Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 31 70
3 Vilyarreal 30 58
4 Atletiko 31 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 31 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Jirona 31 38
13 Rayo Valyekano 30 35
14 Valensiya 31 35
15 Sevilya 31 34
16 Alaves 31 33
17 Elche 31 32
18 Malyorka 30 31
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

31-тур Real Madrid 1-1 Jirona
31-тур Real Sosyedad 3-3 Alaves
31-тур Elche 1-0 Valensiya
31-тур Barselona 4-1 Espanyol
31-тур Sevilya 2-1 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

12/04/26 Osasuna - Betis
12/04/26 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04/26 Selta - Real Ovyedo
13/04/26 Atletik Bilbao - Vilyarreal
14/04/26 Levante - Xetafe

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«El-klasiko» va yashirin biznes

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Real Madrid» rahbariyati «Barselona»ga qarshi o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar «qora bozor»ga chiqib ketgani uchun naq 635ta a’zolik kartochkasini bekor qildi. Axir yilning eng muhim o‘yini - «El-klasiko»da «Santyago Bernabeu»ning Madrid jamoasi fanatlari uchun ajratilgan tribunalaridan ham «Barsa» muxlislari joy olishgan va ular so‘nggi lahzada Lionel Messi tomonidan urilgan golni o‘zgacha nishonlagandilar...

Xuddi eng zo‘r operadagidek...

Mashhur kinokartina - «Hurliqo»da Richard Gir va Juliya Roberts tomonidan gavdalantirilgan qahramonlar xususiy samolyotda San-Fransisko tomon uchishadi - Verdining La Traviata operasidan bahra olish uchun. Shunga taqqoslasak, hozirgi kunda boyvachcha biznesmenning «El-klasiko»ni ko‘rish uchun nominal bahosidan 10 baravar qimmatiga bo‘lsa-da, chipta sotib olishdan qaytmasligi tayin. Faqat bitta shart shuki, u futbol shaydosi bo‘lishi kerak. Taqdir hazilini qarangki, «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi oxirgi uchrashuvni tomosha qilishga chog‘langan mashhurlar orasida Juliya Roberts ham bor edi. «Bu safar ham «klasiko»ni bevosita kuzatish uchun sayyoramizning turli burchaklaridan muxlislar kelishdi. Tabiiyki, ular «Santyago Bernabeu»ga kirishgacha juda ko‘p pul sarflashgan,—deydi stadi-on xodimlaridan biri. — Hammasi xuddi eng zo‘r operaga oshiqqan kabi. Zero, futbol olamida «El-klasiko»ga tenglashadigan boshqa o‘yin yo‘q. Xullas, ayrim fanatlar mazkur qarama-qarshilik chiptasi uchun «qora bozor»da 4000 yevrogacha to‘lashdi...».

Ispaniya futbolida chiptalar sotuvi ustidan nazoratni kuchaytirish masalasi allaqachon bosh mavzulardan biriga aylangan. Deylik, ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha uzoq 1982 yili qonun hujjati ham qabul qilingan. Hukumat qaroriga asosan, ko‘chada chipta sotish noqonuniy hisoblanadi. «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi oxirgi o‘yin esa mezbonlar tribunalarida mehmon jamoa tarafdorlari yetarlicha joy olishgani bilan ham esda qoldi. Qiziq, ular stadion, to‘g‘rirog‘i, shu tribunalarga kirish huquqini beruvchi chiptalarni qayerdan topishgan? Bu borada uzoq bosh qotirishga hojat yo‘q. Axir Ispaniya grandlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikni jonli ko‘rishga xohishmandlar har doim keragidan ortiq topilishi isbot talab qilmaydigan haqiqat-ku. Aslida klublar rahbariyati internetdagi qayta sotuv jarayoniga qarshi va madridliklar ham, kataloniyaliklar ham buni nazoratda ushlashga urinmoqdalar. Ammo ushbu masaladagi qonun kamchiliklardan xoli emas va chayqovchilar ayni shu holatdan unumli foydalanmoqdalar. Misol uchun, so‘nggi qarama-qarshilik arafasida polisiya olib-sotarlardan 357 dona chiptani musodara qildi. «Atletiko»ga qarshi kechgan «Madrid derbisi» oldidan esa 800 chipta olib qo‘yildi. Surishtiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, 6 yil davomida bir kishi tomonidan 10tagacha chipta sotish tizimi yo‘lga qo‘yilgan ekan. Xo‘sh, olib-sotarlar ayblovdan qanday qutulmoqdalar? Ular, shunchaki, chiptalarni do‘stlariga sovg‘a tariqasida berishganini aytmoqdalar - tamom. Xullas, rasman olganda, chiptalar bepul tarqatilgan. Bunday holatda qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rishning umuman iloji yo‘q. Polisiya anchadan buyon bu masalaga nuqta qo‘yish harakatida. Deylik, yaqinda birja orqali chiptalar oldi-sottisi uyushtiriladigan bir qancha mehmonxonalarni fosh etdi.

