Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Diyego Simeone faoliyatining o‘ziga xos jihatlariga nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda zamonamizning yetuk murabbiylaridan biri bo‘lgan Diyego Simeone tug‘ilgan kunini nishonladi. Shu munosabat bilan Soccer.ru argentinalik mutaxassis faoliyatidagi o‘ziga xos jihatlarni e’tiboringizga havola etishni lozim topdi.

«Atletiko». Madridlik «matraschilar» - Simeone hayotidagi bosh jamoa. Diyego o‘z taqdirini 3 marta «Atletiko» bilan bog‘ladi - 2 marta futbolchi maqomida, keyin esa murabbiy. So‘nggi hamkorlik davom etmoqda. 90-yillarning o‘rtalarida El Cholo (Simeonening taniqlilik belgisi) Xesus Xil rahbarligi ostida «hindular» bilan shohsupaga ko‘tarildi, 2000-yillar o‘rtasida Fernando Torres sardorligi ostida to‘p surdi. 2011 yildan boshlab esa murabbiylik lavozimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Uning davrida «Atletiko» Ispaniya chempionligi, qirol va Yevropa kuboklari, Ispaniya hamda Yevropa superkuboklariga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, 2 marta YECHL finaliga qadar yetib bordi.

Buvi. Argentinalik buvilarga shon-sharaflar bo‘lsin! Lionel Messidek daho aynan buvisi Seliyaning qistovi bilan futbol doshqozonida toblandi, Simeonening buvijonisi esa o‘z nabirasini chinakam erkak qilib tarbiyaladi. Oqibatda bolakay aynan buvisi tasavvuridagi jentlmen bo‘lib voyaga yetdi.   Buvisidan qimmatli maslahatlar bilan birgalikda o‘ta kuchli ehtirosni ham meros qilib oldi. O‘z vaqtida «Valensiya»da yordamchi murabbiy vazifasini o‘tagan Fil Nevill Simeonega shunday ta’rif bergandi: «g‘alabaga erishish uchun bu yigit hatto o‘z buvisiga qarata o‘q uzishga tayyor!».

Albatta, bu - badiiy o‘xshatish. Lekin angliyalik mutaxassis bir narsa deyishdan avval yaxshilab o‘ylab olsa, zarar qilmasdi.

«Veles Sarsfild». Katta futbol yo‘llanmasini Simeonega «Boka Xuniors» ham, «River Pleyt» ham bergan emas. Bu vazifani Buenos-Ayresning kamtarin jamoasi - «Veles Sarsfild» amalga oshirgan.

Gvardiola. Xosep bilan Diyego turlicha maqomlarda duch kelishgan. Simeonening o‘z asarida yozishicha, uchrashuvlarning birida u Gvardiolaning oyog‘iga tepgan. «Atletiko»ni esa aynan Xosepning «Barselona»ga yirik hisobda yutqazganidan so‘ng bir hafta o‘tgach murabbiy sifatida qabul qilgan. O‘sha mavsumning 2-davrasida ham g‘alaba kataloniyaliklarga nasib etgan. Lekin 4 yildan keyin Simeone Gvardioladan qasdini oldi - «Atletiko» «Bavariya»ni YECHL yarim finalida musobaqadan chiqarib yubordi.

Devid Bekxem. Bu mashhur futbol yulduziga nisbatan Simeone bir marta o‘ta nozik ayyorlikni ishlatgan. Mazkur voqea JCH-1998 chorak finalida, Angliya-Argentina bahsida yuz bergandi. Avvaliga Diyego Devidga qo‘pollik ishlatib, keyin u javob qaytarishi uchun jig‘iga tekkandi. Oqibatda Bekxem qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgandi. «Bu yerda jamoa g‘alabasi o‘rtaga qo‘yilgandi. Shu bois, men o‘zgacha yo‘l tuta olmasdim. Aks holda, biz mag‘lubiyatga uchrardik. Devidning zarbasi kuchli emasdi. Lekin men vaziyatdan foydalanib qoldim. Bu - futbol. Ba’zan seni o‘yindan chetlatishadi, ba’zan raqibingni», - deya izoh bergandi o‘shanda Diyego.

Vazifa. Simeonening bosh maqsadi - jamoani kun sayin mukammal darajaga olib chiqish. qaysidir jihatga zarracha bo‘lsada sayqal berish. Futbolchilarga individual yondashuvning yaxshi samara berishiga Diyego shubha qilmaydi. Har bir shogirdining texnik mahoratini oshirish yo‘lida barcha choralarni qo‘llaydi, ular bilan alohida suhbatlashadi. «Shogirdlarim kamoliga guvoh bo‘lish - men uchun oliy mukofot!».

«Inter». O‘tgan yili Diyego Simeone tan oldi: «qachondir «Inter»ga ustozlik qilishimni hamma biladi». Hozir esa shunday mish-mishlar paydo bo‘ldiki, unga ko‘ra, jamoa Simeoneni o‘z tarkibiga jalb etishga juda ishtiyoqmand ekan. Shu bois, murabbiyga maosh belgilash ixtiyorini uning o‘ziga berish niyatida ekan. Aytgancha, bir paytlar argentinalik mutaxassis «Lasio»ga ham aynan shu mazmundagi va’dalarni bergandi.

Fidoyilik. Simeone shogirdlarining o‘ta noyob iqtidor egasi emasliklariga ko‘nika oladi. Lekin o‘yinga bor kuch-mahoratini sarflamagan futbolchini aslo kechirmaydi. «Mening jamoamda noshudlarga o‘rin yo‘q. Iqtidor borasida bahslashish, munozara qilish mumkin. Ammo fidoyilik darajasi muhokama qilinmaydi. Bu - qonun!»

Luchesku. Aynan shu ruminiyalik murabbiy Diyegoning Yevropaga kelishiga sababchi bo‘ldi. Mircha Luchesku argentinalik yarim himoyachini «Piza»ga taklif etgandi. Bir necha yillardan so‘ng ular «Inter»da uchrashishdi - Simeone Luchesku sxemasidagi asosiy figura edi.

Maradona. Ikki mashhur nomdoshlar - Simeone va Maradona bir mavsumdan «Sevilya»da to‘p surishgan. Hamkorlik Simeoneda kuchli taassurot qoldirgan: «Maradona mening yanada kuchliroq bo‘lishimga yordam berdi. U bilan yonma-yon to‘p surish - ulkan mas’uliyat va jannatga xos lazzat!». Murabbiylik faoliyatining ilk bosqichida esa «River Pleyt»ni boshqargan El Cholo «qirol»ning tan olinmagan vorisi - kichik Diyego Maradonaga ustozlik qilgandi.

Neapollik. Argentinalik aksariyat futbolchilarning kelib chiqishi aynan shu ko‘hna shahar aholisi bilan bog‘liq: familiyalarning o‘ziyoq izohga hojat qoldirmaydi. Simeonening avlodlari ham Italiya janubidan. Neapolliklarga xos ehtiros va jo‘shqinlik.

Olimpiada. Simeone faoliyatidagi yirik omadsizliklardan biri. 4 yillikning asosiy sport musobaqasida Argentina g‘oliblikni Nigeriya terma jamoa­siga boy berib qo‘ydi. Oqibatda Diyego va yana bir qator yorqin yulduzlar (Krespo, Zanetti, Ayyala) Olimpiada oltin medallaridan chetda qoldilar.

«Ishonch». Diyego Simeone o‘z kitobini shunday nomladi. Ha, u o‘ta noyob iqtidor sohibi emasdi, buyuk murabbiylar safidan joy olishiga ham deyarli asoslar yo‘q edi. Biroq unda ishonch juda kuchli edi. Mana natija!

«Real». 

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:57, 21.05.2017. O'qildi: 3745 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик