Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 9 20
2 O‘zbekiston 9 18
3 BAA 9 14
4 Qatar 9 13
5 Qirg‘iziston 9 7
6 KXDR 9 3

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Janubiy Koreya 9 19
2 Iordaniya 9 16
3 Iroq 9 12
4 Ummon 9 10
5 Falastin 9 9
6 Kuvayt 9 5

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 9 20
2 Avstraliya 9 16
3 Saudiya Arabistoni 9 13
4 Indoneziya 9 12
5 Bahrayn 9 6
6 Xitoy 9 6

O'tgan o'yinlar.

9-тур Avstraliya 1-0 Yaponiya
9-тур Indoneziya 1-0 Xitoy
9-тур BAA 0-0 O‘zbekiston
9-тур Bahrayn 0-2 Saudiya Arabistoni
9-тур Ummon 0-3 Iordaniya
9-тур KXDR 2-2 Qirg‘iziston
9-тур Qatar 1-0 Eron
9-тур Iroq 0-2 Janubiy Koreya
9-тур Kuvayt 0-2 Falastin

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.06.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Айнтрахт Франкфурт".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Унион Берлин".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      11:40 Новости футбола.
      11:45 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Хайденхайм 1846".
      13:45 Новости футбола.
      13:50 Чемпионат Германии. "Боруссия Мёнхенгладбах" - "Боруссия Дортмунд".
      15:50 Новости футбола.
      15:55 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Санкт-Паули".
      17:55 Новости футбола.
      18:00 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Майнц 05".
      20:00 Новости футбола.
      20:05 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Фрайбург".
      22:05 Новости футбола.
      22:10 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Унион Берлин".
      00:10 Новости футбола.
      00:15 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Хайденхайм 1846".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 Чемпионат Германии. "Боруссия Мёнхенгладбах" - "Боруссия Дортмунд".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.06.2025

      05:20 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталии, Турция. Классический лук. Личное первенство.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Самбо. Кубок мира. Этап в Ереване, Армения. День 2.
      09:05 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      10:35 "Страна спортивная".
      10:50 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталии, Турция. Блочный лук. Команды.
      13:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:35 Академическая гребля. Большая Московская регата.
      15:50 "Непобедимый".
      16:20 "Легенды овального мяча".
      16:50 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      18:15 Бокс. Кубок Победы. Этап 1 в Перми, Россия.
      20:10 "Лучшие из лучших".
      20:40 LIVE Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. FBK Stadium в Хенгело, Нидерланды. Прямая трансляция.
      22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталии, Турция. Блочный лук. Команды.
      00:55 "География спорта". Москва.
      01:20 "Непобедимый".
      01:50 Академическая гребля. Большая Московская регата.
      04:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.06.2025

      05:00 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. "Динамо" (Москва) - "ВВА-Подмосковье" (Монино).
      08:00 "Футбол на все времена".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Елена Соколова.
      11:25 "Вопреки всему".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 171 в Краснодаре, Россия. Ислам Омаров против Алексея Полпудникова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Непридуманные истории". Новосибирская область.
      17:10 "География спорта". Москва.
      17:40 Новости.
      17:45 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Роковая партия".
      21:00 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. Финал. ЦСКА (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). 6-й матч. Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 Специальный репортаж.
      01:55 Пляжный волейбол. Чемпионат России. Этап в Магнитогорске. Женщины. Матч за 3-е место.
      02:55 Пляжный волейбол. Чемпионат России. Этап в Магнитогорске. Мужчины. Матч за 3-е место.
      03:55 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 5 в Риме, Италия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.06.2025

      06:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      07:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 1.
      09:00 Теннис. "Ролан Гаррос". Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Карлос Алькарас (Испания).
      10:30 Теннис. "Ролан Гаррос". Лучшие моменты.
      11:30 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 1.
      13:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 2. "8 часа Спа" в Бельгии. Лучшие моменты.
      14:30 Теннис. "Ролан Гаррос". Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Карлос Алькарас (Испания).
      16:00 Велоспорт. Тур Словении. Этап 5.
      17:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 1.
      18:25 LIVE Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 2. Прямая трансляция.
      20:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      21:30 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 5 в Каннах, Франция.
      23:15 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 2.
      00:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 1 эп.
      00:15 Скалолазание. Кубок мира. Этап 7 в Праге, Чехия. Женщины. Болдеринг. Финал.
      01:00 Теннис. "Ролан Гаррос". Лучшие моменты.
      02:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 2.
      03:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 11 в Кегумсе, Латвия. Класс MX2. Гонка 1.
      03:45 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 11 в Кегумсе, Латвия. Класс MXGP. Гонка 1.
      04:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 11 в Кегумсе, Латвия. Класс MX2. Гонка 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"RB Leypsig" klubi xo‘jayini Mateshisning yuksalish tarixi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mashhur Forbes jurnali yaqinda sport klublarining eng boy xo‘jayinlariga bog‘liq yangi reyting jadvalini e’lon qildi.

Undan ma’lum bo‘lishicha, futbol jamoalari «boss»lari orasida eng boyvachchasi - Ditrix Mateshis. «Red Bull» kompaniyasi rahbari sanalgan bu inson sayyoramizning turli nuqtalarida bir qator klublar boshqaruvini o‘z ixtiyoriga olgan. Yangi reyting e’lon qilingach, Bombardir.ru sayti darhol avstriyalik magnatga alohida e’tibor qaratib, uning qanday yo‘llar orqali shu darajaga chiqqanini aniqlashga urindi.

Eng boy xo‘jayin. Jurnalda e’tirof etilishicha, Mateshis sport klublari xo‘jayinlari orasida boyligi miqdori bo‘yicha 4-o‘rinda bormoqda. Uning umumiy boyligi 13,4 mlrd. dollarga baholangan. Xullas, Ditrix futbol klublari rahbarlari reytingida 1-o‘rinda va unga hattoki, Roman Abramovich («Chelsi» xo‘jayini hisobida 9,1 mlrd. dollar bor) ham teng kelolmaydi. Mateshis ayni payt 4ta klub egasi hisoblanadi: «Nyu-York Red Bullz», «Red Bull Brazil», «Red Bull Zalsburg» va «RB Leypsig». U o‘z qaramog‘idagi korporasiyani 1987 yili yaratgan bo‘lib, ushbu brend ayni payt dunyo bozorida sotilayotgan energetik ichimliklarning 70 foizini nazorat qiladi. Boshqacha aytganda, «Red Bull» 2015 yili 6 milliard dona idishda mahsulot sotdi. Mateshis kompaniyasi ichimligi ayniqsa, talabalar o‘rtasida keng ommalashgan. Raqamlar asnosida ifodalasak, «Red Bull» ichimligi 160dan ko‘p  mamlakatga eksport qilinadi va u iste’molchilar uchun allaqachon adrenalin manbasi, ekstra-sifat hamda haqiqiy idealga aylanib ulgurgan.

Tailand tomondan kelgan g‘oya. Mateshis aslida  marketolog diplomiga ega va vaqtida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlagan ham. Deylik, faoliyatini Unileverda boshlab, keyin Jacobs Coffee kompaniyasida mehnat qildi. Shundan so‘ng Blendax firmasi bilan shartnoma tuzdi. Ditrix aynan shu joyda top-menejerga aylandi. Tabiiyki, u xizmat yuzasidan tez-tez xorijga chiqib turardi. Mateshis shunday safarlardan biri, ya’ni Tailandda tasodifan gazeta sotib oladi va mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qandaydir quvvatlantiruvchi ichimlik haqida ma’lumot oladi. Eng muhimi, maqolada Tailandning eng yirik 20 nafar soliq to‘lovchisi (ya’ni ishbilarmonlar) mazkur mahalliy ichimlik haqida ijobiy fikr bildirishgandi. Shu tadbirkorlar orasida ko‘rsatilgan Tayse ismli shaxs «Qizil buqa» nomli ichimlik ishlab chiqaradigan korxonaga rahbarlik qilardi. O‘sha paytlar Yevropada insonni tetiklashtiruvchi bunday mahsulot turi haqida deyarli hech kim eshitmagandi. Tabiatan uddaburon Ditrix esa oldida o‘ta qulay imkoniyat hosil bo‘lganini darhol tushunib yetadi. Shu tariqa u oradan ma’lum muddat o‘tgach, tailandlik hamkori bilan birga 500 ming dollardan dov tikib, Avstriyada xuddi shunday ichimlik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Mahsulot nomi o‘zgarmay qoladi, ammo endi u inglizcha yanada jarangdor yangrardi - Red Bull. Shubhasiz, hamkorlar avvaliga rosa qiynalishadi, ammo Mateshis omad kelishiga to‘la-to‘kis ishonardi. Uning ishtiyoqini hattoki, Avstriya Sog‘liqni saqlash vazirligi qarshiligi ham sindirolmaydi. Zero, vazirlikdagi rahbarlar ichimlik tarkibida taurin (yurak faoliyatiga ta’sir  ko‘rsatadigan aminokislotalar) unsuri borligi uchun uni sotuvga chiqarish yo‘lini to‘sishadi. Ya’ni 3 yil davomida tegishli ruxsatnoma berishmagandi. Ditrix esa ulardan rozilik olmay turib, Alp tog‘lari yon bag‘rida kompaniyaning birinchi ofisini qurishni boshlaydi.

 

Yiliga 100 million dona. G‘oya amalga oshirilgach, marketing sohasida yaxshigina tajriba hosil qilgan Mateshis omma e’tiborini o‘z mahsulotiga qaratish payiga tushadi. Inson tanasidagi adrenalin miqdorini oshirib, qo‘shimcha quvvat va tetiklik bag‘ishlaydigan «Red Bull», ayniqsa, talabalarning betartib hayotiga juda mos kelardi. Shu bois, Ditrix Tailandda mahsulotning asosiy xaridori sifatida baholangan haydovchilar variantidan voz kechadi va mahsulotni sotishga ruxsat berilgach, darhol talabalarga mo‘ljallangan reklama-tashviqot ishlariga alohida yondashadi. Ta’kidlash lozim, dastlabki 2 yil tadbirkorlarga foyda emas, zarar keltiradi. Biroq ishbilarmon Mateshis yengilmaydi: u so‘nggi chorani ishga solib, bir guruh chiroyli, kelishgan qizlarni ishga qabul qiladi. Ular zimmasiga yuklangan vazifa talabalar to‘planadigan turli kechalarga borib, yig‘ilganlarga bepul ichimlik tarqatishdan iborat edi. Bu tadbir samarasiz ketmaydi, ya’ni ichimlik ta’mi talabalarga yoqib qoladi va shundan so‘ng mahsulotga talab keskin kuchayadi. Kuchayish ham gapmi, «Red Bull» kosmik tezlik bilan ommalashib ketadi. Raqamlar bilan izohlasak, mazkur foydali reklamadan so‘ng ichimlik sotuvi hajmi bir yilda 100 million bankaga yetadi.

Qarangki, Mateshis hattoki, shu ko‘rsatkichga ham qoniqmay, umuman aqlga sig‘maydigan reklama loyihalariga pul sarflay boshlaydi. Deylik, u avstriyalik ekstremal Feliks Baumgarterni stratosferadan o‘zini tashlashga ko‘ndiradi. Hech nimadan hayiqmaydigan yigit esa azbaroyi Red Bull reklamasi 39 km. (!) balandlikdan yerga sakrab, tovush tezligidan o‘zib ketadi va bir necha rekordlarni yangilaydi. Yana bir kaskadyor loyiha doirasida San-Fransisko bo‘ylab g‘ildirakli konkida soatiga 150 kilometr tezlikda uchadi. Syorfing ustasi hisoblangan yana bir ekstremal esa timsohlarga to‘lib-toshgan Amazonka daryosi havzasida 8 metrli to‘l-qinlar bilan kurashadi. Xullas, Red Bull xo‘jayini o‘z mahsulotini ko‘z-ko‘z qilish uchun odam aqliga sig‘maydigan yo‘llarni o‘ylab topadi. Bu tabiiyki, ichimlikni bir zumda butun dunyo bo‘ylab tarqalishini ta’minlaydi.

Ideologiya. «Biz mahsulotni iste’molchiga yetkazib bermaymiz, aksincha, ularni mahsulotga yaqinlashtiramiz» - mazkur shior kompaniyaga ajoyib natijalarni taqdim etdi. «Agar qaysidir mamlakat mahsulotimizni qabul qilmasa, shunkachi, boshqa o‘lkaga yo‘l olamiz» - bu Daniya va Norvegiya hukumati munosabatiga javob. Zero, daniyalik va norvegiyaliklar ichimlik tarkibidagi taurin moddasining inson organizmiga ta’siri chuqur o‘rganilmagani sabab, o‘z hududlarini Red Bull uchun yopib qo‘yishdi. Lekin Mateshis ortga chekinmay, reklama ishlarini yanada kuchaytirgach, Skandinaviya o‘lkasidagi talabalar ham «Qizil buqa»ga o‘rganishdi, baribir. «G‘o-yam samara keltirishiga hech kim ishonmagandi, biroq o‘zim barchasi xayrli yakun topishini bilardim. Ha, avvaliga deyarli qashshoqlik darajasiga tushib qoldik, ammo yutug‘imiz shuki, o‘sha payt Yevropada energetik ichimliklar bozorining o‘zi yo‘q edi»,-deydi Mateshis. Uning miyasidagi fikrlar go‘yoki, toshni yoradi: «Asosiy maqsad - foyda olish emas, g‘oyalarni 100  foiz amalga oshirish».

Futbol. «Bizni qiyinchilik bilan qabul qilishlarini avvaldan tushungan va bunga tayyor edim. Germaniyada odamlar negadir yangiliklardan qochish, bundan o‘zlarini muhofaza qilishga o‘rganib qolishgan. Ammo barchasi oddiy holat. Deylik, «Feysbuk» yoki boshqasining ko‘pmillionli «qo‘shini» ham bir kunda paydo bo‘lmagan, axir. Yaxshisi, tanqidchilarga hujumkor va tomoshabop o‘yin bilan javob qaytaramiz»,-degandi «RB Leypsig» sport direktori Ralf Rangnik mavsum avvalida. Ta’kidlash lozim, Rangnik nima deyayotganini biladigan inson: hozircha «Leypsig» bundesligada bosh kashfiyot bo‘lib turibdi. E’tiborlisi, debyutant jamoa 14-turga kelibgina ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. Demak, Mateshisning klub yaqin yillarda chempionlik uchun kurashishi haqida aytgan gaplari endilikda unchalik kulguli tuyulmayapti. Ha, bundesliga muxlislarining Red Bullga qarshi harakatlari hamon davom etmoqda. Umuman, turli mamlakatlarda Ditrix bilan turli usullar orqali kurashishmoqda. Deylik, qayerdadir unga qarshi norozilik sifatida maydonga qon aralash buqa boshini tashlashadi, kimlardir o‘yinlarga nisbatan «boykot» e’lon qilishadi. Ba’zida esa «Leypsig»ning ko‘p yillik muxlislari maydonni kimyoviy moddalar bilan bulg‘ab, futbol o‘ynab bo‘lmaydigan holatga keltirib qo‘yishyapti. Ammo Ditrix mutlaqo xotirjam. U aslida qo‘l ostidagi jamoalarni qayta tuzib, o‘ziga moslashtirgancha muxlislar qalbini yaralayotgani biladi. Qolaversa, aksariyat qoidalari nemis futboli aqidalariga to‘g‘ri kelmasligidan ham xabardor. Muhimi, hamma Mateshis boshidan «mag‘zava» ag‘darish bilan band bo‘layotgan bir paytda yirik transferlar emas, bolalar va o‘smirlar futboliga kuchli e’tibor qaratib, yana qandaydir rejalar tuzmoqda. Vaholanki, u agar  istasa, narxi 200 million turadigan yulduzni ham bemalol sotib olishga qurbi yetadi. Eng qizig‘i, yaxshigina natijalar ko‘rsatayotgan «Leypsig»da eng yuqori yillik maosh miqdori 3 mln. yevrodan oshmaydi. Maosh siyosati natijasida tejalgan mablag‘ bolalar o‘rtasida turli turnirlar tashkillash va iste’dodlarni aniqlash ishlariga yo‘naltirilyapti. Jumladan, har yoz va kuzda «Futbol maktabi» loyihasi asosida germaniyalik 6-14 yoshli istalgan bolakay klub akademiyasida mashg‘ulot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Umuman, endilikda «RB Leypsig»ni CHLda kutmoqdalar. Negaki, miyasi turli-tuman ajabtovur g‘oyalarga boy Mateshis bu musobaqaga ham qandaydir yangilik tortiq etishi mumkin-da! Ehtimol, bu masalada unga taurin aralashmasidan tayyorlangan g‘ayrioddiy ichimlik yordam berar...?!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:05, 10.04.2017. O'qildi: 6926 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Қатар Almoyez Ali 5
2 Иордания Yazan an-Naymat 5
3 Эрон Muhammad Muhibiy 5
4 Кувайт Yusuf Nossir 5
5 БАА Fabio Lima 5
6 Иордания Ali Olvan 5
7 Эрон Mehdi Taremiy 4
8 Ироқ Ayman Hussayn 4
9 Эрон Sardor Azmun 4
10 Япония Koki Ogava 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.