Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 14.09.2025 00:00
      • Atletiko
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 14.09.2025 17:00
      • Selta
      • 1:1
      • Jirona
      • 14.09.2025 19:15
      • Levante
      • 2:2
      • Betis
      • 14.09.2025 21:30
      • Osasuna
      • 2:0
      • Rayo Valyekano
      • 15.09.2025 00:00
      • Barselona
      • 6:0
      • Valensiya
      • 16.09.2025 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Malyorka
  • APL
      • 14.09.2025 00:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Chelsi
      • 14.09.2025 18:00
      • Byornli
      • 0:1
      • Liverpul
      • 14.09.2025 20:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Man. Yunayted
  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 14.09.2025 05:00
      • Peru
      • -:-
      • Paragvay
      • 14.09.2025 05:00
      • Boliviya
      • -:-
      • Braziliya
      • 14.09.2025 05:00
      • Venesuela
      • -:-
      • Kolumbiya
      • 14.09.2025 05:00
      • Ekvador
      • -:-
      • Argentina
      • 14.09.2025 05:00
      • Chili
      • -:-
      • Urugvay
  • «A» Seriya
      • 14.09.2025 15:30
      • Roma
      • 0:1
      • Torino
      • 14.09.2025 18:00
      • Atalanta
      • 4:1
      • Lechche
      • 14.09.2025 18:00
      • Piza
      • 0:1
      • Udineze
      • 14.09.2025 21:00
      • Sassuolo
      • 1:0
      • Lasio
      • 14.09.2025 23:45
      • Milan
      • 1:0
      • Bolonya
      • 15.09.2025 21:30
      • Verona
      • -:-
      • Cremonese
      • 15.09.2025 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Jenoa
  • Superliga
      • 14.09.2025 18:00
      • Bunyodkor
      • 1:0
      • Xorazm
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 4 12
2 Barselona 4 10
3 Atletik Bilbao 4 9
4 Xetafe 4 9
5 Vilyarreal 4 7
6 Espanyol 3 7
7 Alaves 4 7
8 Elche 4 6
9 Osasuna 4 6
10 Betis 5 6
11 Atletiko 4 5
12 Sevilya 4 4
13 Rayo Valyekano 4 4
14 Selta 5 4
15 Valensiya 4 4
16 Real Ovyedo 4 3
17 Real Sosyedad 4 2
18 Levante 4 1
19 Malyorka 3 1
20 Jirona 4 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Selta 1-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

16/09/25 Espanyol - Malyorka

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4324 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1838 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 15.09.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      08:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Трабзонспор".
      10:00 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Галатасарай".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Трабзонспор".
      16:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Истанбул Башакшехир".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      20:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Трабзонспор".
      22:00 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Галатасарай".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      02:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Трабзонспор".
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 15.09.2025

      05:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      06:15 Д/ф "Льюис Хэмилтон".
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 2.
      09:25 "Что за спорт?".
      09:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Утренняя сессия.
      12:25 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка.
      13:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка.
      15:05 "Культовые".
      15:30 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:30 Д/ф "Роковая партия".
      20:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      21:30 "Тайны звёзд спорта".
      22:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка.
      23:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка.
      00:40 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия.
      03:55 "Культовые".
      04:25 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 15.09.2025

      05:45 "Вы это видели".
      06:00 Новости.
      06:05 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 2.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Анастасия Брызгалова.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Специальный репортаж.
      13:55 Новости.
      14:00 Есть тема! Прямой эфир.
      15:30 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Уфа" - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      22:40 LIVE Громко. Прямой эфир.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Комо" - "Дженоа". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      03:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 3. Вечерняя сессия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 15.09.2025

      08:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 21. Вальдеольмос-Алальпардо - Мадрид.
      09:00 Скалолазание. Кубок мира. Финальный этап в Гуйяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      10:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 13 в Копере, Словения. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      11:30 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      12:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 21. Вальдеольмос-Алальпардо - Мадрид.
      13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 11 в Хёрстеле, Германия.
      14:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 2. Сессия 2.
      15:30 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 3. Сессия 2. Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 3. Сессия 2.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 3. Обзор.
      04:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Torgan Azar - daho akaning ukasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu galgi qahramonimiz o‘ta noyob (balki umuman tengi yo‘q!) sulola vakilidir. Uning oilasi 100 foiz bitta soha etagini tutganlardan tashkil topgan. Ota va ona hamda 4 nafar o‘g‘il - barchasi futbolchi! Ha, hikoyamiz bel-giyalik Azarlar oilasining ikkinchi farzandi Torgan haqida. «Chelsi» yetakchilaridan biri Edenning ukasi YELda «Fiorentina» oldiga «shlagbaum» qo‘ygan «Borussiya»da o‘z mavqesini sekin-asta mustahkamlamoqda. Taxmin qilish mumkinki, yaqin kelajakda qaysidir top-chempionat Azar nomli «konveyer»ning sifatli «mahsulot»lari hisobiga kuchayishi mumkin. Zero, Eden va Torganning ikki nafar ukasi ham aynan futbolchilik qismatini tanlagan.

Qon bilan kirgan futbol

Kiran va Tyerri Azar professional futbolchilar ota-onasi sifatida tanilishdan oldin o‘zlari ham millionlar o‘yini bilan jiddiy shug‘ullanishgan. Deylik, Tyerri vaqtida Belgiyaning «Brenua», «La-Luvyer» va «Tyubiz» klublarida to‘p surgan. Katta Azarning eng katta yutug‘i - jamoasi safida Belgiya ikkinchi ligasiga chiqqani. Shuningdek, u Kiran bilan  tanishganini ham shaxsiy muvaffaqiyati sifatida tilga olishga haqli. Tabiiyki, ularning yo‘llari aynan futbol tufayli kesishgan. Kiran o‘sha payt Belgiyaning «Brem Kompte» ayollar jamoasi tarkibida to‘p surardi. Tyerri esa mazkur klub o‘yinlarini tez-tez bevosita stadionda kuzatardi. Keyinchalik  ular turmush qurishdi va bo‘lajak ona homiladorlikning 3-oyi futbolchilik faoliyatini butunlay chetga surib, bor etiborini to‘ng‘ich farzandining dunyoga kelishiga qaratdi. Kiran ayni o‘sha damlar futbolda o‘zi uchun armonga aylangan nurli cho‘qqilarni farzandlari zabt etishlarini tilagan bo‘lsa, ajabmas. Xullas, futbolchilar oilasida avval Eden, yana 3 yildan keyin Torgan tug‘ildi. Er-xotin farzandlariga ism tanlashda ortiqcha bosh qotirib o‘tirmadilar - keyingi o‘g‘illari, ya’ni bo‘lajak futbolchilarga Itan va Kilian nomini berishdi. E’tiborli jihati, har ikkisi yoshligidayoq aynan ota-onasi va akalari izidan borishga ahd qilgan. Misol uchun, Kilian hozir Vengriyaning «Uypesht» klubida to‘p surmoqda. Torganning professional faoliyati esa Fransiyaning «Lans» jamoasida boshlandi. Xuddi Azar «Lill»da o‘ynash orqali «Chelsi» e’tiborini tortganidek, u ham kamtarin jamoada mahoratini oshirib bordi. Natijada Edenni «nishon»ga olgan «aristokratlar» uning ukasini ham Londonga taklif etishdi. Biroq akasidan farqli ravishda, Torganni o‘yin amaliyoti hosil qilishi uchun «Sulte Varegem»ga jo‘natishdi - ijara kelishuvi. Yosh futbolchi bu qarorga to‘g‘ri yondashdi. Umuman, u akasining muvaffaqiyatlariga hasad qilmaydi. Aytishicha, aka-ukalarni o‘zaro taqqoslash bema’nilikdan o‘zga narsa emas: «Bizni o‘zaro solishtirishdan ma’no yo‘q. Chunki akam daho, men esa hozircha hech kim... Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Hech qachon akamning mahorati va yutuqlariga nisbatan hasad tuyg‘usini his etmaganman, aksincha, uning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanaman. Shuning barobarida futbolda o‘z yo‘limni topishga intilaman».

Intilganga tole yor. Torgan Belgiya chempionatida shaxsiy mahoratini maromiga yetkazdi. Xususan, 2013 yili yupiler-liganing eng yaxshi to‘purariga atalgan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Ammo «Chelsi»ga qaytgani hamono «Borussiya» (Menxengladbax)dan taklif oldi va Germaniya bundesligasi tomon yurish boshlashni paysalga solmadi. Yangi jamoada belgiyalik hujumchiga 26-raqamli futbolka topshirildi.

Bundes-stayl

Oilaviy sulolaning yana bir e’tiborli xususiyati shuki, uning barcha a’zolari hujumkor futbolga moyillar. Shu sabablimi, faqat oldingi chiziqda to‘p surishgan va surishmoqda. Jumladan, Torgan ham hujumkor yarim himoyachi sanaladi. Umuman, u ko‘pincha hujumchi pozisiyalarida harakatlanadi. Tushunarliki, oldingi chiziq vakillaridan avvalo, samaradorlik talab etiladi. Ochiq aytish joiz, bundeslida javlon urayotgan Azarning bu boradagi ko‘rsatkichlari chakki emas. Raqamlar asosida ifoda etsak, u joriy mavsumning 27ta uchrashuvida o‘z hisobiga 10ta gol yozib qo‘yishdan tashqari, yana 7tasiga assistent bo‘ldi. Torgan texnik mahorat bobida ham akasidan qolishmaslikka intilmoqda. To‘pni tovoni yordamida jamoadoshlariga uzatish yoki sherigini raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka holatga olish chiqish unga alohida qiyinchilik tug‘dirmaydi. To‘g‘ri, ba’zan omad hujumchidan yuz o‘girgan holatlar ham uchrab turadi. Bunga misol tariqasida «Verder»ga qarshi bahsda atigi bir necha metr masofadan bo‘m-bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etolmagani yoki penaltidan «RB Leypsig» darvozasini nishonga ololmaganini aytish mumkin. Darvoqe, qahramonimiz bolalik yillari darvozabonlikka ham befarq qaramagan. «Torganning darvozabon sifatida tanilishiga shubha qilmagandim. Chunonchi, u akasi bilan bog‘da o‘ynagan payt nuqul darvozadan joy olardi. Eden esa turli nuqtalardan zarba yo‘llash asnosida uni sinovdan o‘tkazardi. Ammo bolalar davrasida o‘ynaganida, doimo oldinga intilardi. Yo‘l-yo‘lakay turli aldamchi harakatlarni amalga oshirardi»,-deydi katta Azar.

Torgan ko‘pincha jarima maydonchasi ichidagi faolligi evaziga gol uradi. Shuning barobarida olis masofalardan kuchli zarba yo‘llash mahorati ham chakki emas. Deylik, «Frayburg» darvozasini aynan uzoq masofadan nishonga olib, muxlislarni lol qoldirdi. Umuman, «Borussiya»ning boshqa a’zolari kabi Azar ham birinchi bo‘limda samaraliroq to‘p suradi. Yaqindagina Menxengladbax klubi boshqaruvini qo‘lga olgan Diter Xekking hozirda Torganga to‘liq ishonch bildirmoqda. Muntazam asosiy tarkibda maydonga tushayotgan belgiyalik hujumkor yigit taktik sxemaning o‘zgarishiga muvofiq, o‘z pozisiyasini tez-tez almashtirib turadi. Zero, Azarga xos universallik murabbiyga optimal taktik chizma tanlash imkoniyatini bermoqda. Muhimi, uning joyini o‘zgartirishidan o‘yin sifatiga putur yetmayapti.

«Borussiya» Myun, Myunx, Myunich shunchaki, nemis jamoasi

«Borussiya»ning joriy mavsumdagi ishtiroki avvalgi yildagidek emas. Ya’ni CHLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rin hozirda uning uchun - uzoqdagi cho‘qqi. Boshqacha aytsak, jamoa barqarorlikdan yiroq. Misol uchun, «Bayer»ni qiyinchiliksiz mahv etgani holda, o‘zidan pastda borayotgan «Volfsburg» yoki «Augsburg»ga ochko ulashishi hech gap emas. Qatorasiga qayd etilgan 8ta mag‘lubiyatdan ke-yin (dekabr oyida) bosh murabbiy Andre Shubert iste’foga chiqarildi. Vaholanki, u o‘tgan mavsum qayd etilgan muvaffaqiyatning asosiy ijodkori edi. Ha, avvalgi yuksak natijalar tezda unutilishini Klaudio Ranyerining «Lester»dan javob olgani yana bir marta tasdiqladi. Xullas, muammolar yuzaga kelganida, barcha fidoyiliklar esdan chiqariladi va butun e’tibor kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi.

Torgan Azarning fikricha, «Borussiya» mavsumning hal qiluvchi bosqichida umumiy vaziyatni o‘nglay oladi. «Jamoamiz saviyali futbolchilardan tashkil topgan. CHLda kuchli raqiblar bilan bitta guruhda bahslashganimizga qaramay, munosib o‘yin ko‘rsatdik. Ya’ni klubimiz yuksak salohiyatga egaligini namoyish etdi». Darhaqiqat, «Borussiya» M. nufuzli turnirda risoladagidek qatnashdi, «Barselona»ga qarshi ochiq futbol ko‘rsatishdan cho‘chimadi. Yakunda guruh bosqichini 3-o‘rinda yakunladi. Aytgancha, jamoaning musobaqadagi ishtiroki davomida bitta qiziq voqea kuzatildi: Glazgodagi qahvaxonalardan birida muxlislar «Borussiya»ni Myun, Myunx, Myunich kabi turli iboralar bilan tilga olishdi. Bundan xabar topgan menxengladbaxliklar o‘sha zahoti «Tvitter» orqali «Borussiya»-ni shunchaki, nemislar jamoasi sifatida qabul qilishni maslahat berishdi. Xullas, nemislarga xos hozirjavoblik glazgoliklarni qoyil qoldirdi. YELda «Borussiya» uchun «Fiorentina» dastlabki to‘siq sifatida gavdalandi. Italiyadagi bellashuv mezbonlarning minimal (1:0) ustunliklarida yakunlandi. Keyingi bosqich yo‘llanmasi taqdirini hal qilgan javob uchrashuvining 27-daqiqasida esa Torgan jarohatlanib, maydonni tark etdi. Ammo jamoadoshlari uni uyaltirib qo‘ymadilar - «binafsharang» jamoa ishonchli tarzda mahv etildi. Zafarda ayniqsa, «xet-trik»ka erishgan Lars Shtindlning hissasi salmoqli bo‘ldi. Mazkur ajoyib g‘alaba tabiiyki, qahramonimizni tezroq safga qaytishga undaydi. Oddiy aytsak, Azarlar sulolasining 24 yoshli vakili ham katta futbolda toblanib, mahoratiga sayqal berishda davom etyapti. Umuman, Torgan turning eng sara o‘yinchilari ro‘yxatida tez-tez qayd etilmoqda. CHLda debyutini nishonlagan, «Barsa» darvozasiga yo‘l topgan yosh hujumchini porloq kelajak kutayotganiga shubha yo‘q. Muhimi, u izlanishdan to‘xtab qolmasa, bas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:29, 13.03.2017. O'qildi: 9774 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 4
2 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
3 Хетафе Adrian Liso 3
4 Барселона Rafinya 3
5 Эльче Rafa Mir 3
6 Вильярреал Nikolya Pepe 2
7 Леванте Ivan Romero 2
8 Леванте Karl Etta-Eyong 2
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 2
10 Барселона Ferran Torres 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.