Yakshanba kuni Italiya chempionatining 36-turi doirasida «Parma» va «Roma» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Maydon egalari 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
O‘yinda hisob birinchi bo‘limning o‘rtalarida ochildi. Paulo Dibalaning uzatmasidan so‘ng Doniell Malen to‘pni darvozaga yo‘lladi. Tanaffusgacha hisob o‘zgarishsiz qoldi. «Parma» ikkinchi bo‘lim boshidayoq muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi: Xans Nikolussi Kavilyaning pasidan so‘ng Gabriel Strefezza raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
82-daqiqada Mandela Keyta gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda rimliklar Devayn Rensh va Malenning (penaltidan) gollari evaziga g‘alabani ilib ketishdi.
Hozirda «Parma» 42 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. «Roma» esa 67 ochko bilan beshinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
«PARMA» — «ROMA» — 2:3
Gollar: Doniell Malen 22 (0:1), Gabriel Strefessa 47 (1:1), Mandela Keyta 87 (2:1), Devayn Rensh 90 (2:2), Doniell Malen 90+ (2:3).
«Parma»: Sudzuki, Chirkati, Troylo (Valenti, 65), Del Prato (Brichgi, 74), Ordonyes, Nikolussi Kavilya (Esteves, 79), Keyta, Valeri (Karboni, 74), Elfej (Almkvist, 79), Strefessa (Pelyegrino, 53).
«Roma»: Svilar, Manchini, N'Dika, Ermoso (Gilardi, 53), Chelik (Rensh, 74), Kristante (Pizilli, 58), Kone (Venturino, 75), Fransa, Soule (El-Aynaui, 58), Dibala, Malen.
Ogohlantirishlar: Strefessa (48), Brichgi (76) — Chelik (74).