Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rauf Inileev: "Avval terma jamoamiz yarimhimoyasi kuchli edi"

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Eronga qarshi kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Garchi raqib ancha kuchli bo‘lsa-da, muxlislar baribir, terma jamoamizdan g‘alaba kutishgandi. Ammo umidlar oqlanmadi. Xo‘sh, mag‘lubiyatga nimalar sabab bo‘ldi? Biz o‘tgan vaqt davomida O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan mutaxassislar bilan suhbatda bo‘lib, ularning o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Mutaxassislar quyidagi uch savolga javob berishdi:

1.     Eron - O‘zbekiston o‘yini haqidagi umumiy fikrlar.

2.     O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda o‘tgan avvalgi bahsda Eronni mag‘lub etgan edi. Bu safar nima o‘zgardi - O‘zbekiston kuchsizlandimi yoki Eron kuchayganmi?

3.         Samvel Babayan ayni vaqtdagi tarkibni o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchlisi, deb aytgan edi. Ammo Eronga qarshi kechgan bahsda o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchsiz jamoa maydonga tushdi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

1. Eron - O‘zbekiston o‘yinidan qolgan taassurot hammada bir xil bo‘lsa kerak. Uchrashuv bunday o‘tishini kutmagandik. Terma jamoa butun o‘yin davomida kerak bo‘lganidek harakat qila olmadi va mag‘lubiyatga uchradi. Eng yomoni - O‘zbekiston terma jamoasida gol urish uchun vaziyatlar ham bo‘lmadi. Mana shunisi eng katta muammmo. Futbolchilarimiz biror marta darvoza tomon aniq zarba bera olishmadi. Bu uchrashuvda nafaqat g‘alaba, balki durang uchun ham imkoniyat yo‘q edi. Raqib har tomonlama o‘yinni nazorat qilib, haqli g‘alabaga erishdi.

2. Eron termasi bilan safarda bo‘lib o‘tgan avvalgi uchrashuvdan buyon ko‘p narsalar o‘zgardi. Eng avvalo, raqib tarkibida kuchli futbolchilar soni yanada ko‘payganini aytish lozim. Eron jamoasida Yevropada to‘p suradigan kuchli ijrochilar har doim bo‘lgan. Hozirgi tarkib ham bundan mustasno emas. Oddiy misol, Sardor Azmunni oladigan bo‘lsak, u yosh bo‘lishiga qaramay, hujum chizig‘ida yetakchiga aylanib ulgurgan. Boz ustiga, Eron termasi o‘zi uchun kerakli taktikani ham yaxshi o‘zlashtirgan.

Forslar butun uchrashuv davomida himoyada ham, hujumda ham birdek samarali harakat qilishdi. Raqibning o‘yini vertikal asosga qurilgan edi, ya’ni to‘p egallab olingani hamono darhol hujumga o‘tildi va xavfli vaziyatlar sodir etildi. Eronliklar ko‘p vaziyatlardan foydalana olishmadi, aks holda, hisob yanada yirikroq ko‘rinish olishi ham hech gap emasdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa har doim kuchli yarim himoyasi bilan tanilib kelgan. Ko‘pincha himoya va hujumdagi muammolar aynan o‘rta chiziqdagi iqtidorli futbolchilar tufayli bartaraf etib kelingan. Ammo Eron bilan bo‘lgan o‘yinda aynan shu ustunlikni yo‘qotganimiz ko‘rinib qoldi. Nafaqat hujum va himoya, balki yarim himoyada ham raqibga imkoniyatni batamom boy berdik. Darvoza tomon birorta zarba yo‘llanmadi. Bu ham yarim himoyadagi muammolar sabab kelib chiqdi, oldinga aniq uzatilgan to‘pni ko‘rmadik.

Shu bilan birga, ba’zi kichik jihatlar ham o‘yinga ta’sir o‘tkazdi. Masalan, Denisovning jarohati natijasida chap qanot oqsab qoldi. Vitaliy o‘zining tezkorligi va shiddati bilan nafaqat himoya, balki hujumda ham yordam berib kelayotgandi. U maydonga tusha olmagach, chap qanotda aynan shu ustunlikni yo‘qotib qo‘ydik.

3. Samvel Babayan o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchli tarkib haqida gapirganda ancha shoshilgan edi. Aslida bunday gaplar murabbiylik etikasiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Aftidan, Babayan kuchsiz jamoalar bilan bo‘lgan o‘yinlardan xulosa chiqarib, shunday to‘xtamga kelgan va shoshib gapirib yuborgan. Vaholanki, o‘zbek futboli tarixida butun boshli musobaqalarda g‘olib chiqqan futbolchilar bo‘lgan. Bunday gap esa ularga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Babayan eng kuchli tarkib haqida qit’aning eng kuchli jamoalariga qarshi kechadigan o‘yinlardan so‘ng gapirgani ma’qul edi.

Boshqa tomonlama esa, murabbiy bu gap bilan ayni vaqtda terma jamoa sharafini himoya qilayotgan futbolchilardagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni ko‘tarmoqchi bo‘lgandir, balki. Bu uslub qay darajada samara keltirgani esa boshqa masala.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:38, 18.06.2017. O'qildi: 7500 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик