barcha ularning APL va Chempionlar ligasidagi holatini kuzatib turgandi. Ranyeri mo‘’jizaviy inson. U bilan ilgari bir necha bor uchrashganmiz. Balki jamoa rahbariyatidan nima sababdan bunday qarorga kelganini so‘rash kerakdir…» - Yurgen Klopp, «Liverpul» bosh murabbiyi.

Joze Mourinyo bir vaqtlar «Chelsi»da ishlagan Ranyerini troll qilishda tengsiz edi. Biroq italiyalikning «Lester»dagi faoliyatini mana shu o‘jar inson ham tan olishga majbur bo‘ldi.

«Angliya chempioni va jahonning eng yaxshi murabbiyi iste’foga chiqarildi. Zamonaviy futbol esa afsuski shunday. Klaudio, siz jilmayishda davom eting! Siz yozgan tarixni hech kim o‘chirolmaydi! Ha, aytgancha, «Lester» stadioni Klaudio nomi bilan atalishi lozim. U bunga yarasha xizmat qilib bo‘ldi» - Joze Mourinyo, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi.

Ranyerining hurmati Anchelotti ham Mourinyoni qo‘llab yubordi.

«Joze bilan hamfikr emasman. Biroq bu safar uning so‘zlariga qo‘shilmasdan ilojim yo‘q. Barcha qatori men ham hayratdaman. Lekin ishidan ayrilish — murabbiy faoliyatining bir qismi. U tarix yaratdi. «Lester» Ranyeriga barchasi uchun minnatdorchilik bildirish lozim» - Karlo Anchelotti, «Bavariya» bosh murabbiyi.

So‘nggi so‘z italiyalik qahramonning o‘zidan. Futbol jamoatchiligi bu insonni hech qachon unutmaydi!

«Kecha mening orzum sarobga aylandi. Biz APL chempionligini qo‘lga kiritgan baxtli onlarda «Lester»da bir umr qolishni o‘ylagandim. Afsuski, bunday bo‘lmadi. «Lester»dagi faoliyatim davomida meni doimo qo‘llab-qo‘vvatlab kelgan rafiqam Rozanna va butun oilamga minnatdorchilik bildiraman. Hammadan ham ko‘proq, albatta, «Lester»dan minnatdorman. Bizning chempionligimiz bir umr eslab yuriladigan ajoyib sarguzasht bo‘ldi. Jurnalistlarga ham rahmat! Ular biz futbolda yaratgan ajoyib tarixni doimiy yoritib keldi. Muxlislardan ham minnatdorman. Ular birinchi kundanoq o‘z yuraklaridan menga joy berishdi va meni sevishdi. Men ham sizlarni sevaman! Biz erishgan yutuq va natijalarni hech kim, hech qachon bizdan tortib ololmaydi. O‘ylaymanki, sizlar bu natijalarni men kabi har kuni quvonch bilan eslab turasizlar. Bu men hech qachon unutmaydigan mo‘’jizaviy va baxtli damlar edi. Sizlar bilan chempionlikka erishganim men uchun ham quvonch, ham faxrdir!» - Klaudio Ranyeri «Lester» klubi sobiq bosh murabbiyi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:55, 27.02.2017. O'qildi: 11436 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.