Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu: "Messi, Neymar, umuman, butun boshli «Barselona»dan kuchliroqman"

Baho:
+ | -2
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Krishtianu ayni damda 32 yoshida fantastik darajada o‘yin ko‘rsatayotgan sanoqli futbolchilardan biri. Xo‘sh, buning siri nimada? Umuman, Ronaldu o‘zining ayni damdagi holatidan qoniqadimi?

— Siz har bir chempionatning, u qaysi doiradagi musobaqa bo‘lsin, asosiy o‘yinchilaridan birisiz. Buni his qilish yoqimli bo‘lsa kerak?

— Albatta. Bundan zavqliroq hissiyot bo‘lmasa kerak. Bu natijaga erishish uchun ancha mehnat qilishimga to‘g‘ri keldi. Ammo hali o‘z ustimda ishlashda davom etaman. Hali erishishim kerak bo‘lgan maqsadlarim ko‘p.

— Ma’lumki, ilgari «Manchester Yunayted»da to‘p surgansiz. Hozir esa «Real»da o‘ynayapsiz. Sizningcha, bu ikki klubning bir-biridan farqi nimada?

— Bilasizmi, «Manchester» men uchun qadrliroq. Chunki men bu klubda tanilganman, xalqaro maydonlarga qadam qo‘yganman. «Real» esa muhimroq. Negaki men Madridda tajriba orttirdim. Bu yerda oldingi klubimga qaraganda bosim, raqobat kuchliroq. Bu esa o‘z ustingizda ko‘proq ishlashga majbur qiladi. Masalan, maydonda dastlab men tepgan to‘p noto‘g‘ri ketishi, aniqrog‘i, to‘p menga kelganida oyog‘im o‘z-o‘zidan qaltirashi mumkin. Bu bosimga bo‘ysunish, degani. O‘z ustingizda ishlayversangiz, shu bosimdan qutulib, bora-bora tajribangiz oshadi, professional bo‘lib boraverasiz.

— Gazetalarda siz va «Real» haqida turli fikrlar chop etiladi...

— Matbuot kun bo‘yi tinimsiz maqolalar chop etadi. Ba’zilari haqiqatga yaqinroq, aksariyati esa mish-mish. Aqlli odam o‘zi kerakli xulosani chiqarib olaveradi. Olaylik, biror gazeta «Real» kuchsiz degani bilan dunyoning eng kuchli jamoasi tajribasiz bo‘lib qolmaydi. Menga keladigan bo‘lsak, Ronaldu haqida yozish matbuotning xobbisiga aylanib ulgurdi. Eng alam qiladigani, buning sababini bilmayman. Nima, mendan boshqa ishlari yo‘qmi?! Hatto ba’zi fikrlarni o‘qib, etim jimirlab ketadi. Biroq men tanqidchilarni ham hurmat qilaman. Chunki, garchi noto‘g‘ri bo‘lsa-da, ularda men haqimda tasavvur bor. O‘yinlarimni kuzatishadi, fikr bildirishadi. Bu, har holda, sen haqingda umuman gapirmagandan ko‘ra yaxshiroq. Qolaversa, mening qanday futbolchi ekanligimni hamma biladi. Men biror kishining fikri bilan mahoratsizga aylanib qoladigan o‘yinchilardan emasman.

— «Bernabeo»da Joze Mourinyoni tinimsiz hushtaklar bilan qarshi olishar, unga tinimsiz norozilik bildirishardi. Bunga munosabatingiz qanday?

— Agar ishqibozlar jazavaga tushishyaptimi, demak, ular nimadandir norozi va ularning fikri bilan hisoblashishing shart. Biroq muxlislar Jozega nisbatan sabrliroq bo‘lishlari kerak edi. Chunki, men aniq bilaman, Joze «Real»ning eng yaxshi bo‘lishi uchun har narsaga tayyor edi. Ammo unda ham ayb bor. Negaki chempion bo‘lish uchun Mourinoga hamma imkoniyat yaratib berilgandi. Biroq u buni uddalay olmadi. Men ushbu mutaxassisni eng kuchli murabbiy, deb hisoblayman. Chunki u klubi uchun asabiylashadi, jazavaga tushadi, xullas, o‘limga ham tayyor bo‘ladi. Men ikki xil Jozeni bilaman. Birinchisi, hazilkash, ochiqko‘ngil, dilkash inson, yaxshi suhbatdosh. Tushkunlikka tushganingizda kayfiyatingizni ko‘tara oladi. Sizga kerak narsani bera oladi. Ikkinchisi esa qattiqqo‘l, jiddiy. Lekin bu ikkala Jozeni bir jihat — samimiylik bog‘lab turadi.

— Karyerangizda deyarli barcha kunlaringiz omadli kechgan. Buning siri nimada?

— Biror sohada eng yaxshi bo‘lish uchun ko‘proq o‘rganish kerak. Futbolda ham shunday. Maydonda qachon yugurish, qaysi paytda to‘pni tepish, qanday hollarda bosh bilan harakat qilishni o‘rganish lozim. Mening falsafam ham mana shu. Men shuhratparastman. Menga e’tibor berishlarini, maydonda hukmdor bo‘lishni istayman. Axir buning yomon tomoni yo‘q.

— O‘g‘lingiz futbolchi bo‘lishini istaysizmi?

— Xohlayman, lekin bu u, albatta, futbolchi bo‘ladi, degani emas. O‘g‘lim qiziqqan sohasini egallashi mumkin. Bunga hech qachon to‘sqinlik qilmayman.

— Mashhurlikni qanday tushunasiz va qanday qabul qilasiz? Bugungi mashhurligingizdan afsuslangan paytlaringiz bo‘lganmi?

— Mashhurlik ham yaxshi, ham yomon. Yaxshi tomoni, ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lasan. Yomon tomoni shuki, ba’zi narsalarni yo‘qotishga, aniqrog‘i, ulardan voz kechishga majbur bo‘lasan. Ammo bu — mening ishim. Bundan afsuslanmayman, chunki qachonlardir shuning uchun harakat qilganman.

— Bugungi kunda Ronalduga qanday ta’rif berasiz?

— Ayni damda men Messi, Neymar, umuman, butun boshli «Barselona»dan kuchliroqman!

Futbol olamida o‘ziga xos xarakteri, ba’zi paytlarda qaysarligi, eng muhimi esa ajoyib o‘yinlari bilan munosib o‘rnini topib borayotgan Krishtiano Ronalduning haqiqiy zafarlari hali oldinda. Biz esa bu futbolchining Portugaliya va «Real» safida yanada porlashini, har jabhada yetakchi bo‘lishini tilab qolamiz. Omad senga, Krishtianu.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 18:43, 19.06.2017. O'qildi: 31155 marta. Fikrlar: 29 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик