Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«El klasiko»: tarixga taqaladigan to‘qnashuv

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

23 aprel kuni navbatdagi «el-klasiko» guvohiga aylanamiz. Ya’ni, Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ni qabul qiladi. Bu hisob bo‘yicha 235-uchrashuvdir.

«El-klasiko» nafaqat «Real» hamda «Barselona», balki Ispaniyaning eng yirik ikkita shahri - Madrid va Barselona to‘qnashuvi hamdir. Bu derbi jahon futbolidagi eng mashhur va eng prinsipial to‘qnashuvlardan hisoblanadi. Kurash nafaqat sport, balki siyosat maydonida ham kechadi. Madrid — Ispaniya poytaxti. U yerda qirollik oilasi istiqomat qiladi. Kataloniya esa avtonom viloyat bo‘lib, separatik kayfiyatga ega. Bu hudud bir necha bor Ispaniyadan mustaqil bo‘lishga uringan. Ayni paytga kelib avtonomiya maqomini olgan. Shuningdek, katalonlar ispanlardan farqli millat deb tan olinishdi. Viloyatda katalan tili rasmiy hisoblanadi.

«Madrid» klubi 1902 yili aka-uka Padros va Xulian Palasioslar tomonidan tashkil etilgan. 1920 yilning 29 iyunida Ispaniya qiroli klubga «qirollik klubi» maqomini bergan. Bu ispanchada Real deganidir. Shundan keyin klub Real Madrid bo‘lib ketgan. Kataloniya provinsiyasidagi yirik futbol klubi esa «Real»­dan uch yil oldin tashkil topgan. Ta’sischi Joan Gamper shahar nomi tufayli jamoaga «Barselona» (FC Barcelona) deb nom bergan.

«El-klasiko» bahslarida gol urish bo‘yicha «Real» rekord o‘rnatgan: 1926 yilning 15 iyunida Ispaniya kubogining yarim finalida «Barselona» 11:1 hisobida mag‘lub etilgan. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar 3:0 hisobida zafar quchishgan. Ammo hukumatning tahdidi tufayli javob o‘yinida yirik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Aynan shundan so‘ng qarama-qarshilik avjiga chiqqan.

1950 yillarda ziddiyat yanada kuchaydi. Futbolchilar uchun kurash ham bunga sabab bo‘ldi. Alfredo Di Stefano «Milyonarios» (Bogota)da o‘ynab yurganida ikki jamoa rahbarlarining e’tiborini qozongan. «Real» ham, «Barselona» ham uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Yakunda Di Stefano Madrid klubini tanlagan. U «Real» safiga shunchalik tez kirishib ketdiki, oxir-oqibat klub ramziga aylandi. U o‘ynagan davrda «Madrid» qatorasiga besh marta Yevropa Chempionlar Kubogida zafar quchgan. Shuningdek, «Barselona»ning yetakchi o‘yinchilari «Real»ga o‘tib, bir umrga Kataloniyada sotqinga aylanishgan. 1994 yili Mikael Laudrup bilan, 2000 yili esa Luish Figu bilan shunday holat kuzatildi. Bundan tashqari, «Barselona»ning hozirgi ustozi «Real»dan Kataloniyaga ko‘chib o‘tib, madridliklar «dushman»iga aylangan.

1960 yillarga kelib raqobat yevrokuboklarda ham paydo bo‘ldi va hozirgacha davom etmoqda.

«El-Klasiko» statistikasi

Ispaniya chempionati: 173ta o‘yin

«Real»: 72 g‘alaba

«Barselona»: 68 g‘alaba

Durang: 33ta

«Real»da 282ta, «Barselona»da 289ta gol

Ispaniya kubogi: 34ta o‘yin

«Real»: 12 g‘alaba

«Barselona»: 15 g‘alaba

Durang: 7ta

«Real»da 79ta, «Barselona»da 56ta gol.

Ispaniya superkubogi: 12ta o‘yin

«Real»: 6 g‘alaba

«Barselona»: 4 g‘alaba

Durang: 2

«Real»da 25ta, «Barselona»da 17ta gol.

Yevropa Chempionlar Ligasi: 8ta o‘yin

«Real»: 3ta g‘alaba

«Barselona»: 2ta g‘alaba

Durang: 3ta

«Real»da 13ta, «Barselona» 10ta gol.

Ikki jamoaning sovrinlari:

«Real»: 87ta

«Barselona»: 88ta

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:56, 23.04.2017. O'qildi: 7982 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик