Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Tite: «Neymarning o‘zi terma jamoa sardorligidan voz kechgan»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Braziliya terma jamoasining JCH-2014dan keyingi tanazzul holatidan chiqib ketishida yangi bosh murabbiy Titening xizmatlari katta, albatta. Qisqa vaqtda «pentakampeonlar»ga avvalgi vajohatni qaytargan mutaxassis France Football muxbirining intervyu masalasidagi iltimosini yerda qoldirmay, o‘z laqabining qay tariqa paydo bo‘lgani, faoliyati, Ronaldo bilan munosabati va Neymarni nima uchun sardorlik vazifasidan ozod etgani xususida gapirib berdi.

- Tite laqabini Luiz Felipe Skolaridan olganingiz rostmi?

- Ha, lekin bu sof tasodif. O‘sha vaqt 14 yoshda edim va maktab jamoasida to‘p surardim, Skolari esa «Kashias» professional klubida o‘ynardi. U shuning barobarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sifatida ishlardi. Skolari bir kuni meni ham ko‘rikka chorladi. Asli ismim - Adenor. Jamoamizda esa Tite ismli menga o‘xshagan yarim himoyachi to‘p surardi. Xullas, ustozimiz bolalarni murabbiylarga tanishtirish chog‘i yanglishib, meni Tite, deya chaqirdi. Shu-shu bu laqab ajralmas hamrohimga aylandi.

- Bolaligingizda kimga kumir sifatida qaragansiz?

- Falkaoga. Yarim himoyada to‘p surgan bu futbolchining qo‘lidan kelmaydigan ishning o‘zi yo‘q edi. Qisqasi, o‘rnak bo‘lishga arziydigan ijrochi sanalardi.

- Futbolchilik faoliyatini tugatgach, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ish boshlagansiz. 39 yoshda esa «Kashias»ni mustaqil boshqarib, Rio-Grande-du-Sul shtati birinchiligida «sensasion» g‘alabaga erishgansiz. Xuddi «Lester»ning APLdagi zafari kabi...

- Ha, aynan shunday. Zero, ham saviya, ham moliyaviy tomondan bizdan kuchliroq sanalgan kamida 3ta jamoa g‘oliblikka da’vo qilgandi: Ronaldinyosi bor «Gremio», «Parmalat»dek qudratli homiy tasarrufidagi «Internasyonal» va «Juventude». Ochig‘i, chempionat arafasida kuchli to‘rtlikdan joy olishni yuksak natija, deb hisoblaganmiz. Muvaffaqiyat siri? Menga klubda 2 yil bemalol ishlash imkoniyatini berishgani! Bu Braziliya uchun uzoq muddat.

- Keyin «Internasyonal»ni boshqardingiz va bir vaqtning o‘zida 4 nafar markaziy himoyachini maydonga tushirishingiz e’tiborni tortdi.

- Bu g‘oya Fabio Kapello davridagi «Yuventus» o‘yinlarini tahlil qilish jarayonida tug‘ildi. Turin klubi 4-2-2 sxemasida o‘ynardi. Jamoaning o‘ng qanot himoyasida kim to‘p surganini bilasizmi? Lilian Tyuram. Aslida u markaziy himoyachi edi. Qisqasi, italiyaliklarga xos himoyalanishning sir-asrorlarini erinmay o‘rganib chiqdim va 3 yildan keyin «Internasyonal»ni shu uslubda shakllantirdim. Bolivar ismli markaziy himoyachi o‘ng qanotda o‘ynashga ko‘nib, men uchun Tyuram bo‘ldi. Muhimi, shu tariqa Janubiy Amerika kubogini qo‘lga kiritdik.

- «Korintians»ni qabul qilganingizda, afsonaviy Ronaldo shu jamoada o‘ynardi.

- Shartnomaga imzo chekkach, xayolimdan bir fikr o‘tdi: «Qarang-a, endi «fenomen» ustoziman!» Uzukka ko‘z qo‘ygandek mos tushgan taxallus. Hattoki,  jismoniy holati talab darajasida emasligida ham, tizzasi shikastlangan holda ham Ronalduga teng keladigani topilmasdi. U boshqalardan tezroq fikrlar, ajoyib to‘p uzatish qobiliyatini ustalik bilan ishga solardi. 3 marta to‘pga teginish bilan esa bitta o‘yin taqdirini hal qilardi-qo‘yardi. Birinchi teginish - gol! Ikkinchi teginishdan keyin tribunalar hayratdan yoqa ushlardi. Uchinchisida to‘pni o‘ta qulay vaziyatdagi sherigiga aniq va vaqtida uzatardi. Ha, Ronaldo bilan hamkorlikdagi ish mislsiz rohat bag‘ishlagan.

- 2014 yili tanaffus olib, Yevropaga yo‘l oldingiz. Bu orada murabbiylikka oid qarashlaringiz o‘zgardimi?

- Ha. «Ko‘hna qit’a»da yetakchi klublar o‘yinlarini kuzatdim, masalan, «Manchester Siti» - «Barselona» to‘qnashuvini. Shuningdek, Karlos Byanki («Atletiko»ning sobiq bosh murabbiyi) bilan soatlab bahslashdim, Karlo Anchelotti boshqaruvidagi «Real» mashg‘ulotlarini ko‘rdim. Keyin barchasini tahlil qilib, o‘z qarashlarim bilan taqqosladim. Yakunda yakdil xulosa chiqardim - mening jamoalarim yanada hujumkorroq futbolga tayanishi kerak. «Korintians»ga qaytgach, uslubga tegishli o‘zgarishlar kiritdim va o‘yinimiz sifati va samarasi ancha oshdi.

- 2016 yili terma jamoada Dunga o‘rnini egalladingiz. «Korintians»dagi shogirdingiz Paulo Andrening aytishicha, Dungadek halol insonning  konfederasiyadagi korrupsionerlar bosimi ostida ishlashga majbur bo‘lganidan afsuslangan ekansiz...

- Taklifni qabul qilishda rosa ikkilanganim rost. Uzoq vaqt o‘yladim, mulohaza qildim. Avvalo, konfederasiya rejalari bilan tanishishim lozim edi. Qolaversa, qay darajada mustaqil ish yurita olishim muhim sanalardi. To‘g‘ri, ko‘tarinki kayfiyat ham yo‘q emasdi. Zero, nihoyat, orzularim ro‘yobga chiqib, futbolimiz rivojiga bevosita hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lgandim, axir.

- Neymarni sardorlik maqomidan mahrum etish yaxshi qarorlaringiz qatoridan o‘rin olmasa kerak...

- Bu  meniki emas, uning qarori. Neymarni Olimpiada oltin medali bilan muborakbod etganimda, u shunday dedi: «Ustoz, endi sardorlik qilishni istamayman».  Shunda vaziyatni yumshatishga urindim: «Mayli, hozir bayram, bu masalani keyinroq hal qilamiz». Neymar esa kulib qo‘ydi. Lekin qarorini o‘zgartirmadi.

- Futbolni ko‘pincha boksga qiyoslaysiz. Nima uchun?

- Futbolni basketbolga taqqoslash ham mumkin. Ikkisi ham to‘p bilan o‘ynaladi. Boksga kelsak, bu sport turi ma’lum sur’atni bir maromda ushlab turishni taqozo etadi. Shu yo‘sinda kuch tejaladi. Buni ilmiy jihatdan isbotlashgan. O‘yinni sen boshqarasan, o‘ngdan, keyin chapdan zarba. Nihoyat, markazdan aniq zarba va - nokaut! Futbolda ham shunday.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:17, 28.05.2017. O'qildi: 4676 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик