Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLning yangi vakili «Haddersfild» haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Moliyaviy imkoniyatlari haminqadar, hali ommaga unchalik tanilishga ulgurmagan «Haddersfild Taun» jamoasi «Nyukasl» va «Brayton» qatori Angliya premyer-ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bombardir.ru shu munosabat bilan chempionshipda shov-shuv ko‘targan klub va uning asoschisi David Vagner haqida so‘z yuritishga qaror qildi. Darhaqiqat, bu shaxs tumanli o‘lkada kichik «Borussiya»ni yaratdi.

O‘tgan mavsum boshida Dortmundning «Borussiya» klubi zaxira tarkibi sobiq murabbiyi «Haddersfild Taun»da ish boshlab, jamoani chempionshipdan yangi bosqichga olib chiqdi. Endi «teryerlar» APLda qatnashishadi. Vagnerning niyatini ang­lash qiyin emas: u «Haddersfild»dan kichik «Borussiya» yaratmoqchi. Germaniyalik mutaxassis bu yo‘lda turli uslublarga murojaat etmoqda. Hattoki, shogirdlari o‘rtasida hamjihatlikni ta’minlash uchun ularni Shvesiyadagi yovvoyi shart-sharoitlarda sinadi.

David Vagner Yurgen Kloppdan farqli o‘laroq, jamoasi o‘yiniga «xevi-metal» atamasini qo‘llamaydi. Murabbiyning bu borada o‘z qarashlari mavjud: «Endi biz o‘z o‘yinimizni teryer uslubi, deb atayapmiz». Vagner o‘zini Klopp bilan solishtiraverishlarini xohlamaydi, vaholanki «Liverpul»ning bugungi kundagi ustozi Davidning faoliyatida katta rol o‘ynagan. Ular birgalikda «Mayns»da to‘p surishgan, do‘stlashishgan va aynan Klopp uni murabbiylik faoliyatini boshlashga ko‘ndirgan. «Bu aynan men yoqtirgan uslub - teryerlar kabi o‘ynash. Biz itlarning eng yirik zotidan emasmiz. Kichkinamiz, ammo hamisha tajovuzkormiz, hech kimdan qo‘rqmaymiz. Katta itlar bilan raqobatlashishni xohlaymiz, tezkormiz, sabr-bardoshlimiz. Hech qachon taslim bo‘lmaymiz. Jangovar ruh bizga hamisha hamroh», - deydi Vagner.

Anglaganingizdek, «Haddersfild»­ning laqabi - «teryerlar» (it zoti). David Vagnerni bu klubda kutishayotgandi. Klubning barcha sovrinlari o‘tgan yuz yillikning 20-yillarida qo‘lga kiritilgan, o‘sha kezlari jamoa­ni buyuk Gerbert Chepmen boshqargandi. U «Arsenal»ga ketgach, «Haddersfild» yana bir necha yil Angliya futboli elitasida qatnashdi, so‘ngra urush yillaridan keyin ham bir-ikki marta ulkan natijalar qayd etdi. Premyer-ligaga asos solingan pallada esa nazardan chetda qolgandi.

Chempionshipning bu galgi mavsumida dastlabki 11ta o‘yindan so‘ng «Haddersfild» chempionatning asosiy favoritlari - «Norvich» va «Nyukasl»ni ochkolar bo‘yicha ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab turgandi. «Teryerlar» beshta uy uchrashuvida muvaffaqiyat qozonishdi, ikkinchi turdayoq safarda «Nyukasl»ni mag‘lubiyatga uchratishdi, bu paytga qadar erishilgan sakkizta g‘alaba esa bitta gol farqi bilan qo‘lga kiritilgandi - 1:0 yoki 2:1. «Reding» va «Brayton»ga ham 0:1 hisobida yutqazishdi.

Haddersfildda Klaudio Ranyeri taktikasiga tayangan holda premyer-liga haqida og‘iz ochishmadi. 1962 yildan so‘ng ilk marta musobaqani prinsipial raqib - «Lids»dan yuqoriroqda yakunlash ham jamoa uchun katta natijadek tuyuldi. David Vagner ro‘y berayotgan voqealardan rohatlanardi: «Oldimga maqsad qo‘ymayman, chunki ular ba’zan cheklovga yetaklaydi, biz esa chegara bo‘lishini xohlamaymiz. Men xayolparast emas, ishchiman».

U shogirdlarida ham xuddi shunday mehnatkashlarni ko‘radi. «Haddersfild»dagi ilk kunlaridanoq Vagner qo‘shaloq mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘ydi, hattoki, jamoa ertasiga kunduzi soat uchda o‘ynashi lozim bo‘lsa ham yengillik yaratishni o‘ylamadi. Futbolchilarning unga qarshi norozilik bildirishlari kutilgandi, ammo Vagner o‘zi uchun kerakli odamlarni topa bildi: «Bu men uchun ajoyib syurpriz va eng katta yordam bo‘ldi - o‘yinchilardan hech biri e’tiroz bildirmadi, ayniqsa, Din Uayt­xed va Mark Xadson singari tajribali futbolchilar o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsata olishdi. Ularni professional bilib, mazkur omil yanada kuch bag‘ishlashini isbotlasangiz, shogirdlaringiz har bir gapingizga quloq tutishadi. Jamoada omadimning kelgani ham shundan - ular yangi marralarni zabt etishga tayyor edilar».

Vagner o‘tgan mavsum kelgandi, shu zahoti «Haddersfild»ning natijalari yaxshilana boshladi, ammo chempionat yakunida klub biroz yengil tin olgani pand berib, «Bristol» (0:4) va «Brentford» (1:5)ga yutqazdi. Vagner dastlabki mavsumoldi tayyorgarlik ulkan ahamiyat kasb etishini bilardi. Boz ustiga, u yozda 13 nafar ijara o‘yinchilarini olib keldi, ular orasida o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Germaniyadan to‘rt hamyurti bor edi. «Haddersfild» ilk bor shunday geografik o‘zgarishlarga duch keldi. Birinchi marta jamoani britaniyalik bo‘lmagan mutaxassis boshqardi, tarkibdagilarning yarmi chegara ortidan kelgan. Qayiq asta-sekin joyidan jila boshlagandi. Ekstremal vaziyatda Vagner nostandart yo‘lni tanlashga qaror qildi: «Safimizda ko‘plab yangi futbolchilar borligi, ulardan yuz yildan ko‘proq tarix va an’anaga ega klubga kelishganini anglash talab etilardi. Shvesiyaga to‘rt kunlik sayohat uyushtirdik, o‘zimiz bilan to‘p olmadik. Yovvoyi sharoitlarda yashadik - elektr, hojatxona, krovat, mobil telefon va internet yo‘q edi. Qorin ochdimi - ana, qarmoqni ol-da, baliq tut. Chanqadingmi - ko‘lga borib, idishni suvga to‘ldir. Sovuq qotsang, gulxan yoq».

Jamoaga maxsus gidlar yordam berishdi, lekin baribir, futbolchilar shu tariqa tezda bir-birlari bilan tanishishdi, ular o‘rtasida hamjihatlik paydo bo‘ldi. Vagnerning mazkur sayohatdan ko‘zlagan asosiy maqsadi o‘zaro munosabatlarning ijobiy tus olishini ta’minlash edi. «Ishonchim komilki, jamoadoshingizni qanchalik yaxshi bilsangiz, u bilan maydonda shuncha tez til topisha olasiz. Shu to‘rt kun ichida har qanday to‘siqlar olib tashlandi. Oradan uch oy o‘tgan pallada aytishim mumkinki, mavsum startidagi muvaffaqiyatimiz 100 foiz shu sayohat bilan bog‘liq», - dedi u.

Shunga qaramay, Vagnerni o‘ta qattiqqo‘l murabbiy deyish qiyin. Mashg‘ulotlar payti uning yuzida tez-tez tabassum paydo bo‘ladi, ishga to‘g‘ri yondashishga urinadi. Misol uchun, mutaxassis klubga diyetolog tanlashni nazorat qildi, qolaversa, yangi o‘yinchilar shartnomasiga yangi bandlar kiritdi: ular yashayotgan xonadon va mashg‘ulot bazasi o‘rtasidagi masofa 15 mildan oshmasligi shart, zero mashqlardan so‘ng uzoq yo‘l yurish tiklanish jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazadi. David biologiya va sportdagi bilimlarni Darmshtadt universitetida olgan, u yerni 2005 yili yakunlagan. «Qaysidir pallada futbolga ishtiyoqim yo‘qolgandek tuyuldi, shu bois millionlar o‘yinidan muayyan fan sifatida ko‘proq tushuncha olish maqsadida o‘qishga qaror qildim, - deya eslaydi Vagner. - Bu hoynahoy, hayotimdagi eng og‘ir besh yil bo‘ldi, ammo baribir, niyatimga yetdim. Taxminan ikki yildan so‘ng yana futbolga qaytish istagi tug‘ildi».

Yurgen Klopp ushbu ishtiyoqning qaytishida asosiy sababchilardan biri bo‘lgan. «So‘nggi imtihonimni topshirishimdan bir necha kun avval Yurgen shunday degandi: «Sen professional futbolchi bo‘lgansan, shunday ekan, o‘qish yakunlangach, UYEFA lisenziyasini ham olishni unutma. Shu tariqa millionlar o‘yiniga kirish eshigini ochiqligicha qoldirishing mumkin».

Vagner imtihondan so‘ng aynan shunday yo‘l tutdi. Ikki yil «Hoffenhaym» o‘smirlar jamoasida ishlagach, yana maktabga qaytdi. UYEFAdagi ta’lim olish jarayonida Vagner o‘qituvchilik ham qildi, kurs yakunlanishi arafasida esa Klopp uni Dortmundga kelishga ko‘ndirdi. David bu yerda zaxira jamoasiga murabbiylik qildi. Keyingi to‘rt yil mobaynida u Dortmundga xos uslubga tayanib, «Borussiya II»ni uchinchi bundesligaga olib chiqdi. Mazkur uslub «Xaddersfild» rahbari Din Xoylda yorqin taassurot qoldirgach, Vagnerga Yorkshirda «kichik «Borussiya»ga asos solish taklifi bilan chiqishdi.

«Albatta, uslubimiz asosi «Borussiya»dan olingan, - deydi Vagner. - Ammo ko‘p jihatlar bo‘yicha Angliya muhitiga ko‘nikishimizga to‘g‘ri keldi. Masalan, hakamlar bu yerda kam hushtak chalishadi, shu bois o‘yinda tanaffuslar kam, futbolchilar 70-daqiqadayoq charchab qolishadi. Balki g‘alaba qozonayotganimizda ikkinchi golni urishga intilmay, to‘pni o‘zimizda saqlab turish ma’quldir, lekin mazkur masalada shogirdlarimga taqiq qo‘yolmasdim».

Umuman, «Haddersfild» xuddi girdob kabi to‘p suradi. Jamoaning maftunkor o‘yin uslubi yozda 15 mingta abonement sotilishiga sabab bo‘ldi («Jon Smit Stedium» esa jami 24500 kishiga mo‘ljallangan). O‘tgan yilning avgustida tomoshabin tashrifi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etilib, mavsum ochilishini stadiondan 18479 muxlis kuzatdi.

Terma jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga keladigan dastlabki xalqaro tanaffus paytida Vagner shogirdlarini «Liverpul»ning Melvuddagi bazasiga olib borib, o‘rtoqlik bahsida Klopp shogirdlarini mag‘lub etdi. Mersisaydiklar safida terma jamoaga chaqirilmaganlar to‘p surishganini alohida ta’kidlash lozim. Balki, germaniyaliklar muvaffaqiyatni takrorlab, buni an’anaga aylantirishar, ammo o‘sha pallada ko‘pchilikni boshqa savol o‘ylantirardi: «Haddersfild» keyinchalik ham yetakchilar qatorida borib, jiddiy sinovlarni yenga bilarmikan?

Vagner esa o‘sha pallada shunday dedi: «Xavotirga asos yo‘q. Muhimi, mashg‘ulotlardagi qizg‘inlik va o‘yinchilar tiklanish jarayonida o‘rtadagi muvozanatni saqlashimiz lozim. Bu borada menda muammo yo‘qligini hamma biladi. Umuman, o‘sish va rivojlanish lozim bo‘lgan jabhalar ko‘p va hozir biz aynan yo‘l boshida turibmiz».

«Haddersfild» chempionshipni beshinchi o‘rinda yakunlab, «pley-off» yarim finali javob uchrashuvida penaltilar seriyasida «Sheffild Uensdey»ni taslim qildi. Yap Stamning «Reding»iga qarshi kechgan finalda esa Vagner boshchiligidagi jamoa uchrashuv boshidayoq o‘ta qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi: Braun bo‘sh qolgan darvozani yaqin masofadan ishg‘ol qila bilmadi. 120 daqiqa gol kuzatilmadi, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida dastlab «Xaddersfild» 2:3 hisobida ortda borayotgandi. Ammo yakunda raqibning asablari dosh bermadi - «Reding»ning keyingi ikki zarbasi noaniq bo‘ldi. «Xaddersfild» o‘yinchilari esa o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, seriyani 4:3 hisobida o‘z foydalariga hal qilishdi. Shu tariqa «ter­erlar»ning keyingi mavsum APLda qatnashishlari oydinlashdi.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:49, 14.06.2017. O'qildi: 4013 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.