Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bilasizmi? “Nasaf” kecha oliy ligadagi 600-uchrashuvini o‘tkazdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Yangiliklar
A A A

1997 yildan oliy ligada ishtirok etib kelayotgan Qarshining “Nasaf” klubi kecha, o‘zining oliy ligadagi 600-uchrashuvini o‘tkazdi.

Bu uchrashuv "Nasaf"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu g‘alaba “ajdarlar”ning barcha chempionatlardagi 337-g‘alabasi sifatida qayd etildi.

Keling,  shu yerda qisqacha klub tarixiga nazar tashlaymiz. “Nasaf” oliy ligadagi debyut ishtirokida 6-o‘rin bilan chegaralangan. 1998 yili 5-o‘rin, 1999 yili esa 11-o‘rin bilan qanoatlangan. Bu ko‘rsatkich, jamoa tarxidagi eng yomon ko‘rsatkich sifatida tarixda qolgan. Shu yili “Nasaf”ni Viktor Makarov boshqargan.

2000 yilgi chempionat boshida klubda katta o‘zgarishlarga qo‘l uriladi. “Nasaf”ga Bahrom Hakimov bosh murabbiy sifatida taklif etiladi va shu yili qarshiliklar o‘z tarixida birinchi marta bronza medaliga sazovor bo‘ladi. Bahrom Hakimov yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etiladi. Jamoa to‘purari – Zafar Xolmurodov esa “Hujum qiroli” sovriniga muyassar bo‘ladi. Zafar Xolmurodov shu yilgi mavsumda raqiblar darvozasini 30 marta ishg‘ol qilgan. Bu natijani hanuzgacha "Nasaf"ning boshqa futbolchisi takrorlay olgan emas.

2007 va 2008 yillar ham klub uchun juda omadsiz kechgan. 2007 yili “Nasaf” chempionatni 9-o‘rin bilan yakunlaydi. Shu yili jamoa chempionatni Bahrom Hakimov qo‘l ostida boshlaydi. Bahrom Hakimov istefosidan so‘ng, “Nasaf”ni vaqtincha Vitaliy Ni boshqaradi. Keyin esa Vladimir Fomichev jamoaga taklif etiladi. Natija esa 6-o‘rin. Yakunda Vladimir Fomichevga ham chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.

“Nasaf” 2008 yilgi chempionatni 9-o‘rin bilan yakunlagan. Shu yili qarshiliklar chempionatni Viktor Borisov qo‘l ostida boshlagan bo‘lsa, undan “Nasaf”ni Edgar Gess qabul qilib oladi. Bu murabbiy ham jamoada o‘zgarish qila olmagach, jamoaga Usmon Toshev bosh murabbiy sifatida taklif etiladi. Natija esa 9-o‘rin. Bu natija hech kimni qoniqtirmas edi.

Shu yili klubga “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” bosh homiy sifatida biriktiriladi. Endi “Nasaf” klubi tarixida yangi sahifa ochiladi.

2009 yilgi chempionat boshida klub rahbarlari misli ko‘rilmagan, katta o‘zgarishlarga qo‘l urishadi.  Jamoaga rossiyalik mutaxasis Viktor Kumikov taklif etiladi. Ikkinchi davrada esa klubga bosh murabbiy sifatida Anotoliy Demyanenko tayinlanadi. Natija 3-o‘rin. Shu yili klub qoshida futbol maktabi tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlaydi.

O‘zingizga ma’lum, Anotoliy Demyanenko boshchiligidagi jamoamiz 2011 yili chempionatda kumush medalga sazovor bo‘lgan va OFK kubogini qo‘lga kiritgan. Bu klub tarixidagi juda katta natija edi.

2012 yil boshida klub rahbariyati jamoani Ro‘ziqul Berdiyevga ishonib topshiradi. Yosh murabbiy 7-turdan so‘ng o‘z lavozimidan chetlatiladi va Usmon Toshev bosh murabbiy bo‘ladi. Mavsum oxirida, Usmon Toshev faoliyatidan qoniqmagan klub rahbariyati jamoani yana Berdiyevga topshiradi. Shu yili chempionatni muvaffaqiyatli boshlagan “Nasaf”, 4-o‘rin bilan kifoyalanadi. Berdiyev shu yili 9ta uchrashuvda o‘z shogirdlarini maydonga boshlab tushadi.

Ro‘ziqul Berdiyev shu vaqtdan buyon "Nasaf"ni boshqarib kelayapti. Bu murabbiy davrida “Nasaf” to‘rt marta (2013, 2014, 2015, 2016 yillar) qatorasiga  bronza medalini, bir marta O‘zbekiston Kubogini (2015 yil) va yana bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi (2016 yil). Jamoa Berdiyev qo‘l ostida to‘rt marta O‘zbekiston Kubogi finalida ham ishtirok etaganini ham aytib o‘tish joiz. Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi “Nasaf” 2013 yildan buyon 3-o‘rindan pastga tushgan emas.

Bu murabbiy o‘z faoliyati davomida  jamoani chempionat uchrashuvlarida 133 marta maydonga boshlab tushdi. Shulardan 85 uchrashuvda “Nasaf” g‘alabaga erishdi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 16:58, 16.06.2017. O'qildi: 4437 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик