Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zingnikidan qo‘ymasin yoxud Unsue «Barselona»ga mosmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

So‘nggi paytlarda «Barselona»da Luis Enrikening o‘rnini egallashga da’vogarlar haqida gap ketganda, birinchi navbatda, Xuan Karlos Unsuening nomi tilga olinmoqda. Xo‘sh, bu mutaxassis haqida nima bilamiz? U Kataloniya jamoasida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni uddalaydimi? Klubdagilar u haqda qanday fikrdalar? Soccer.ru navbatdagi maqolani aynan shu mavzuga bag‘ishladi.

Xuan Karlos Unsue kim o‘zi?

Sobiq darvozabon va tajribali ikkinchi murabbiy Chempionlar Ligasida uch marta zafar quchgan. Hammasi 1988 yili boshlangandi. Yoxan Kroyf «Osasuna»dan Ispaniya yoshlar termasi kiperini sotib olishga astoydil bel bog‘ladi. Bo‘yi uncha baland bo‘lmagan yigitcha atigi beshta uchrashuvda maydonga tushdi, so‘ngra zaxirada o‘tirish joniga tekkach, «Sevilya»ga yo‘l olib, u yerda uzoq vaqt to‘p surdi.

O‘yinchilik faoliyatini 2003 yili qadrdon «Osasuna» klubida yakunladi, ammo «Barselona» bilan aloqalarni uzmagandi. Kataloniya jamoasi bosh murabbiyligiga Frank Raykaard tayinlangach, u Kroyfni chaqirdi. Keyinchalik Yoxanning tavsiyasiga ko‘ra, Viktor Valdesni shug‘ullantirish maqsadida Unsue jalb etildi. Besh yil ishladi, Gvardiola boshchiligidagi shtabga kirdi, sovrinlar yutdi, 2010 yilga kelib esa mustaqil faoliyat yuritishga qaror qildi. «Numansiya» ustozi sifatida muvaffaqiyatga erisholmagach, darhol «Barselona»ga qaytib, darvozabonlar murabbi­yiga aylandi.

Uning navbatdagi ish joyi «Rasing» klubi bo‘ldi, ammo qisqa muddat ichida bu yerdan ham bo‘shatilgach, Luis Enrikega ko‘maklashish maqsadida «Selta»ga yo‘l oldi. Shu tariqa uning 2014 yili «Barselona»ga o‘tishi hech kimni hayron qoldirmadi. Unsuening to‘ng‘ich o‘g‘li Aytor uchinchi diviziondagi jamoada yarim himoyachi, kenjasi Jezus esa darvozabon sifatida hattoki, «La Masiya»­da ham ko‘rinish bergan. Ammo professional darajasiga ko‘tarilish nasib etmagach, u ham Ispaniya futbolining quyi divizionlarida o‘ynash bilan cheklanmoqda.

Messining ishonchiga kiradimi?

«Barselona» xo‘jayinlari Lionelning murabbiy tanlashini xohlashmayapti. O‘z navbatida, tomonlar Unsueni yaxshi tanishadi. Shunday vaziyatlar bo‘lganki, Luis Enrike argentinalik forvardga qichqirishni ma’qul ko‘rmagan holatda bu vazifani Xuan Karlos bajarib, shu tariqa pressing ishlatish chog‘ida Messining pozisiyani to‘g‘ri tanlashini so‘ragandi.

Leo esa bunga jilmayish bilan javob qaytargan, murabbiyning so‘zlarini hech qachon jiddiy olmagandi. Aslida, Lionel va Unsue o‘rtasida kelishmovchilik borligi haqida ma’lumotlar yo‘q, Xuan Karlos nomzodining rahbariyat va futbolchilar tomonidan yoqlanishi Messining qolishini ta’minlashi mumkin. «Barselona»ning Ispaniya tashqarisidagi ishqibozlari Unsueni bir ko‘rishda tanishlari amrimahol. Ammo u bosh murabbiy sifatida nimaga qodir? Messi bilan hazillashishi mumkin - Xuan Karlos g‘alabali o‘yinlardan so‘ng Leoni quchoqlashga odatlangan. g‘animlar esa bunday yo‘l tutishmaydi.

Uslub masalasi

«Barselona»da yangicha taktik uslublar hamisha qadrlanadi. Jahon va Yevropa chempionlari Buskets, Inyesta, Xavi hamda Messidan boshqa futbolchilarni «tiki-taka»ga moslashtirish oson emas. Gvardiolaning «Bavariya» va «Manchester Siti»dagi urinishlari bunga yaqqol misol. Enrike boshqaruvi davrida to‘pga egalik qilish foizi tushib, asosiy e’tibor o‘rta va uzoq masofaga yo‘naltiriladigan uzatmalarga qaratilgani bejiz emas. Bunga Gvardiola ham uringan, ammo o‘xshamagandi. Unsue «Barselona»ni o‘z qarashlariga binoan o‘zgartirolmasa kerak.

«Barselona» uning yangi xaridlari uchun pul ajratishi so‘roq ostida. Hattoki, Sampaoli ham Busketsni sotib, o‘rniga N`Zonzini xarid qilishda o‘ylab ish ko‘rishi aniq. Unsuega esa shunchaki, «Luis Enrike bilan ishlaganmisan, ana, asosiy tarkibda Gomeshni tushiraver» qabilida murojaat etishadi. Xuan Karlosdan Kroyfning izdoshi bo‘lishini kutishmoqda.

O‘sish va taktika masalasi

Kuchsiz klublardagi faoliyati ko‘ngildagidek kechmagani inobatga olinsa, yetarlicha savollar tug‘iladi. Boshqa tomondan, so‘nggi mustaqil ishi besh yil avval bo‘lgan, shunda ham o‘ta qisqa davom etgandi. Kataloniyada Unsuening Luis Enrike va Messini yarashtirgani haqida gapirishadi. qolaversa, uning darvozabonlar murabbiyidan to‘laqonli yordamchiga aylangani tilga olinadi. Ya’ni u zamonaviy «Barselona»da o‘ta muhim sanalgan mayda taktik jihatlarga mas’ul. Mashg‘ulotlar paytida turli chizmalar tasvirlangan planshet ham Enrike emas, balki Unsuening qo‘lida bo‘ladi. O‘yinchilarga aynan u ko‘rsatma beradi.

Kataloniyada «Barselona»ning o‘tgan yilgi chempionligi o‘z g‘oyalarini tatbiq etgan Xuan Karlosning mehnatlari samarasi, deb bilishadi. Unsue maydon chetida bosh murabbiydan ham faolroq harakatlanadi, omma oldida esa o‘ta kamtar. Xullas, u 11 yil mobaynida Valdesning murabbiyi vazifasidan hozirgi darajagacha ko‘tarildi - ajoyib o‘sish.

Luis Enrikega o‘xshaydimi?

Yo‘q. Asosiy farq ham shunda, zero jamoa Luis bilan ko‘p marotaba chiqisholmay qolgan. «Barselona»ning hozirgi ustozidan shoumen chiqmasligi aniq. Uning o‘rnini egallashi kutilayotgan mutaxassis esa ancha hazilkash. qolaversa, Unsue dastlab Valdes va Pintoni, keyinchalik esa Bravo va ter Shtegenning mojarosiz yurishlarini ta’minlagan. Yakunda Manchesterga aynan Klaudio berildi. Ammo baribir, ko‘plab to‘g‘ri qarorlar chiqarganiga qaramay, Xuan Karlos bosh murabbiylikka tayyor, deb bo‘lmaydi.

Gvardiola yoki Mourinyoning yordamchi vazifasida uzoq vaqt ishlashlarini tasavvur qilish qiyin, ulardagi takabburlik bunga yo‘l qo‘ymaydi. Unsue esa mazkur vazifani ajoyib tarzda uddalaydi. Uning Luis Enrikedan farqli o‘laroq, hadeganda tavakkalga qo‘l uravermasligi futbolchilar uchun ham ma’qul. Shunday ekan, «Barselona»ning «Yuventus»ga qarshi javob o‘yinida yoki «el-klassiko»da qanday to‘p surishini kuzatamiz. Agar mazkur uchrashuvlar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Xuan Karlos muammoga yo‘liqadi. Luis Enrike aksariyat hollarda Unsuega quloq solishi tayin, demak, qahramonimiz hozirdanoq natija va o‘yin jarayoniga mas’ul. «Deportivo»ga yutqazishdi, «Valensiya»­dan ikkita to‘p o‘tkazib yuborishdi. «PSJ» bilan javob o‘yinining so‘nggi daqiqalariga qarab baho berish noo‘rin, hamon savollar yetarlicha. Unsue bosh murabbiyga aylansa, bu savollar keyingi mavsumga ham ko‘chishi tayin.

Valverde va Sampaolining ustunligi

Xuan Karlos yuqorida nomi tilga olingan hamkasblaridan qaysi jabhalarda ortda qolmoqda? Birinchi navbatda, yetakchilik, mojarolarni bartaraf etish, o‘yindagi bog‘liqlikni ta’minlash, jamoani jismonan va strategik jihatdan to‘g‘ri tayyorlash bo‘yicha muammolar vujudga kelishi mumkin. Ikkinchidan, Unsue mag‘lubiyatlar javobgarligini bo‘yniga olishga ko‘nikmagan. Uning hayotida har qanday muvaffaqiyat kolleksiyasini yangi medal bilan boyitishga teng bo‘lgan. Mag‘lubiyatlar esa Raykaard, Gvardiola, Vilanova, Martino hamda Luis Enrikega taalluqli edi.

Shuningdek, Xuan Karlos Sampaolidek ehtirosga beriluvchi emas - mazkur holatda bu «plyus»ga ishlamaydi. Argentinalik mutaxassis inqilob yaratishi mumkin edi, ammo «Lester»ga yutqazgach, mavsum omadsizlari qatoriga kirishga mahkum bo‘ldi. Valverde bo‘yicha ham savollar yetarlicha. Ernesto yaxshi murabbiy, ammo uning «Barselona»ga mos kelishi so‘roq ostida.

Jamoa qanday fikrda?

Luis Enrike («Barselona» ustozi): «Yaxshisi, Unsuening tayinlanishi haqida gapirmaganim ma’qul. Uning nomzodi esa menda faqat ijobiy taassurot uyg‘otishi aniq. Biz ko‘p yillardan buyon do‘stmiz».

Andres Inyesta («Barselona» yarim himoyachisi): «Unsue «Barselona» haqida hamma narsani biladi, bu yerdagi barcha ikir-chikirlardan xabardor. Axir u mazkur klubda uzoq muddat ishladi. Xuan Karlos malakali murabbiy sifatida bizga yordam bermoqchi. Tayinlov klub ixtiyorida, ammo futbolchilar uni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar».

Jerar Pike («Barselona» himoyachisi): «Unsue nafaqat Luis Enrike, balki Pep Gvardiola hamrohligida ham ko‘p ishlagan. Ishonchim komilki, u ajoyib nomzod».

Ivan Rakitich («Barselona» yarim himoyachisi): «U bilan munosabatlarimiz binoyidek. Barchamizni yaxshi taniydi, biz esa unga ishonamiz».

Robert Fernandes («Barselona» sport direktori): «Barselona» bosh murabbiyligiga klub bilan ko‘p chig‘iriqlardan o‘tgan mutaxassis ta­yinlangani yaxshi. U ichki holatdan xabardor bo‘lsa, shunisi hamma uchun ma’qul».

Asosiysi - begona emas

Valverde va Sampaolining oxirgi natijalari qoniqarsiz, De Bur kelishi kutilgandi, Kuman haqida ham shunday fikr bildirish mumkin - ular avval «Barselona»da to‘p surishgan. Nomzodlik bo‘yicha favorit nomi esa, kutilmaganda, hozir jamoa ustoziga yordamchilik qilayotgan mutaxassisga nasib etdi va buni Kataloniya matbuot ham tasdiqlamoqda. Unsue kimlar uchundir notanish, ayrimlar esa uning «Barsa»da uzoq ishlashini kutishmoqda. Tarafdor va qarshi chiquvchilar bo‘lishi turgan gap, ammo bu tayinlovning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash darkor.

Klub mutasaddilari o‘n yil davomida to‘plangan tajribaning namoyon bo‘lishidan umidvormikan? Boshqa tomondan, uning Kataloniyaga begona emasligi muhim omillardan biri sanaladi. Xuan Karlos anchadan buyon «Barselona» o‘yiniga ta’sir o‘tkazib keladi, ammo shubhalar hamon mavjud. Yordamchini bosh murabbiyga teng­lashtirish noo‘rin, zero maslahatchi va natijaga javobgar shaxs o‘rtasida katta tafovut bor. Unsue turli o‘zgarishlarga qo‘l urishi mumkin, u Messiga buyruq berishga o‘rgangan. Luis Enrike bilan uni ajratib turuvchi jihat ham shunda - «Barsa»ning hozirgi ustozi va argentinalik yulduzning til topishishi juda qiyin bo‘lgan. Xuan Karlosni Pike va Inyesta ham qo‘llab-quvvatlaydi. O‘z navbatida, u Gvardiola paytida vujudga kelgan tizimdan chiqib ketishda qiynaladi. Xo‘sh, Unsue «Barselona»da inqilob qiladimi yoki avvalgi uslubni saqlab qoladimi? Hamma gap shunda!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:37, 23.04.2017. O'qildi: 5678 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик