Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • 2:0
      • Kalyari
  • APL
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Everton
  • La-liga
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Osasuna
  • Elit OCHL
      • 04.11.2025 15:00
      • Seul
      • 0:0
      • Chengdu Rongcheng
      • 04.11.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 1:2
      • Melburn Siti
      • 04.11.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Kangvon
      • 04.11.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shangxay Port
      • 04.11.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:2
      • Al-Ahli (SA)
      • 04.11.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Sharja
  • OChL-2
      • 04.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:2
      • Ahal
  • ECHL
      • 04.11.2025 22:45
      • Slaviya
      • 0:3
      • Arsenal
      • 04.11.2025 22:45
      • Napoli
      • 0:0
      • Ayntraxt F
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8891 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2950 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
      15:10 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Ботафого".
      22:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      00:20 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.11.2025

      05:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 55 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 59 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      09:40 "Страна спортивная".
      09:55 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      11:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      15:00 "Страна спортивная".
      15:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 64 кг.
      16:25 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      17:05 "Команда мечты".
      17:30 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      18:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      18:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      19:25 "Непобедимый".
      19:55 LIVE Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан. Прямая трансляция.
      22:00 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      22:30 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      23:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      00:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      01:50 "Команда мечты".
      02:15 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд.
      02:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд.
      03:40 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      04:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.11.2025

      05:00 "10 лет в спорте". "2023/2024".
      05:30 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Диана Миронова.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Матч! Парад.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Оренбург" - "Краснодар". Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Махачкала) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок Кремля. Комбинированная пирамида. Мужчины.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 2.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      20:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      20:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Лионе, Франция.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.
      02:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      02:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘tgan mavsumning eng yaxshi murabbiylari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Klublar tarkibni kuchaytirishga astoydil kirishayotgan pallada yakuniga yetgan mavsumni sarhisob qilishda davom etamiz. Bu gal mavzu murabbiylarga borib taqaladi. Aniqrog‘i, kuchli beshlik chempionatlarida qo‘l ostidagi jamoa bilan muvaffaqiyat qozongan mutaxassislar haqida so‘z yuritmoqchimiz.

ANGLIYA PREMYER-LIGASI

1. Antonio Konte (47 yosh, «Chelsi»)

2016 yilning yozida London klubida ish boshlagan italiyalik mutaxassis ilk mavsumdayoq jamoasini chempionlik sari yetakladi. Dastlab ishlar ko‘ngildagidek kechmadi: «ko‘klar» avval «Liverpul»ga, keyin esa «Arsenal»ga yutqazishdi.

Ko‘p o‘tmay Konte sxemaga o‘zgartirish kiritib, uch himoyachi taktikasiga o‘tdi va bu qaror samara keltirdi: «Chelsi» 13ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmadi. Umuman, «aristokratlar» milliy birinchilik doi-rasidagi 38ta bahsdan atigi 5tasida imkoniyatni boy berishdi. Bu esa ajoyib ko‘rsatkich.

2. Maurisio Pochettino (45 yosh, «Tottenxem»)

Kontening chempionlik yo‘lidagi asosiy raqobatchisi ham kuchli jamoa shakllantirdi. Hozirgi «Tottenxem» - chempionatning eng yosh klublaridan biri. Shunga qaramay, «shporlar»ning aksariyat o‘yinchilari Ispaniya, Germaniya va Fransiyaning top-klublari qiziqishiga sabab bo‘lishmoqda.

Ekspertlar Pochettinoning kuchli jihatlarini alohida ko‘rsatishmoqda, ulardan eng asosiysi - yoshlar bilan ishlash salohiyati. Qolaversa, argentinalik mutaxassis o‘z jamoasiga qaysi futbolchini taklif etishni yaxshi biladi. Misol uchun, o‘tgan mavsum hech kimga tanish bo‘lmagan Viktor Vanyama «Tottenxem» kashfiyotlaridan biriga aylanib, turli nashrlar talqiniga ko‘ra, APL ramziy termasidan joy oldi.

3. Xosep Gvardiola (46 yosh, «Manchester Siti»)

Ispaniyalik mashhur mutaxassis o‘tgan yozda Angliya chempionatini zabt etishga kirishgandi. Dastlab Gvardiolaning ishlari binoyidek kechdi - uning jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bordi, ammo keyinchalik jarohatlar o‘z so‘zini aytdi.

Qolaversa, Gvardiola taktik nuqtai nazardan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yib, buni o‘zi ham tan oldi. Xosepning faoliyatini yakunlash haqida fikr bildirgani hamon yodimizda. Har qanday vaziyatda ham, mutaxassis jamoasini yuqori uchlikka qaytarishni uddalab, «shaharliklar»ning YECHLdagi ishtirokini ta’minladi.

ISPANIYA PRIMERASI

1. Zayniddin Zidan (44 yosh, «Real»)

«Blankos» ustozi Yevropa futboli cho‘qqisini egallashda davom etmoqda. O‘tgan mavsum uning uchun «Real» boshqaruvidagi dastlabkisi bo‘lgan va u YECHLda g‘olib chiqqandi. Joriy yilda esa fransuz so‘nggi besh yil ichida ilk marta jamoasini mamlakat chempionligi sari yetakladi.

«Real»ning o‘yini ko‘zni quvontiradi. Ko‘rinib turibdiki, madridliklarning sobiq yarim himoyachisi qo‘l ostidagi futbolchilar bilan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan, jamoasida esa o‘ziga xos uslub bor. O‘z navbatida, «Real», xuddi «Chelsi» kabi, butun mavsumni deyarli bir xil tarkibda o‘tkazdi. Zidan, ko‘rib turibmizki, rotasiyaga ishtiyoqmand emas. Chempionat autsayderiga qarshi bahsda istisno qilmasa, albatta.

Bir-ikki yil avval «Real» yoshlariga ustozlik qilgan mutaxassisning qisqa muddatda Yevropaning eng kuchli murabbiylari safidan o‘rin egallashini kim ham o‘ylab deysiz?!

2. Luis Enrike (44 yosh, «Barselona»)

O‘tgan mavsum ispaniyalik mutaxassis uchun Kataloniya klubidagi oxirgisi bo‘ldi. Enrike o‘z jamoasini shakllantirib, Chempionlar Ligasi va boshqa musobaqalarda g‘olib chiqishga ulgurdi.

So‘nggi mavsumda esa murabbiy yetakchilar bilan muammolarga yo‘liqdi. Ko‘pchilikka murabbiylar shtabining qarori yoqmadi, YECHLni tark etish esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Har qanday vaziyatda ham, bu murabbiyga hammasi uchun tashakkur bildirish lozim. Ayniqsa, «PSJ»ga qarshi kechgan bahsdagi «kambek» uchun. Ishqibozlar «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tgan bu o‘yinni hali uzoq vaqt eslab yurishadi.

3. Diyego Simeone (47 yosh, «Atletiko»)

Argentinalik murabbiy o‘ylab ko‘radigan vaqt keldi. OAVda Simeonening «Inter»dan taklif olgani, milanliklar unga yiliga 15 mln. yevro to‘lashga tayyor ekanliklari haqida yozildi. Diyego qo‘l ostidagi jamoa YECHL g‘olibligi sari astoydil qadam tashlagandi, ammo bu safar ham uning yo‘liga «Real» to‘g‘anoq bo‘ldi. Albatta, bunday vaziyatda har qanday kishida barchasini tashlab, boshqa chempionatga o‘tib ketish fikri tug‘ilishi tabiiy. Ammo Simeonedan mazkur masalada biror harakat kuzatilmadi.

«Atletiko» primerada uchinchi o‘rinni egalladi va keyingi mavsum Chempionlar Ligasida qatnashadi. Bu safar kurashga Diyego bilan kirishadimi yoki boshqa mutaxassis jalb etadimi, vaqt o‘tgach bilib olamiz.

ITALIYA «A» SERIYASI

1. Massimiliano Allegri (49 yosh, «Yuventus»)

Hech qanday sensasiya yo‘q. Italiyalik mutaxassis Turin klubi bilan ichki musobaqalarning deyarli barchasida zafar quchdi. Ammo Allegriga YECHL finalida Zidanni ranjitish nasib qilmadi. Vaholanki, ikki yil avval «Yuventus» «Real»ni Chempionlar Ligasi yarim finalida to‘xtatishni uddalagandi. To‘g‘ri, u paytlari madridliklarni Karlo Anchelotti boshqarganini unutmaslik lozim.

2. Luchano Spalletti (58 yosh, «Roma»)

Yaqindagina «Inter» bilan shartnoma imzolagan mutaxassis «A» seriyaning o‘tgan mavsumida «Roma»ni yomon boshqarmadi. Rimliklar chempionlik yo‘lida «Yuventus»ga raqobat tug‘dirishdi. Spalletti Milanga yo‘l olishdan avval «Roma»ga YECHL yo‘llanmasini taqdim etishga ulgurdi.

3. Vinchenso Montella (42 yosh, «Milan»)

«Rossoneri»ning hozirgi tarkibi bilan sovrin yutib, jamoani Yevropa Ligasiga olib chiqishni tasavvur qiling. Go‘yoki, moliyaviy muammolar tufayli «Milan»da beqarorlik avj olgandek edi. Ammo Montella o‘tgan mavsum «Yuventus»ni ikki marta mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi marta - chepionatda, ikkinchisida esa - Italiya superkubogi uchun o‘tgan bahsda. Aytishlaricha, yaxshi murabbiy har qanday tarkib bilan muvaffaqiyat qozona olarkan. Ushbu gaplar bevosita Montellaga tegishli.

FRANSIYA 1 LIGASI

1. Leonardu Jardim (42 yosh, «Monako»)

Portugaliyalik murabbiy o‘z g‘oyalari va yoshlar bilan ishlash xususiyati tufayli allaqachon Yevropa top-klublari e’tiborini tortib ulgurdi. Aynan Jardimning mehnatlari samarasi o‘laroq, «Real», «Manchester Yunayted» va «ko‘hna qit’a»ning bosh-qa yetakchi klublari 18 yoshli forvard Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish uchun kurashishmoqda. Grandlar hozircha katta mablag‘ taklif etib ham rad javobini olishmoqda. Umuman, ushbu ro‘yxatda Mbappe yolg‘iz emas.

O‘z navbatida, «Monako»ning Fransiya chempionligini qo‘lga kiritganini ta’kidlash joiz. «PSJ»ning transferlarga qancha pul sarflaganini ko‘ryapmiz, ammo parijliklar sovrin uchun kurashda yengildilar. Jardim futbolda katta sarf-xarajat har doim ham kerakli natijani keltirmasligini isbotladi.

2. Lyusyen Favr (59 yosh, «Nissa»)

Bu murabbiyning hurmatga loyiq natijalari bisyor. Liga 1da uchinchi o‘rinni olishdan tashqari, mashhur to‘polonchi Mario Balotellini tarkibga jalb etdi. Italiyalik hujumchi esa jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi. OAVda Favrning «Borussiya» Dortmund klubini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo Germaniya jamoasi yakunda boshqa nomzodni tanladi.

3. Unai Emeri (45 yosh, «PSJ»)

Bu mutaxassis uchun mavsum turlicha kechdi. Birinchidan, uning jamoasi ichki chempionatda g‘oliblikni boy berdi. Ikkinchidan, Emeri YECHLda rahbariyat ishonchini oqlay bilmadi. Uchinchidan, ispaniyalik murabbiy va yetakchi futbolchilar o‘rtasida nizo chiqdi. Boshqa tomondan, «Barselona»ga qarshi kechgan bahs bo‘yicha qanday e’tiroz bo‘lishi mumkin? Ko‘pchilikning fikricha, o‘shanda hakamning qo‘pol xatolari o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatgan.

O‘z navbatida, to‘rtta to‘p farqi bilan oldinda bora turib yutqazilganda, hamma aybni bir kishiga ag‘darish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Aftidan, «PSJ» mutasaddilari buni to‘g‘ri tushunib, Emeriga yana bir imkoniyat berishga qaror qilishgan.

GERMANIYA BUNDESLIGASI

1. Tomas Tuxel (43 yosh, «Borussiya» Dortmund)

Germaniyalik mutaxassis Dortmundga o‘tgan yilning yozida «Mayns»­dan kelgandi. O‘shanda hech kim bu insonning naqadar talabchanligini bilmagan. Tuxel mayda detallarni ham nazardan chetda qoldirmaydi, qattiqqo‘l, dadil, aqlli, hamisha jamoa muammolarini hal qilishga intiladi. U yangicha «Borussiya»ni shakllantirdi. Yurgen Klopp jamoasidan asar ham qolmadi, vaholanki, o‘tgan yilning yozida yosh murabbiyning iqtidoriga ko‘pchilik shubha bilan qaragandi.

Tuxelni bemalol Pochettino va Jardim bilan solishtirish mumkin. Bu mutaxassislarni nima bog‘laydi? Ular yoshlar bilan ishlashni qoyillatishadi. Farqi, Tuxel mij-g‘ovligi bilan hamkasblaridan ajralib turadi. Bu haqda «Borussiya» D. futbolchilari ham ta’kidlashgan, ba’zan rahbariyat ham shunga sha’ma qildi.

Har qanday vaziyatda ham, «qovog‘arilar» yangi murabbiy qo‘l ostida mavsumni yomon o‘tkazishmadi - jamoa YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, mamlakat kubogi finalida «Ayntraxt»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu turnir yarim finalida Myunxenning «Bavariya»sini chiqarib yuborgani diqqatga sazovor. Shunga qaramay, dortmundliklar Tuxelning o‘rniga boshqa murabbiy jalb etishga qaror qilishdi.

2. Ralf Xazenxyuttl (49 yosh, «RB Leypsig»)

2016 yil yakunigacha avstriyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa «Lester»ni eslatib yubordi. Keyinchalik esa, «Leypsig»da pasayish kuzatildi, ammo bu omil klubning bundesligada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilmadi.

Umumiy hisobda, jamoa mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazdi: «Borussiya», «Volfsburg», «Bayer» va Germaniya chempionatining boshqa vakillari mag‘lubiyatga uchratildi. Qiziq, «buqalar» YECHLda qanday qatnashishar ekan?

3. Yulian Nagelsman (29 yosh, «Xoffenxaym»)

Bu insonni bemalol mavsum kashfiyoti sifatida ko‘rsatish mumkin. Tasavvur qilyapsizmi, Nagelsmanning yoshi 29da, u esa o‘zining yuqori darajali murabbiy ekanini ko‘rsatib ulgurdi. Sabab? Chunki uning qo‘l ostidagi jamoa ichki chempionatda to‘rtinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:20, 27.06.2017. O'qildi: 6853 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.