Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • 3:0
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • 1:1
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • 0:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

31/12/25 Byornli - Nyukasl
31/12/25 Chelsi - Bornmut
31/12/25 Nottingem Forest - Everton
31/12/25 Vest Xem - Brayton
31/12/25 Arsenal - Aston Villa
31/12/25 Man. Yunayted - Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL-2017: Raqamlar, to‘liq statistika...

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Nihoyat, YECHLning navbatdagi mavsumi ham yakunlanib, uning g‘olibi aniqlandi. Aniqrog‘i, amaldagi chempion unvonni saqlab qolishga erishdi. Futbol ixlosmandlari bu o‘rinda gap Madridning «Real»i haqida ketayotganini allaqachon payqashgani turgan gap. Ushbu voqea munosabati bilan Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniriga bog‘liq statistik ma’lumotlarga nazar tashlashni ma’qul ko‘rdik.

Mavsum qahramoni

Janluiji Buffon klubdagi faoliyati doirasida 842ta o‘yinda ishtirok etgan. Maydonda jami 75403 daqiqa to‘p surib, atigi 700ta gol o‘tkazib yuborgan. Shu vaqt mobaynida 13ta sariq, 4ta qizil kartochka olgan. Jami 378ta bahsda o‘z darvozasiga «qulf solgan». YECHLda jami 108ta o‘yin (9840 daqiqa) o‘tkazib, shuning 47tasida gol o‘tkazib yubormagan. Xususan, joriy mavsum YECHLda 12ta uchrashuvda maydonga tushib, uning 8tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Texnik ko‘rsatkichlar:

Darvoza tomon aniq zarbalar soni bo‘yicha: 27 - Krishtianu Ronaldu («Real»), 19 - Gonsalo Iguain («Yuventus»), 17 - Karim Benzema («Real»), 16 - Pyer-Emerik Obameyang («Borussiya» D.).

Darvoza tomon noaniq zarbalar soni bo‘yicha: 26 - Krishtianu Ronaldu («Real»), 17 - Robert Levandovski («Bavariya»), 16 - Lionel Messi («Barselona»), 14 - Gonsalo Iguain («Yuventus»).

Ogohlantirishlar: 5 - Marko Verratti («PSJ»), Neymar («Barselona»), 4ta - 9 nafar futbolchi. Jami 467ta sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Chetlatishlar: Jami - 24 ta. 1 - Sergey Sidorchuk («Dinamo» K.), Olivye Jiru («Arsenal»), Marko Verratti («PSJ»), Yan Gregush («Kopengagen»), Mario Lemina («Yuventus»), Jeremi Matyo («Barselona»), Klaudio Bravo («Manchester Siti»), Yulian Korb («Borussiya» M.), Joffrua Serey Dye («Bazel»), Peter Stoyanovich («Dinamo» Z.), Lars Shtindl («Borussiya» M.), Fernandinyo («Manchester Siti»), Joao Pereyra («Sporting»), Franko Vaskes («Sevilya»), Andreas Bek («Beshiktosh»), Vensan Abubakar («Beshiktosh»), Vilyam Karvalyu («Sporting»), Aleks Tellas («Portu»), Loran Kosyelni («Arsenal»), Maksi Pereyra («Portu»), Samir Nasri («Sevilya»), Xavi Martines («Bavariya»), Arturo Vidal («Bavariya»), Xuan Kuadrado («Yuventus»).

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchilar: 11 - Lionel Messi («Barselona»), 5 - Antuan Grizmann («Atletiko»), 4 - Paulo Dibala («Yuventus»), Riyod Mahrez («Lester»).

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchilar: 9 - Krishtianu Ronaldu («Real»), 6 -Edinson Kavani («PSJ»), Robert Levandovski («Bavariya»).

Bosh bilan gol urish bo‘yicha yetakchi: 3 - Karim Benzema («Real»). Yana 10 futbolchida 2tadan.

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha yetakchilar: 10 -Lionel Messi («Barselona»), 9- Krishtianu Ronaldu («Real»), 8 - Edinson Kavani («PSJ»).

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha yetakchilar: 3 - Krishtianu Ronaldu («Real»), Anxel di Mariya («PSJ»).

Penaltidan unumli foydalanish bo‘yicha peshqadam: 4 - Robert Levandovski («Bavariya»).

Eng ko‘p masofa bosib o‘tgan futbolchilar: 142345 m - Koke («Atletiko»), 132688 m - Antuan Grizmann («Atletiko»), 129529 m - Gabi («Atletiko»), 124366 m - Krishtianu Ronaldu («Real»), 123187 m - Toni Kross («Real»), 120115 m - Bernardu Silva («Monako»). Atigi 13 futbolchi 110 km.dan ortiq masofa bosib o‘tgan.

Eng ko‘p pas uzatgan futbolchilar: 889ta - Koke («Atletiko»), 885ta - Toni Kross («Real»), 847ta - Gabi («Atletiko»).

Eng ko‘p gol urgan jamoalar: 36 - «Real», 28 - «Borussiya» D., 27 - «Bavariya», 26 - «Barselona».

Jarima maydoni ichida gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 27 - «Real», 24 - «Borussiya» D., 22 - «Bavariya», 21 - «Barselona».

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 7 - «Real», 6 - «Yuventus», 4 - «Barselona», «Bavariya», «PSJ».

Bosh bilan gol urish bo‘yicha yetakchi klublar: 7 - «Real», 6 - «Borussiya» D., «Bavariya», 4 - «Monako».

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 20 - «Real», 11 - «Borussiya» D., «Barselona», «Bavariya», «Arsenal», «PSJ», «Monako», «Yuventus».

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 12 - «Barselona», 9 - «Bavariya», «Borussiya» D., «Yuventus», «Atletiko».

Avtogol qayd etgan «etakchi» jamoalar: «Real», «Bayer», «Kopengagen».

Penaltidan unumli foydalanish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 4 - «Bavariya», 3 - «Barselona», «Yuventus», «Atletiko».

Eng ko‘p sariq kartochka ishlagan jamoalar: 31 - «Yuventus», 28 - «Monako», 27- «Barselona».

Eng kam sariq kartochka ishlagan jamoalar: 6 - PSV, «Tottenxem», 7 - SSKA (Moskva), 8 - «Seltik».

Qizil kartochka olish bo‘yicha «etakchi» jamoalar: 2 - «Bavariya», «Portu», «Arsenal», «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya» M., «Beshiktosh», «Sporting», «Yuventus».

Burchak to‘pi tepish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 79 - «Real», 75 - «Bavariya», 66 - «Napoli», 65 - «Barselona».

Eng ko‘p pas uzatgan jamoalar: 7692 - «Real» (89 foiz aniq), 7209 - «Bavariya» (91 foiz aniq), 7112 - «Yuventus» (88 foiz aniq).

Aniq bajarilgan penaltilar: 33ta.

Amalga oshirilmagan penaltilar: 20ta.

To‘purarlar: 12 - Krishtianu Ronaldu («Real»); 11 - Lionel Messi («Barselona», 2-pen.); 8 - Edinson Kavani («PSJ», 1), Robert Levandovski («Bavariya», 4); 7 - Pyer-Emerik Obameyang («Borussiya» D.); 6 - Antuan Grizmann («Atletiko», 2), Kilian Mbappe («Monako»); 5 - Serxio Aguero («Manchester Siti», 1), Karim Benzema («Real»), Gonsalo Iguain («Yuventus», 1), Dris Mertens («Napoli»), Radamel Falkao («Monako»).

Assistentlar: 8 - Neymar («Barselona»), 6 - Krishtianu Ronaldu («Real»), 5 - Dani Karvaxal («Real»), Usmon Dembele («Borussiya» D.).

Avtogollar: Igor Akinfeev (SSKA), Sven Bender («Borussiya» D.), Marko Verratti («PSJ»), Morgan De Sanktis («Monako»), Stefano Densvil («Bryugge»), Yakub Jeznichak («Legiya»), Aleks Ivobi («Arsenal»), Tomash Yodloves («Legiya»), Layven Kyurzava («PSJ»), Dris Mertens («Napoli»), Brandon Mexele («Bryugge»), Serxio Ramos («Real»), Stefan Savich («Atletiko»), Rahim Sterling («Manchester Siti»).

«Seyv»lar soni bo‘yicha: 39 - Yan Oblak («Atletiko»), 37 - Manuel Noyer («Bavariya»), Keylor Navas («Real»), 33 - Lyudovik Butel («Bryugge»), 32 - Arkadiush Malyaj («Legiya»).

Zaxira o‘rindiG‘i vakillari urgan gollar bo‘yicha:

7 - Alvaro Morata, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Karim Benzema («Real»)

3 - Xuan Bernat, Tomas Myuller, Duglas Kosta («Bavariya»), Andre Shyurrle, Gonsalo Kastro, Marko Roys («Borussiya» D.), Xuan Kuadrado, Marko Pyasa, Daniel Alves («Yuventus»)

2 - Andres Inyesta, Serxi Roberto («Barselona»), Gonsalu Gedesh, Eduardu Salvio («Benfika»), Taliska, Jenk Tosun («Beshiktosh»), Toma Lema, Valer Jermen («Monako»), Manolo Gabbyadini, Dris Mertens («Napoli»)

1 - Fernando Torres («Atletiko»), Luka Zuffi («Bazel»), Viktor Sigankov («Dinamo» K.), Nemanya Nikolich («Legiya»), Kelechi Ixeanacho («Manchester Siti»), Bruno Sezar («Sporting»), Vissam Ben-Yedder («Sevilya»).

Gollar xronometraji

Daqiqalar         Gollar

1-15                         51

16-30                                   68

31-45                                   50

Qo‘shimcha vaqt (1-bo‘lim)       9

46-60                                   70

61-75                                   49

76-90                                   66

Qo‘shimcha vaqt (2-bo‘lim)       14

Ekstra taym             3

Jami                                   380

Izoh: Mazkur ko‘rsatkichlar 2017 yil 4 iyun holatiga ko‘ra keltirilgan.

Faktlar, rekordlar...

1 - Ma’lumki, fransuz murabbiylari ichida Zayniddin Zidan YECHLni yutgan yagona murabbiy hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu turnirda 14ta mamlakat mutaxassislari g‘olib chiqishgan. Italyan murabbiylaridan 11 kishi ushbu turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

2 - Germaniyalik hakam Feliks Brix joriy mavsum YECHLda atigi ikki futbolchini chetlatgan, xolos. Bular - Aleks Telles («Portu», 22 fevral) va Xuan Kuadrado («Yuventus», 2 iyun).

3 - Xuan Kuadrado («Yuventus») YECHL finalida maydondan chetlatilgan 3-futbolchi bo‘ldi. Yens Lemann (2006, «Arsenal») va Didye Drogba (2008, «Chelsi») bu borada dastlabkilardan bo‘lishgandi.

3 - «Real» yarim himoyachisi Garet Beyl Uels futbolchilari ichida ushbu turnirda 3 marta muvaffaqiyat qozongan birinchi futbolchi bo‘ldi. «Liverpul» himoyachisi Jozef Jons (1977, 1978) va «Manchester Yunayted» xavbeki Rayan Giggz (1999, 2008) bu borada «dubl» qayd etishgandi. Garet Beyl YECHLda ilk marta 2014 yilda Madridning «Real» klubi safida g‘olib chiqqandi.

5 - «Yuventus» 1996 yilda ushbu turnir bosh sovriniga ega chiqqanidan beri 5ta finalni boy berdi. Bu so‘nggi yillarda eng omadsiz seriya hisoblanadi.

6 - «Blankoslar» Yevropa klublari ichida ketma-ket 6 marta Chempionlar Ligasi finalini yutgan ilk jamoa bo‘ldi. «Real Madrid» 1998, 2000, 2002, 2014, 2016 va 2017 yillarda YECHLda g‘alaba qozongan.

7 - Zayniddin Zidanning YECHLni ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan 7-mutaxassis ekanligi yodingizda bo‘lsa kerak?! Ungacha mazkur natija quyidagi shaxslar tomonidan qayd etilgan: Migel Munyos («Real» - 1956 va 1957; «Real» - 1960 va 1966), Jovanni Trappattoni («Milan» - 1963 va 1969; «Yuventus» - 1985), Yoxan Kruiff («Ayaks» - 1971, 1972 va 1973; «Barselona» - 1992), Karlo Anchelotti («Milan» - 1989 va 1990; «Milan» - 2003 va 2007, «Real» - 2014), Frank Raykaard («Milan» - 1989 va 1990, «Ayaks» - 1995; «Barselona» - 2006) va Xosep Gvardiola («Barselona» - 1992; «Barselona» - 2009 va 2011). Yangilangan formatdagi turnir bo‘yicha oladigan bo‘lsak, bu borada faqat Frank Raykaard va Zayniddin Zidan ajralib turadi, xolos.

12 - Krishtianu Ronaldu ketma-ket 5-marta, o‘z faoliyatda esa 6-marta Chempionlar Ligasi to‘purari bo‘ldi. Buning uchun unga 12ta gol kifoya qildi. 2013|2014 yillar mavsumidagi rekord (17ta gol) o‘zgarmay qoldi.

13 - Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema YECHL-2016|2017da 13ta o‘yin o‘tkazishdi. Bu joriy mavsumdagi rekord ko‘rsatkichdir.

17 - Ispaniya klublari YECHK|ECHLda 17-marta g‘olib bo‘lishdi. Undan keyingi o‘rinda turgan Italiya vakillari esa 12 marta zafar quchishgan. Har ikki mamlakat jamoalari esa 28 martadan finalga yo‘l olishgan.

60 - Madridning «Real»i 2016|2017 yillar mavsumida o‘zi o‘tkazgan 60ta rasmiy o‘yinning barchasida gol urgan. 2016 yil 26 aprelda «Manchester Siti» (0:0) bilan o‘yin­dan keyin «blankoslar» ketma-ket 65ta bahsda to‘p kiritib kelishyapti. Bu rekord natijadir.

140 - Finaldagi bahs Krishtianu Ronaldu uchun YECHLdagi 140-o‘yin (saralash uchrashuvlarini inobatga olmaganda) bo‘ldi. Ushbu musobaqada ishtirok etish bo‘yicha undan oldinda quyidagi futbolchilar bor, xolos: Iker Kasilyas (164 o‘yin), Xavi (151), Raul (142), Rayan Giggz (141).

380 - Joriy mavsum guruh bosqichidan boshlab 125ta o‘yin o‘tkazilib, jamoalar 380ta gol urishdi: bitta o‘yinga o‘rtacha 3,04ta gol. Bu ham 2012|2013 yil mavsumidagi rekordning (2,94) yangilanganini anglatadi.

600 - Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 600-golini (Portugaliya m.t.j - 71ta, «Sporting» - 5ta, «MYU» - 118ta, «Real» - 406ta) urdi. Buning uchun u 855ta bahsda ishtirok etdi. Shuningdek, Ronaldu YECHL finalida «dubl» qayd etgan hisob bo‘yicha 6-futbolchiga aylandi. So‘ngi marta bunday ko‘rsatkich Diyego Milito tomonidan 2010 yilda («Inter» - «Bavariya» - 2:0) qayd etilgandi.

F.FAYZIYEV  tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:48, 09.06.2017. O'qildi: 19138 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.