Imtiyozlar,  abonementlar va...

«Real» uchun eng katta muammolardan yana biri - bu turli tashkilotlarga berilgan imtiyozlar. Chunonchi, ularga ajratiladigan chiptalarni hech kim nazorat qilmaydi. Oqibatda imtiyozli chiptalar uchinchi shaxs qo‘liga o‘tib ketyapti. «Real»ning mazkur masaladagi muammolari Ramon Kalderon boshqaruvi davrida yanada gazak olgandi. Zero, u birdaniga 3000ta a’zolik kartochkasini tarqatib yubordi. Ular hozirgacha qaytarib olinmagan.

«Real» muxlislari orasida yana shunday abonement egalari borki, ular «Uchrashuvni stadionda ko‘raymi yoki bundan voz kechish evaziga yaxshigina pul ishlab olay?» qabilidagi savol ustida bosh qotirishadi. Xullas, ular o‘z chiptalarini 2-3-4... baravar qimmatiga sotishadi-da sekingina uylariga qaytib, o‘yinni divanda yonboshlagancha tomosha qilish bilan cheklanishadi. Bu chiptafurushlikka oid oxirgi muammo emas. «Real» muxlislari onlayn-tizim orqali chipta sotib olishda yana bir holatni payqashdi: firibgarlar bunda maxsus guruh tashkil qilishgan va sotuv boshlangani zahoti yoppasiga xaridni amalga oshirishadi. Oxirgi «El-klasiko» arafasida bunday «formula» yana bir bora ko‘zga tashlandi - sotuvga chiqarilgan chiptalar atigi 5 daqiqada o‘z «ega»larini  topdi. Biroq ko‘p o‘tmay, boshqa saytlar orqali qayta sotish ishlari boshlandi.

Xulosa shuki, chiptalar oldi-sottisi masalasida mamlakat miqyosida yangi qonun hujjatlari qabul qilinmas ekan, «Real» (boshqa klublar ham) bu muammo oldida chorasiz qolaveradi. Misol uchun, a’zolik kartochkasi yoki yillik abonementdan mahrum etilgan muxlis sud orqali o‘z huquqini osongina himoya qilishga intiladi: o‘ziga tegishli narsani do‘sti yoxud qandaydir tanishiga berib turganini aytsa, bas. Boz ustiga, muxlislar iddaosi ham adolatlidek: chiptalarning rasmiy qayta sotuvidan tushgan pulning 65 foizi klub va 35 foizigina o‘zlariga nasib etmoqda. Ha, ko‘pchilik «Real» ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilishni istaydi, ammo pattaxonalar butunlay yopilib qolishi ehtimoli ham yo‘q emas...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:36, 18.06.2017. O'qildi: 17140 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 15
4 Осасуна Ante Budimir 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Барселона Rafinya 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик