Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • 7:1
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Ekvador 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sarvar Shoahmedov: «Futzalni tanlaganimdan afsuslanmayman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Viloyatlar FF
Rukn: Intervyular
A A A

Toshkent viloyatining «Olmaliq» futzal jamoasi o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Aleksandr Petrov shogirdlari XXI mamlakat kubogining hal qiluvchi final uchrashuvida doimiy va asosiy raqib - «Ardus» jamoasini qiyinchilik bilan mag‘lub etishdi (3:2). O‘yin yakunlanishiga 55 soniya qolgan bir paytda milliy terma jamoa sardori Artur Yunusov tomonidan urilgan gol «Olmaliq»qa tarixiy g‘alabani taqdim etdi. Biz final uchrashuvidan so‘ng «Olmaliq» jamoasi a’zosi Sarvar Shoahmedovning fikrlari bilan qiziqdik. Ma’lumot uchun, Sarvar ayni paytda Qatar chempionatida to‘p surayotgan iste’dodli yarim himoyachi Sanjar Shoahmedovning akasi hisoblanadi.

- Sarvar, kubok finalida «Ardus»ni mag‘lub etdinglar. Uchrashuv haqida umumiy fikringiz qanday?

- O‘yin biz uchun kutilganidan ham og‘ir kechdi. Shunday bo‘lishini taxmin qilish qiyin emasdi. Aksariyat muxlislar va mutaxassislar «Olmaliq» tajribali futzalchilari evaziga raqibni osonlik bilan mag‘lub etadi, degan fikrlarni bildirishgandi. Ammo o‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, bahs arafasida bildirilgan fikrlar o‘zini oqlamadi. Tan olish kerak, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida omad bizga kulib boqdi. Final serenasi yangrashiga 55 soniya qolgan bir paytda Artur Yunusov tomonidan kiritilgan to‘p evaziga g‘alabani o‘z tomonimizga og‘dirib oldik. Bu biz uchun tarixiy g‘alaba bo‘ldi. Boisi, «Olmaliq» jamoasi o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

- «Ardus»ning yosh tarkibidan shunday qarshilik kutganmidinglar?

- Ha, kutgandik. «Ardus» futzalchilari yosh bo‘lishiga qaramay, bu yilgi mavsumda anchagina tajriba to‘plab olishdi. Aksariyat o‘yinchilari yaqinda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga boradigan tarkibdan joy olishgan. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining yetakchi futzalchilari hisoblanadilar. Boz ustiga, «Ardus»ga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez ustozlik qilyapti. Ispaniyalik mutaxassisga ortiqcha ta’rif berish shart bo‘lmasa kerak. Terma jamoamizni birinchi marta jahon chempionatining final bosqichiga olib chiqa oldi. Kolumbiyadagi mundialda ishtirok etgan aksariyat futzalchilar hozir «Olmaliq» tarkibida o‘ynashyapti. Tabiiyki, Mendez ularning imkoniyatlarini besh qo‘ldek yaxshi biladi. Bu holat unga «Ardus»ni kubok finaliga tayyorlashda asqotgan. Shunga qaramay, biz o‘z maqsadimizga erishdik va bundan juda ham xursandmiz.

- Faqat tajribali futzalchilar evaziga g‘alaba qozondinglarmi?

- Yo‘q, men bunday demagan bo‘lardim. Tajriba o‘z yo‘liga. Biz butun jamoa bo‘lib bu o‘yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgan edik. Uchrashuvdan avval o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda taktik standartlar ustida yaxshigina ter to‘kishga to‘g‘ri keldi. Mehnatlarimiz zoye ketmaganidan mamnunmiz.

- Sizningcha, kubok bahslaridagi eng qiyin o‘yin qaysi bo‘ldi?

- Yarim final va hal qiluvchi final uchrashuvi. Final ostonasida biz Qarshining «Do‘stlik-AIN» jamoasini qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag‘lub etdik. Bemalol finalga xos  va mos o‘yin bo‘ldi, deyish mumkin.

- Oldinda chempionatning hal qiluvchi bahslari ham bor. Bu o‘yinlarga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Kubok finalidan so‘ng murabbiylar shtabi futzalchilarga biroz dam berishdi. Shu kunlarda yana mashg‘ulotlarga qaytdik. Hozirda «Bunyodkor» jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Chempionatning «pley-off» bosqich bahslari jamoalardan birining ikkita g‘alabasiga qadar davom etadi. 12 aprel kuni ilk uchrashuvda maydonga tushamiz.

- «Bunyodkor» haqida qanday fikrdasiz?

- Bu jamoa bilan ham o‘yinlar oson kechmasligi aniq. «Bunyodkor»da ancha tajribali murabbiy ishlaydi. Abdulla Bo‘riyev o‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasida yorqin o‘yin namoyish etgan. «Bunyodkor»ning tarkibi deyarli o‘zgarishsiz qolyapti. Bu ularning eng katta yutuqlaridan biri. Futzalchilarning hammasi yosh, harakatchan. Bunday jamoaga qarshi o‘ynash oson bo‘lmaydi.

- Tez orada «Olmaliq» klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashadi. Bu jamoa uchun ikkinchi ishtirok bo‘ladi. Natija o‘tgan yilgidan yaxshiroq bo‘lishiga umid bormi?

- Albatta. O‘tgan yili «Olmaliq» guruhdan chiqish vazifasini uddalagan edi. Nasib qilsa, bu yil sovrinli o‘rinlardan birini egallashga urinib ko‘ramiz. «Olmaliq» O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. Shu omil bizga qo‘shimcha kuch berishi kerak.

- Sarvar, endi futbolga oid savol bilan murojaat qilmoqchiman. Ukangiz Sanjar Shoahmedovning Qatar chempionatidagi o‘yinlarini kuzatib boryapsizmi?

- Ha, albatta. Har bir uchrashuvdan oldin xuddi o‘zim o‘ynaydigandek tayyorgarlik ko‘raman. Televizor qarshisida nafaqat men, balki butun oila a’zolarimiz jam bo‘lishadi. Avvalo, o‘ziga va jamoasiga omad tilaymiz. Qolaversa, uydagilar Qatar chempionatida o‘ynayotgan qolgan hamyurtlarimiz - Sanjar Tursunov, Sardor Rashidov, Temurxo‘ja Abduxoliqovni ham duo qilib o‘tirishadi. Sanjardan ko‘nglimiz to‘q. Temurxo‘ja bilan bir jamoada o‘ynashyapti. Bir-birini qo‘llab-quvvatlab, Vatandan uzoqda ekanliklarini bildirishmayapti.

- Shunday paytlarda faoliyatingizni futbolda davom ettirmaganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Yo‘q. Juda ko‘pchilik shu savolni berishadi. «Nega ukangga o‘xshab katta futbolda o‘ynamaysan?», deyishadi. Ha endi, taqdir taqozosi bilan futzalni tanladim. Shukurki, shu tariqa ozmi-ko‘pmi natijaga erishyapman. Oilamiz nomidan yurtimiz sporti rivojiga qandaydir hissamiz qo‘shilayotganidan xursand bo‘lamiz. O‘z o‘rnida aytib o‘tishim kerak, men va ukamning shu darajaga yetishishimizda otamning ulushlari juda ham katta.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:44, 13.04.2017. O'qildi: 5584 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Германия Kay Xavers 2
3 Германия Jamol Musiala 1
4 Германия Nataniel Braun 1
5 Германия Deniz Undav 1
6 Қатар Bualem Xuxiy 1
7 Мексика Xulian Kinyones 1
8 Мексика Santyago Ximenes 1
9 Германия Feliks Nmecha 1
10 Кюрасао Livano Komenensiya 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик