Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Аланьяспор".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Испании. 1/16 финала. "Альмерия" - "Севилья".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/16 финала. "Пиза" - "Чезена".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Бешикташ".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Кубок Испании. 1/16 финала. "Марбелья" - "Атлетико Мадрид".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Кубок Италии. 1/16 финала. "Удинезе" - "Салернитана".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Аланьяспор".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Испании. 1/16 финала. "Альмерия" - "Севилья".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/16 финала. "Пиза" - "Чезена".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.07.2025

      05:45 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Смешанная эстафета.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Классический лук. Личное первенство.
      10:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:35 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP Formula 4. Гонка 1.
      11:10 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP Formula 4. Гонка 2.
      11:45 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP Formula 4. Гонка 3.
      12:20 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 5 в Самаре, Россия.
      14:30 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России 2025.
      15:00 Д/с "Век нашего спорта".
      15:30 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      17:40 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      18:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      19:25 "Вопреки всему".
      19:55 Д/ф "Коби Брайант. Чёрная Мамба".
      21:20 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 5 в Самаре, Россия.
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      01:25 Д/с "Век нашего спорта".
      01:55 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      04:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      04:55 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 10 км. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      07:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лучшее". Братья Цзю.
      13:35 Вы это видели.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Что за спорт?". "Экстрим".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:50 Д/ф "Александр Великий".
      19:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Нэшвилле, США. Деррик Льюис против Таллисона Тейшейры.
      21:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Смешанные единоборства. UFC 311 в Инглвуде, США. Мераб Двалишвили против Умара Нурмагомедова.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      04:50 Новости.
      04:55 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 10 км. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.07.2025

      07:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      09:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 9. Шинон - Шатору.
      11:30 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 8. Обзор.
      12:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      13:15 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 9. Шинон - Шатору.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. "Гоночные велосипеды", 1 эп.
      21:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      00:00 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      00:30 Маунтинбайк. "Гоночные велосипеды", 1 эп.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Даунхилл.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Klublarimizni xususiylashtirish kerakmi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qatardagi «Lahviya», Rossiyadagi «Krasnodar» va o‘zimizning «Obod». Ularni birlashtirib turadigan jihatlar bor. Xususan, har biri XXI asrda tashkil topgan bu klublar xususiy mulkdorlar hisobiga barpo etilgan. «Paxtakor» va «Bunyodkor»ning mashhur ishbilarmonlar egaligiga o‘tishi kutilayotganligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqaganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Futboldagi «xususiy mulk» tushunchasi tushunish jihatdan u qadar murakkab emas. Bugun futbolimizga xususiy mulkdorlarning kerakligi va professional futbol klublarining xususiylashtirilishi borasida to‘xtalib o‘tamiz. Maqolada ko‘proq amaldagi qonun hujjatlariga ham tayanilgan.

Kirish qismi

Angliya premyer-ligasi yoki YECHL bahslarini kuzata turib: «qachon bizning klublar ham xususiy bo‘larkan?», degan fikr ko‘p bora xayolimizdan o‘tgan. Yaqinda «Milan» to‘laligicha xitoylik investorlarga topshirilgach, futbolda xususiy klublar o‘z hukmronligini o‘tkazishiga yana bir karra amin bo‘ldik. «Bornmut» va «Olimpik» (Marsel) jamoalarining ertangi kunga umid bilan qarashiga undab turgan narsa ham - uning egasi borligidir.

Har bir biznes-loyiha tuzilayotganda undan foyda olish ko‘zda tutiladi. Ularning aksariyati foydani 1-2 yildan so‘ng olinishiga tavakkal qilib tayyorlanadi. Albatta, banklarning kreditlari va hamkor sheriklarning mablag‘lari ham inobatga olinadi. Yevropa futbolida paydo bo‘layotgan yangi loyihalar ham shu yo‘ldan ketyapti.

So‘nggi paytlarda UYEFA qo‘llayotgan «feyr-pley» mohiyati quyidagicha: klub ishlab topayotgan pulidan ko‘p sarflamasin, zararga ish ko‘rmasin! «PSJ», «Manchester Siti», «Malaga» yaqin-yaqingacha ham bu borada juda qiynalardilar. So‘nggi paytlarda tailandlik ishbilarmonlarning biznes loyihalari ham ko‘zga tashlanib qoldi. Tailand, Hindiston, Indoneziya va Xitoy kabi Osiyo mamlakatlaridan chiqqan investorlarning Angliya, Ispaniya yoki Fransiya taraflardan o‘z omadlarini izlashiga keladigan bo‘lsak, bu yerda tushunarsiz narsaning o‘zi yo‘q: o‘z brendlarini butun Yevropaga tezroq tanitish va foyda olish. Fors ko‘rfazi investorlari tutayotgan yo‘lni yaqin-yaqingacha tushunish mushkul edi. So‘nggi 2 yil ichida ularning ham shashti biroz pasaydi, ular UYEFA talabiga bo‘sunishga majbur bo‘lib qolishdi.

Bizning futbol

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2006 yil 1 maydagi Pq-338-son qaroriga muvofiq, futbolni rivojlantirish uchun yordam ko‘rsatish va zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, stadionlarni FIFA talablariga muvofiqlashtirish, O‘zbekiston futbol federasiyasi va futbol klublarini o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tkazish, jahon va Osiyo qit’asi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan yuqori darajali futbolchilar tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, mamlakatimiz futbolining ommaviylik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda Madaniyat vazirligining:

- faoliyat ko‘rsatayotgan futbol klublarini qayta tashkil etish yo‘li bilan mulkchilikning turli shakllaridagi professional futbol klublarini tashkil etish to‘g‘risidagi;

- zaxira tayyorlash uchun professional futbol klublarining o‘z tuzilmasiga bolalar-o‘smirlar futbol maktablarini kiritishni majburiy deb hisoblash haqidagi;

O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini uning qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari bilan birga tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilgandi.

Mazkur qaror bilan professional futbol klubini tashkil qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport tashkilotlari, shuningdek, tijorat tuzilmalari, yuridik va jismoniy shaxslardan iborat muassislar tomonidan ularning shakllantirilayotgan klublar tashkiliy va moliyaviy masalalarini hal etishdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi belgilangandi.

Mazkur qaror bilan o‘sha payt oliy ligada mavjud bo‘lgan klublarga professional maqomi berildi. OFK lisenziya komissiyasi ham yurtimizga tashrif buyurib, bu boradagi ishlar bilan yaqindan tanishgandi.

Takliflar

Poytaxtda paydo bo‘lgan «Obod» va «Oq-tepa», Farg‘onadagi «Yozyovon Lochinlari»ni shaklan va boshqa jihatlardan xususiy klub deya baholasak bo‘ladi. Aslida, futboldagi xususiy klublarni dastlab futzalda tuzish kerak. Bizning futbolda infratuzilma deyarli shakllantirib bo‘lingan. Mamlakatimiz mintaqalarida uch bosqichli sport musobaqalarining o‘tkazib kelinishi tufayli stadionlar masalasida muammo yuzaga chiqmaydi.

Demak, bu arenalarni jamoalarga va tashkil etilajak xususiy klublarga ijaraga berish kerak (keyinroq sotish masalasini ko‘rib chiqsa ham bo‘ladi). O‘z stadioniga ega bo‘lgan klubga ekipirovkalar savdosini uyushtirish qiyinchilik tug‘dirmasligi tayin. Muxlislarni jalb qilish va ulardan har bir o‘yinda aqlli yo‘l bilan mablag‘ olib qolish (aslo majburiy tarzda emas!) bu endi klublar menejerlarining mahoratiga bog‘liq.

Xususiy klublarni aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilish kerak, degan fikr ham yo‘q emas. Taklifimiz: tashkil etilajak xususiy klublarning aksiyalarini muxlislar sotib olib, klub boshqaruvi a’zosiga aylanishsin. Ana, Germaniya bundesligasi klublari va «Barselona»ni klub a’zolari boshqaradilar-ku! «Manchester Yunayted»dan norozi bo‘lgan muxlislarning «Yunayted of Manchester» nomli yarim professional klub tuzgani ham haqiqat-ku!

Xususiy futbol klublariga mablag‘ topish choralarini o‘rgatish shart bo‘lmasa kerak. Chunki yurtimizda har doim biznes sohasi vakillari uchun turli xorijlik yuqori malakali mutaxassilar tomonidan «Biznes yuritish qoidalari» bo‘yicha trening va seminarlar o‘tkazib kelinadi. Yevropa klublari (misol uchun, «Chelsi», «Borussiya» D, «Shaxtyor») menejerlarini chaqirib, ular ishtirokida turli seminarlar tashkil etish mumkin. Yoki mutaxassislar chet elda bir oylik malaka oshirish kurslariga borib kelishsa ham bo‘ladi.

Muxlislarning futbolga, stadionlarga qaytishi uchun yangi nomlar, xususan, yangi nom va shakldagi klublar darkor. Bu ko‘r-ko‘rona, shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilmasligi kerak. Xususiy futbol klublarini tashkil etish va ularning faoliyatini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi yaratilishi lozim. Buni albatta, futbol rahbariyati (O‘FF, Jismoniy tarbiya va sport ishlari Davlat qo‘mitasi), mutaxassislar (xususan, iqtisodchilar, huquqshunoslar) birgalikda ishlab chiqishlari kerak.

Imtiyozlar

Har bir tadbirkorlik sub’ektini avvalo, soliq imtiyozlari qiziqtiradi. Professional futbol klubi tashkil etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar ham bundan mustasno emas. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi 2012 yil 1 iyundagi 158-sonli qarorining 1-bandiga binoan,

Professional futbol klublari 2012 yil 1 iyundan boshlab 2018 yilning 1 yanvarigacha:

- respublikada ishlab chiqarilmaydigan, stadionlarni rekonstruksiya qilish va futbol klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan chetdan keltiriladigan jihozlar, asbob-uskunalar va materiallar uchun bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno);

- soliqlar va yig‘imlarning barcha turlarini (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) to‘lashdan ozod qilingan, bo‘shab qoladigan mablag‘larni futbolni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Qit’amizdagi ahvol

Osiyo qit’asi qanchalik katta, undagi futbol olami turli-tuman bo‘lmasin, boshqaruv jihatidan bir-biriga ancha o‘xshab ketadi. Chunki bu mintaqa futbolida davlatning ulushi kattaligi ko‘zga tashlanib turadi. O‘sha Saudiya yoki Bahraynda ham aksariyat klublar davlat korporasiyalaridan subsidiya olib kun ko‘radilar.

Janubi-SHarqiy Osiyoda (Tailand, Hindiston va h.k.) esa vaziyat biroz o‘zgacha. Bu yerda klublar kompaniyalarga tegishli. Bu muassasalarda esa davlat ulushi ham turlicha. Misol uchun, «Poxang Stilerz» (Janubiy Koreya) yoki «Saut Chayna» (Gonkong) klublarini olaylik. Ularning so‘nggi yillarda bir maromda o‘yin ko‘rsata olmayotgani bu klublarga kiritilayotgan investisiyalar va berilayotgan ssudalarga ham bog‘liq.

Xususiylashtirishning qonuniy asosi

«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasi 2-bandida davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki ob’ektlari keltirib o‘tilgan. Ular orasida sport klublari yoki sport inshootlari yo‘q. Bolalar, o‘smirlar va yoshlarning sog‘lomlashtirish muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslar; chet el  yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chog‘ida ommaviy mulkni sotib oluvchi sub’ektlar bo‘lishi mumkin.

Oliy va birinchi ligadagi klublarning xususiylashtirish jarayonini ham amalda boshlash kerak. Albatta, birdaniga emas. To‘g‘ri, viloyatlarning bosh jamoalari qog‘ozda alohida tijorat tashkiloti hisoblanadi. Lekin ularning yil so‘nggida bankrot bo‘lishi, futbolchilar va boshqa kreditorlar oldidagi qarzlarini to‘laqonli ado etishi xavfining oldini olish shart. Har bir futbol klubi, avvalo, biznes sub’ekti sifatida o‘zi mablag‘ ishlab topishi kerak. Boqimandalik kayfiyati foyda bermaydi, bundan futbol yutmaydi!

Hujjat tili bilan...

Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.

Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.

Xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

(2012 yil 24 sentyabrda qabul qilingan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘Rq-336-son qonunning 1-bobidan)

Farruxjon FAYZIYEV, huquq magistri

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:51, 23.05.2017. O'qildi: 6094 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.