Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Chelsi»ning Viktor Mozes yo‘lini takrorlashga tayyor turgan 5 nafar futbolchisi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ayni payt ijara kelishuviga muvofiq, turli klublarda tajriba oshirayotgan futbolchilardan ayrimlari yaqin orada «Chelsi»ga qaytib, asosiy tarkibdagi joyga dangal da’vo qilishlari mumkin. Mana, Viktor Mozes yaqinda londonliklar bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Bu uning asosiy tarkib o‘yinchisi maqomini olganiga yakuniy dalildir. Vaholanki, nigeriyalik futbolchi avvalgi mavsum «Vest Xem»da ijara shartnomasini o‘tagan va doimiy ravishda asosiy tarkibdan joy olish masalasi ancha qiynalgandi. Umuman, bu yigit naq 3 yillik muhlat ichida «Chelsi»ning loaqal bitta rasmiy o‘yinida ham ishtirok etmagandi. Bosh murabbiylik vakolati Antonio Konte ixtiyoriga berilganidan keyin nigeriyalikning tarkibga kirishi tugul, klubda qolishiga ham ishonch past edi. Qarangki, voqealar mutlaqo boshqacha rivojlandi: Mozes mavsumlar oralig‘idagi yig‘inlarda shu qadar yorqin taassurot uyg‘otdiki, italyan mutaxassisi unga maydonda alohida rol topshirishni paysalga solgani yo‘q. Mana, Viktor oktyabr oyidan buyon birorta o‘yinni o‘tkazib yubormadi va muhimi, londonliklarning ijobiy natijalariga sezilarli ulush qo‘shmoqda. Ha, oxirgi vaqtlarda ertaknamo tarixlar APL uchun odatiy holdek bo‘lib qoldi. Xo‘sh, yana kimlar Viktor Mozes yo‘lini takrorlash imkoniyatiga egalar. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda «Chelsi»ning naq 37 nafar futbolchisi ijara kelishuvi bo‘yicha boshqa klublarda to‘p surmoqda. Tabiiyki, ulardan ayrimlari keyingi mavsumdayoq «ko‘klar» safiga qaytishlari mumkin.

Keysi Palmer

«Xaddersfild Taun» joriy mavsum APL yo‘llanmasini yutishdan umidvor. Bu jamoa ayni payt chempionship turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Xaddersfild» xususan, «Chelsi»dan taklif etilgan Palmerga katta ishonch bilan qarayapti. 20 yoshli hujumchi ortda qolgan 7 oy ichida bu ishonchni to‘la oqladi. Deylik, 5ta gol urishdan tashqari, yana 3tasiga assistentlik qildi. Uning fevral oyi boshidan buyon jarohat sabab, maydonga tusholmayotganini ham qo‘shimcha ma’lumot sifatida keltirish joiz. Ha, Keysi safdan chiqmaganida, statistikasi yanada yaxshi bo‘larmidi? U maydonda aqlga tayanib o‘ynashi bilan ajralib turadi. Ko‘plab uchrashuvlarda «Xaddersfild»ning qanday harakatlanishini belgilab bergani esa, yigitcha yetakchilik xususiyatidan bebahra qolmaganidan dalolat. Eng asosiysi, u juda yosh va hali barcha xususiyatlarini yanada mukammallashtirish imkoniyatiga ega. Taxmin qilish mumkinki, Palmer ham Kontening «Chelsi»si o‘yiniga bemalol moslashishga qodir. To‘g‘ri, asosiy tarkibdan joy olishda keskin raqobatga duch kelishi ta-yin.

Izzi Braun

Palmer avgust oyidayoq «Xadder-sfild» uy stadioni tribunalari yoqimtoyiga aylangan bo‘lsa, Izzi Braun «teryerlar» safiga yanvarda qo‘shildi. U bungacha «Roterxem» ro‘yxatida edi, biroq bu klubda o‘zini mutlaqo begona sezdi. Ya’ni tarkibidan joy ololmadi. Qolaversa, «Roterxem»ning ishlari sira yurishmadi - oxirgi pog‘onalarda yurdi. Braunning maydondagi o‘xshovsiz harakatlariga qarab, yana bir iqtidor «ochilmay turib, so‘nishi»ni bashorat qilishdi. Lekin futbolchi «Xaddersfild»ga o‘tishi hamono barchasini keskin o‘zgartirdi. Qisqasi, boshqa saviyadagi futbolchilar davrasiga tushgan Izzi darhol yog‘du tarata boshladi va jamoa hujumida barqarorlik ramziga aylandi. Harqalay, «Chelsi»dan kelgan jamoadoshidan ortda qolmasligini isbotlayapti. Qisqa vaqt ichida 11 marta maydonga tushgan Brauning 4ta gol urgani o‘zgarish ko‘lamini ko‘rsatib turibdi. U xususan, «Lids»ga qarshi derbi o‘yinida ham o‘z nomiga aniq zarba yozib qo‘ydi. Braun qaysidir ma’noda benazir futbolchilar sirasiga kiradi. U bo‘ydor va baquvvat, shuning barobarida juda chaqqon, texnik salohiyati mukammal. Yana to‘pga bir teginishdayoq vaziyatni keskinlashtirishga urinishi maqtovga loyiq. Xullas, Izzi zamonaviy «Chelsi»ga ideal darajada mos keladi. Aytgancha, londonlik muxlislar bu yigit haqida eshitib ulgurishdi va undan ko‘p narsa kutishyapti.

