Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xabi Alonso: «Real»dan qochmaganman» (intervyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Xabi Alonso faoliyatini yakunladi. 35 yoshli futbolchi hozirga qadar «Liverpul», «Real» va «Bavariya» kabi grandlar sharafini himoya qildi, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Yaqinda Ispaniyaning El Pais nashri futbolchi bilan suhbat uyushtirdi.

- Yoshingiz o‘tgan sari nimalarni o‘zlashtirdingiz?

- 27 yasharligimda 35ga kirsam tezligim pasayadi va hech kimga keragim bo‘lmay qoladi, deb o‘ylardim. Lekin barchasi boshqacha tarzda kechdi. Yoshim o‘tgani sari o‘yinni yaxshi tushunadigan, his qiladigan bo‘ldim.

- «Real»dan xuddi qochayotgandek ketgansiz...

- Ketishim hech qachon qochishni eslatmagan. Shunchaki, Madridda besh mavsum to‘p surdim, Chempionlar Ligasida zafar quchdim. Aslida, barchasi qoniqtirayotgandi. Lekin kuchimni o‘zga mamlakatda, Yevropaning boshqa bir grand klubida sinab ko‘rishga qaror qildim. Boz ustiga, Pep Gvardiola uning jamoasiga o‘tishimni juda istagandi. Xullas, shu tariqa «Bavariya» taklifiga darhol ijobiy javob qaytardim. Bunday qarorga kelishimga, yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘z kuchimni boshqa bir buyuk klubda sinab ko‘rish ishtiyoqi sabab bo‘ldi. Bu qaysidir ma’noda men uchun yangi chaqiruv edi. Jamoadan formam eng yuqori cho‘qqiga yetganda ketish kerakligini hamisha ta’kidlab kelganman. Aytishim mumkinki, «Real»ni qiyin ahvolda tashlab ketmadim. Balki Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan klubni tark etdim.

- Shunday qarorga kelishingizga YECHLdagi g‘alabaning ta’siri bo‘lganmi?

- Bu - klublar uchun muhim sovrin. Chempionatda, kubok bahslarida g‘olib chiqish mumkin, lekin aynan Chempionlar Ligasidagi g‘alaba ko‘proq tilga olinadi. Misol uchun, «Real» bazasida YECHLda g‘olib chiqqan futbolchilarning suratlari osib qo‘yilgan.

- «Real»ga o‘tishingizdan oldin «Barselona» varianti ham bo‘lganmi?

- «Liverpul» meni sotishga qaror qilganida, Rafael Benites va Pep Gvardiola kelajagim borasida gaplashishgan. Xosep bu haqda «Bavariya»ga o‘tganimdan keyin aytib berdi. Unga o‘yinim yoqardi va o‘z jamoasi safida ko‘rishni istagan. Lekin o‘shanda Serxio Buskets o‘zini ko‘rsatgan. Natijada Pep unga ishonch bildirgan. Umuman olganda, mutaxassis adashmagan ekan.

- Faoliyatingiz davomida jiddiy qo‘pollik ishlatgan holatlaringiz bo‘lganmi?

- Ko‘p emas-u, lekin bo‘lgan. Terma jamoamiz Islandiyaga qarshi o‘ynayotgandi. Ehtirosga berilib, raqib futbolchisini urib yuborganman. O‘shanda ahmoqlik qilganimni bilganman. Referi ko‘rmadi, deb o‘ylagandim. Ammo qanot hakami barchasini kuzatib turgan ekan. Natijada, 20-daqiqada islandlar 1:0 hisobida oldinda borayotgan bir paytda meni maydondan chetlatishgan. Faqatgina Andres Inyesta hisobni tenglashtirganidan so‘ng o‘zimga kelganman. Yana bir holat JCH-2010da yuz bergan. Paragvayga qarshi uchrashuvda penaltini amalga oshirganman. Hakam esa uni qayta tepishimni buyurgan. 11 metrli nuqtaga ikki marta yaqinlashish katta ruhiy bosim yuklaydi. Xullas, gol urolmadim. Yaxshiyamki, David Vilya o‘yin oxirida to‘p kiritib, g‘alabamizni ta’minlagan.

- Ko‘pincha qo‘pol o‘ynardingiz...

- Maydonda sizga nimalar deyishmaydi?! Agar raqib futbolchisi qo‘pollik ishlatsa, shunday javob qaytarishga majbursiz. Bu ham o‘yinning bir qismi. Ammo men biror-bir hamkasbimni ayblamaganman. Maydonda o‘ta qo‘pol ko‘ringani bilan uning tashqarisida yuvosh bo‘lgan ko‘plab futbolchilarni bilaman. «Klasiko» bahs­laridan so‘ng «Barsa»ning 95 foiz muxlisi meni yomon ko‘rardi, hattoki, «qassob» degan laqab ham qo‘yishgan. Lekin men shunchaki, o‘z klubim sharafini himoya qilganman.

- Xosep Gvardiola va Karlo Anchelottining qay biri taktikaga jiddiy e’tibor qaratadi?

- Umuman olganda, Karlo «Bavariya»­da ham xuddi «Real»dagi kabi ochiqko‘ngil. O‘z navbatida, turli taktik sxemalarga ko‘proq e’tibor qaratadigan bo‘ldi. Balki undan oldin Pep Gvardiola ayni tarzda ishlagani uchun shu yo‘lni tanlagandir?!

- Aytishlaricha, Anchelotti kelgach, Tyago Alkantara va Robert Levandovskining o‘yinida o‘sish kuzatilgan...

- Levandovski jahonning eng kuchli markaziy hujumchilari uchligiga kiradi. Tyago ham haqiqatan o‘sdi. U brazilcha usullarni nemis futboliga olib kirdi, deyish mumkin.

- Otangiz Periko Alonso bir paytlari Maradona bilan birga «Barselona»da o‘ynagan...

- Ha, o‘shanda Kataloniya grandini Sesar Luis Menotti boshqargan. Otam Maradonadek mohir futbolchini ko‘rmaganman, deb ko‘p ta’kidlaydi. «Barselona»ga o‘tganida juda yosh bo‘lgan. Ammo o‘shandayoq uning dahoga aylanishi sezilib turgan.

- Futboldagi «cho‘qintirgan otangiz» Jon Toshak emasmidi?

- Umuman olganda, debyutim Xavyer Klemente qo‘l ostida bo‘lgan. O‘shanda 19 yoshda edim. Bu mutaxassis unchalik ishonch bildirmagan. Mavsum yakunlanganidan so‘ng otamdan «O‘g‘lingni «Eybar»ga ijaraga berishimizga qanday qaraysan?» deb so‘ragan. Otam bunga qarshilik qilmagan. Shu tariqa klubimni almashtirganman. Keyinchalik Toshak Xoseba Lyorente va meni «Real Sosyedad»­ga qaytargan. Umuman olganda, Jon qiziq odam bo‘lgan. U «Liverpul»da afsonaga aylangan va futbolchilik davrini hech unutmagan. Bill Shenkli vafot etganida, Toshak «Suonsi»ni boshqarardi. Bu xabarni «Enfild»da «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan eshitgan. Natijada jamoalar bir daqiqalik sukut saqlash maqsadida maydon markaziga to‘planishgan. O‘shanda Toshak pidjagini yechib, Shenkli davrida «Liverpul»da kiygan futbolkasini egniga ilib olgan ekan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:25, 31.05.2017. O'qildi: 6990 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик