Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Grosskroys - chapani chempion

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu futbolchi o‘ta noyob iqtidor sohibi, lekin shu bilan birga, chinakam chapani yigit edi. Ana shu yovvoyi tabiati tufayli Kevin Gross­kroys jahon chempioniga xos o‘yin ko‘rsata olmadi. Tabiatan futbol tojdori bo‘lishdan ko‘ra, Dortmundning janjalkash Frensis Begbisi roliga ko‘proq mos tushardi. Xullas, chapanilik illati yorqin faoliyat shukuhidan ustun kelib, Kevinni professional futbol bilan barvaqt xayrlashadigan holatga solib qo‘ydi.

Zamonaviy futboldagi buyuk adolatsizliklardan biri JCH-2014 finalining «overtaym»ida yuz berdi: Serxio Aguero Bastian Shvaynshtaygerning yuziga musht bilan zarba bergach, bundan 40 soniya avval ikkita jirkanch «podkat»ni qabul qilgan nemis futbolchisi qonga belangan holda maydonni tark etdi. Yoaxim Lyov shifokorlar Bastining yuzidan oqayotgan qonni to‘xtatishlarini kutib o‘tirmay, Kevin Grosskroysga yuzlandi: «Maydonga tushasan. Hoziroq!» keyingi 70 soniyani Shvaynshtayger maydon tashqarisida o‘tkazdi.

Agar o‘sha lahzalarda o‘yin to‘xtatilganda, Grosskroys Shvayni o‘rniga maydonga tushgan bo‘lardi. Biroq hakam hushtagini chalmadi, Shvayni «Marakana»ning gulduros qarsaklari ostida maydonga qaytdi, qo‘li bilan Tomas Myuller va Mario Gyotsega pozisiyalarini almashtirib olishlarini ishora qilib, hujumni boshladi. Myuller tayanch zonasida bo‘shliqni hosil qildi, Andre Shyurle esa tishlari bilan lablarini mahkam qimtigan holda oldinga tashlandi.

Gyotse yengil harakat bilan to‘pni to‘xtatdi, ikkinchi harakati bilan darvoza tomon zarba yo‘lladi. Shu tariqa toj taqdirini hal qilgan tarixiy gol yuzaga keldi. So‘nggi finaldagi buyuk adolatsizlik shuki, tarixiy bellashuv Kevin Grosskroysdek mahorat sohibidan judo bo‘ldi. Ehtimol, bundan keyingi mundiallarning hal qiluvchi bahslari Kevin kabi futbolchilarga hech qachon duch kelmas.

Grosskroys Marko Roys bilan birgalikda «Rot-Vayss Alen» or­qali professional futbolga kirib keldi. Ochig‘i, ularning tengdosh ekanliklariga ishonging kelmaydi - birining tashqi ko‘rinishi, yurish-turishi va muomalasi xuddi o‘yini kabi maftunkor, jozibali, ikkinchisi esa... Tengdoshidek yoqimtoy bo‘lishi uchun Grosskroys boshqa zamonda dunyoga kelishi kerak edi.

To‘g‘ri, u hamma qatori hayot kechirar, voqelikdan, jamoatchilikdan o‘zini olib qochmasdi. Ammo Kevinning isyonkor tabiati zamonaviy futbol mezonlari bilan chiqisholmasdi. Chunki u tamoman o‘zga dunyo vakili edi. Bunday fe’l-atvordagi kishilar o‘zlariga yoqmay qolgan kimsalar bilan orani ochiq qilib olishmaguncha tinchlanishmaydi, hatto ustoziga qo‘l ko‘tarishdan tap tortmaydilar. Boz ustiga, qarama-qarshi tomondan aynan shunday javobni kutadilar. Qandaydir pand-nasihatlar bilan Kevinni o‘z yo‘liga og‘dirmoqchi bo‘lgan kishi qattiq yanglishadi. Chunki u o‘z aqidasidan voz kechadiganlar toifasidan emas.

Darhaqiqat, Grosskroys zamonaviy yulduzlardan keskin farq qiladi. Sir emaski, «to‘qlikka sho‘xlik» aksariyat mashhurlarga xos illat. Kimdir zerikkanidan yoshlar jamoasidagi ukachalarini nayzachalar bilan o‘qqa tutadi, boshqasi avtomobilini to‘g‘ri yo‘l qolib qarama-qarshi yo‘nalishdan o‘qdek uchiradi. Chunki bu qilmishi uchun hech kim uning mushugini pisht demasligini yaxshi tushunadi.

Kevin esa xohlagan ishini amalga oshiradiganlar sirasidan emas - u shunchaki, nima mumkinu, nima mumkin emasligini aniqlashga intilib, odob-axloq mezonining so‘ng­gi chegarasida yurishni xush ko‘radi. Hatto terma jamoa safarida to‘ygunichi ichib, mehmonxonada «hunar» ko‘rsatish uning uchun odatiy hol.

Ha, Grosskroys avvalroq, 1970-1980 yillarda dunyoga kelganida futbol afsonalaridan biriga aylanishi hech gap emasdi. Uni Obameyangga o‘xshagan kasbdoshlarining momiq shubalari yoki kimyo ko‘magida «qotirib» qo‘yilgan soch turmaklari umuman qiziqtirmaydi. Bir paytlari Kevin «Borussiya» D.ning chempionligini o‘ziga xos tarz­da nishonlashga va’da bergan va 1-o‘rin naqd qilingan oqshomda shundoqqina maydonning o‘zida sochlarini ustara bilan oldirib tashlagandi. Keyingi mavsumda u jamoasining o‘z unvonini saqlab qolishini bir oqshomning o‘zida 30ta pivoxonada nishonlashga va’da bergandi. Agar «Bavariya» dortmundliklardan chempionlikni tortib olmaganida, Grosskroys bu va’dani ham amalga oshirgan bo‘lardi.

Shogirdining o‘jar tabiatini Yoaxim Lyov yaxshi bilardi. Argentinaga qarshi finalning so‘nggi bosqichida yakkama-yakka to‘qnashuvlar avjiga chiqdi. Bunday vaziyatda hech narsadan tap tortmaydigan, qo‘rqmas futbolchining ahamiyati yanada yuqori bo‘ladi. Agar Shvayni maydonga qaytmaganida, Kevin uning o‘rnini to‘ldira olardi. Chunki u himoya chizig‘ining ikkala qanotida ham, markazda ham yarim himoyaning barcha pozisiyalarida birdek ishonch­li o‘ynay olardi. Dortmundda hatto darvozabon vazifasini ham risoladagidek uddalagandi.

Qisqasi, Grosskroys Yurgen Klopp kashf etgan «telba» futbolning tirik afsonasi edi - «holdan toyib yiqilgunga qadar chop, lekin nima qilib bo‘lsa ham to‘pni raqibdan tortib ol!» falsafasini Kevin to‘liq bajarishga qodir edi. Joiz topsa, raqibning oyoqlari bilan qo‘shib bo‘lsa ham, to‘pni tortib olardi! Kevin Grosskroys faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan kun Bild nashri uch kunlik motam tutib, sport bo‘limi ijodkorlari sonini teng yarmiga qisqartirsa, ajablanmaymiz. ­Chunki nashr o‘sha kuni mojaroli voqealarning bosh ta’minlovchisidan judo bo‘ladi. Muhim uchrashuv boshlanishiga bir sutkadan kamroq vaqt qolganida bazani tark etish faqat Kevinning qo‘lidan keladi.

Lekin bu nomutanosiblik qachondir nihoyasiga yetishi aniq edi. Aslida, Kevinning faoliyati 2014 yilning iyulida, JCHning finalida maydonga tushish imkoniyati barbod bo‘lganidan keyin deyarli yakuniga yetgandi. Qachondir shunday bo‘lishini futbolchining o‘zi ham yaxshi bilardi. Ya’ni, hech qachon til topisholmagan zamonaviy futbolga moslasha olmasligi, o‘jar tabiati oldida ojizligi o‘ziga ma’lum edi.

«Borussiya» libosidagi ilk golini «Vest­falenshtadion»ning janubiy tribunasi qarshisidagi darvozaga urmaganiga quvongani bejiz emasdi: «Aks holda, men uni nishonlash uchun devorga sakrab chiqishim, shunda ham ehtiroslarimni to‘la namoyish eta olmagan bo‘lardim. Chunki hakamlar hech bo‘lmaganda sariq kartochka bilan jazolashlari aniq edi». Grosskroys nafaqat o‘zga zamonda, balki boshqa mamlakatda - Shotlandiyada dunyoga kelishi lozim edi. U o‘zining qaysarligi bilan Irvin Uelshning mashhur qahramoni - Frenk­sis Begbini eslatadi. Begbi g‘ashiga tekkan kishilarga pivo krujkasini uloqtirishi yoki bilyard tayog‘ini o‘qtalishi hech gap emasdi.

Kevin esa, shunchaki, bir six kabobni suhbatdoshining yuziga qarata uloqtirdi, xolos. Qisqasi, Grosskroys raqiblarini quvib yetishni ham, ularni ortda qoldirishni ham risoladagidek uddalay oldi. Ammo o‘zligidan, o‘zining o‘jar fe’lidan qochib qutula olmadi. Fevral oyining oxirida Kevin tungi klubda navbatdagi mojaroga aralashib qoldi. Biroq bu gal muammodan osonlikcha qutulishning iloji bo‘lmadi.

Jahon chempioni shishaning zarbidan boshi yorilgan, qonga belangan yuzining o‘ng tomoni xuddi asalari galasining hujumidan qovoqdek shishib ketgan holda shifoxonaga yotqizildi. Ikki kundan keyin «Shtutgart» u bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Kevin Grosskroys esa maxsus matbuot anjumaniga bazo‘r tashrif buyurib, professional futboldagi faoliyatiga yakun yasash haqida o‘ylab ko‘rish vaqti kelganligini ma’lum qildi. Shishgan yuzini sinchkov nigohlardan yashirishga uringan holda, u jurnalistlardan o‘zi va oilasini ma’lum muddatga bezovta qilmasliklarini iltimos qildi, juda charchaganligi va dam olish niyatida ekanini aytdi. Ha, avvalo, u o‘zidan, qaysar tabiatidan toliqqandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:54, 12.04.2017. O'qildi: 4746 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик