Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolchiga falokat keltirgan nikoh uzugi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Har bir sport turi o‘z jarohatlari, kutilmagan baxtsizliklari bilan ham ajralib turadi. Ko‘pchilik futbolni boshqa sport turlariga qaraganda xavfsizroq deydi. Biroq millionlar o‘yini ham jiddiy jarohatlardan xoli emas. Biz bugungi sahifamizda ana shu futbol olamining jabrdiydalari haqida so‘z yuritamiz. Qizig‘i, ushbu futbolchilarning jarohat olishiga o‘zlarining keraksiz harakati va e’tiborsizliklari sabab bo‘lgan.

O‘YIN «QURBON»I

«Milan» klubining sobiq futbolchisi Alessandro Nesta keraksiz jarohat tufayli bir oy mobaynida maydonga tusha olmaydi. Gap shundaki, uzoq vaqt mobaynida «Play Station» o‘ynagani sababli Nestaning qo‘lida qon yurishmay qoladi. Futbolchining o‘yinni tugatgan zahoti qilgan keskin harakati esa jarohat olishiga sabab bo‘ladi.

SHOSHMA-SHOSHARLIK OQIBATI

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq sardori, Rio Ferdinand uyidagi divanni chetroqqa surish uchun uni ko‘targan paytda telefon jiringlab qoladi. Shunda u go‘shakni olaman deb divanni qo‘yib yuboradi. Oqibatda oyog‘ini jarohatlab oladi. Yaxshiyamki, jarohat unchalik jiddiy bo‘lmaydi. Rioning bu shoshma-shosharligi navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ladi, xolos.

ODEKOLON SHISHASINI TEPGAN POSBON

Santyago Kanisares o‘zining akrobatik qobiliyatiga ishonardi. Aynan shu narsa unga pand berdi. U xonasida shu usulni takrorlayotganda oyog‘i odekolonning idishiga tegib, shisha sinadi va oyog‘ini kesib yuboradi. Boshida Santyago bunga e’tibor bermaydi, ammo terma jamoa shifokorlari posbonning jarohati jiddiy ekanligini ta’kidlaydi. Natijada, Kanisares jahon chempionatini o‘tkazib yubordi. Eng achinarlisi, Santyago terma jamoaning asosiy posboni sifatida maydonga tushishni juda istayotgandi. Afsuski, bu orzusining ro‘yobi biroz kechikdi.

VANNAXONADAGI KO‘NGILSIZLIK

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Karlos Teves uyida yuvinayotganda sirpanib ketadi va natijada yiqilib, to‘pig‘ini jarohatlab oladi. O‘sha paytda endigina Angliyaga ko‘chib o‘tgan argentinalik futbolchi «Manchester Siti» tarkibida harakat qilishi kerak bo‘lgan birinchi o‘yinini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

DAZMOL QILAMAN DEB...

«Barselona»ning sobiq posboni Karlos Buskets ikkinchi darajali kuyish jarohatini oladi. U o‘g‘lining ko‘ylagini dazmollayotgan paytda, tasodifan dazmolni tushirib yuboradi va oyog‘ini kuydirib oladi. Natijada, posbon bir necha hafta davolanishga majbur bo‘ladi.

IT YIQITSA...

Darvozaboni Karlo Kudichini o‘zining sevimli kuchugi tufayli og‘ir jarohat orttirib oladi. U itini aylantirishga chiqqanida kuchugi nimadandir cho‘chib, uni tortib ketadi. Buni kutmagan Karlo esa muvozanatini saqlolmay, yerga noqulay yiqiladi. Oqibatda oyog‘idan jiddiy jarohat oladi va operasiya stoliga yotib, bir necha oy tiklanish muolajalarini olishga majbur bo‘ladi.

HADDAN TASHQARI E’TIBOR

Richard Rayt navbatdagi muhim o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish uchun mashg‘ulotlarga bor diqqat-e’tiborini qaratadi. U mashg‘ulotlarga shunchalik berilib ketadiki, hatto maydon chetrog‘idagi «Maysazor tomonga o‘tmang» degan belgini ko‘rmay qoladi va unga qoqilib, yiqilib tushadi. O‘sha paytlarda «Everton» sharafini himoya qilayotgan posbon noqulay yiqilgani tufayli jarohat oladi, bu esa unga «Chelsi»ga qarshi o‘yinda maydonga tushish imkonini bermaydi. Richard o‘sha o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

KOLYASKA AYBDORMI YOKI...

Faoliyatini «Lids Yunayted»da yakunlagan yarim himoyachi Devid Batti olgan jarohat ham unga qimmatga tushadi. U o‘z hovlisida farzandini uch oyoqli kolyaskada o‘ynatayotganda kutilmaganda tovonini velosipedning qirrali joyiga urib oladi. Buning oqibatida esa tovoni yirtilib ketadi. O‘shanda Angliyaning «Blekbern Rovers» jamoasi sharafini himoya qilayotgan o‘yinchi bir qancha mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

NOQULAY HARAKAT OQIBATI

Germaniyalik posbon Mixael Renzing ham ahmoqona jarohat orttirish borasida boshqalardan qolishmaydi. U oyoq kiyimining ipini bog‘layotgan paytda noqulayroq egilgani uchunmi, orqasida qattiq og‘riq turadi. Buni qarangki, jarohat u o‘ylaganidan jiddiyroq bo‘lib chiqadi va Yevrokuboklardagi muhim o‘yinlardan birini o‘tkazib yuboradi.

QULAB TUSHGAN TO‘SIQ

Argentinalik hujumchi Martin Palermo «Vilyarreal» safida to‘p surib yurgan kezlarida jiddiy jarohat oladi. O‘shanda o‘yinlarning birida gol kiritgan Martin sevinchi ichiga sig‘may, to‘g‘ri muxlislar va maydonni ajratib turuvchi to‘siqdan oshib o‘tib, quvonchini muxlislar bilan baham ko‘rmoqchi bo‘ladi. Biroq u endi to‘siqqa chiqqan paytda to‘siq ishqibozlar bosimiga dosh berolmay, qulab tushadi. Natijada, Palermo yiqilib, juda jiddiy jarohat oladi, keyinroq shifokorlar uning katta va kichkina boldir suyagi shikastlanganini aniqlashadi. Martin esa uzoq muddat futbol bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.

QIMMATGA TUSHGAN USLUB

Kataloniyaning «Espanol» jamoasi hujumchisi Serxio Garsiya ham golini nishonlash vaqtida jarohat orttirib oladi. U «Betis»da to‘p surgan vaqtida hujumchi golini nishonlash uchun hujumchilar orasida odatga aylanib ulgurgan usulni tanlaydi — tizzasi bilan sirpanishga qaror qiladi. Ammo u chimning hali maydaligi va maydonning sirpanchiq emasligini inobatga olmagandi. Oqibatda bu sirpanish Serxioga ancha qimmatga tushadi. Oyog‘i qattiq lat yegan futbolchi to‘liq bir oy yashil maydon bilan xayrlashishga majbur bo‘ladi.

QO‘RQINCHLI JAROHAT

Paulo Diogo golini nishonlash paytida jarohat olgan yana bir futbolchi. O‘sha vaqtlarda «Servetta» jamoasi safida harakat qilgan o‘yinchi raqib darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin muxlislar tomon yuguradi. U golini ishqibozlar bilan nishonlash uchun panjarani oshib o‘tishi kerak edi. Paulo panjaraga tirmashib, o‘zini pastga otadi. Biroq panjara uning nikoh uzugini ilib qoladi. Kutilmaganda futbolchi shunchalik qo‘rqinchli jarohat oladiki, unga hatto asabi juda mustahkam insonlar ham qaray olishmasdi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 22:55, 23.06.2017. O'qildi: 6490 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик