Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lukas Vaskes: «Istagim – JCH havosidan bahra olish»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Real» yarim himoyachisi Lukas Vaskes joriy mavsumda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilardan bo‘ldi. Joriy mavsumda Zayniddin Zidan jamoasi sovrinlar borasida «dubl» qayd etishga erishdi.

25 yoshli Vaskes «Real»ning 60ta o‘yinining 50tasida maydonga tushdi. Ammo YECHL finalida tarkibga kiritilmadi. Shunga qaramay, Lukas bundan xafa emas.

Yaqinda Marca nashri Vaskes bilan suhbat uyushtirdi.

- To‘rtta sovrin, 1958 yildan buyon ilk marotaba «dubl» (Ispaniya chempionati, YECHL). «Real»ning yakunlangan mavsumdagi faoliyatiga qanday baho berasiz?

- Bu ajoyib mavsum bo‘ldi. Jamoa boshidan oxirigacha yaxshi o‘ynadi. La ligada deyarli butun mavsum davomida peshqadamlik qildik va yakunda haqli ravishda chempion bo‘ldik. Chempionlar Ligasidagi g‘alaba esa alohida tahsinga loyiq. Biz bu musobaqada qatorasiga ikki marta zafar quchdik. Oldinlari hech qaysi klub bu ishni uddalay olmagandi.

- Siz mavsum davomida 50ta uchrashuvda maydonga tushdingiz. Bu jamoadagi eng yaxshi natijadir. Biroq har doim ham asosiy tarkibga kiritilmadingiz.

- Umuman olganda, 50ta o‘yin o‘tkazganimdan xursand bo‘lishim kerak. Bunday natijaga erishishimda murabbiyning hissasi katta. 50 marta maydonga tushibmanmi, demak murabbiy shuncha ishonch bildirgan.

- Zidan siz bilan hamisha ochiq gaplashdimi? Jamoadagi rolingiz qanday bo‘lishini boshidanoq tushuntirganmidi?

- Ha. U mavsum boshidayoq barchamizga o‘z g‘oyalarini tushuntirdi va har bir futbolchining roli qanday bo‘lishini aytdi. Yakunda u o‘z va’dasining ustidan chiqib, barchamizga o‘zimizni ko‘rsatishimiz uchun imkon yaratib berdi. Zidan hamisha mash­g‘ulotlarda chin ko‘ngildan ter to‘kishimizni so‘raydi. Shunga qarab, qaysi o‘yinda kim maydonga tushishini hal qiladi.

- Zidan sizdan shaxsan nimalarni talab qiladi? Yarim himoyada ko‘prooq ishlashnimi yoki hujumdagi kreativliknimi?

- Unisini ham, bunisini ham. U ko‘proq himoyada yordam berishimni so‘raydi. Ya’ni markazga o‘tib, markaziy yarim himoyachilarga yordam berishimni. Hujum haqida gapiradigan bo‘lsam, bu zonada barchamizga erkinlik yaratib berishni istaydi.

- Mavsumda 50ta uchrashuv o‘tkazganingizga qaramay, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi sizni chaqirmadi. Bu boradagi fikringiz qanday?

- Menimcha, terma jamoaga chaqiruv olmaganidan ajablanganlar juda ko‘p. Har bir futbolchi o‘z milliy terma jamoasi uchun o‘ynashni istaydi. Bu katta sharaf. Shu bois ham tarkibga kirmay qolsangiz, ajablanishingiz turgan gap. Shunga qaramay, murabbiyning keyingi ro‘yxatidan joy olish uchun qattiq mehnat qilishda davom etishimiz kerak. Kelayotgan jahon chempionati oldidan bu juda muhim.

- Demak, maqsadingiz 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga borish. Shundaymi?

- Albatta, bu mening asosiy maqsadim. Jahon chempionatida o‘ynab, uning havosidan bahra olish har bir futbolchi uchun yuqori cho‘qqi. Umid qilamanki, buni his qilaman. Har qanday holatda ham buning uchun tinimsiz mehnat qilish kerak. Yevropa chempionatida o‘ynaganman. Ko‘pchilik bu musobaqani jahon chempionatining «qarindoshi» deydi. Lekin istagim har ikki musobaqa havosidan nafas olish.

- Oradan 59 yil o‘tib «Real» La ligada zafar quchdi va qatorasiga ikki bor YECHLda g‘olib chiqdi. Bu nimani anglatadi?

- To‘g‘risi, ikki haftada ikki marta Sibelesga yo‘l olib, muxlislar bilan g‘alabani baham ko‘rish - buni so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Bu natijalar tufayli o‘zimizni omadli va baxt­li his qilyapmiz.

- Nima uchun «Real»dek klub uzoq vaqt bunday natijani qayd eta olmadi?

- Chunki sovrinlarni qo‘lga kiritish hamisha qiyin.

- Keling, La liga haqida gaplashamiz: «El Klasiko»da so‘nggi daqiqalarda imkoniyat boy berilgach, jamoada tushkunlik paydo bo‘ldimi?

- Agar o‘z maydoningizda chempionlik uchun raqobatchi jamoaga imkoniyatni boy bersangiz, ayrim narsalarni o‘ylashingizga to‘g‘ri keladi. Biroq biz yaxshi xolatda edik, ya’ni «Selta»ga qarshi zaxira o‘yinimiz bor edi. Shu bois ham barchasi o‘z qo‘limizda ekanini yaxshi bilardik. Hammasi o‘zingizga bog‘liq bo‘lsa, o‘zingizga ishonishingiz kerak. Biz aynan shunday qildik. Xayriyatki, barchasi yaxshi yakunlandi.

- Chempionatda besh yil zafar quchilmadi. Shu jihatni inobatga olsak, La ligadagi g‘alaba YECHLdagi yutuqdan muhimroqmidi?

- Tanlash qiyin. Hamisha har ikki musobaqada ham g‘olib chiqishni istaymiz.

- «Selta»ga imkoniyatni boy berib, Qirol kubogidan chiqib ketdinglar. Natijada «trebl» qilishning imkoni qolmadi. Bu o‘yinni necha marta muhokama qildinglar?

- Haqiqatan ham Ispaniya kubogida zafar quchishni maqsad qilgandik. Kelgusi mavsumda bu turnirda g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

- Bir yil oldin «San-Siro»da bo‘lib o‘tgan YECHL finalida penaltini aniq amalga oshirgandingiz. Kardiffda esa maydonga tushmadingiz. Bunga munosabatingiz qanday?

- Futbol o‘zi shunaqa. Ikkita bir-biriga o‘xshagan o‘yin bo‘lmaydi. Jumladan, YECHL finallari ham.

- «Yuventus»ga qarshi uchrashuvning tanaffusida Zidan nima dedi? Jamoada qanday o‘zgarish bo‘ldi?

- U bizga barcha o‘z kuchiga ishonishi lozimligini uqtirdi. Agar shunday qila olsak, albatta, g‘alaba qozonishimizni aytdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:09, 25.06.2017. O'qildi: 4404 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик