Oliy liganing 3-turida "Paxtakor" peshqadam "Dinamo"ni qabul qiladi.
Samarqand jamoasi hozircha oliy ligada yetakchilik qilmoqda. "Dinamo" 2 o‘yinda zafar quchdi va darvozasidan to‘p olib chiqmadi.
Jamoalar oliy ligada ayni paytgacha 44 bor to‘qnash kelishgan. 35 uchrashuvda "Paxtakor", 5 bahsda "Dinamo" g‘alaba qozongan. 4 o‘yinda kuchlar teng kelgan. "Sherlar" raqib darvozasiga 92 gol urib, darvozalaridan 22 to‘p olib chiqishgan. Toshkentda o‘tgan 22 bellashuvning 21tasida jamoamiz ustun kelgan. Samarqandliklar 2000 yil poytaxtda muvaffaqiyat qozonishgan. Bu "Dinamo"ning safarda qo‘lga kiritgan barcha ochkolari sanaladi. Mehmonda raqibimiz 22 o‘yinda 5 to‘p kiritgan xolos.
"PAXTAKOR" - "DINAMO"
Hakamlar: Olim Tolibjonov (Toshkent), Bektursin Kannazarov (Nukus), Jalgasboy Sarsenov (Nukus).
Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent).
Yoshlar tarkiblari o‘yini 11 mart, shanba kuni 14:30da Qibraydagi stadionda start olsa, asosiy jamoalar to‘qnashuvi 12 mart, yakshanba kuni "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi.