Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga 6-tur tahlili bilan tanishing

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Oliy liga 6-turi odatdagidek o‘tdi, hisob. Musobaqa jadvali peshqadami yana o‘zgardi, duranglar kuzatildi va ...«Paxtakor» yana mag‘lubiyatga uchradi. Boz ustiga, takror yirik hisobda va yana Qashqadaryo tomonda. Deylik, 2 yilcha oldin «sherlar»ning voha safaridan ketma-ket ikki bora 0:3 ko‘rinishidagi omadsizlik bilan qaytishlari aqlga sig‘armidi?

Ha, «Paxtakor»­ning muvaffaqiyatsizliklariga ko‘nikib ulgurdik. Avvallari bu jamoaning har bir mag‘lubiyati «sensasiya» yoxud kutilmagan natija sifatida baholanardi. Ammo endilikda bunday «qoqilish»lar oddiy holga aylanib qoldi. Misol uchun, «Paxtakor» joriy mavsum birinchi marta mag‘lubiyatga uchramayapti. Umuman, Qashqadaryodan ham birinchi marta o‘z to‘riga «ilingan» gollar shodasi bilan qaytmayapti...

DURANG SEROB

Aslida tur bahslari ancha sokin boshlandi. Musobaqa pesh­qadami bo‘lib turgan «Qo‘qon-1912» safarda «Mash’al»ga qarshi maydonga tushdi va ortga g‘alaba bilan qaytishi ham hech gap emasdi. Biroq No‘’mon Hasanov shogirdlari yakunda 1 ochko olishdi. Ya’ni so‘nggi daqiqalarda qo‘yib yuborilgan gol natijasida durang bilan cheklanishdi. Qo‘qonliklar 5ta tur yakuni bo‘yicha 1-o‘rinni egallab turishganini inobatga olsak, bunday ssenariy va yakuniy natija jamoa muxlislarida biroz alam uyg‘otgandir.

Ammo unutmaslik kerak, safardagi durang faqat chempionlikni ko‘zlayotgan jamoani qoniqtirmasligi mumkin. «Qo‘qon-1912» oldiga qo‘yilgan vazifa esa butkul boshqa. Shunday ekan, jamoa vakillari va uning muxlislari Muborakdagi o‘yin tufayli uncha kuyunmasalar ham bo‘laveradi. Axir qo‘qonliklar hamon kuchli uchlikda bormoqdalar.

Turnir jadvalining yana bir yetakchisi - «Navbahor» ham safarda o‘ynadi. O‘xshash tomoni, namanganliklar ham ortga 1 ochko olib qaytishdi. Lekin farqli jihati ham bor: Bekobodda jamoalar gol ura olishmadi. Bekobodga xos mashhur shamol bu borada na «Metallurg» va «Navbahor»ga yordam berdi. To‘g‘ri, jamoalar vakillari kuchli shamol ta’sirida ko‘ngildagidek kombinasiyalar uyushtirolmagandirlar.

Ammo bittagina aniq va binoyidek zarba shamol vositasida yanada sur’at olib, to‘p darvoza to‘riga borib tushishi hech gap emasdi. Xulosa shuki, himoyachilar nafaqat raqiblar hujumlari, balki shamolga ham qarshi turishni uddalashdi. Chunonchi, tabiat hodisasi butun vaqt to‘xtagani yo‘q va jamoalarning bir bo‘limdan shamol yo‘nalishiga qarshi harakatlanishlariga to‘g‘ri keldi. Yana bir e’tiborli fakt shuki, «Navbahor» ketma-ket 4ta o‘yindan buyon gol qo‘yib yubormayapti. Shu tariqa jamoaning ochkolari soni 11taga yetdi, ammo turnir jadvalida 4-o‘ringa tushdi.

«Qizilqum» esa «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan o‘yinda katta qiyinchilik bilan mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Jizzaxliklar safarda o‘ynashganiga qaramay, dadillik ko‘rsatib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi.  Mezbonlar esa faqat Ilhom Yunusovning penaltidan urgan goli evaziga muvozanatni tiklab, 1 ochkoni o‘z tomonlariga va yana birini havoga «uchirishdi».

«DINAMO»CHA G‘ALABA

Turning markaziy bahsi - «Lokomotiv» - «Nasaf» sharhini alohida berdik (oldingi sahifaga qarang). Shuni takror ta’kidlash kerak, uchrashuv to‘lig‘icha Marat Bikmayev benefisiga aylandi. U avvaliga hisobni ochib, «Nasaf» shashtini biroz pasaytirdi va ikkinchi bo‘lim boshida yana bitta goli orqali 3 ochko taqdirini amalda hal qildi. Yakunda Sharof Muhiddinov tomonidan urilgan yagona javob goli qarshilik muxlislar uchun ojiz tasalli bo‘ldi, xolos.

«Obod» va «Olmaliq» o‘rtasidagio‘yinda Rauf Inileev boshchiligidagi mezbonlar nisbatan yaxshi o‘ynashdi, ammo g‘alaba Viktor Kumikov jamoasiga nasib etdi. Yagona gol muallifi - belaruslik Vladislav Kosminin. 

Bu «Olmaliq» uchun qatorasiga qo‘lga kiritilgan ikkinchi g‘alaba bo‘ldi. Ha, Kumikov g‘oyalari samara bera boshlagan ko‘rinadi. To‘g‘ri, murabbiyning o‘zi shogirdlari raqibdan yaxshi o‘ynashmaganini tan oldi, Inileev esa gol urilgan vaziyatda darvozabonga nisbatan qo‘pollik qayd etilganidan nolidi. 

Mavsumning bosh kashfiyoti «Dinamo» oradagi 2ta mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z hisobini yana 3 ochko bilan to‘ldirdi. Samarqandliklar bu safar o‘z maydonlarida «Buxoro»ni ishonchli tarzda yengishdi - 3:1. Ha, endi «Dinamo»ning startdagi natijalarini tasodifga yo‘yish uchun asos yo‘q. Jamoa so‘nggi 2ta turda imkoniyatni boy bergach, shov-shuv biroz bosilgan va debyutant yetakchilar qatorida uzoq qololmaydigandek tuyulgandi. Mana, 6-tur «Dinamo» uchun barchasini oldingi holatiga qaytardi. Ya’ni Oleg Tyulkin jamoasi 3 ochko olish evaziga turnir jadvalining 2-qatoriga ko‘tarildi. Demak, oliy ligada «Dinamo» belgisidagi «intriga» davom etadi.

«PAXTAKOR»CHA MAG‘LUBIYAT

Bilasiz, oliy ligada Qashqadaryo viloyatidan 3ta klub bor - «Nasaf», «Mash’al» va «Sho‘rtan». Qarangki, «Paxtakor» joriy mavsum ulardan ikkisi oldida bir xil holatda bosh egishga ulgurdi. Muborak safarida 3ta javobsiz gol qabul qilishgan «sherlar» G‘uzorda ham shu kuyga tushishdi - yana 0:3. Vohaning eng kuchli klubi - «Nasaf»ga qarshi bahs hali oldinda ekanligini inobatga olsak, bu ketishda «Paxtakor»ning janubiy viloyatdagi mag‘lubiyatlari an’ana tusiga kirib qoladi, shekilli.

To‘g‘ri, «sherlar»ning «Mash’al» va «Sho‘rtan»ga qarshi o‘tkazgan o‘yinlari bir-biridan biroz farqlanadi. Chunonchi, Muborakdagi uchrashuvdan farqli o‘laroq, G‘uzorda bemalol gollarga boy durang qayd etilishi mumkin edi. Biroq Ravshan Haydarov boshqaruviga o‘tgan jamoa vakillari vaziyatlar qadriga yetishmadi va «uloq» yakunda qarshi hujumlardan samara chiqara olgan «Sho‘rtan» mulkiga aylandi.

«Bunyodkor»ga nima bo‘lyapti?

Tur doirasidagi so‘nggi o‘yinda inqiroz holatidagi ikki klub o‘zaro to‘qnash keldi. Ya’ni chempionatda hali g‘alaba qozonmagan «Neftchi» ham ichki arena, ham xalqaro maydonda o‘zini sira tiklolmayotgan «Bunyodkor»ni qabul qildi. Farg‘onada hisobni «qaldirg‘ochlar» ochishdi va yakunda ijobiy natijani rasmiylashtirishdi -2:1. Xullas, «Neftchi»ning ahvoli yanada og‘irlashdi. Aftidan, jamoa boshqaruvida o‘zgarish bo‘ladi, chog‘i. Harqalay, bosh murabbiy Andrey Fyodorov o‘yindan so‘ng ishdan ketishga tayyorligini bildirdi.

Tur Qahramoni va tur iqtiboslarini o‘qish uchun davomiga o‘ting

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 17:21, 17.04.2017. O'qildi: 6376 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.