Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Gazprom”ning “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining beshinchi mavsumi start oldi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

"Gazprom” — FIFA va futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan  beshinchi mavsumi start olganini e’lon qildi.

2017 yilda loyihaning jo‘g‘rofiyasi ancha kengaydi: ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, ya’ni, ikki barobar ko‘paydi. Bu yil ilk bor “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida Meksika va AQSHdan keladigan bolalar ishtirok etadi. Shunday qilib, loyiha to‘rtta qit’a – Afrika, Yevroosiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikaning yosh futbolchilarini birlashtirdi.

Beshinchi mavsum yangicha formatda o‘tadi. Har xil mamlakatlarning futbol klublarini ifoda qiladigan jamoalar o‘rniga yosh futbolchilar sakkizta baynalmilal terma – Do‘stlik terma jamoalariga birlashtiriladi.

Shu yilning 16 mart kuni bo‘lib o‘tgan ochiq qur’a marosimida terma jamoalarning mamlakatlar bo‘yicha tarkibi, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarning vakillari uchun o‘yin pozisiyalari aniqlandi. O‘yinchilarni yakka tartibda tanlab olish “Do‘stlik estafetasi” doirasida o‘tadi. “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining xalqaro tashkiliy qo‘mitasi milliy futbol federasiyalari bilan birgalikda 2017 yilda o‘z mamlakatlarini ifoda qiladigan yosh futbolchilarni tanlab oladi. Sakkiz kishilik jamoalar 12–14 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar, shu jumladan, imkoniyati cheklangan bolalardan shakllantiriladi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchilari bo‘ladigan mamlakatlar: Avstriya, Ozarbayjon, Jazoir, Argentina, Armaniston, Bangladesh, Belarus, Belgiya, Bolgariya, Boliviya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Venesuela, Vyetnam, Gana, Germaniya, Gresiya, Daniya, Misr, Hindiston, Iroq, Eron, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, Latviya, Liviya, Litva, Makedoniya, Meksika, Mozambik, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Polsha, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Suriya, AQSH, Tojikiston, Tanzaniya, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Urugvay, O‘zbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shveysariya, Estoniya, Yaponiya, JAR.

Qur’a tashlash internet-konferensiya rejimida o‘tkazildi. Marosimda Do‘stlik terma jamoalarining quyidagi yosh trenerlari qatnashdilar: Mixail Babich (16 yosh, Rossiya), Rene Lampert (15 yosh, Sloveniya), Stefan Maksimovich (15 yosh, Serbiya), Felipe Soares (17 yosh, Portugaliya), Charli Sui (12 yosh, Xitoy), Elvira Xersog (16 yosh, Shveysariya), Igor Grisyuk (14 yosh, Ukraina) va Brendon Shabani (15 yosh, Buyuk Britaniya), shuningdek, loyihaning Xalqaro matbuot-markazi vakili Liliya Matsumoto (15 yosh, Yaponiya).

25 aprel kuni Xalqaro Futbol va Do‘stlik kunini nishonlash doirasida o‘n ming nafarga yaqin bolalar va kattalar dastur ishtirokchilariga qo‘shiladi. Ularning har biri loyihaning rasmiy ramzi – tenglik va sog‘lom turmush tarziga ixlosmandlikning ramziy ifodasi bo‘lib xizmat qiladigan, ko‘k va yashil rangli iplardan tarkib topgan do‘stlik Bilaguzugini boylaydi. 

1 iyul kuni Sankt-Peterburgda Do‘stlik uchun Futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionat bo‘lib o‘tadi,  uning doirasida turli millat, jinsga mansub va jismoniy imkoniyatlarga ega yosh o‘yinchilardan tarkib topgan jamoalar maydonga tushadi.

2 iyul kuni Beshinchi “Futbol do‘stlik uchun”  Xalqaro Forumi bo‘lib o‘tadi, unda bolalar mashhur futbolchilar va jurnalistlar bilan birgalikda loyiha qadriyatlarining turli mamlakatlarda ilgari surilishi masalalarini muhokama qiladi.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining oxirida Forum ishtirokchilari “Sankt-Peterburg Arena” stadionida Konfederasiyalar kubogi–2017 final o‘yinini tomosha qiladi.

An’ana bo‘yicha, butun mavsum davomida xalqaro bolalar matbuot-markazi ish olib boradi. Yosh jurnalistlar katta yoshdagi muxbirlar bilan bir qatorda barcha muhim tadbirlarga qatnashadi.

“Gazprom” kelajakka mo‘ljallangan dunyo miqyosidagi loyihalarni amalga oshirmoqda va “Futbol do‘stlik uchun” bunga aynan muvofiq keladi. Atigi to‘rt yil mobaynida ishtirokchi mamlakatlarning soni sakkiz barobar ko‘paydi. Bu yil Sankt-Peterburgda bir paytning o‘zida to‘rt qit’aning yosh futbolchilari uchrashadi. Bu esa ijtimoiy loyihamizning qadriyatlari butun sayyoramizdagi bolalar va o‘smirlar uchun tushunarli hamda muhim ekanligini bildiradi”, – dedi “Gazprom” OAJ Boshqaruvining raisi Aleksey Miller.  

“Gazprom” kompaniyasining tashabbusi – butun dunyodagi bolalarni tinglash imkoniyatini beradi. Biz “Futbol do‘stlik uchun” dasturining maqsadlari va eng muhim qadriyatlarini 100 foiz qullab-quvvatlaymiz. Biz dastur tashkiliy qo‘mitasining Futbol bo‘yicha FIFA 2018 Jahon chempionatigacha barcha tashabbuslariga ko‘maklashishdan juda xursand bo‘lamiz”, – dedi FIFA tijorat direktori Flipp Le Flok.

“Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar ijtimoiy dasturi “Gazprom” kompaniyasi tomonidan “Gazprom – bolalar uchun” global ijtimoiy dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi – bolalar futbolini rivojlantirish, har xil mamlakatlarning bolalari o‘rtasida tolerantlikni va har xil madaniyatlarga hamda millatlarga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash. Ishtirokchilar qo‘llab-quvvatlaydigan va ilgari suradigan muhim qadriyatlar: do‘stlik, tenglik, odillik, sog‘liq, tinchlik, fidokorlik, g‘alaba, an’analar va shon-sharaf.

Har yilgi “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro forumi loyihaning bosh voqeasi bo‘lib hisoblanadi, unda butun dunyodan kelgan yosh futbolchilar to‘planadi va OAV vakillari hamda mashhur futbolchilar bilan birga qadriyatlarga butun jahonda amal qilinishi masalalarini muhokama qilishadi.

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasining maxsus mukofoti – “To‘qqiz qadriyat” kubogi. Bu g‘aroyib  sovrin har yili loyihaning qadriyatlarini hayotga tatbiq etadigan ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirayotganligi uchun professional futbol klublaridan biriga topshiriladi. G‘olibni “Futbol do‘stlik uchun”  loyihasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning barchasida bo‘lib o‘tadigan ovoz berish yo‘li bilan loyihaning yosh elchilari tanlaydi. 

Har yili loyihaga butun jahon bo‘ylab minglab ishtirokchilar qo‘shilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi mobaynida uning jo‘g‘rofiyasi ancha kengaydi – 2013 yilda 8 mamlakat qatnashgan bo‘lsa, 2017 yilda 64 mamlakat ishtirok etadi. Yuzlab yosh futbolchilar “Futbol do‘stlik uchun” harakatining va o‘z mamlakatlarida uning qadriyatlarining elchilariga aylanmoqdalar. “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining ramzi – Do‘stlik Bilaguzugini – butun jahon bo‘ylab 400 mingdan ziyod insonlar, shu jumladan bolalar, kattalar, mashhur sportchilar va jurnalistlar, artistlar va siyosatchilar va har xil mamlakatlarning prezidentlari  taqib yuradi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:10, 30.03.2017. O'qildi: 5898 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.