Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Edgardo Bausa: «G‘alabaga hamisha ishonaman»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Argentina terma jamoasi murabbiylari ish olib boradigan korpusga kirganda, ko‘zingiz ikkita katta suratga tushadi. Bu Sesar Luis Menotti va Karlos Salvador Bilardoning rasmlaridir. Argentina termasi aynan shu murabbiylar qo‘l ostida 1978 va 1986 yillarda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

- Bu yerda ish boshlaganimdan buyon suratim shu devorda bo‘lishini istaganman,-deb gap boshladi «Albiseleste»ning hozirgi ustozi Edgardo Bausa FIFA.com. saytiga bergan intervyusida.— Bilaman bu sharafga erishish oson bo‘lmaydi. Chunki buning uchun kamida jahon chempionligini qo‘lga kiritishingiz kerak. Biroq aynan shunday o‘ylar ishimga sidqidildan kirishishimga yordam beryapti. Mundialda g‘olib chiqish uchun jamoani qanday tayyorlash kerakligini bilaman.

Bausa maqsadga erishish uchun qanday mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tish lozimligini yaxshi biladi. Shunga qaramay, u JCH-2018 saralash bahslarida Janubiy Amerika mintaqasi turnir jadvaliga e’tibor bermaydi. Ayni payt argentinaliklar 5-o‘rinni band etib turishibdi. Bu esa jamoaga faqat xalqa­ro o‘tish bosqichida ishtirok etish huquqini beradi, xolos.

- Turnir jadvaliga qarashimga hojat yo‘q. Shundoq ham ko‘chada har kuni eslatib turishadi. Hozirda miyamda faqat ikkita fikr bor. Birinchisi, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Ikkinchisi esa, Rossiyadagi turnirda finalga chiqish.

Bugun Argentina terma jamoa­sini og‘ir o‘yin kutib turibdi. Jamoa Buenos-Ayresda Chilini qabul qiladi. Chililiklar jadvalda to‘rtinchi o‘rinda borishmoqda va argentinaliklardan bir ochko ko‘p jamg‘arishgan. Albatta, bu o‘yinni finalga tenglasa bo‘ladi. Xabaringiz bor, Argentina qatorasiga ikkita Amerika kubogining finalida Chiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi.

- Bu o‘yinni finalga tenglamagan bo‘lardim. Lekin aynan shu uchrashuv katta ahamiyatga ega. Eng avvalo, jamoa­dan ikkita final qarg‘ishini olib tashlash kerak. O‘sha uchrashuvlarda biz mag‘lub bo‘lmaganmiz, ammo penaltilar seriyasida yutqazganmiz. Bir so‘z bilan aytganda, Chiliga qarshi o‘yin juda muhim. Chunki jadvaldagi asosiy raqobatchimiz ham aynan Chili. Agar g‘alaba qozonsak, qarg‘ishdan qutulgan bo‘lamiz.

Bausa futbolchilarning ruhiy tushkunlikka tushishlaridan emas, balki raqibning kuchli ekanidan cho‘chiydi, xolos.

- Terma jamoamizning barcha futbolchilari sayyoraning eng yaxshi klublarida to‘p surishmoqda. Chililiklar maydon markazida ancha kuchlilar. Yaxshi pressing tashkil qilishadi va kalta paslarda o‘ynashadi.

E’tiborli tomoni, Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Pissi Bausaning do‘stidir. Chiliga qarshi uchrashuvdan so‘ng Argentinani yana bir qiyin o‘yin kutib turibdi. Keyingi turda Bausa jamoasi dengiz sathidan 3600 metr balandlikda joylashgan Boliviya poytaxti La-Pasga tashrif buyuradi.

- Barchasi vaziyatga bog‘liq. Dastlab Chiliga qarshi o‘ynaymiz. Undan keyin o‘z maydonida juda kuchli hisoblangan Boliviya bilan o‘yin kutib turibdi. Boliviyaliklar ham jadvaldagi o‘rinlarini o‘nglab olishga harakat qilishmoqda.

Boliviya joriy saralash bos­qichida o‘z maydonida ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi. Bausa Ekvadorning «LDU Kito» jamoasida besh yil faoliyat olib borgan. Shunday ekan, tog‘ sharoitida qanday o‘ynash lozimligini yaxshi biladi. Zamonaviy jamoalar kombinasion futboldan tashqari, bo‘lajak o‘yinga qanday reja tuzishni ham yaxshi o‘zlashtirib olishdi. So‘nggi 20 daqiqada kuchli o‘yin namoyish qilish muhim.  Argentinaliklar ustozining aytishicha, uning jamoasi keraksiz besh ochkoni yo‘qotgan. «Albiseleste» kutilmaganda o‘z maydonida Paragvayga imkoniyatni boy berdi va Peru bilan durang o‘ynadi. Agar shu bahslarda 100 foizlik natija qayd etilganida, Argentina terma jamoasi turnir jadvalida yuqoriroq o‘rinda bo‘lishi aniq edi. Shu bois ham navbatdagi ikkita tur argentinaliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

- Bizning mintaqada turnir jadvali bunchalik tig‘iz bo‘lganini eslay olmayman. Agar Chilini mag‘lub etsak, mundialga chiqish uchun ajo­yib imkoniyatga ega bo‘lamiz. Bu futbolchilar va mamlakat xalqi uchun ajoyib voqelik bo‘lardi. Hayot meni shu narsaga o‘rgatdi - omadsizlik va omadning orasidagi farq o‘ta qisqa. Ammo o‘z oldimga hamisha yuqori maqsadlarni qo‘yaman va g‘alabaga hamisha ishonaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:58, 30.03.2017. O'qildi: 6818 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.