Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xames - qiyinchiliklarni yengib, mag‘lub bo‘lgan “Real” yulduzi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xames Rodriges Madridni tark etmoqda. Ispaniyaning OAV xabarlariga ko‘ra, yaqin orada Xames “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolashi kerak. Aslida, Xames shu kunga yetishish uchun qanchadan-qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirgandi.

90-yillarda Kolumbiya davlati juda notinch edi. Oddiy xalq juda ham qiynalardi, davlat esa Pablo Eskobar ismli narkobaronni hech ham ushlay olmasdi. Pablo Eskobar o‘z davlatini nimalar qilmadi. Portlatdi, narkomaniyani yuzaga keltirdi. Mana shu sharoitda Kukuta shaharchasida kichkintoy Xames Rodriges o‘sib-ulg‘aygan.

3 yoshli Xames onasi bilan birga pulsiz qoladi. Otasi ularni tashlab, boshqa ayolga uylanadi. “Men uni umuman eslay olmayman. U bizni tashlab ketganidan so‘ng xabar olishga ham kelmagan”, – deya eslaydi Xames. Biroq Xamesning onasi bolasi och qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va kun ko‘rish uchun pul topishga harakat qiladi. Tez orada ayol boshqa erkakka turmushga chiqadi. “Men hech qachon uni o‘gay ota sifatida ko‘rmaganman. U mening haqiqiy otam. Usiz men hech nimaga erisha olmasdim”, — deya eslaydi Xames. 5 yoshli Xames birinchi marotaba otasi bilan mashg‘ulotga chiqadi va o‘z iqtidorini otasiga ko‘rsatadi. Bundan hayratlangan ota darrov videoga tushirib, klublarga jo‘natadi. Javob esa o‘zini ko‘p kuttirmadi.

Yildan-yilga Xamesning iqtidori shu darajada bilinib keldiki, 14 yoshidayoq “Envigado” jamoasining asosiy tarkibiga tushadigan bo‘ldi. Bunday iqtidorni ko‘zdan qoldirishning o‘zi bo‘lmasdi. 2008-yilda Xames Argentinaning “Banfild” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi va keyingi mavsumda tarixiy chempionlikni qo‘lga kiritadi.

18 yoshga to‘lgach, Rodriges oliy o‘quv dargohiga dasturlash yo‘nalishiga o‘qishga kiradi. Bir necha vaqt u o‘qish bilan professional futbolni birga olib ketishga vaqt topa oladi. Biroq “Portu” jamoasi safiga o‘tganidan so‘ng o‘qishni tashlashiga to‘g‘ri keladi. Futbol sabab Xames darslarda qatnashishga qiynaladi. “U a’lo baholarga o‘qishi mumkin edi, biroq yaxshi bahoga o‘qirdi”, – deya ta’kidlagandi Xamesning o‘qituvchisi. Xamesning o‘zi esa hali ham oliy ma’lumot egasiga aylanish niyatida futbolchilik faoliyatini tugatganidan so‘ng o‘qishni davom ettirsa kerak.

Xamesni butun dunyo 2014 yilda tanishni boshladi. Kolumbiya terma jamoasi o‘z o‘yini bilan butun dunyoni hayratga soldi va ko‘nglidan joy egalladi, Xames esa Kolumbiyaning yetakchisi va to‘purariga aylandi. Chempionatdan so‘ng “Inter” tezroq Xamesni o‘z safida ko‘rishga harakat qildi, ammo “Real” chaqqonroq chiqdi. Xames keyinchalik “qirollik klubi”ga o‘tganidan juda ham afsuslandi.

Uni Karlo Anchelotti jamoaga taklif qilgandi va markazdagi hujumlarning hammasi Xames boshchiliga o‘tardi. Keyingi yil klubga Rafa Benites kelganidan so‘ng Xames jamoa uchun juda ham kerakli o‘yinchi ekanligini ta’kidladi, xolos. Aslida esa Rodriges zaxira o‘rindig‘ida qolib ketdi. Hatto o‘zining yuqori sport formasiga ega ekanligida ham Rafa uni zaxirada qoldirardi. Tez orada bosh murabbiy almashdi va Zineddin Zidan keldi. Biroq vaziyat o‘zgarmadi va Xames asosiy tarkibga kira olmadi.

“Zidan nima uchun men bilan bunday munosabatdaligidan xabarim yo‘q”, – deya axiyri o‘z e’tirozlarini aytdi Xames. Qariyb har mashg‘ulotda asosiy tarkibda tushish bo‘yicha Xames Zidan bilan bahslashib qolardi. Mana shu janjallarning biridan so‘ng Xames “Real”ni tark etishga qaror qiladi.

Xames uchun hozirda eng yaxshi variant bu “Manchester Yunayted”. Nafaqat Xames uchun, balki uning azob chekkan sevimli rafiqasi Daniel Ospina uchun ham juda yaxshi bo‘ladi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 12:51, 16.06.2017. O'qildi: 16607 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.