Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Akrom Komilov: «Qosimov kelgach, yana ishonch tug‘ildi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Mana, Oliy liga birinchi davrasi ham asta-sekin yakuni sari yaqinlashmoqda. Mavsum ekvatori ko‘ringani sari o‘yinlar shiddati yanada oshyapti. Hozirdan mavsum kashfiyoti sifatida ta’riflanayotgan «Qo‘qon-1912», shuningdek, «Nav­bahor» kabi jamoalarning maqsadi chindan ham, jiddiy ko‘rinadi.

Aksincha, mavsum omadsizlari qatoriga tushib qolgan «Bunyodkor» va «Paxtakor» vakillari haligacha o‘zlarini o‘nglay olishmadi. E’tiborga molik tomoni, 11-tur doi­rasida shu ikki klub o‘zaro to‘qnash keldi.

«Bun­yodkor» stadionida kechgan o‘yinda kuchlar teng keldi - 1:1. Demakki, har ikki jamoa ochko yo‘qotdi. «Qaldirg‘ochlar» himoyachisi Akrom Komilovni suhbatga chorlab, bosh murabbiy o‘zgargani jamoa muhitiga qanday ta’sir qilgani bilan qiziqdik.  

- Akrom, navbatdagi «Toshkent derbisi» o‘z nomiga yarasha shiddatli kechdi. Avvalo, uchrashuv haqidagi shaxsiy xulosalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...

- Ha, ikki jamoa futbolchilari ham tomoshabop o‘yin ko‘rsatishga intilishdi. Har tomonlama derbiga xos kurash. Biz birinchi bo‘limda ancha faol harakatlandik, ammo tanaffusdan keyingi 20 daqiqa davomida o‘zimizga umuman o‘xshamadik. Faqat raqib gol urganidan so‘ng qayta uyg‘ondik, go‘yo. Aslida bemalol g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Afsuski, ba’zi vaziyatlarda omadimiz chopmadi. Shu o‘rinda bir gapni alohida aytishim kerak, o‘yindan o‘yin­ga yaxshiroq to‘p suryapmiz. O‘ylaymanki, endi hammasi ijobiy tomonga o‘zgaradi.

- Darhaqiqat, ikkinchi bo‘limni juda bo‘sh boshlab, tashabbusni raqibga berib qo‘ydinglar. Nima, tanaffus chog‘i murabbiylar qarshi hujumdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berishdimi?

- Yo‘q. Murabbiylar xuddi birinchi bo‘limdagi kabi hujumkor ruhda o‘ynash zarurligini uqtirishdi. Biroq ma’lum vaqt negadir oldinga o‘tolmadik. Bu charchoqqa bog‘liqmi? Menimcha, yo‘q.  Axir gol qo‘yib yuborgach, yana hujumga otlandik va ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, shu pallalarda ozgina sovuqqonlik yetishmadi.

- Umuman, durang o‘yinga mos natijami?

- Qaytaraman, g‘alabaga haqliroq edik.

- Mirjalol Qosimov bosh murabbiy sifatida qaytgach, jamoa muhitida qanday o‘zgarishlar sezilmoqda?

- Futbolchilarda o‘z kuchlariga ishonch hissi qayta nish urdi. Hozirda har bir o‘yinda so‘nggi soniyalargacha faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. To‘g‘ri, ayni payt natija masalasida ishlarimiz yaxshi emas. Lekin bu vaqtinchalik holat, menimcha.

- Mashg‘ulotlar jarayoni va taktika borasida ham yangiliklar bormi?

- Ha, albatta. O‘yin uslubida ham, ishga yondashuvda ham o‘zgarishlar katta. Shu ruhda ishlasak, hammasi avvalgidek o‘z iziga tushishiga ishonaman. 

- Muxlislar «Bunyodkor»ni hech qachon turnir jadvali quyi qismida ko‘rishmagandi. Jamoa qanaqasiga shunday holatga tushib qoldi? Buning sabablarini tahlil qilding­larmi?

- Birinchi navbatda, omad bizdan yuz o‘girmoqda. Chunonchi, har bir uchrashuvda kamida 5-6ta golga tortadigan vaziyatni yuzaga keltiryapmiz. Ammo samara yo‘q, bu aynan omadsizlik belgisi bo‘lsa kerak.

- Xo‘sh, avvalgi o‘yinlardagi salbiy natijalar uchun kim ko‘proq aybdor - futbolchilarmi yoki murabbiylar?

- Tan olish kerak, ko‘plab yigitlar o‘yinida yaqqol pasayish kuzatildi. Shaxsan o‘zim ham avvalgidek o‘ynay olmadim. Endi imkon qadar tezroq o‘zimni tiklab olishim shart. Murabbiy  doimo to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Qolaversa, u maydonga tushmaydi. Shunday ekan, aybni murabbiyga to‘nkash to‘g‘ri emas. Natija yaxshilanishi uchun har bir futbolchi jon kuydirib o‘ynashi kerak.

- Bugungi o‘yinga qaytamiz: gol qo‘yib yuborilishiga sabab bo‘lgan qoida buzilishida sizga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilishi hech gap emasdi. «Paxtakor» gol urgach, o‘zingizni aybdordek his qilgandirsiz...

- Ha, albatta. Lekin o‘sha vaziyat sariq kartochkaga tortmasdi. Umuman, hamisha xato va kamchiliklarimni obdon tahlil qilaman va mashg‘ulotlarda bu borada astoydil ishlayman. O‘ylaymanki, Mirjalol Qo‘shoqovich qo‘l ostida yanada o‘sishga erishaman.

- Mirjalol Qosimovning futbolchilar bilan alohida jiddiy gaplashib olgani aniq. Sir bo‘lmasa, murabbiy asosan qanday talablarni qo‘ydi?

- Birinchi navbatda, yagona maqsad yo‘lida birlashishimiz shartligini uqtirib, aks holda, hech vaqoga erishib bo‘lmasligini aytdi. Albatta, ahillikda gap katta. Shunday taqdirdagina har qanday raqibni yengish mumkin.

- Vaziyatga real baho berib aytingchi, «Bunyodkor» bu yil sovrinli o‘rinlar uchun kurashga qayta oladimi?

- Hammasi o‘z qo‘limizda. Vaziyatni o‘zgartirish uchun hali vaqt bor va umid qilamanki, bu ish uddasidan chiqamiz.

- «Bunyodkor» ishtirokidagi har bir o‘yindan keyingi matbuot anjumanida «yosh futbolchilar» iborasi ishlatilardi. Biroq birinchidan, 22-23 yoshli futbolchiga bu ta’rifni qo‘llayverish uncha to‘g‘ri kelmaydi. Ikkinchidan, u shu yoshda o‘ynamasa, qachon o‘ynaydi? Bu borada fikringiz qanday?

- Ha, gapingizga qo‘shilaman. Lekin jamoamiz Osiyo bo‘yicha eng yosh tarkibga ega va buni tan olish kerak. Yo‘q, bu bilan o‘zimizni oqlamoqchi emasman. Zero, hali yosh ekanliklari aytilayotgan futbolchilar 2-3 yildan buyon asosiy tarkibda o‘ynashyapti. Yana takror aytaman, «Bunyodkor» hali chempionat va kubok bahslarida o‘z so‘zini aytadi. Nasib qilsa, Mirjalol Qosimov boshchiligida jamoaning yangi tarixini yaratamiz. Fursatdan foydalanib, muxlislardan oxirigacha bizga ishonishlarini so‘rardim. Ishonchni hali oqlaymiz, albatta.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:03, 27.05.2017. O'qildi: 4297 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик