Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 Italiya 9 5 12 26
3 AQSh 7 12 6 25
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 6 11 22
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kuchayayotgan keskinlik, maydondagi mushtlashuvlar yohud "Uik-end" oqshomlari haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ha, so‘nggi «uik-end» oqshomlari futbol muxlislariga keskinlik ruhida o‘tayotgan unutilmas uchrashuvlarni tortiq etdi.

«Chelsi» ta’qibchilarga imkoniyat yaratdi

Yaqindagina «ko‘klar»ning joriy mavsumdagi g‘olibliklari hal bo‘lgan masaladek tuyulayotgandi. Hordiq kunlari bo‘lib o‘tgan bellashuvlardan keyin APLning yakuniy bosqichi endi boshlanayotgani oydinlashib qoldi. So‘nggi turda yo‘l qo‘yilgan arzimas xato butun mavsum davomida qilingan harakatlarni puchga chiqarishi hech gap emas.

«Old Trafford»dagi turning markaziy uchrashuviga «Chelsi» o‘zining asosiy darvozabonisiz yo‘l oldi -yaqinda jarohat olgan Tibo Kurtua o‘rnini Asmir Begovich egalladi. Mavsumda bir marta ham maydonga tushirilmagan posbon Kontening ishonchini oqlay olmadi.

Ander Erreraning qanotdan uzatgan to‘pini darvozaga yo‘llagan Markus Rashford 7-daqiqadayoq hisobni ochdi. To‘pni Begovich o‘tkazib yubordi, lekin «Chelsi»ning bosh­qa o‘yinchilari ham talab darajasida o‘ynay olishmadi. Aftidan, Mourinyo o‘z shogirdlarini sobiq jamoasining kuchli va zaif jihatlaridan mukammal darajada xabardor qilgan. Ularga o‘yin bermaslik rejasini puxta ishlab chiqqan ko‘rinadi. Chunki mehmonlar uchrashuvni faqat himoyalanish bilan o‘tkazishdi. «Avtobus» uslubi samara bermadi - vaqti-vaqti bilan «Chelsi» darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. O‘z navbatida, David de Xea butun o‘yin davomida ishsiz qoldi - «Chelsi» loaqal bitta aniq zarba bilan xotirjamlikni buza olmadi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida esa Errera Begovichni ikkinchi marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur etdi. Shu yo‘sinda o‘yin taqdiri uzil-kesil hal bo‘ldi. Peshqadamni Manchesterda ochko yo‘qotishini «Tottenxem» muxlislari intiqlik bilan kutishganiga shubha yo‘q. «Shporlar» bu turda ham yirik g‘alaba(4:0)ni rasmiylashtirishdi. «Chelsi»dan tashqari chempionatning barcha yetakchilari navbatdagi 3 ochkoni o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘ydilar. Endi «Tottenxem» yetakchidan 4 ochkoga ortda qolmoqda.

«El klasiko»ga yo‘qotishlarsiz, lekin...

«Klasiko» arafasida «Real» ham, «Barselona» ham muxlislari asablarini sinovdan o‘tkazdi. Xixonga safar qilgan peshqadam Iskoning so‘nggi daqiqadagi aniq zarbasi evaziga irodali g‘alabani rasmiylashtirdi. Vaholanki, «qirollik klubi» o‘yin davomida avvaliga o‘z darvozasidan to‘p olib chiqib, keyinchalik muvozanatni tiklayotgandi.

Kataloniya grandi esa o‘z maydonida «Real Sosyedad»­ni qabul qildi. Bellashuvning dastlabki daqiqalari kutilganidek, mezbonlar ustunligida o‘tib, «Kamp Nou» tablosida o‘z aksini topa boshladi. Messining «dubl»i evaziga ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan bir paytda, Yumtiti kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikki daqiqadan so‘ng Alkaser yana ikkita to‘p ustunligini ta’minladi.

Tanaffusga chiqish arafasida «Sosyedad» vakillari Xabi Priyetoning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirishni uddalashdi. Oqibatda «Barsa» muxlislari ikkinchi bo‘limni jiddiy xavotir bilan o‘tkazishdi. Chunki YEL hududida borayotgan mehmonlar hech bo‘lmaganda bir ochko ilinjida hujumga zo‘r berishdi. Ikkinchi bo‘limda darvozani ishg‘ol etish na ularga, na mezbonlarga nasib etdi.

«Atletiko» Ispaniya­ning uchinchi jamoasi ekanligini isbotlash uchun tobora sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri, Diyego Simeone shogirdlari 2ta penaltidan foydalana bilishmadi. Zero, Antuan Grizmannsiz to‘p surgan jamoa baribir, autsayder «Osasuna» ustidan yirik g‘alaba(3:0)ga erishdi.

Sovrinli o‘rin uchun «hindular»ni ta’qib qilayotgan «Sevilya» esa Valensiyada nursiz durang bilan kifoya­landi.

Jimjimador Milan derbisi

Italiya «A» seriyasida oltin medallar taqdiri hal bo‘lgan ko‘rinadi. Amaldagi chempion oxirgi o‘rinni band etib turgan «Peskara»ni qiyinchiliksiz mahv etdi va ochkolari sonini 80taga yetkazib oldi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Roma» esa o‘z uyida «Atalanta»ni yengolmay, qimmatli ikki ochkoni havoga sovurdi. 

Bu hali hammasi emas davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:19, 21.04.2017. O'qildi: 3757 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.