Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Lobanov: «Agar kimgadir hadeb cho‘chqasan deyaverishsa, bir kun kelib u albatta cho‘chqaga aylanadi»

Baho:
+-2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” kulubi darvozaboni Aleksandr Lobanov bilan milliy terma jamoa va klubdagi faoliyati to‘g‘risida suhbatlashdik.

— O‘yin qanday o‘tdi? (“Obod”-“Paxtakor” (1:4) uchrashuvidan so‘ng)
— Og‘ir o‘yin bo‘ldi, chunki raqib jamoa haqida bugun yoki ertaga jamoani yopisharkan, endi bunday jamoa bo‘lmas ekan, degan har xil gaplar yuribdi. Shuning uchun ularga ancha oson deb o‘ylayman, ularning yo‘qotadigan narsasi yo‘q va shu sababli ular erkin o‘ynashadi. Bunday jamoalar bilan o‘ynash juda qiyin, istalgan daqiqada ular qandaydir syurpriz qilib qolishlari mumkin. Xudoga shukr, biz g‘alaba qozondik va maqsadimizga yetdik. "Olmaliq"qa yutqizib qo‘yganimizdan so‘ng bizni oldimizda “Nasaf” va “Obod” ustidan g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik va biz uni a’lo darajada bajara oldik.

— Muxlislar “Paxtakor”ga yangi murabbiy keldi, endi Lobanov asosiy tarkibga kira olarmikin, — deyishmoqda. Yangi murabbiy haqida nima deya olasiz?
— Hozircha biz faqat tanishib suhbatlashdik. U bizni oldimizga keldi, jamoada katta o‘zgarishlar kutilayotgani sababli har bir o‘yinni g‘alaba bilan yakunlash kerakligini aytdi. Hatto bugun ham kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turibdi. Aytishim mumkinki, muomalasi yaxshi va juda talabchan inson. Uning jamoa bilan yuqori natijalarga erishishini tilab qolardim.

— Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun so‘ngi vaqtlarda muxlislar milliy terma jamoa tarkibidan norozi bo‘lishmoqda?
— Ha, bu juda yomon holat. Bilmadim manimcha muxlislar har qanday sharoitda ham qanday natija qayd etilmasin terma jamoani qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Masalan, Yevropada jamoalar so‘ngi o‘rinda ketayotgan bo‘lsa ham muxlislar kelib, ularni qo‘llab quvvatlab ruhlantirib turishadi. Muxlislarga ozroq sabr tilardim, xudo xohlasa, biz jahon chempionatiga chiqamiz. Qanday yo‘l bilan chiqishimizning ahamiyati yo‘q, asosiysi jahon chempionatiga chiqishimiz va muxlislarimizni xursand qilish.

— Ko‘p sonli muxlislar terma jamoa darvozasini Ignatiy Nesterov qo‘riqlashini istashmoqda. Jamoadagi raqobat qanday? Aynan Ignatiy Nesterov bilan?
— Bilmadim. Ignatiy bilan munosabatlarimiz yaxshi, biz faqat ish yuzasidan muloqot qilamiz. Ortiqcha biror narsa yoki kelishmovchilik yo‘q. Asosiy tarkibda maydonga tushish esa murabbiylar istagiga bog‘liq.

— Davron Kabulov bilan birga mashg‘ulot o‘tagan ekansiz. Kabulovning aytishicha, u sizdan ancha yaxshiroq darvozani qo‘riqlagan ekan. Aytingchi, o‘sha paytlar darvozada Kabulov sizdan qay darajada yaxshi turgan?
— To‘g‘risi bu qachon bo‘lganini aniq eslolmayman, ammo intervyuning videosini ko‘rgan edim. Uning gaplariga sharh bildirmoqchi emasman, nima degan bo‘lsa o‘zining vijdoniga havola. Faqatgina ko‘rinib turgan holat, yani u yurtimizdagi eng katta patriot ekanligini aytishim mumkin. Unga omad tilab qolaman, boshqa gapim yo‘q.

— Terma jamoaning oldindagi uchrashuvlarida maydonga tushish niyatidasiz, demak, Xitoy va J.Koriya bilan bo‘ladigan o‘yin haqida nima deya olasiz?
— Qaysi o‘yinda bo‘lishidan qatiy nazar maqsad bir – faqat g‘alaba. Xudo xohlasa, Xitoy ustidan g‘alaba qozonishimiz kerak, albatta imkoniyatlarimiz Eron va Koreya o‘yini natijalariga ham bog‘liq, lekin nima bo‘lganda ham bizga faqatgina g‘alaba kerak shundagina hammasi o‘z qo‘limizda bo‘ladi.

— Muxlislar Igor Sergeev, Stanislav Andreev va sizni juda ko‘p tanqid qilishmoqda, bunga munosabatingiz?
— Men muxlislardan jamoani har qanday sharoitda, har qanday tarkibda, har qanday o‘yinda va har qanday murabbiy qo‘l ostida ham qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan bo‘lardim. Xohlardimki, ular jamoani yurakdan yaxshi ko‘rishsa. Masalan, biz maydonga chiqsak g‘alaba uchun borimizni beramiz, qancha kuch sarflaymiz, sog‘ligimizni yo‘qotamiz, oilamizni ko‘rmaymiz, ko‘pincha uydan uzoqda bo‘lamiz. Ular bizga ishonishi kerak, shunda biz ham g‘alaba uchun barchasini qilamiz, biz qachon g‘alaba qozonsak, ular xursand bo‘lishadi, yutqazib qo‘yganimizda esa so‘kinishni boshlashadi, mana bu, mana bu, mana bu aybdor deb. Haqiqiy muxlis bunaqa bo‘lmaydi.

— Xitoy bilan bo‘ladigan o‘yinga asosiy tarkibda Nesterovni ko‘rsangiz, sizda qanday kayfiyat hukmronlik qiladi? Bunga munosabatingiz qanday bo‘ladi?
— Bu murabbiylarning tanlovi va man ularning qarorini muhokama qilolmayman. Hamma o‘z ishini qilishi kerak. Shundagina rivojlanish bo‘ladi. Terma jamoamiz kuchli, biz ularni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Shu o‘rinda ruslarning bir maqoli yodimga tushdi “Agar kimgadir hadeb san cho‘chqasan deyaverishsa, bir kun kelib u albatta cho‘chqa bo‘ladi”. Shunday ekan terma haqida ijobiy fikr bildirib, ularga ishonishimiz kerak ana shundagina barchasi muxlislar orzu qilganday bo‘ladi.

Ma’mur Parmonov suhbatlashdi.

Manba: jfl.uz
Kiritildi: 19:38, 25.06.2017. O'qildi: 19703 marta. Fikrlar: 59 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик