Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andijonda qilichbozlik bo‘yicha Respublika ochiq turniri start oldi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / qilichbozlik
Rukn: Yangiliklar
A A A
Andijon shahridagi yangi qurib titkazilgan “Qilichbozlik majmuasi”da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Dilshod Xamzayev xotirasiga bag‘ishlangan Respublika ochiq turniri boshlandi.   Kecha musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari       A.Egamberdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti F. Turdiyev, O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi vakillari, sport muxlislari, ommaviy axborot vositalari hodimlari va D. Xamzayevning oila a’zolari ishtirok etishdi. 
Shu o‘rinda Dilshod Xamzayev xaqida ikki og‘iz. Yoshligidan qilichbozlik sport turi bilan shug‘ullanib, bir necha bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan D. Xamzayev sportning ushbu turi bo‘yicha “Sport ustasi” unvoniga ega bo‘lgan. Katta sport bilan xayrlashgach, mehnat faoliyatini “Spartak” ko‘ngilli sport jamiyatida yo‘riqchilikdan boshlab, 2003 yilgacha sport sohasida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, 1985 yildan 2003 yilgacha Andijon viloyatidagi Respublika Olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan. 
D.Xamzayevning bevosita rahbarligi ostida mamlakatimiz sportchilari orasidan Osiyo, jahon va Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari yetishib chiqqan. Jumladan, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va jahon chempioni Muxammadqodir Abdullayev, jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari sovrindori O‘tkirbek Haydarov, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Sergey Mixaylov, Bahodir Sultonov, jahon chempioni Ruslan Chagayev (boks), jahon va Osiyo chempionati sovrindorlari I.Xalilov (og‘ir atletika), A.Aksyonova (o‘q otish), X.Raximov (engil atletika) va yuzlab sportchilar shular jumlasidandir. 
Dilshod O‘lmasovich O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlari va ko‘p yillik samarali mehnati uchun 1983 yilda “Mamlakat sport a’lochisi”, 1990 yilda “Mamalakat mehnat faxriysi”, 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy” fahriy unvoni, 1996 yilda “Jasorat” medali, 2000 yilda esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, 1997 yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ning faxriy yorlig‘i shaxsan XOQ prezidenti Xuan Antonio Samaranch tomonidan D.Xamzayevga topshirilgan. 
Uning xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan Respublika ochiq turnirida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 76 nafar erkak va 34 nafar ayol sportchilar ishtirok etishmoqda. Musobaqaning birinchi kunida shamshir (shpaga) bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Uning yakuniga ko‘ra sovrinli o‘rinlar o‘g‘il bolalar o‘rtasida mezbonlarga, qizlar o‘rtasida esa poytaxt vakillariga nasib etdi. 
Shamshir (shpaga) erkaklar  1-o‘rin Abdulbosit Nasriddinov (Andijon)  2-o‘rin Said Djeenbayev (Andijon)  3-o‘rin Javohir Nurmatov (Andijon), Jo‘rabek Jalilov (Toshkent) 
Shamshir (shpaga) ayollar  1-o‘rin Veronika Rojkova (Toshkent)  2-o‘rin Malika Xakimova (Toshkent)  3-o‘rin Sevara Suyundiqova (Toshkent), Nigora Sodiqova (Toshkent) 
 Musobaqa 18 martga qadar davom etadi.
Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:22, 14.03.2017. O'qildi: 5466 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик