Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Leo Messi: “Onamning aqldan ozishiga bir bahya qolgan”

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugungi futbolni Messining ajoyib o‘yini va gollarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Leo shunday harakat qiladiki, himoyachilar uni to‘xtatib qolishga juda-juda qiynalishadi. Xo‘sh, sahifamiz qahramonining siri nimada?

Messi to‘p bilan harakatlanganda qo‘lini pastga tushirib oladi va hech narsaga parvo qilmay, nigohlarini to‘pdan uzmaydi. U dastlab himoyachilarni aldashga kirishadi, bu paytda sekin harakatlanadi. Atrofida himoyachilar yig‘ila boshlagach, kutilmaganda tezlashib, ularni birin-ketin ortda qoldiradi. U hech qachon bir tekis harakatlanmaydi. Dam o‘ngga, dam chapga burilib, yo‘nalishini o‘zgartiradi va himoyachilarni chalg‘itadi. Tezda kutilmagan qarorlar qabul qilishi bois himoyachilar bu borada oldindan bashorat qila olishmaydi.

Messida hujumchi uchun eng muhim bo‘lgan jihat — to‘pning qaerda ekanligini his etish va kerakli vaziyatda qaerda paydo bo‘la olish imkoniyati mavjud. U to‘pni saqlab turishda gavdasidan foydalanadi. Garchi jussasi kichik bo‘lsa-da, jismoniy jihatdan ancha baquvvat.

Argentina yulduzining futbol borasidagi tasavvuri o‘zgacha, xususan, u bu haqda shunday deydi:

— Sen futbolchimisan, demak, futbolni yaxshi ko‘rishing shart. Qanchalik?.. Xuddi men kabi. Men uch yoshligimdan to‘p tepishni boshlaganman. Uyqudan turganimda ham, kunduzi ham, kechqurun ham futbol o‘ynardim. Hatto kechqurunlari uyda ham futbol o‘ynardim. Uydagi hamma idishlarni sindirib chiqqanman. Onam esa buni ko‘rib, aqldan ozishiga bir baxya qolardi...

Leo mashg‘ulot uchun doimo qiyin sharoitlarni tanlardi. O‘zining ta’kidlashicha, odatda, mashg‘ulot uchun qumloq, changalzor, umuman, to‘p siljishi, to‘pni tepish qiyin bo‘lgan joylarni tanlar, kamdan-kam hollarda tekis maydonga murojaat qilar ekan. Natijada changalzor-u qumloqlarda bemalol koptok bilan muomala qilishni o‘rgangan Messi uchun stadionda to‘p tepish hech qanday muammo tug‘dirmasdi.

SALFETKADA TUZILGAN SHARTNOMA

«Barselona» klubi futbol direktori Karlos Reksacha Messining o‘yinini bevosita ko‘rib, shunaqa qiziqib qoladiki, darhol shartnoma tuzishni xohlaydi. Yonida hech qanday hujjat yoxud boshqa qog‘oz bo‘lmagani uchun Reksacha Leoni restoranga taklif qilib, ular o‘rtasidagi dastlabki shartnoma salfetkada imzolanadi.

Keyinchalik Messining «Barsa» tarkibida ko‘rsatgan o‘yini Ispaniya futbol mutasaddilarining e’tiborini tortadi. Hujumchi 2005 yilning sentyabrida Ispaniya fuqaroligini olganidan so‘ng hatto uni Ispaniya terma jamoasi safida to‘p surishni taklif qilishadi. Ammo Leo Argentina terma jamoasini afzal ko‘radi.

BAXTLI INSON, BAXTIYOR OTA...

Messi argentinalik modeler Antonella Rokkuzzo bilan turmush qurgan. 2012 yilning 2 noyabrida, ya’ni juma kuni Messiga otalik baxti nasib qildi. Bu Leoning birinchi farzandi — o‘g‘li edi. Dunyo futbol yulduzlari bu xushxabar bilan Messini tabriklashdi. Messi esa aynan shu kuni «Facebook» orqali butun dunyoga jar soldi: «Bugun men dunyodagi eng baxtli insonman. Chunki mening o‘g‘lim dunyoga keldi. Buning uchun Yaratgandan minnatdorman. Bu sovg‘a uchun ayolimga ham tashakkur. Barchangizni yaxshi ko‘raman...»

U farzandiga Tiago Lionel Xorxe Andreas Messi deb ism qo‘ydi. Bu ismning o‘ziga xos ma’nosi bor, ya’ni Tiago ismi «Barsa»ning boshqa bir o‘yinchisi — Tiago Alkantara sharafiga qo‘yilgan. Xorxe esa buvasining ismi bo‘lib, Andreas esa Leoning jamoadoshi Andreas Iniestaning ismiga atab qo‘yilgan.

Bu voqea yana bir qiziqarli faktga sabab bo‘ldi. Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu Messidan 869 kunga katta bo‘lsa, Messining farzandi ham Ronaldunikidan 869 kun keyin tug‘ildi. Ya’ni Krishtianu Junior 2010 yilning 17 iyunida dunyoga kelgandi.

 

AUTIZMNI YENGISH YO‘LI

 

Bugungi kunda Messi o‘z fondini ochgan va u orqali ko‘plab xayriya mablag‘lari ajratmoqda. Jumladan, uning fondi X sindromi tanqisligi hamda autizm bilan kasallanganlarni davolash uchun katta mablag‘ ajratadi. Leo, shu bilan birga, UNISEF a’zosi hisoblanadi.

LIONEL MESSI — NONUSHTADA

Messi, asosan, sut va go‘shtli taomlarni, shuningdek, go‘sht qovurishni juda yaxshi ko‘radi. Yana makaronli ovqatni ham sevib iste’mol qiladi. Futbolchining kunlik iste’mol qiladigan taomlari kaloriyasi 2400-3000 kkal ni tashkil etadi. Bu mahsulotlar tarkibiga, asosan, non, kartoshka, makaron, yorma, yog‘siz sut mahsulotlari, meva-sabzavot kiradi.

Ertalabki axborot dasturlarini muntazam ko‘rib boradi. Shuningdek, «Samba» va «Kumbi» milliy musiqalarini tinglashni yoqtiradi.

Lionel o‘zini argentinalik inqilobchi Che Gevaraga qiyoslaydi.

Messi hamma narsani kechirishi mumkin, ammo haqoratni emas. U qanchalik ko‘ngilchan bo‘lmasin, sha’nini yerga urgan odamga nisbatan bemehr.

U ko‘pincha yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi.

Italiya termasi hamda «Inter» jamoasi hujumchisi Antonio Kassano ikkinchi farzandini Messining ismi bilan atagan.

— Bu birinchi farzandim tug‘ilganidan keyingi ikkinchi quvonchim, — deydi italiyalik yulduz «Undici» teleshousida bergan intervyusida. — O‘g‘limga Messining ismini berishimga sabab, uning ham tarixda nomi qoladigan futbolchi bo‘lishini istayman. Ayolim futbolga qiziqmaydi, ammo unga ham Messining o‘yini yoqadi. Mening tasavvurimda, Messi — tarix uchun juda muhim bo‘lgan o‘yinchi. Menga uning nafaqat o‘yini, balki xarakteri ham yoqadi...

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 18:32, 19.06.2017. O'qildi: 10305 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик