Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 19.11.2025 16:00
      • Sho‘rtan
      • 1:1
      • Buxoro
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • -:-
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

20/11/25 Surxon - OKMK
20/11/25 Paxtakor - Nasaf
21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Андрей Мурнин.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      02:00 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      02:30 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды.
      09:35 "География спорта". Выборг.
      10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
      16:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж.
      18:55 LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция.
      21:45 "Непобедимый".
      22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство.
      00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Евротур.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.11.2025

      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды.
      17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия.
      18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада.
      19:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      00:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov maqolasi: “Qo‘qon 1912″ning kuchi nimada?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Qo‘qon-1912
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ushbu mavsum biroz g‘alati boshlandi. Beshinchi turdan keyin turnir jadvalida “Navbahor” va “Qo‘qon” jamoalarining peshqadam bo‘lib turishlari, ayniqsa, bu yili nimadir bo‘lishi mumkinligiga dalolat qilgandek edi.

Ataylab, tarixni titkiladim, shunaqa holat bo‘lganmikin, biror marta “Qo‘qon” turnir jadvalida karvonboshlik qilganmikin, deb. Bo‘lgan ekan. Ilk chempionatimizda, 1992 yilgi mavsumda 7-turdan so‘ng, qo‘qonliklar 4 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat bilan, 10 ochko (u paytda g‘alabaga 2 ochko berilardi) turnir jadvalida 1-o‘rinda borgan ekanlar. Qo‘qonliklar bu yil ham 7 o‘yindan aynan o‘shanday ko‘rsatkich qayd etishgan va turnir jadvalida “Lokomotiv”dan keyin 2-o‘rinda (yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha 3-o‘rinda) bormoqdalar.

25 yil oldingisi tushunarli, Atoyan, Abdullayev, Rahmonqulov, Osmonov, Ageev kabi futbolchilarga ega bo‘lgan o‘sha paytdagi “Temiryo‘lchi” haqiqatan ham kuchli edi va mavsum oxirigacha yetakchilar safida borib, kuchli oltilikka kirishgan, O‘zbekiston kubogi finalida o‘ynashgan.

Xo‘sh, bugungi “Qo‘qon”ning kuchi nimada? Keling, natijalar borasida ijobiy jihatni namoyish etib turgan ushbu jamoaga chuqurroq nazar tashlaymiz.

MURABBIY

O‘tgan mavsumda so‘nggi turlargacha ligada qolish uchun kurashgan jamoaning bu safar yuqori o‘rinlarda borayotgani, aslida, u qadar kutilmagan holat emas. “Qo‘qon 1912″ning kuchayib borishijoriy mavsumdan emas, o‘tgan yilning yozidan, ya’ni No‘’mon Hasanovning jamoaga kelishidan boshlangandi.

O‘shanda jamoa birinchi davra oxirida atigi 9 ochko to‘plab, turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani egallab turgandi. Ikkinchi davrada jamoa o‘yini asta sekin ijobiy tomonga o‘zgara bordi va qo‘qonliklar ikkinchi davrada 20 ochko jamg‘arishdi. Bu ligada 6-ko‘rsatkich edi. Ya’ni, “Qo‘qon 1912” ochko to‘plash bo‘yicha, o‘tgan yilning ikkinchi davrasida ham yomon natija qayd etmagan.

Xo‘sh, Hasanovning Qo‘qondagi ishlariga baho bersak, aynan qaysi jihatga alohida e’tibor qaratish kerak?

Albatta, ko‘p kuzatamiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan jamoa boshqaruvini yarim yo‘lda olgan har qanday murabbiy jamoani o‘rganish, uni kuchaytirish uchun turli futbolchilarni izlash, taklif qilish uchun keragidan ko‘p vaqt sarflab yuboradi. Yoki masalan, transfer oynasida ko‘zga ko‘ringan har qanday futbolchini tarkibga qo‘shib olishga harakat qiladi. Qandaydir yo‘l bilan jamoani kuchaytirish uchun izlanadi. Oqibatda, yangi jamoa, yangi bog‘lamlarni tuzish, natijalarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga vaqt yetmay qoladi va aksariyat hollarda, murabbiyning almashishi o‘zini oqlamay qolaveradi.

Hasanov Qo‘qonda ish boshlashda, aynan mana shu asosiy to‘siqni chetlab o‘ta oldi. U hali Qo‘qonga kelmasidan oldin, u yerda qanday jamoa tuzmoqchi ekanini, aynan qaysi futbolchilardan foydalanmoqchi ekanini aniq bilardi. U “Paxtakor”ni boshqarib, yaxshigina tajriba to‘pladi. To‘g‘ri, poytaxt klubi ambisiyalariga mos bo‘lish uchun Hasanovda tajriba yetmagandir, ammo biroz kichikroq, “Qo‘qon” kabi jamoani qaytadan tuzish, raqobatbardosh jamoaga aylantirish uchun unda tajriba yetarli edi.

“Paxtakor” tajribasi Hasanovni Qo‘qonda qo‘l keldi. Hozirda Qo‘qonda to‘p surayotgan Ribkin, Xolmuhamedov, Merzlyakov, Siddiqov, Berdiyev, Sidorov, Xolmurodov kabi futbolchilar o‘z vaqtida “Paxtakor” sistemasida to‘p surishgan. O‘sha jamoada ishlagan No‘’mon Hasanov esa, ularning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, murabbiy Qo‘qonda qanday jamoa tuzish va nimani hisobiga jamoani kuchaytirish borasida o‘zining aniq va puxta rejasi bo‘lgan. Va jamoaga taklif etilishi kerak bo‘lgan futbolchilar borasida ham o‘z yo‘nalishiga ega edi. Aynan mana shu jihat Hasanovning jamoadagi ishlari kutilganidan tez meva berishiga sabab bo‘ldi, nazarimda.

O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olgan va o‘ziga nisbatan ishonchi ortgan jamoa yangi mavsum oldidan tarkib jihatidan yanada kuchaydi. Hasanov har bir chiziqni tajribaliroq va saviyaliroq futbolchilar bilan to‘ldirdi. Yangi taklif etilgan Rayovas, Xolmuhamedov, Merzlyakov kabi futbolchilarning jamoa yetakchilariga aylanishlari ko‘p vaqt talab etmadi.

TAKTIKA: HIMOYALANISH

“Qo‘qon 1912″ga asosan 4-4-2 va 4-3-3 ning qorishmasidan iborat bo‘lgan sxema ko‘proq naf keltirmoqda. Oldingi chiziqda Rayovas – Otaquziyev juftligi doimo himoyachilarni bosimda ushlab tursa, hujumlar paytida Suhrob Berdiyev chap qanot hujumchisiga aylanadi. Eng e’tiborli jihat, jamoaning har ikki hujumchisi ham “podbor”ga (havodan uzatiladigan yoki egasiz to‘plarni egallab olish) juda ustalar, bu esa har qanday noqulay sharoitda ham vaziyatlar yaratishda qo‘l keladi.

Ammo menimcha, jamoaning eng asosiy ustunligi himoyalanish va raqib qarshiligini sindira olish xususiyatida deb bilaman. Himoya chizig‘i ancha bo‘ydor va jismonan yetuk (Merzlyakov, Holmurodov, Kimsanov, Gojkovich, Xolmuhamedov) futbolchilardan iborat – bu raqibning standart vaziyatlarida ustunlikni ta’minlaydi. Yarim himoyachilar – Siddiqov, Akramov, Berdiyev, Hamidov kabilar esa, asosan to‘p uchun faol kurashish va raqibga bosim uyushtirishga usta bo‘lgan futbolchilardir. Bu holat har qanday raqibga xotirjam hujumlarni boshlash va kombinasion o‘yin tashkil qilish imkonini bermaydi. Aksariya hollarda raqib hujumni uzun paslar orqali davom ettirishga majbur bo‘lib qoladi. Boshi bilan yaxshi o‘ynaydigan bo‘ydor himoyachilar uchun esa, hujumlarning bunday rivojlanishi ayni muddaodir.

O‘ziga xos bunday taktik qopqon raqiblarni aynan “Qo‘qon 1912” taklif qiladigan “inglizcha” uslubda to‘p surishga majbur qiladi va bu qo‘qonliklarning ustunligini oshirib yuboradi. Natijada, qo‘qonliklar hozir ligada barcha uchun eng noqulay va mag‘lub etish eng qiyin bo‘lgan jamoalardan biriga aylanib oldilar.

“Qo‘qon” o‘tgan mavsumni ham qo‘shib hisoblaganda, oxirgi 14 o‘yinda atigi bir o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi xolos. Ushbu mag‘lubiyat ham, mavsumning birinchi turida, OCHL tufayli tayyorgarlikni ancha erta boshlagan va yaxshiroq sport formasiga kirgan “Nasaf” bilan o‘yinda qayd etilgani ham, shuni ko‘rsatmoqdaki, ter to‘kmay turib, bugungi “Qo‘qon”ni mag‘lub etib bo‘lmaydi.

Shuningdek, eslab o‘tilgan mana shu 14 o‘yinning 13 tasida “Qo‘qon” hisobni ochgan va g‘alaba qozonish uchun raqibidan yaxshiroq imkoniyatga ega bo‘lgan. “Obod”, “Mash’al” kabi jamoalarga qarshi kechgan safar o‘yinlarida, mezbonlar o‘yinning oxirlarida hisobni tenglashtira olishgan xolos.

STANDART VAZIYATLAR

Zamonaviy futbolda, standart vaziyatlar juda muhim qurolga aylangani sir emas. Bunday vaziyatlardan gol yaratishga usta bo‘lgan jamoa, hatto o‘zidan ancha kuchliroq bo‘lgan raqiblar bilan o‘yinlarda ham gol urish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu jihatdan, “Qo‘qon 1912” ligada peshqadamlardan biri bo‘lib turibdi. Hasanov shogirdlari 8 (O‘zbekiston kubogini qo‘shib hisoblaganda) o‘yinda 13 gol urdilar va ushbu gollardan 7 tasi aynan standart vaziyatlardan so‘ng kiritildi.

2 gol jarima zarbasi yordamida, 2 gol burchakdan oshirib berilgan uzatmadan so‘ng, 6 goldan 3 tasi Murod Xolmuhamedovning to‘pni autdan bevosita jarima maydoniga tashlab berishi yordamida kiritildi. Murodning ushbu qobiliyatini hamma biladi, qo‘qonliklar aynan shu ustunlikdan juda yaxshi foydalana olyaptilar. Bu holat esa, o‘z navbatida, raqib himoyachilarini ham bosimda ushlab turadi, to‘pni autga chiqarib yubormaslikka ham harakat qiladilar – bu esa himoyalanishda noqulaylik tug‘diradi.

Faqat kiritilgan gollarni sanab o‘tdim, aslini olganda, “Qo‘qon 1912” ijrosidagi har bir standart vaziyat gol urish uchun imkoniyat yaratmoqda, raqibga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Otaquziyev va Rayevaslarning bosh bilan yaxshi o‘ynay olishlari ham jamoaga qo‘l keladi. Jamoa 11 goldan 5 tasini bosh bilan berilgan zarbalardan so‘ng kiritganini e’tirof etish joizdir.

HUJUMLARNI TASHKIL QILISH

Jamoada hujumni tashkil qilish asosan, qo‘yidagi besh futbolchining gardaniga tushadi. E’tiborga molik jihat – ularning har biri o‘z-o‘ziga vaziyat yarata olish jihatidan ham, sheriklariga imkoniyat yaratib berish borasida ham foydali harakat qila oladilar. Keling, ularning har biriga alohida baho beramiz:

Nosir OTAQUZIYEV (4 gol)

Jamoa sardori va eng tajribali hujumchisi. Yuqori qavatlarda kurashib, hujumdagi sheriklariga vaziyat yaratib berishga usta. Shuningdek, kerakli paytda qulay vaziyatda paydo bo‘la olish qobiliyati ham ushbu hujumchining samaradorligini oshiradi. Otaquziyev deyarli barcha gollarini juda yaqin masofalardan, juda qulay vaziyatlarda kiritgani ham so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Farg‘onadagi o‘yinda hal qiluvchi gol muallifi bo‘ldi. Shuningdek, uning dubli “Surxon” ustidan g‘alaba qozonishda yordam berib, jamoani O‘zbekiston kubogi nimchorak finaliga chiqardi.

Filipp RAYEVAS (4 gol)

Serbiyalik legioner. Hozircha mavsum kashfiyotlaridan biri. Juda yuqori tezlikka va texnikaga ega. Ayniqsa, dastlabki turlarda juda yaxshi harakat qildi va ba’zi nashrlar uni hatto oyning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etishdi. O‘yin uslubi, har qanday holatda ham to‘p uchun oxirigacha kurashishi, himoyachilarni bosimda ushlab turishi bilan “Lester”dagi Jeymi Vardini eslatadi. Agar “Qo‘qon” o‘yinini tomosha qilish imkoni tug‘ilsa, e’tibor qarating.

Hujumchi 4 golga mualliflik qilgan bo‘lsa, yana jamoaning 3 golida bevosita ishtirok etdi. Ya’ni u maydonda ekanida kiritilgan gollarning 70 foizida Rayevasning ham “qo‘li bor”. Filipp “Qizilqum” va “Dinamo”ga qarshi o‘yinlarda hal qiluvchi gollarni kiritdi. “Neftchi” bilan o‘yinda hisobni ochish bilan birga, o‘yin oxirlarida Otaquziyevni deyarli bo‘sh darvozaga chiqarib, golga assistentlik qildi. “Metallurg” bilan o‘yinda aynan unga nisbatan ishlatilgan qo‘polliklar uchun Qobilov maydondan chetlatilgandi va aynan ushbu holat o‘yin taqdirini ancha erta hal qilgandi.

Rayevasning kamchiligi ba’zi vaziyatlarda yakkakurashlarda yengilishni tan olmasligi va qo‘pollik qilishidir. Natijada, Filipp allaqachon 4 ta sariq kartochkaga loyiq ko‘rilda va G‘uzordagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Suhrob BERDIYEV (3 gol)

Mavsumning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan Suhrob asta sekin hujum chizig‘ining asosiy figuralaridan biriga aylanib bormoqda.

Yuqorida tilga olinganlardan farqli ravishda, Berdiyev qanotda harakat qiladi. Yaxshigina driblingga ega. Qanotdan hujumni quvvatlashi, kerak bo‘lganda, markazga o‘tib, xavfli zarba berishi ham mumkin. Ayniqsa, so‘nggi turda u yanada “ochildi” va mavsumning ilk xet trigini amalga oshirdi.

E’tiborli jihati, u tomonidan kiritilgan har uchala gol bir-biridan farqli tarzda kiritildi. Avvaliga qanotdan oshirilgan pasdan so‘ng, ikkinchi “temp”da kerakli joyda paydo bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi golda Suhrob to‘pni qanotda egallab, markazga kirib bordi va uzoq masofadan juda chiroyli va mukammal zarbani ijro etdi. Uchinchi golini u standart vaziyatdan so‘ng boshi bilan kiritdi.

Andrey SIDOROV

Baland bo‘yli (ikki metrga yaqin), taran tipidagi hujumchi. Asosan ikkinchi taymlarda maydonga tushib, o‘yinni jonlantirmoqda va raqib himoyachilarining sarosimalariga sabab bo‘lmoqda. Golga juda chanqoq, deyarli har vaziyatda to‘pni talab qiladi va darvozaga zarba berishga harakat qiladi.

Hali gol urmagan bo‘lsa-da, 3 golda bevosita ishtirok etgan. Aynan uning boshi bilan bergan zarba yoki uzatmasidan so‘ng, sheriklari raqib darvozasini ishg‘ol qilganlar.

Javohir SIDDIQOV

Aslida, maydon markazida, hatto tayanch zonasida harakat qiladigan Javohirni qo‘qonliklar “Messi” deb ataydilar. Tana tuzilishi, raqami, to‘pni nazorat qilish uslubi, texnikasi bilan rostan ham argentinalik hujumchini eslatib yuboradi.

Javohir haqiqiy yarim himoyachi bo‘lsa-da, uning jamoa hujumlarini boshlash, tashkil etish va kerak bo‘lganda, so‘nggi pasni amalga oshirishda benazirligi aynan hujumchilar safiga qo‘shishimga zamin yaratdi. Siddiqov o‘tgan yiliyoq mahalliy tomoshabinlar mehrini qozonib, erkatoyga aylangan. Ammo shunday bo‘lsa ham, har o‘yinda bor imkoniyatini ishga soladi va maydondagi qora ishlarni bajarishdan ham toymaydi.

Xullas…

O‘z navbatida, ham uyda, ham safardagi o‘yinlarda jamoani quvvatlab turadigan muxlislar omilini ham tilga olish mumkin. Shuningdek, moliyaviy tarafdan jamoani qo‘llab quvvatlab turgan va futbolchilarga hech narsani o‘ylamay, faqat futbol o‘ynash uchun sharoit yaratayotgan homiylar va boshqaruvchilarni ham alohida aytish lozim edi. Lekin bugun faqat asosiy ijrochilar – futbochli va murabbiylarga e’tibor qaratishni istadim.

Xullas, qo‘qonliklar mavsumni xuddi 25 yil oldingidek, ko‘tarinki ruhda boshlashning uddasidan chiqishdi. Hozircha, hammasi yaxshi va ko‘rsatilayotgan natijalar o‘ziga yarasha asosga ega. Futbolimizda to‘g‘ri munosabat va rejali yondoshuv bilan juda yaxshi jamoani tashkil qilsa bo‘ladi. Ammo savolning ikkinchi qismi, bu jamoa qay darajada barqarorlik ko‘rsata oladi? 25 yil oldindagidek, mavsum oxirigacha ham mana shunday kuch sifatida tura oladilarmi?

Albatta, bu savolga hozir javob berib bo‘lmaydi. Muhimi, futbolchilar va murabbiylar agar boshqaruvda va moliyada barqarorlik ta’minlansa, o‘zlarini ko‘rsata olishlarini namoyish qilib bo‘lishdi. Futbolimizda kuchli jamoalarinng ko‘payishi hamma uchun foyda, bu jarayonga ham har qanday yaxshiliklar singari, bardavomlik tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:24, 26.04.2017. O'qildi: 4521 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.