Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Birodar Abduraimov: «Odil Ahmedov Mirjalol Qosimovdan kuchlimi?»

Baho:
+3 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov milliy terma jamoaning so‘nggi natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.

Eron termasiga qarshi kechgan o‘yinda har ikki jamoa o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘rinib qoldi. Forslarning himoyasi va yarim himoyasi bilan birga hujum chizig‘ida ham variantlar ko‘p edi. Bizda esa... Endi bir gap-da - g‘alaba qozonish uchun hujum qilish kerak. Bu o‘yinda tayinli hujum ko‘rdikmi, o‘zi? Bir marta Temurxo‘ja Abduxoliqov darvoza tomon zarba berganini aytmasa, boshqa vaziyatning o‘zi bo‘lmadi-ku! Igor Sergeev nima uchun maydonga tushganini o‘zi ham bilmasa kerak. Umuman, bu hujumchi terma jamoaga munosibligining o‘zi bitta savol. Terma jamoa deganiga da’vogarlar bir-biri bilan raqobat qilishi kerak, kamida 4-5 futbolchi bir joy uchun kurashsin. Bizda vaziyat qanday? Hujumda kimni ko‘rsata olasiz? O‘zi bir yarimta hujumchimiz bo‘lsa, kim o‘yinni kuchaytira oladi?

Samvel Babayan boshqarayotgan terma jamoaning kuchli uchlikka kira olishiga ham shubha tug‘ilmoqda. U bizga ko‘p narsalarni va’da qilgandi, ammo qani u aytgan Osiyoda taniqli bo‘ladigan o‘yin uslubi?

Hozir nafaqat bosh murabbiyga, O‘FFga ham e’tirozlar yetarli. Federasiya rahbariyati terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash chog‘ida faxriylar bilan maslahatlashsa yaxshi bo‘lardi. Samvel Babayanga termani topshirish vaqtida bizning fikrimiz bilan hech kim qiziqmadi. Butun umri futbol ichida o‘tgan inson boshqa ish qila olmaydi. Rahbariyat bir og‘iz so‘raganda biz ham o‘z fikrimizni aytgan bo‘lardik. Terma jamoani boshqarishga Samvel Babayandan boshqa nomzod yo‘qmidi?

Jahon chempionatiga chiqish uchun avvalo, o‘yinimizni kuchaytirib, Osiyoda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishimiz lozim. Eronda kechgan bahs mundialga nomunosib ekanimizni ko‘rsatib berdi. Kim aybdor? Bu savolga endi o‘zingiz javob topavering. Hozir vaziyat shundayki, futbolda suyagi qotgan, ish ko‘rsatganlar bir chetda tomoshabin bo‘lib turibdi. Professional futbolning ichida bo‘lmaganlar esa bosh rolda. Bir o‘ylab ko‘ring, Karlush Keyrush qayerda-yu, Samvel Babayan qayerda? Eron terma jamoasi bu uchrashuvni juda aqlli o‘tkazdi, har bir futbolchi aniq maqsad bilan harakat qildi. Bizda esa 3-4 futbolchi jon kuydirib o‘ynadi, qolganlari esa tomosha qilib turishdi. Jahon chempionati yo‘llanmasi hal bo‘ladigan o‘yinni ham shunday o‘tkazadimi?

O‘tgan safar Eronni Tehronda mag‘lub etganimiz bilan ular o‘sha vaqtda kuchsiz bo‘lgan, deb ayta olmayman. Bunaqa natijalar uchrab turadi, biz ham 60-yillarda ketma-ket chempion bo‘layotgan «Spartak»ni safarda 1:0 hisobida yenggandik. Eron o‘shanda ham kuchli edi, ammo yengishning uddasidan chiqishgan. Raqib o‘sha o‘yindan beri ancha kuchaydi. Ular Yevropaning kuchli jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishyapti.

O‘zbekiston terma jamoasida esa muammolar keragidan ham ortiq. Biz oddiygina tarkib masalasida ham to‘g‘ri ish olib bora olmayapmiz. Masalan, «Paxtakor»dan chaqirilgan futbolchilarni oladigan bo‘lsak - Aleksandr Lobanov, Igor Sergeev, Davron Hoshimov va Stanislav Andreevlarning qanaqaligini O‘zbekiston kubogida «Nasaf»ga qarshi kechgan o‘yinda ko‘rgandik. Ularni terma jamoaga chaqiraverishning o‘zi qanchalik to‘g‘ri? Yana ham Davron Hoshimovga qizil kartochka ko‘rsatilmadi. Hakam ayadi, aks holda, uni bemalol chetlatishi mumkin edi.

Biz esa shunday tarkib bilan ushbu termani yutishni orzu qilib yuribmiz.

Eronga qarshi kechgan o‘yinda o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchsiz jamoa maydonga tushdi, degan fikrga to‘liq qo‘shilaman. Samvel Babayan o‘sha gapini nima uchun aytganini bilmadim-ku, biroq istagancha e’tiroz bildirish mumkin. Oddiy misol, 1994 yilda O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan edi. Hozirgi tarkib nimani qoyillatdi?

Bir o‘ylab ko‘ring, Odil Ahmedov Mirjalol Qosimovdan kuchlimi? Yoki Igor Sergeevni Shkvirin bilan tenglashtirib bo‘ladimi? Andrey Fyodorov va Anzur Ismoilov o‘rtasidagi farqni Babayan tushunarmikan? Qani bosh murabbiy bizga va’da bergan o‘sha falsafa? Axir falsafa tugul o‘yinning o‘zi yo‘q-ku! Jahon chempionatida o‘ynash uchun, eng avvalo, unga munosib bo‘lish kerak. Kechagi o‘yinda mundialga munosib bo‘lgan faqat bitta jamoani ko‘rdik - Eron. Biz esa o‘z muammolarimizga o‘ralashib qolganmiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:21, 20.06.2017. O'qildi: 12424 marta. Fikrlar: 23 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.