Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Bizga bunday futbol kerak emas!»

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jurnalist Elmurod Ermatov Surxondaryoda ro‘y bergan, «Surxon» va «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtidagi ommaviy mushtlashuvga o‘z munosabatini bildirdi.

Tanish ibora, to‘g‘rimi? Aslida sarlavhadagi so‘zlar futbolga emas, balki xokkeyga tegishli. 1972 yili Sobiq Ittifoq va Kanada termalari o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvda mashhur Valeriy Xarlamovni quvib yeta olmagan okeanortilik xokkeychi - Fil Espozito va uning sheriklari raqibning mahoratiga tan berish o‘rniga maydon bo‘ylab hujumchiga jarohat yetkazish uchun harakatlana boshlaydi. Sharhlovchi Nikolay Ozerov mushtlashuvlarga to‘la va sharmandali o‘yinga bir og‘iz so‘z bilan yakun yasaydi: «Nam ne nujen takoy xokkey!» («Bunday xokkey bizga kerak emas!»)

4 iyun kuni O‘zbekiston birinchiligi 13 turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Andijon» uchrashuvi ommaviy mushtlashuv bilan tugagani haqidagi xabarni o‘qib, noxush voqeaga jiddiy e’tibor qaratmagan edik. Barchamizga ma’lum, birinchi liga deya atalmush chempionat bahslari televideniye orqali translyasiya qilinmaydi. Biroq har ikki klub o‘yinni to‘laligicha videoga yozib oladi. Oradan to‘rt kun o‘tgach, sharmandali holat videoyozuvidan keng omma «bahramand» bo‘ldi.

Sport bu - insonlar uchun halollik, mardlik va kuchlilar bellashuvidir. Har bir sport musobaqasi, ayniqsa futbol uchrashuvi ishqibozlar uchun bayramdek gap. Stadionga tashrif buyurgan muxlis har ikki jamoaning qay biri mahorat bobida bir-biridan ustun ekanligini ko‘rgani, toza o‘yin, chiroyli fintlar, o‘ylangan kombinasiyalar hosilasi bo‘lgan gollarni tomosha qilgani keladi.

Ayni paytda har ikki - «Surxon» va «Andijon» klublari oldiga jamoa rahbarlari tomonidan birinchilikni muvaffaqiyatli tamomlab, keyingi mavsumda oliy ligaga chiqish topshirig‘i qo‘yilgan. Ular uchun har bir ochko suv va havodek zarur. Lekin, bu degani, maydonda o‘zini vahshiylarcha tutib, har qanday yo‘l bilan emas, balki halol o‘yinlarda bahslashib, o‘zingni namoyon et deganidir.

Ayanchli videoyozuvni ko‘rgach, birinchi navbatda yotgan joyida raqib jamoa futbolchilari va vrachi tomonidan boshi va tanasiga zarbalar yegan «Andijon» futbolchisi Farhod Bekmurodovni izladim. Farhodga  ayni paytda – «Andijon futbolini kelajagi» deya nom berishgan. To‘g‘risi ham shunday. Men yosh va bo‘ydor futbolchining o‘yinlarini yaqin 3 yildan buyon kuzatib kelaman. Maydon markazida dispetcherlik va raqib jamoa taktikasini buzishni qoyilmaqom tarzda uddalaydigan futbolchi.

«O‘sha kuni stadiondan to‘g‘ri kasalxonaga olib ketishib, rentgen qilishdi, sog‘ligim yomon emas», deydi Farhod.

Uning ovozini eshitib, haytovur ko‘ngil joyiga tushdi.

«Andijon» klubining eng tajribali o‘yinchisi Anvar Berdiyev bilan esa  o‘yin tafsilotlari haqida gaplashdik.

«O‘yin jangovar ruhda boshlandi. Birinchi bo‘limda 1:1 durang qayd etilib, ikkinchi bo‘limda raqiblarimiz penaltidan gol kiritishdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida biz ikkinchi to‘pni kiritdik. Hammasi shundan so‘ng boshlandi. Bahs davomida maydon markazida Farhod juda yaxshi o‘yin namoyish etib, ko‘p bora raqiblardan to‘pni olib  qo‘ydi. Uning vazifasi raqib taktikasini buzishdan iborat. Bu esa ularga yoqmasligi tayin. To‘p uchun kurash davomida futbolchilar o‘rtasida yelkama-elka tortishuvlar bo‘ladi. Shunday vaziyatlardan birida «Surxon» futbolchisi qizishib ketib, hujumga to‘pni uzatgan o‘yinchimizga qo‘li bilan zarba berdi. Maydonda tartibsizlik yuzaga kelganida raqiblarimiz o‘yinchilari va massajchisi yerda yotgan futbolchimizga oyog‘i bilan zarbalar berishdi», deydi Anvar Berdiyev.

O‘zbek futbolida o‘ziga yarasha nom qozongan Berdiyev hamiyatli ekan. Uning: «Aka, bu gaplarni yozish shart emas, chunki o‘yindan so‘ng «Surxon» klubi futbolchilari o‘zlarini bosa olmaganliklari uchun oldimizga kelib, kechirim so‘rashdi» deyishi bunga yaqqol misol.

Klub mutasaddilar ham o‘yindan so‘ng «Surxon» futbolchilarining barchasi ko‘rsatilgan «mehmonnavozlik» uchun kechirim so‘raganini aytib, shov-shuv ko‘tarish shart emasligiga urg‘u berdilar. 

Voqeadan so‘ng har ikki jamoaga qanday choralar qo‘llanganidan o‘quvchilar xabardor. Yerda yotgan raqibni tepish bo‘yicha «Sharq yakkakurashlari ustasi» bo‘lgan vrach futboldan ketibdi. Farhod Bekmurodov yotvolib zarbalar qabul qilgani uchun jazolangani ham bor gap.

Alqissa, voqea - kechirim so‘rash va PFL tomonidan har ikki jamoa o‘yinchilariga berilgan intizomiy choralar bilan yakuniga yetgandek.

Fikri ojizimizcha esa unday emas. Elitar birinchiligimiz bo‘lgan oliy ligada bu darajadagi noxush holatlar uchramaydi. Birinchi liganing asosiy vazifasi esa oliy ligaga yosh o‘yinchilarni tayyorlash. Mana  «Surxon» qanday kadrlar tayyorlayapti?».

Dunyo tan olgan o‘zbek hakami Ravshan Ermatov o‘yinda hali o‘rnidan turmagan futbolchiga «sariq» kartochka bermaganini guvohimiz. Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov har raunddan so‘ng MUSHTLASHGAN RAQIBIGA chiroyli o‘yin uchun minnatdorchilik bildiradi. Chunki, ular  o‘z kasbini ustalari, sport prinsiplarini to‘la tushungan insonlar. Shuning uchun bu insonlarga omad hamisha yor.

Har bir sport musobaqasini yosh avlod uchun ma’naviyat darsi deb bilmoq kerak. Chunki, yoshlar sportchilarni doim o‘zlariga o‘rnak deb bilganlar. El tanigan sportchilar ular uchun – etalon. Yoshlar o‘zini xuddi ulardek tutishni, sportchilardek kiyinishni, hatto soch turmagini ham suyuklilaridek bo‘lishini hohlashadi.

Ro‘zai Ramazon kunlarida mehmonga kelgan sportchini jarohat olib, yerda yotganida tepkilab tashlagan jamoaga PFL bundanda og‘irroq jazo qo‘llashi lozim. Yana barcha jamoalarda sportchilar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy  ishlar saviyasini oshirish kerak. 

Videoyozuvni ko‘rgach, tuni bilan ko‘zga uyqu kelmadi. Futbolchi degani ham shunday bo‘ladimi?  Maydonga tushganingda raqibingdan mahorat bobida pand yesang, bor kuchingni mashg‘ulotlarga ber! Jahl va shijoatningni raqib darvozasiga gollar qalashtirib ko‘rsat! Qo‘lingdan kelmasa, o‘zingni sharmanda qilmay, futboldan ket! Chunki, ring, tatami, arena va futbol maydoni singari joy mardlarga yarashadi.

Bizga esa bunday futbol kerak emas!

Manba: kun.uz
Kiritildi: 20:57, 10.06.2017. O'qildi: 10899 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.