Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10131 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3133 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Odil Ahmedovning Yevropaga qadam tashlashi, yangi klubi va JCHga chiqish orzusi haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ning rasmiy nashri – AFC Quarterly jurnali O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedovdan intervyu oldi.

Suhbat davomida tajribali yarimhimoyachi futbolga kirib kelishi, Yevropaga qadam tashlashga kelgan qarori, Rossiya Premyer-ligasidagi faoliyati va terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqish orzulari haqida so‘zlab berdi.

“Futbolni yoshligimdan yaxshi ko‘raman va u bilan doim shug‘ullanib kelganman. Futbolga kirib kelayotganimda, (Namanganda) turnir va musobaqalar juda kam o‘tkazilar, hatto murabbiylar soni ham oz edi. Shuning uchun, sport sohasida tahsil olish uchun Toshkentga yo‘l oldim. 1990 yillar oxirida hukumat futbol madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi va yangi o‘zgarishlar kiritdi. Men ham mana shu o‘zgarishlardan foyda ko‘rdim”, – dedi Ahmedov.

Odil Ahmedov O‘zbekiston hukumati tomonidan yosh o‘yinchilar va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlarga baho berib, shu orqali terma jamoa yangi bosqichga chiqishiga umid qilayotganini aytib o‘tdi.

“Mamlakatimiz hukumati yosh o‘yinchilar va talabalar yanada mukammal bo‘lishi uchun ularga barcha sharoitlar yaratib, sport markazlari tashkil qilish orqali katta yordam bermoqda. Umid qilamanki, mana shu o‘zgarishlar O‘zbekiston milliy terma jamoasini yangi bosqichga olib chiqadi”, – deydi yarim himoyachi.

O‘zbekiston terma jamoasining amaldagi sardori milliy terma va “Paxtakor” klubi sobiq a’zosi Mirjalol Qosimov uning kumiri bo‘lganini ma’lum qildi. Garchi ular birgalikda maydonda to‘p surmagan bo‘lsa-da, Ahmedov afsonaviy Qosimovning qo‘li ostida O‘zbekiston termasi safida harakat qilgan.

“Mirjalol Qosimov – O‘zbekiston afsonasi. Hamma uni yaxshi ko‘radi, u o‘zbek futbolining haqiqiy yulduzi bo‘lgan. Uning o‘yinlari va mashg‘ulotlarini miriqib tomosha qilardim. Qosimovdan ko‘p narsani o‘rganganman”, – deya esladi o‘zbekistonlik futbolchi.

Futbolchilik faoliyatini boshlagan vaqtida Odil Ahmedov 6-raqamda o‘ynaganini, keyin esa 9-raqamni tanlagani aytdi.

“Faoliyatimni boshlagan davrlarda 6-raqam ostida to‘p surardim, keyin esa 9-raqamni tanladim. Yarim himoyachi bo‘lsam ham, hujumda yordam beraman. Maydonda qulay vaziyat bo‘lsa, uzoqdan-mi yoki yaqin, zarba berishga harakat qilaman. Biroq asosiy vazifam to‘pni raqibdan olib, uni jamoadoshlarimga yetkazib berishdan iborat”, – deya izoh berdi Ahmedov.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida 18 yoshida debyutini o‘tkazgan Odil Ahmedov qisqa muddat ichida o‘zini ko‘rsatib, klubning ketma-ket beshinchi marta mamlakat chempioni bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uning maydondagi xatti-harakati Rossiya Premyer-ligasi klublari e’tiboriga tushdi, ammo yarim himoyachi ko‘proq tajriba to‘plash maqsadida 2011 yilgacha Toshkent klubi safida qolishga qaror qiladi.

“U vaqtda Yevropa klubiga ko‘chib o‘tishga tayyor emasdim. Shu sababli, boshqa jamoaga o‘tishdan avval murabbiy bilan kelishgan holda ko‘proq tajriba to‘plashga qaror qildim”, – dedi O‘zbekiston terma jamoasi sardori.

Ayni vaqtda Xitoyda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi faoliyatidagi eng chiroyli goli Qatar darvozasiga urilganini yashirmadi. Osiyo Kubogi–2011 musobaqasida Ahmedov qariyb 40 metrdan gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

“Men eslay oladigan eng chiroyli gol”, – dedi 29 yoshli futbolchi. Uning o‘sha musobaqadagi 2 ta goli O‘zbekiston termasining yarim finalga chiqishiga katta hissa qo‘shgandi.

Maydondagi betakror o‘yini bilan Angliya, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Janubiy Koreya mamlakat chempionatlari e’tiborini o‘ziga qarata olgan yarim himoyachi yakunda Maxalqal’aning “Anji” klubiga o‘tadi. Samuel Eto’O, Roberto Karlos va Yuriy Jirkov singari mashhur futbolchilar bilan bir qatordan joy olgan o‘zbekistonlik futbolchi “Anji”dagi ilk mavsumida klub muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilish baxtiga muyassar bo‘ldi.

“Sobiq ittifoq davrida katta bo‘lganim uchun rus tilida so‘zlash muammo bo‘lmagan va “Anji”da bu menga qo‘l kelgan. Samuel Eto’O va Roberto Karlos singari futbolchilar darajasida o‘ynashga avval qiynaldim. Ma’lum vaqt o‘tgach, ular bilan birdek harakat qilishga erishdim va biz yaxshi do‘st va jamoadoshlarga aylandik”, – deb Rossiyadagi ilk qadamlari haqida esladi Ahmedov.

Ahmedov maxachqal’aliklar safiga kelganidan keyin jamoa dastlabki ikki mavsumni mos ravishda 3 va 5-o‘rinlarda yakunladi. Biroq 2013 yili klub boshqaruvida muammolar yuzaga keldi va “Anji” futbolchilari boshqa klublarga ko‘chib o‘ta boshladi. Odil ham ular orasida edi.
“Anji” boshqaruvida yuzaga kelgan muammolar klubdan ketishimga sabab bo‘ldi. “Krasnodar”ga o‘tganimdan keyin yangi jamoa bilan mavsumni uchinchi o‘rinda yakunladim”, – dedi “Shanxay SIPG” futbolchisi.

“Anji”dagi bo‘lgani singari, Ahmedov “Krasnodar”dagi ilk mavsumida yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. O‘sha yili u, shuningdek, O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. Ma’lum muddat o‘tgach, yarim himoyachi Rossiya chempionatida “Zenit” bilan ishlagan, keyinchalik Xitoyning “Shanxay SIPG” bosh murabbiyiga aylangan portugaliyalik mutaxassis – Andre Villash-Boash e’tiboriga tushdi.

“Zenit” klubida do‘stlarim ko‘p edi. Ular Villash-Baoshning murabbiylik uslubi va xarakteri haqida so‘zlab berganida, uning qo‘li ostida o‘ynay olishim mumkinligini his qilgandim. U men bilan aloqaga chiqib, “Shanxay SIPG” klubiga taklif qilganida, ko‘p o‘ylamay, taklifini qabul qildim. Aytishim mumkinki, u men ishlagan eng yaxshi murabbiy. Xitoyga kelishdan avval liga va bu yerdagi hayot tarzi haqida oz bo‘lsa-da, ma’lumotga ega bo‘lganman. Terma jamoadagi sheriklarim bilan suhbatlashganimda esa ular bu yerdagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot bergan”, – dedi Ahmedov.

So‘nggi marta “Paxtakor” bilan Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynagan Ahmedov 7 yil o‘tib yana ushbu musobaqaga qaytdi. Ammo bu safar “Shanxay SIPG” jamoasi bilan.

“Bugungi kunda standartlar juda yuqori. Avvallari Yaponiya va Janubiy Koreya jamoalari favorit hisoblanardi. Hozir esa Xitoy va Avstraliya klublari ham ancha raqobatbardosh. Sifat ancha yaxshilangan. “Shanxay SIPG”da jamoa ruhiyati yaxshi, xorijlik futbolchi va xodimlar bilan munosabatimiz a’lo darajada”, – deb fikr bildirdi amaldagi klubi haqida o‘zbekistonlik futbolchi.

Klub miqyosida muvaffaqiyatlarga erishish uchun harakat qilayotgan Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasi safida JCH–2018 turniriga yo‘l olish uchun kurash olib bormoqda. Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Guruh yetakchisi Eron hisobida 17 ochko, ikkinchi pog‘onada borayotgan Janubiy Koreyada esa 13 ochko mavjud.

“Terma jamoa safida to‘p suramizmi yoki klubda, biz professionalmiz. Mamlakat termasi uchun o‘ynalganda, bu narsa klubdoshlar bilan munosabatlarga ta’sir qilmaydi. Men ularga doim omad tilayman va, o‘z navbatida, yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga umid qilaman”, – dedi Ahmedov sentyabr oyida Janubiy Koreyaning O‘zbekistonga kelishini nazarda tutib.

“JCH–2018 turniriga yo‘l olsak, bu nafaqat mening, balki butun O‘zbekistonning yutug‘i bo‘ladi. Bu shunday ajoyib bo‘lardi-ki, buni hatto tasvirlab ham bera olmayman. JCH musobaqasiga birinchi marta yo‘l olish – butun mamlakat orzusi”, – deydi Odil Ahmedov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:47, 20.04.2017. O'qildi: 10052 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.