Avvalroq Marca nashri xabar berganidek, Pep Gvardiola klubdagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng «Siti»ni tark etishi ma’lum bo‘lgach, 29 yoshli yarim himoyachiga Ispaniyaga qaytish g‘oyasi yoqa boshlagan. Bu haqda u doimo o‘ylab yurgan.
Cadena SER nashrining yozishicha, «Real Madrid» hozircha futbolchining o‘zi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqmagan. Biroq Madrid klubi rahbariyati ispaniyalik futbolchini yangi mavsum oldidan jamoaga o‘tish uchun eng ma’qul nomzod deb hisoblamoqda. Valdebebasdagi manbalarning ta’kidlashicha, shu yozda jamoaga «tezkor natija»ni ta’minlay oladigan xaridlar kerak va aynan shu kontekstda Rodrining ismi tilga olinmoqda.
29 yoshli futbolchi yarim himoya uchun bo‘lgan nomzodlar ichida eng real variant bo‘lib qolmoqda, chunki «Madrid»da ispaniyalikning «Manchester Siti»dagi kelajagi — ayniqsa Pep Gvardiola ketganidan keyin — juda mavhum ko‘rinayotganini tushunib turishibdi.
Ushbu transferni amalga oshirish uchun hali klub prezidenti Florentino Peresning roziligini olish kerak. «Real Madrid»dagi manbalar El Larguero efirida hozirda Rodri bilan hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilmayotganini tasdiqladi. Shunga qaramay, ular bu yozgi transfer oynasi vaqtida amalga oshishi mumkin bo‘lgan potensial kelishuv ekaniga ishonishmoqda.
Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda APLning 21 ta o‘yinida 1 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.