"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YECHL 1/8 finalida "Monako" bilan javob uchrashuvidagi mag‘lubiyatga (1:3) izoh berdi.
Umumiy hisob 6:6 bo‘lgan qarama-qarshilikda, monegasklar safardagi gollr evaziga keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
"Biz ikkinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik, a’lo futbol ko‘rsatdik, ammo birinchi bo‘limda buni unutgan edik. Tajavuzkor tarzda himoyalanishni istadik. "Siti" ikkinchi bo‘limda "Monako"da to‘liq ustunlik qildi, ammo bu yetarli bo‘lmadi.
Odatda biz sifatli futbol ko‘rsatamiz, ammo bugun unday bo‘lmadi. BUndan saboq chiqaramiz. Jamoamizning tajribasi u qadar katta emas. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik, shuning uchun musobaqani tark etyapmiz.
Bu bosqichda standartlar juda muhim. "Barselona" va "Real" o‘tgan haftada bundan foydalanishdi, "Siti" esa - yo‘q. Jamoamiz birinchi bo‘limda kuchsiz o‘yin ko‘rsatdi. YECHL - juda talabchan musobaqa. Ba’zida omad ham kerak. Bugun bizga shu yetishmadi", - deydi Gvardiola.