Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Beyl yana sindi: Unga nima bo‘lyapti o‘zi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Jarohatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Endigina jarohatidan forig‘ bo‘lgan Garet Beylning yana safdan chiqishi mumkinligini kim ham o‘ylabdi deysiz?». Bu alamli so‘zlar jurnalist Richard Martinning tvitterida yozib qoldirildi. Mazkur bitik ostidagi izohlarni mutolaa qilsangiz, Beyl umuman jarohatlardan qutulmaydigan omadsiz futbolchidek tasavvur uyg‘otadi. Rost-da, axir dunyoning sobiq eng qimmat futbolchisi zamonamizning eng murosasiz «Klasiko»sida bor-yo‘g‘i 38 daqiqaga yarasa, Zidanga alam qiladi-da...

Oddiygina raqamlar

ESPN kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, Beyl Madriddagi to‘rt mavsum davomida 17-bor jarohatga yo‘liqmoqda.

Jarohatlar tufayli u «Real»ning 79ta o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Muammolardan ko‘z yumishning iloji yo‘q. Hattoki, sizning ismingiz Florentino Peres bo‘lsa ham.

17 jarohat? Bu axir, juda ko‘p-ku!

Darhaqiqat, so‘nggi vaqtlarda Beyl va jarohat bir-biridan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydigan tushunchalarga aylanib qoldi. Lekin keling, masalaga yondashishdan oldin tarixga bir nazar solaylik.

«Atigi besh yil avval «Totten-xem»ning zaxiradagi himoyachisi sanalgan Garet Beyl kecha «Real»ning afsonasiga aylandi», - deb yozgandi Daily Mirror muxbiri Deyv Kidd CHL-2014 finalidan keyin. Yaxshi bilasiz, bu o‘yinda Garet madridliklarning g‘alaba to‘pini kiritgan. «Beylning «Real»dagi ilk mavsumi ajo-yib o‘tmoqda. Albatta, kim uchundir bu boshqacha tuyulishi ham mumkin, lekin Garet qiyinchiliklarni bir zumda yengib o‘tmoqda», - deb yozgandi The Telegraph xodimi Pol Xeyuord. Agar o‘sha davrlar yodingizda bo‘lsa, Beyl Polning fikri aytilishidan bir oycha muqaddam, Ispaniya kubogi finalida Mark Bartrani yosh boladek laqillatdi va bu bilan britaniyalik jurnalistlarning maqtanishlariga yo‘l ochib berdi. Zero haqiqatan ham, «Santyago Bernabeu»dagi 2013|2014 yillar mavsumi Beyl uchun ko‘ngildagidek o‘tgandi.

Ammo yanvar oyiga kelib, Garetning jarohatlarga moyilligi borligi barchaga ma’lub bo‘lib qoldi va shu bois, ispan matbuotida Beylni Jonatan Vudgeytga o‘xshata boshlashdi. Vudgeytning mashhurligiga sabab shuki, u turli jarohatlar va kulguli falokatlar tufayli «Real» libosida bor-yo‘g‘i 14 marta maydonga tushgan, xolos. Tabiiyki, bu o‘xshatishda mahobat biroz ko‘proq, lekin Garet mavsum davomida ancha-muncha, ya’ni 17ta o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. Boz ustiga, bu vaqtga kelib «Tottenem»dan o‘ta yuqori narxda sotib olingan vingerning umurtqasida muammolar borligi barchaga oshkor bo‘lib qolgandi.

Lekin nafsilamrini aytganda, 2014|2015 yillar mavsumi - Ispaniyadagi birinchi yil Beyl uchun yomon o‘tmadi. U 48 o‘yinda 4200 daqiqa harakat qildi. O‘tgan mavsumda esa ko‘rsatkich ikki barobar pasayib ketdi. Joriy mavsumda esa holat qanday ekanini barcha yaxshi biladi...

Bizningcha, Beyl faoliyatidagi eng yoqimsiz jarohatlarni yaqinda orttirib oldi. Deylik, «Sporting» (Xixon, yanvar-2016)ga qarshi o‘yin chog‘ida uning son mushaklari uzildi. Lissabonning shu nomdagi klubiga qarshi bahsda esa (noyabr-2016) boldir paylaridagi cho‘zilish sabab uch oy havoga ketdi.

Xullas, Beylning asosiy muammolari quyidagilar: son va boldir mushaklari, bel, oyoq kafti va paylar.

Beyl doim shunaqamidi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:23, 10.05.2017. O'qildi: 19557 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик