Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • 2:1
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • 1:2
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • 2:2
      • Udineze
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • 4:0
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Roma
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Inter
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • 2:2
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • 3:2
      • Real Sosyedad
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Alaves
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 27 35
9 Atletik Bilbao 27 35
10 Osasuna 27 34
11 Xetafe 26 32
12 Jirona 27 31
13 Rayo Valyekano 26 30
14 Sevilya 26 30
15 Valensiya 26 29
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

08/03/26 Vilyarreal - Elche
08/03/26 Xetafe - Betis
08/03/26 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03/26 Valensiya - Alaves
10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jiji va uning «to‘da»si yoki dunyoning yosh iqtidorlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Allaqachon mashhurlikka erishgan italiyalik yosh, iqtidorli golkiper Janluiji Donnarumma yaqindagina balog‘at yoshiga yetdi. Ya’ni «Milan» darvozasini ishonch bilan himoya qilayotgan yigit 18 bahorni qarshi oldi. Soccer.ru portali shu bahona uning jahon futbolidagi eng iste’dodli tengdoshlariga zimdan nazar tashlab, o‘ziga xos ramziy terma jamoa shakllantirdi.

Darvozabon. Janluiji DONNARUMMA (Italiya) - «Milan»

Taxminiy bahosi: 20 million yevro

Yevropadagi kuchli 5ta milliy chempionatda bugungi qahramonimizdan tashqari, yana bir nafargina 18 yoshli posbon muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda - Alban Lyafon («Tuluza»). Albatta, Albanning kelajagiga ham katta umid bilan qaralmoqda, ammo ayni payt Donnarummaning saviyasi ancha baland, baribir. Negaki, Jijo «Milan»dek mashhur klub sharafini munosib himoya qilyapti, qolaversa, u mashhur adashi - Buffon bilan yaqin do‘st hisoblanadi.

O‘ng qanot himoyachisi. Feliks PASSLAK (Germaniya) - «Borussiya» D.

Taxminiy bahosi: 3 million yevro

Rur havzasida tug‘ilib-ulg‘aygan bolakay 14 yoshida taqdirini Dortmund «Borussiya»si bilan bog‘ladi. U o‘tgan yili jamoaning asosiy tarkibi mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Passlak muntazam ravishda Germaniyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalariga chaqirilgani va shu asnoda yetarli darajada xalqaro tajriba to‘plagani uchunmi, klub o‘yiniga tezda kirishib ketdi. Alohida ta’kidlash kerak, Feliks 2015 yili Fris Valter nomidagi medalga munosib ko‘rilgandi. Ya’ni Germaniya futbol ittifoqi tomonidan har yili mamlakatning eng iqtidorli yosh futbolchisiga beriladigan sovrin laureatiga aylangandi.

Markaziy himoyachi. Dayotchankul (Dayo) UPAMEKANO (Fransiya) - «RB Leypsig»

Taxminiy bahosi: 5 million yevro

Germaniyaning transfermarkt.de sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Dayoning transfer narxi ayni payt taxminan 5 million yevroga teng. Lekin fakt shuki, yanvar oyida «Red Bull» nomli klublardan biri yosh himoyachi uchun ikkinchisiga 10 million to‘ladi: Upamekano Zalsburgdan Leypsigga ko‘chib o‘tdi. Albatta, yigitchaning yangi jamoada o‘z  o‘rnini topishiga ma’lum vaqt ketishi tayin. «RB Leypsig»ning Upamekano uchun 10 «limon» bergani bejiz emas - u markaziy himoyachilarga xos fazilatlar va ustunliklari bilan tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turadi.

Markaziy himoyachi. Malang SARR (Fransiya) - «Nissa»

Taxminiy bahosi: 3,5 million yevro

Dayoning  tengdoshlari orasida ajralib turishi ayni haqiqat, ammo unga munosib raqobat taqdim etishga qodir yigit ham yo‘q emas. Gap Upamekanoning vatandoshi, ayni payt «Nissa» tarkibida Fransiya chempionligi uchun kurashayotgan Malang Sarr haqida ketyapti. E’tiborlisi, klub ustozi Lyusyen Favr yosh yigitchani qo‘rqmay muhim o‘yinlarda o‘ta mas’uliyatli pozisiyada maydonga tushir-yapti. Malang esa tabiiyki, uning ishonchini oqlashga astoydil intilmoqda.

Chap qanot himoyachisi. Luis OLIVERA (Argentina) - «River Pleyt»

Taxminiy bahosi: 1,5 million yevro

Shubhasiz, okean ortida, xususan, Janubiy Amerikada iqtidorli yosh futbolchilar safi ancha keng. Deylik, argentinalik tezkor himoyachi Luis Oliveraning o‘yinlari shu darajada chiroyli chiqmoqdaki, uni tez orada Yevropaning biror-bir top-klubida ko‘rsak, ajabmas.

Markaziy yarim himoyachi. Tomas DEVIS (Angliya) - «Everton»

Taxminiy bahosi: 1,5 million yevro

«Irislar» tarbiyalanuvchisi APL­dagi debyutini o‘tgan yilning may oyida nishonlagandi. Zero, Angliya chempionatining so‘nggi turlarida har doim yoshlarga alohida imkoniyat beriladi. Mana, Tom qisqa vaqtda asosiy tarkibga muqim o‘rnashib, sekin-asta umumiy muhitga moslashib bormoqda. Aytgancha, Devis Angliyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida sardorlik darajasigacha ko‘tarilgan va «Everton» rahbarlari undan «Yangi Jerrard» yetishib chiqishiga umid bog‘lashyapti. Bitta farq shundaki, Tom ayni payt Mersisaydning «qizil» emas, «ko‘k» tarafida.

O‘ng qanot yarim himoyachisi. Kristian PULISHICH (AQSH) - «Borussiya» D.

Taxminiy bahosi: 12 million yevro

Ochig‘ini aytganda, AQSHdan jahon darajasidagi futbolchi unchalik ko‘p yetishib chiqavermaydi. Chunonchi, amerikaliklarda millionlar o‘yiniga muhabbat juda kuchli emas. Shu boismi, Pulishichning joriy mavsum ko‘rsatayotgan «karomatlari»ga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhimi, Kristian o‘ziga qulay tuyulgan klubni tanladi. Zero, «Borussiya» va uning ustozi Tomas Tuxel yoshlarga imkon berishi bilan tanilgan. Bundesligadagi gollar va CHLdagi samarali to‘p oshirishlar - Pulishichning iqtidoridan nishona. To‘g‘ri, u hozircha barqaror emas. Ya’ni qaysidir o‘yinda ajoyib harakatlansa, keyingisida butunlay «yo‘qolib» qolyapti. Ammo vaqt o‘tishi bilan beqarorlik o‘rnini barqarorlik egallasa, ajabmas. Xullas, Pulishich keyingi bir-ikki yildayoq mazkur muammodan qutulsa kerak.

Chap qanot yarim himoyachisi. Yosip BREKALO (Xorvatiya) - «Shtutgart»

Taxminiy bahosi: 3 million yevro

Brekalo o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa va jahon chempionatlarida yorqin nur sochgach, u haqda ilk iliq fikrlar yangragandi. Shundan so‘ng Germaniyaning «Volf-sburg» klubi «Dinamo» (Zagreb)ga 6 million yevro to‘lab, yigitchani o‘z safiga qo‘shib oldi. Biroq Yosip bir urinishda «bo‘rilar» asosiy tarkibiga kirolmadi va ijara kelishuvi asosida ikkinchi bundesliga ishtirokchisi «Shtutgart»ga yuborildi. Bundan fojia yasamaslik kerak, zero, ba’zida xuddi shunday ijara safarlari bo‘lajak yulduzlarga keng yo‘l ochib beradi.

Hujumkor yarim himoyachi. Esekyel BARKO (Argentina) - «Independyente»

Taxminiy bahosi: 2,5 million yevro

Argentinalik yarim himoyachi yana bir oydan keyingina 18 yoshga to‘ladi. Lekin istisno tariqasida u ham ramziy jamoaga kiritildi. Barko hali o‘spirin bo‘lishiga qaramay, «Independyente» tarkibiga o‘rnashib, sekin-asta cho‘qqi sari intilmoqda. Esekyel hali boladek tuyulsa-da, butun boshli jamoa tizginini qo‘llarida mahkam tutib turibdi. Tushunarliki, bu uncha-muncha tajribali futbolchi qo‘lidan ham kelmaydi.

Ikkinchi hujumchi. Kilian MBAPPE (Fransiya) - «Monako»

Taxminiy bahosi: 10 million yevro

Mbappe hozirgi vaqtda mahorat sirlarini kimsan Radamel Falkaodan o‘zlashtiryapti va yigitchaning sa’y-harakatlari chakki chiqmayapti. Deylik, u Liga 1da «xet-trik»ka erishdi, CHL «pley-off» raundida «Manchester Siti» darvozasini ishg‘ol qildi. Qizig‘i shundaki, manchesterliklar o‘tgan yoz Kilian uchun 40 million yevro taklif qilib ham, uni «shaharlik»ka aylantirolmagandilar. Bugun esa yigitchaga xaridorlar safi ancha kengaydi - «Yuventus», «PSJ», «Arsenal»... Kim biladi, «Siti»ning saxiy homiylari va sohiblari yozda summani 80 millionga ko‘tarishar, balki...

Markaziy hujumchi. Aleksander ISAK (SHvesiya) - «Borussiya» D.

Taxminiy bahosi: 6 million yevro

«Yangi Ibragimovich» sifatida ta’riflanayotgan yosh hujumchi Shvesiya chempionatida  AIK uchun shunchalik ko‘p gol urdiki, natijada uning oldida qishda Madridning «Real» klubiga o‘tish varianti yuzaga keldi. Biroq Isak sog‘-lom fikr yuritib, yosh iqtidorning rivojlanishi uchun «Real»dan ko‘ra, «Borussiya» yaxshiroq ekanligini tushundi va Dormundga yo‘l oldi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Tomas Tuxel jamoasi Aleksander uchun 8,6 million yevro sarfladi va endi bu summa bir necha baravar ortishiga umid qilmoqda.

Ro‘yxatdan tashqari. Martin EDEGOR (Norvegiya) - «Real»

Agar qaysidir yosh is’tedod muddatidan oldin kelgan «engil» mashhurlik oqibati nima bilan tugashini bilishni istasa, Edegor tarixini yaxshilab o‘rganib chiqishi kerak! Axir bir necha yil oldin hattoki, dazmollar ham norvegiyalik vunderkind haqida ma’lumot beraverardi. Bu shov-shuvning yakunida Martin Madridga ko‘chib o‘tdi va yulduzlar davrasida shug‘ullandiyu, ammo saviya bobida ularga hali-veri yetolmasligini oshkor qilib qo‘ydi. Yigitcha shundan so‘ng bir muddat «Kastilya»da to‘p surdi va «Xerenven» (Gollandiya)ga yuborildi - ijara. Ehtimol, vaqti kelib, Martin hamma kutgan darajaga ham yetar? Ammo u yo‘qotilgan vaqtni endi qayta topolmasa kerak, har holda...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:44, 24.03.2017. O'qildi: 10662 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.