Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 133 53 45 231
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 8 12 29
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2150 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ranyeriga Osiyo termalari ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

OFK miqyosidagi JCH-2018 saralashida kurashni davom ettirayotgan 12ta terma jamoaning deyarli yarmida bosh murabbiy iste’foga chiqib ulgurdi. Xususan, Qatar va Xitoy futboli mutasaddilari milliy jamoa boshqaruvchisini aynan bizning termamizga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yindan so‘ng yangilashni lozim topishdi.

Keyinroq BAA termasi rahbariyati Mahdi Aliga javob berishdi, tailandliklar esa mamlakat futboli afsonasi Kiatisuk Senamuangga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Mana, iroqliklar ham shu yo‘ldan borib, saralash doirasidagi qolgan o‘yinlarni boshqa mutaxassis rahbarligida o‘tkazishga qaror qilishdi.

Ayni payt FIFA talqini bo‘yicha jahonning amaldagi eng yaxshi murabbiyi - Klaudio Ranyeri hech qayerda ishlamayapti. Shu boismi, matbuot italyan mutaxassisini goh dunyoning turli yetakchi klublari, goh Osiyo  terma jamoalariga «yuborish» bilan ovora. Xullas, bugun JCH-2018 yo‘llanmalari yo‘lida harakatdan to‘xtamagan, ammo bosh murabbiyi vakolati bo‘sh turgan ayrim terma jamoalarga to‘xtalib o‘tamiz.

Iroq terma jamoasi

Bosh murabbiy joyi bo‘sh. Iroq milliy jamoasi bosh murabbiyi Radhi Shenaishil yaqindagina iste’foga chiqarildi. Socceriraq xabariga ko‘ra, mamlakat futbol assosiasiyasi hamda Olimpiya qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida shunday qarorga kelingan. Sababi tayin: Shenaishil so‘nggi saralash raundida ijobiy natijalarni taqdim etolmadi. Hozirgi holatda iroqliklar (omadlari yurishgan taqdirdagina) «pley-off» bosqichiga chiqishlari mumkin, xolos.

Mish-mishlar. Italiyalik Klaudio Ranyeri ham Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Undan tashqari, braziliyalik Ziko va Markos Paketa hamda gollandiyalik Frank Raykaard nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda. Harqalay, Portugaliyaning A Bola nashri shu mazmunda xabar tarqatdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Klaudio Ranyeri faoliyati davomida terma jamoa bilan ham ishlab ko‘rgan. Biroq Gresiya termasidagi faoliyati o‘ta muvaffaqiyatsiz chiqqandi.

Nima bo‘lishi mumkin? Iroqliklar rejaga ko‘ra, 8 iyun kuni Dubaydagi «Al Rashid Stedium» arenasida J.Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. Ayni payt jamoada Rahim Hamid va Karim Salmon boshchiligidagi assistentlar faoliyat yuritmoqdalar. Jismoniy tayyorgarlikka esa ispaniyalik Xavi Pedro javob beradi. Katta ehtimolki, mazkur terma jamoa bosh­qaruvini braziliyalik 58 yoshli Markos Paketa o‘z qo‘liga oladi.

Ushbu mutaxassis 2005-2007 yillar davomida Saudiya Arabistoni milliy jamoasiga rahbarlik qilish asnosida Osiyo futboli bilan yaqindan tanishgan. Keyinroq Liviya termasida ham ishlagan. Paketaning taktik ishlanmalari Iroq futboliga mos keladi. Ziko nomzodi ham e’tiborga molik. Lekin uning ayni payt futbol olamida zalvorliroq mansab ko‘zlayotgani ko‘pchilikka sir emas. Aytgancha, Ziko 2011 yil avgust - 2012 yil noyabr oralig‘ida aynan iroqliklarga ustozlik qilgandi.

Yana bir tomoni, Iroq termasi rahbariyati 2013 yilning sentyabridan buyon xorijlik murabbiy xizmatiga ehtiyoj sezmayotgandi. Tabiiyki, yangi bosh murabbiy zimmasiga ma’lum darajada vazifa yuklanadi. Chunonchi, iroqliklar oxirgi 3ta o‘yin (YAponiya, Tailand va BAA terma jamoalariga qarshi)da maksimal natijaga erishsalar, guruhda loaqal 3-o‘rinni band qilishlari va o‘tish bahslarida o‘z omadlarini sinab ko‘rish imkoniyatini hosil qilishlari mumkin.

Buning uchun hozirgi jamoa salohiyati bemalol yetadi. Ya’ni bosh­qaruv tizimi o‘zgarsa va futbolchilar oldiga yangi talablar qo‘yilsa, jamoa 3-o‘rinni egallash vazifasini uddalashi hech gap emas. Deylik. Saudiya Arabistoni termasi bilan o‘yinda iroqliklarga shunchaki, tajriba yetishmadi. Ularning qanday xarakter va irodaga ega ekanliklari esa butun Osiyoga ma’lum.

Tailand terma jamoasi

Bosh murabbiy o‘rni bo‘sh. Tailand futboli rahbariyatining 31 mart kuni qat’iy qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keldi. Garchi terma jamoa afsonasi Kiatisuk Senamuang mintaqada hududiy kubokni ta’minlagan bo‘lsa hamki, boshqaruv vakolatidan mahrum etildi. U Tailand termasini 2014 yilning fevralida qabul qilib olgandi. Senamuang ortda qolgan vaqtda shogirdlari bilan 21ta o‘yinda g‘alabani tantana qildi.

Mish-mishlar. Tailandliklar ham «Lester»ni APL chempionligiga yetaklagan Klaudio Ranyeriga alohida e’tibor bilan qarashyapti va uni bosh murabbiy rolida ko‘rmoqchilar. Bunga ESPN xabari dalolat: «Tailand futbol federasiyasi yaqinda JCH-2018 saralashidagi qoniqarsiz natijalar sabab, mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi Kiatisuk Senamuangni iste’foga chiqardi. Taylar ayni payt uning o‘rniga Klaudio Ranyeri yoki Argentina terma jamoasi sobiq ustozi Alexandro Sabelyani taklif qilishni mo‘ljallayaptilar».

Nima bo‘lishi mumkin? Tailandlik investorlar Italiya «A» seriyasi va Angliya futbolidagi bir qator klublarga sarmoya ajrata boshlaganlaridan keyin umumiy vaziyat o‘zgardi. Endi bu yurtda istalgan faxriy o‘yinchi yoki murabbiyni ko‘rish mumkin. To‘g‘ri, xorijliklarda katta mablag‘ topish yoki Tailand futbolini yuksaklarga ko‘tarib yuborish imkoni past, lekin ular tashkiliy jihatdan to‘liq himoyalanishgan. Misol uchun, «Lester»ning tailandlik egalari ham o‘z vatanlari milliy jamoasi boshqaruvida xorijlik mashhur mutaxassis ish olib borishiga befarq qaramasalar kerak. To‘g‘ri, bu masalada Ranyeri nomzodi ancha bahs­li.

Birinchidan, italyanning o‘zi yana APLda ishlamoqchi. U Angliyadagi o‘yinlar chog‘i tribunada ko‘p ko‘rinish beryapti. Xususan, shaxsiy agenti ham aynan APL klublarida ishlash variantlarini chuqur o‘rganyapti. qolaversa, Ranyeri haqida «Lester» bilan shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingani uchun tovon puli olganidan boshqa hech nima bilmaymiz. Ya’ni klub tovon pulini zudlik bilan to‘lagani evaziga nima talab qilgani noma’lum? Ikkinchidan, Gresiya terma jamoasidagi ishi davomiyligi 4 oyga ham yetmagandi. Demakki, murabbiy endi o‘z taqdirini qaysidir milliy jamoa bilan bog‘lashdan oldin ming chandon o‘ylab ko‘rishi tayin.

Ya’ni bu masalada aslo tavakkal ish tutmasa kerak. Boz ustiga, Tailand termasi JCH-2018 yo‘llanmasidan umid uzishga ulgurdi. Taylar Osiyo kubogi-2019da ham ko‘p narsaga da’vogarlik qilolmasa kerak. Xulosa shuki, ushbu terma jamoa boshqaruviga Angliya (Xarri Rednapp, Alan Pardyu) yoki Ispaniya (Aytor Karanka)dan mutaxassis taklif etilishi mumkin. Har holda, tailandliklar Yaponiya yoki koreyalik murabbiy chaqirmasalar kerak (biror marta bunday qilishmagan). Xullas, 6 iyun kuni Toshkentda o‘tkazilishi kutilayotgan o‘rtoqlik bahsida Tailand termasining yangi qiyofasini ko‘rsak, ajabmas.

BAA terma jamoasi

Bosh murabbiy o‘rni bo‘sh. BAA terma jamoasi 28 mart kuni Avstraliyada JCH-2018 saralashi doirasidagi nav-batdagi o‘yinda maydonga tushdi va ortga 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Natijada jamoa bosh murabbiyi Mahdi Ali iste’foga chiqayotganini e’lon qildi: «Afsuski, milliy termadan ketish vaqti keldi. Aslida iroqliklarga qarshi o‘yin oldidan iste’foga chiqmoqchi edim, ammo federasiya rahbarlari qolishimni so‘rashdi. Bir narsa taskin beradi: jamoa boshqaruvidagi 5 yil davomida bor salohiyatim va bilimimni ishga soldim».

Mish-mishlar. Ayni payt internet tarmoqlarida BAA terma jamoasi murabbiyi sifatida 33 yoshli Mahmud Hassan ko‘rsatilmoqda. E’tiborlisi, u hamon bosh jamoa posboni sanaladi. Demakki, bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarsa kerak. Mahmud Hassanning «Al-Ahli» sharafini himoya qilishini ham aytish o‘rinli. Sport360.com sayti tarqatgan ma’lumotga tayansak, BAA futbol assosiasiyasi Argentina termasini JCH-2014 finaliga olib chiqqan Alexandro Sabelyani yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirgan.

Nima bo‘lishi mumkin? Sabelya chindan ham, BAA termasi ustozi rolida ish boshlasa, uning oldiga katta vazifalar qo‘yiladi. Deylik, xuddi Bert van Marveyk kabi jamoani taraqqiyot sari burish talab etilishi mumkin. Zero, gollandiyalik mutaxassis qisqa muddat ichida Saudiya terma jamoasini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Aslida BAAlik futbolchilarda salohiyat yetarli, lekin xarakter yaqqol sezilmayapti. Deylik, ular Yaponiyadan g‘alaba bilan qaytishlari mumkin, ammo o‘z maydonlarida yutqazib qo‘yishlari hech gap emas. «Oltin avlod»ni nurli cho‘qqilarga olib chiqish yangi bosh murabbiydan ko‘p mehnat talab qilmasa kerak.

Ya’ni u bilim va mahoratini ishga solib, o‘yinchilarning umumiy yondashuvlarini o‘zgartirsa va shuning barobarida jismoniy tayyorgarlikni yuksak darajaga olib chiqsa, bas. 6 iyun kuni qatar termasiga qarshi kechadigan o‘rtoqlik bahsida BAA futboli va bosh jamoasining aslida nimalarni ko‘zlayotgani va qanday qudratga egaligi xususida ma’lum tasavvur tug‘ilsa, ajabmas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:39, 27.04.2017. O'qildi: 7366 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик