Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer bozori: Narxi tushgan Ahmedov, qimmatlashgan Rashidov va Lobanov

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Germaniyaning transfermarkt.de saytida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilarining yangi transfer qiymati e’lon qilindi. Tabiiyki, bir yil davomida ayrim futbolchilarimiz transfer bahosi qimmatlashgan, ba’zilariga qo‘yilgan narx aksincha, pasaygan.

2016 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Odil Ahmedovning transfer bahosi 2011 yildan buyon ilk marta pasaydi.

Yil boshida «Krasnodar»dan Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasiga ko‘chib o‘tgan terma jamoamiz sardorining bahosi 7 million yevrodan birdaniga 5,5 «limon»ga tushdi. Buning sababi tayin - Odilning Yevropa jamoa­sidan Osiyo futboliga qaytgani va joriy yil 30 yoshga to‘lgani.

Tailand termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini (2:0)da ajoyib goli bilan muxlislar yuziga tabassum qaytargan Sardor Rashidov endi Qatarning «Al-Jaish» klubi a’zosi emas. Futbolchi yaqinda «Al-Jazira» (BAA) vakiliga aylandi, lekin u jadvalga jamoasiz maqomi bilan qayd etildi.

Sardorning transfer qiymatiga nazar solsak, u bir yil ichida 200 ming yevro qimmatlashgan. Biz esa Rashidov narx bobida yanada yuksalganini ko‘rishni istagandik.

Ammo sayt xodimlari futbolchining jamoasiz bo‘lib turganiyu, terma tarkibida ko‘pincha zaxirada qolib ketayotganini yoddan chiqarmagan ko‘rinishadi.

O‘tgan mavsum oliy liga birinchi davrasidan so‘ng bosh to‘purar maqomida Xitoyga yo‘l olgan Igor Sergeev Chin yurtida chinakam omadsizlikka uchradi. «Pekin Guoan» safida yarim mavsum davomida 1tagina gol urgan terma jamoamiz hujumchisi ortga qaytganidan keyin ham avvalgi mahsuldorligini namoyish etolmayapti.

Shunga yarasha, Sergeevning transfer bahosi 2 milliondan 1,6 million yevroga tushdi. Odatda 30 yoshdan oshgan futbolchilar bahosi pasayardi, Sergeev esa ayni o‘sadigan vaqtda. Osiyo kubogi-2015da terma jamoamiz safidagi o‘yinlari orqali transfer narxini ko‘targan Igor vaziyatni tezroq o‘nglamasa, transfer masalasida yanada orqaga ketishi mumkin.

Jadvalning e’tiborli tomoni, milliy jamoa darvozasani qo‘riqlayotgan Aleksandr Lobanov doimiy zaxirachi Ignatiy Nesterovdan 250 ming yevro arzon. To‘g‘ri,  Nesterov va Lobanov qarama-qarshiligiga shu ko‘rsatkich bo‘yicha baho berish noto‘g‘riyu, lekin bunda biroz asos yo‘q emas, albatta.

Afsuski, jadvalda millionlik «tosh» bosadigan futbolchilarimiz soni atigi 4 nafar. Sergeevning Xitoyga borib, bir zumda qaytgani uning narxini tushirgan bo‘lsa, Temurxo‘ja Abduxoliqovning «Al-Sayliya»dagi omadli mavsumi transferi million marrasidan oshishiga kamlik qildi.

Yana Sergeevga alohida to‘xtalsak, 24 yoshli futbolchi o‘tgan yilgi transfer narxiga nisbatan roppa-rosa 400 ming yevro arzonlashgan. O‘rtadagi farq evaziga Stanislav Andreev transfer huquqini sotib olish mumkin. Aytgancha, jadvalda Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi vakili Fozil Musayev yo‘q.

Fozilning terma jamoa yig‘inlariga chaqirilayotganidan xabardormiz, biroq uning shunchaki, mashg‘ulotlarga kelib-ketishi sayt xodimlari nazaridan chetda qolgan, shekilli. Yana bir legionerimiz Server Jeparovning narxi biroz pasaydi - 850 mingdan 800 mingga.

Serverning Eron termasiga qarshi uchrashuvdan oldingi intervyusini o‘qigach, uning Tehronda asosiy tarkibda maydonga tushishini taxmin qilgandik. Lekin o‘sha kuni hattoki, operatorlar ham Jeparovga e’tibor qaratishmadi. Vaholanki, u hozirda «Sepahon» a’zosi sanaladi.

Umid qilamizki, Server tez orada yana yuqori sport formasiga qaytadi va transfer jadvalida ham millionga tortadigan futbolchilar ro‘yxatini to‘ldiradi. Kuni-kecha Ahmedovning sobiq jamoasi - «Anji» bilan «1+1» shaklida shartnoma tuzgan Vadim Afoninning transfer narxi 600 ming yevroga teng.

«Nasaf» va «Qo‘qon-1912» futbolchilariga qo‘yilgan baho biroz qimmatlashganini ko‘rish mumkin. Xususan, Akmal Shorahmedovning narxi 350 mingdan 400 ming yevroga ko‘tarilgan bo‘lsa, Murod Xolmuhammedov 25 ming yevro qimmatlashgan.

Farrux Sayfiyev va Javohir Siddiqovning narxi esa o‘tgan yilgi ko‘rsatgichga nisbatan o‘zgarmadi. Umuman, jadvalda ko‘rsatilgan barcha futbolchilar narxi hisoblansa, O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibi jami 20 million 900 ming yevroga baholangani oydinlashadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilarining 2016 va 2017 yilgi transfer qiymati

Futbolchi

Amp.

Tug‘ilgan

sanasi

Jamoasi

2017 yilgi narxi (evro hisobida)

2016 yilgi narxi (evro hisobida)

12

Ignatiy Nesterov

Dar.

20.06.1983

«Lokomotiv»

850 ming

850 ming

21

Aleksandr Lobanov

Dar.

04.01.1986

«Paxtakor»

600 ming

500 ming

1

Eldorbek Suyunov

Dar.

12.04.1991

«Nasaf»

400 ming

450 ming

5

Anzur Ismoilov

Him.

21.04.1985

«Chanchun Yatay» (Xitoy)

500 ming

500 ming

2

Yegor Krimes

Him.

27.01.1992

«Pekin Guoan» (Xitoy)

450 ming

450 ming

22

Davron Hoshimov

Him.

24.11.1992

«Paxtakor»

400 ming

375 ming

3

Rustam Ashurmatov

Him.

07.07.1996

«Bunyodkor»

250 ming

200 ming

5

Murod Xolmuhammedov

Him.

23.12.1990

«Qo‘qon-1912»

150 ming

125 ming

19

Oleg Zoteev

Him.

05.07.1989

«Lokomotiv»

400 ming

350 ming

20

Akmal Shorahmedov

Him.

10.05.1986

«Nasaf»

400 ming

350 ming

16

Stanislav Andreev

Him.

06.05.1988

«Paxtakor»

400 ming

400 ming

13

Farrux Sayfiyev

Him.

17.01.1991

«Nasaf»

350 ming

350 ming

17

Vadim Afonin

YA.him.

29.09.1987

«Anji» (Rossiya)

600 ming

600 ming

 

Javohir Siddiqov

YA.him.

08.12.1996

«Qo‘qon-1912»

150 ming

150 ming

18

Otabek Shukurov

YA.him.

22.06.1996

«Bunyodkor»

400 ming

275 ming

19

Azizjon G‘aniyev

YA.him.

22.02.1998

«Nasaf»

200 ming

100 ming

6

Jaloliddin Masharipov

Yar.him.

01.09.1993

«Lokomotiv»

450 ming

300 ming

9

Odil Ahmedov

YA.him.

25.11.1987

«Shanxay» SIPG (Xitoy)

5,5 million

7 million yevro

7

Azizbek Haydarov

YA.him.

08.07.1985

«Ajman» (BAA)

650 ming

500 ming

8

Server Jeparov

YA.him.

03.10.1982

«Sepahon» (Eron)

800 ming

850 ming

17

Jamshid Iskanderov

YA.him.

16.10.1993

«Paxtakor»

500 ming

500 ming

10

Sardor Rashidov

YA.him.

14.06.1991

Vaqtincha jamoasiz

2 million

1,8 million

11

Igor Sergeev

Huj.

30.04.1993

«Paxtakor»

1,6 million

2 million

14

Temurxo‘ja Abduxoliqov

Huj.

25.09.1991

«Al-Sayliya» (Qatar)

1 million

1 million

4

Marat Bikmayev

Huj.

01.01.1986

«Lokomotiv»

600 ming

450 ming

15

Aleksandr Geynrix

Huj.

06.10.1984

«Ordabasi» (Qozog‘iston)

500 ming

500 ming

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:57, 23.06.2017. O'qildi: 19779 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик