Bugun ertalab Nunu Eshpiritu Santu «Vest Xem» rahbariyati bilan shoshilinch muzokaralarga chaqirildi. Uning bosh murabbiy sifatidagi lavozimi xavf ostida qolmoqda.
The Times nashriga ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik mutaxassis «Vest Xem» hamraisi Devid Sallivan va klub direktorlar kengashining boshqa a’zolari bilan uchrashuvga chaqirilgan. Manbalarning tasdiqlashicha, uchrashuv Nununing iste’fosi bilan yakunlanishi ehtimoli juda yuqori.
Yakshanba kuni Premyer-ligani tark etgan London klubi murabbiy bilan tuzilgan shartnomadagi bandni faollashtirishi mumkin. Ushbu band jamoa yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qola olmagan taqdirda, murabbiyni tovon pulisiz ishdan bo‘shatish imkonini beradi.
Nunu o‘tgan yilning sentyabr oyida Grem Potter ishdan bo‘shatilganidan so‘ng, 8 million funt sterlinggacha (bonus to‘lovlari bilan) bo‘lgan uch yillik shartnomaga imzo chekkan edi.
Agar portugaliyalik mutaxassis ishdan bo‘shatilsa, klub ikki yil ichida to‘rtinchi doimiy murabbiyini qidirishiga to‘g‘ri keladi. Nomzodlar orasida «Vest Xem»ning sobiq futbolchisi Skott Parker va 2015-2017 yillarda jamoani boshqargan Slaven Bilich kabi mutaxassislar ko‘rilmoqda.