Temmi Abraxam

Hujumchi saviyasini nimalar asosida to‘g‘ri baholash mumkin? Tushunarliki, avvalo, uning statistik ko‘rsatkichlariga qarash kerak. Demak, muddaoga o‘tsak, Temmi Abraxam joriy mavsum «Bristol Siti» uchun naq 21ta gol urishga ulgurdi va shu natijasining o‘zi ko‘p narsani anglatadi. Shubhasiz, Abraxamning «Eshton Geyt» stadioniga ijara safari juda omadli bo‘ldi. Yangi klubidagi debyut o‘yinini gol bilan bezagan hujumchi hamon to‘xtayotgani yo‘q. Umuman, gap chempionship-2016|2017ning bosh yulduzlaridan biri haqida ketmoqda. Uning faolligi boshqa yigitlarga ilhom bag‘ishlayotgandir. Abraxam ayni payt mavsum-2014|2015da «Midlsbro» safida porlagan Patrik Bemfordni eslatyapti. U hattoki, yaxshiroq ham. «Chelsi»ning doimiy ravishda jiddiy goleadorga ehtiyoj sezmoqda va hamma yozda asosiy hujumchi rolida yangi futbolchi ko‘rmoqchi. Lekin kimgadir million-million sarflash shart emas, axir Abraxamdek tayyor hujumchi bor.

Andreas Kristensen

Futbol birgina hujumdan iborat emas va «Chelsi» himoyani ham muntazam kuchaytirib borishi shart. To‘g‘ri, jamoaning orqa chizig‘i joriy mavsum a’lo darajada ishlayapti. Ammo kimdir safdan chiqqudek bo‘lsa, muammolar yuzaga kelishi hech gap emas. Qolaversa, «Chelsi»ning bu safar yevrokuboklardan chetda ekanligini unutmaslik kerak. Shunday ekan, keyingi mavsumda zaxira kuchlariga ehtiyoj sezilishi tayin. Menxengladbaxning «Borussiya»sida 2 yil o‘ynagan Andreas Kristensen esa «Chelsi» himoyasiga nomzodlardan biridir. Harqalay, u jiddiy jamoada yetarlicha tajriba to‘pladi va o‘zi ham Londonga qaytish ilinjida. Muhimi, alohida iqtidori borligini allaqachon isbotlagan Andreas aynan Konte qadrlaydigan ko‘plab xususiyatlarga ega. U aqlli, o‘yinni nozik ilg‘aydi, me’yor darajasida tajovuzkor va havo kurashida Gari Keyxill yoki Sesar  Aspilikuetadan kam emas. Kristensen Germaniyada uyaltirib qo‘ymadi va endi «Chelsi» himoyani kuchaytirishga ajratilgan mablag‘ni tejashi mumkin.

Lyuis Beyker

«Chelsi» rahbariyati tomonidan ijara asosida boshqa jamoalarga yuborilgan futbolchilar orasida Beyker bilan tenglashadigani topilmasa kerak. Angliyalik yigit Gollandiya eredivizionidagi 2 yillik faoliyati davomida «Vitess»ning muhim futbolchisiga aylandi. U - katta klublarda o‘z o‘rnini topish salohiyatiga ega ajoyib yarim himoyachi. Deylik, xuddi Sesk Fabregas kabi himoyani mustahkamlashi ham, hujumga rang-baranglik olib kirishi ham mumkin. Zero, o‘yin holati va standart vaziyatdan gol urishni birdek qoyillatadi. Hattoki, hozirgi «Chelsi»da bunday xususiyatlarga ega o‘yinchilar ko‘p emas. 21 yoshli yarim himoyachida universallik ham binoyidek: markazda (misol uchun, N~Gole Kante bilan) yoki oldinroqda (Diyego Kosta bilan) harakatlanishi mumkin. Ijara kelishuvi Beykerning o‘sishiga katta yordam berdi. Lekin Gollandiyada uning qiladigan ishi qolmadi. Boshqacha aytsak, 2 yil ichida yuqorilashga munosibligini to‘la-to‘kis isbotladi. «Chelsi» kech bo‘lmasidan buni tan olishi kerak. Aks holda, qaysidir chaqqon klub Beykerni ilib ketishi hech gap emas...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:41, 25.03.2017. O'qildi: 9657 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик