Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • 2:0
      • Kalyari
  • APL
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Everton
  • La-liga
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Osasuna
  • Elit OCHL
      • 04.11.2025 15:00
      • Seul
      • 0:0
      • Chengdu Rongcheng
      • 04.11.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 1:2
      • Melburn Siti
      • 04.11.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Kangvon
      • 04.11.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shangxay Port
      • 04.11.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:2
      • Al-Ahli (SA)
      • 04.11.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Sharja
  • OChL-2
      • 04.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:2
      • Ahal
  • ECHL
      • 04.11.2025 22:45
      • Slaviya
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.11.2025 22:45
      • Napoli
      • -:-
      • Ayntraxt F
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • -:-
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Kopengagen
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8840 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2945 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
      15:10 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Ботафого".
      22:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      00:20 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.11.2025

      05:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 55 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 59 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      09:40 "Страна спортивная".
      09:55 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      11:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      15:00 "Страна спортивная".
      15:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 64 кг.
      16:25 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      17:05 "Команда мечты".
      17:30 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      18:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      18:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      19:25 "Непобедимый".
      19:55 LIVE Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан. Прямая трансляция.
      22:00 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      22:30 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      23:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      00:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      01:50 "Команда мечты".
      02:15 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд.
      02:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд.
      03:40 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      04:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.11.2025

      05:00 "10 лет в спорте". "2023/2024".
      05:30 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Диана Миронова.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Матч! Парад.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Оренбург" - "Краснодар". Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Махачкала) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок Кремля. Комбинированная пирамида. Мужчины.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 2.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      20:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      20:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Лионе, Франция.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.
      02:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      02:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Bavariya»ning ishi «besh» yoxud Bundesliganing o‘tgan mavsum sarhisobi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundesliga shiddatli bahslarga boy tarzda o‘tdi va Myunxen grandi qatorasiga beshinchi marta bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Demak, e’tiborimiz markazida olmon yurti ichki birinchiligi sarhisobi.

«BAVARIYA»

An’anaga muvofiq, 11 kilogrammli «likopcha»ni boshi uzra baland ko‘targanda Filipp Lamning yuzidan mamnuniyat balqib turgandi. «Bavariya» sardori ushbu harakatni qatorasiga beshinchi marta amalga oshirdi. Bundesligada hozirga qadar chempionlik seriyasi bu qadar uzoq cho‘zilmagandi. Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubidagi muvaffaqiyatlarga qariya Xaynkes davrida poydevor qo‘yilib, 2012|2013 yili jamoa o‘zi qatnashgan barcha yirik musobaqalarda zafar quchgandi. So‘ngra Gvardiola uch marta Germaniya chempionatida shogirdlarini eng yuqori o‘ringa olib chiqdi. Nihoyat, ushbu natijani davom ettirish Anchelottiga nasib qildi. Vaholanki, «Bavariya»dan ko‘prog‘ini kutishgandi - ayniqsa, Yevropa arenalarida. Italiyalik mutaxassis aynan YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritish maqsadida taklif etilgandi.

Endi Anchelotti myunxenliklarning sof niyatini keyingi mavsum ro‘yobga chiqarishga urinib ko‘radi. Buning uchun asosiy tarkibni biroz shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Zero safda Lam va Xabi Alonso bo‘lmaydi. Filipp 8 marta chempionlikka erishib, Sholl, Kan va Shvaynshtaygerning rekordini takrorlagandi. Shubha yo‘qki, Lam sobiq klubdoshlarining ko‘rsatkichini yangilashi mumkin edi. Biroq joriy yilning 20 may kuni 33 yoshli himoyachi o‘zining so‘nggi, «Bavariya»dagi 517-o‘yinini o‘tkazdi. Umuman, bunga qadar Lamni Germaniyaning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiritib ulgurishgandi. Hammasi tushunarli: jahon chempioni (2014), YECHL g‘olibi (2013), bundesliganing sakkiz karra chempioni, olti karra mamlakat kubogi sohibi. Germaniya chempionatida 385ta, mamlakat termasida esa 113ta uchrashuv o‘tkazgan. E’tiborlisi, biror marta qizil kartochka olmagan! Ushbu natija yevrokuboklar va Germaniya kubogi musobaqasiga ham taalluqli.

Aynan o‘sha kuni Xabi Alonsoni ham kuzatib qo‘yishdi. 35 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi «Liverpul» (2005) va «Real» (2014) safida YECHLda g‘olib chiqqan, terma jamoada jahon (2010) hamda Yevropa (2008, 2012) chempionligini qo‘lga kiritgan. So‘nggi uch mavsum myunxenliklar tarkibida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, har safar g‘oliblik nashidasini surdi. Klub rahbari Rummenigge ispaniyalik futbolchining «Bavariya» safiga qo‘shilishi so‘nggi yillardagi eng yaxshi transfer bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, mutasaddi ispaniyalik xavbekning har doim ham raqibdan tez yugurish shart emasligi, shunchaki, tezkor fikrlash lozimligini isbotlaganini ta’kidladi.

«LEYPSIG»

Garchi «Bavariya» yakuniy jadvalda eng yaqin ta’qibchisini 15 ochkoga ortda qoldirgani namoyon bo‘lsada, hisob bo‘yicha 54-chempionat myunxenliklar uchun oson o‘tdi, deyish qiyin. Buning asosiy sababchisi - «Leypsig». Oliy divizionda yaxshigina shov-shuv ko‘targan jamoa qisqa muddatda quyi ligadan Chempionlar Ligasigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. Shijoatli va aqlli futbol namoyish etish, qarshi hujumdagi aqlli harakatlar (uning yordamida o‘tgan mavsum 14ta gol urildi) tufayli bosh murabbiy Xazenxyuttl va sport direktori Rangnik boshchiligidagi jamoa uzoq muddat «Bavariya»ga jiddiy raqobat tug‘dirib, turnir jadvalida myunxenliklarni ta’qib etdi. Hattoki, 13-turdan so‘ng peshqadamga aylanib oldi.

Hozir hech kim «Leypsig»ning muvaffaqiyatini tasodifga yo‘ymayapti. Klubdagi mexanizm xuddi Shveysariya soatlari kabi ishlayapti, jamoa yetakchilari Verner (chempionatda 21ta gol urdi), Forsberg (22ta samarali uzatma muallifiga aylanib, 2014|2015 yillar mavsumida De Bryuyne tomonidan o‘rnatilgan bundesliga rekordini takrorladi), o‘rta chiziqdagi Keyta va Demme ijobiy xislatlari orqali sheriklarini g‘alaba sari ruhlantirib turishdi.

«BORUSSIYA» Dortmund

«Sariq-qoralar» uchun mavsum oson o‘tmadi. O‘tgan yoz Xummels, Mxitaryan va Gyundoganning ketishi, tajribasi kamroq futbolchilarning safga qo‘shilishi hech gap emasdi. Muammolar faqat maydonda emasdi. Fevral oyida dortmundlik ishqibozlar haqoratli plakatlar orqali «Leypsig» manziliga xabar yo‘llashgach, Germaniya futbol ittifoqi bunga qarshi jiddiy jazo belgiladi: keyingi bahsda «Borussiya» «Volfsburg»ga qarshi bahs yuritdi va «qovog‘arilar»ning mashhur uy stadioni janubiy qismi (Evropadagi tik turib ko‘riladigan eng katta tribuna, 25000 muxlisga mo‘ljallangan) bo‘shab qoldi. «Borussiya» D. rahbari Vatske bunga quyidagicha munosabat bildirdi: «Janubiy tribunasiz Dortmund go‘yoki to‘psiz futbol demakdir».

Keyinchalik vaziyat yanada ayanchli tus ola boshladi. «Monako»ga qarshi kechgan YECHL chorak finalining birinchi uchrashuvi arafasida jamoa avtobusi yonida portlash ro‘y berib, oqibatda jamoa himoyachisi Bartra qo‘lidan jarohatlandi. O‘yin ertasiga o‘tkazildi, ammo bunga qadar dortmundliklar ruhiy bosimdan xalos bo‘lib ulgurishmagandi va oqibatda yutqazib qo‘yishdi. Oxir-oqibat mash’um voqeadan so‘ng bahsning erta o‘tkazilganidan norozi bo‘lgan bosh murabbiy Tuxel hamda klub rahbari Vatske o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Germaniya OAVning darhol jamoa ustozining o‘zgarishi haqida xabar tarqatdi va yakunda bu taxminlar o‘zini oqladi.

«XOFFENXAYM»

Bu klub ham haqli ravishda YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Xoffenxaym» mavsum davomida bir ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropada yagonaligini saqlashga erishdi - qit’aning yetakchi chempionatlarida «mag‘lubiyat» ustunini nisbatan uzoqroq «quruq» saqlab turish bo‘yicha boshqalarga o‘rnak bo‘ldi. Va albatta, bundesligadagi eng navqiron murabbiy, o‘tgan yili jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlagan 29 yoshli Nagelsmann bu safar shogirdlari bilan Chempionlar Ligasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. «Xoffenxaym» tarkibidan Zyule, Rudi (bu ikki futbolchi kelgusi mavsum «Bavariya» libosini kiyishadi), Demirbaya hamda Vagner milliy terma ustozi Lyovning e’tiboriga tushishdi. Nagelsmanning Germaniyadagi obro‘si shu qadar yuksakki, aksariyat mutaxassislar yaqin kelajakda uning Myunxenda Anchelottining o‘rnini egallashini ta’min qilishmoqda.

OQLANMAGAN ISHONCH

«Bo‘rilar»ning muvaffaqiyatsizligi

Germaniya termasi mergani Gomes (154ta gol bilan bundesliga to‘purarlari «abadiy» ro‘yxatida 14-o‘rinni egallab turibdi, u har 120 daqiqada to‘p kiritgan; bu borada u faqat 105 daqiqalik ko‘rsatkichga ega Gerd Myullerdan ortda bormoqda), Braziliya termasi a’zosi Luis Gustavo, 2016 yilgi Yevropa chempioni Viyeyrinyo, «Milan» va «PSJ» e’tiborini o‘ziga qaratgan shveysariyalik chap qanot himoyachisi Rodriges, Polsha termasi yetakchilaridan biri Blashikovski. Yakuniga yetgan mavsumda «Volfsburg» sharafini shu va boshqa mahoratli futbolchilar himoya qilishdi. Bu jamoa o‘tgan yilning aprelida o‘tkazilgan YECHL chorak finalida Madridning «Real» klubini musobaqadan chiqarib yuborishiga bir bahya qolgandi (uyda - 2:0, safarda - 0:3). Navbatdagi mavsum davomida bosh murabbiy Xekkingning o‘rnini Yonker egalladi, ammo bu o‘zgarish ahvolni yaxshilashga kamlik qildi.

QAHRAMON

Obameyangning rekordlarni yangilashi

So‘nggi turning «Verder»ga qarshi kechgan qizg‘in bahsida dortmundliklar uch ochkolik bo‘lib, shu tariqa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi o‘rinni egallashdi. Obameyang esa «Borussiya»ning bosh qahramoniga aylandi. Uning birinchi goli haqiqiy futbol delikatesi bo‘ldi. Dembele «Verder» jarima maydonchasi tomon havodan to‘p uzatganda Pyer-Emerik darvozaga teskari holda turgandi. Ammo gabonlik hujumchi chaqqon harakatlar evaziga qayrilishga ulgurib, ajoyib gol muallifiga aylandi.

U tomonidan kiritilgan ikkinchi to‘pning qadri yanada yuksakroq edi. Hisob 3:3 bo‘lib turgan pallada joriy mavsum uchta penaltini ko‘kka sovurgan Obameyang eng mas’uliyatli damda «nuqta»dan zarba yo‘llashda adashmay, bremenliklar kiperini ranjitdi - 4:3! Forvardning yuksak saviyasi va undagi sovuqqonlik so‘nggi turda to‘purarlik ko‘rsatkichini 31ta golga (xorijliklar o‘rtasida bundesliga rekordi!) yetkazishga hamda merganlar poygasida Levandovskidan ustun chiqishga zamin yaratdi. Hozir gabonlik hujumchiga Yevropa grandlari, shuningdek, Xitoy klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Demak, Obameyang yangi mavsumni boshqa klubda boshlasa, aslo ajablanmaymiz.

OMADSIZ

Gyotse deyarli «radar»dan yo‘qoldi

JCH-2014 finalida Argentina termasi darvozasiga kiritilgan muhim gol muallifi so‘nggi marta 18-turda ko‘rinish berdi. «Borussiya» D.ning «Mayns»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida u zaxiradan maydonga tushdi. Bunga qadar chempionatda 10ta o‘yin o‘tkazib, (atigi 4tasida to‘liq to‘p surgan) bittadan gol va samarali uzatma muallifiga aylangan. Bir necha yil muqaddam Germaniya futboli javohiriga qiyoslangan futbolchi uchun maqtashga arzigulik natija emas, albatta. Mario mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kdi, o‘zini ayamadi, ammo shunga qaramay, avvalgi formasini tiklay olmadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, shug‘ullanish jarayoni va o‘yindagi ishtirok payti unda charchoq alomatlari kuzatilgan. Ma’lum muddat o‘tgach, nihoyat, Gyotseda moddalar almashinuvida muammo borligi oydinlashdi.

Shundan buyon u haqda ko‘p ma’lumot eshitmadik - 24 yoshli futbolchi omma e’tiboridan yashirinmoqda, tinchlik istayotgani tushunarli. Vaholanki, yaqinda Yoaxim Lyov bu shogirdining ayni dam o‘zini yaxshi his qilayotgani, tegishli terapiyaga qatnayotgani va muolajalar ijobiy ta’sir etayotganini ta’kidlagandi. Mutaxassislarning fikricha, Mario hozir shoshmasdan, imkon qadar yangi mavsum oldidan ehtimolli yuklamalarga tayyorlanishi lozim. Shu tariqa u navbatdagi chempionatni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi mumkin.

KASHFIYOT

Vernerdan qolgan yorqin taassurot

Shtutgartda tug‘ilgan Timo Verner doimo katta iqtidor egasi ekanligini namoyish etgan. Misol uchun, 2013 yili Germaniya futbol ittifoqi tomonidan 17 yoshlilar o‘rtasidagi eng yaxshi futbolchiga topshiriladigan Fris Valter oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, «Shtutgart» safida yoshlar bo‘yicha qator rekordlarni o‘rnatgan. Xususan, jamoada debyut qilgan eng navqiron o‘yinchi (17 yoshu 164 kun) sifatida oliy diviziondagi gollari hisobini ochgan (17 yoshu 200 kun). Umuman, bundesligada «dubl» muallifiga aylangan eng yosh (17 yoshu 249 kun) futbolchiga aylandi.

Lekin baribir, so‘nggi yillarda omadi yurishmayotgan «Shtutgart»da o‘zini baxtiyor his qilmadi, chunki uning jamoasi 2015|2016 yillar mavsumi yakunida quyi ligaga ravona bo‘ldi. Timo 95ta o‘yinda 13ta to‘p kiritdi, xolos.

Nihoyat, «Leypsig» uni 10 million yevroga xarid qildi va Vernerning asl iste’dodi aynan shu klubda ochildi. Bundesligada 31ta o‘yinda maydonga tushgan tezkor, texnikasi yuqori, golga chanqoq futbolchi raqiblar darvozasini 21 marta ishg‘ol qildi. Bu ko‘rsatkich yakuniga yetgan mavsum germaniyalik o‘yinchilar orasida eng yaxshisi bo‘ldi. Tabiiyki, bunday hujumchi Yoaxim Lyovning e’tiboridan chetda qolmasdi va joriy yilning 22 mart kuni o‘tkazilgan Angliya termasiga qarshi bahs(1:0)da Verner milliy jamoa safida (asosiy tarkibda) debyutini nishonladi.

RAQAMLAR

«Frayburg» futbolchisi Nils Petersen «joker» sifatida 19ta gol urib, bundesliganing eng yaxshi natijasini qayd etdi. Avvalgi rekord «Bavariya» vakili Aleksandr Siklerga (18) tegishli edi. Umuman, bu galgi mavsum zaxiradan maydonga tushganlar, avvalgi yillardan farqli ravishda, ancha sermahsullik ko‘rsatishdi - 124ta gol. Solishtirish uchun: o‘tgan mavsum bunday gollar soni «atigi» 85ta edi.

Obameyang raqiblar darvozasini 31 marta ishg‘ol qildi. Bundesliga tarixida faqat uch futbolchiga 30tadan ortiq to‘p kiritish nasib qilgandi: Gerd Myuller (uch marta), Diter Myuller va Lotar Emmerix (bir martadan).

Hakamlar tomonidan belgilangan penaltilarning 72 foizi aniq amalga oshirildi - bu so‘nggi 6 yildagi eng past ko‘rsatkich.

2016|2017 yillar mavsumida jami 877ta gol urildi, bu avvalgi chempionatdagidan (866) biroz ko‘proq. O‘rtacha hisobda bir o‘yinda 2,9ta to‘p kiritildi. Gollarga boy o‘tgan bahslar bundesliganing dastlabki mavsumida (1963|1964) kuzatilib, o‘shanda bitta bahsga o‘rtacha 3,57ta (240ta bahsda 857ta gol) to‘g‘ri kelgandi.

Germaniya chempionatining navbatdagi mavsumida har bir o‘yinni o‘rtacha 41 500 tomoshabin bevosita stadiondan kuzatdi. Qatorasiga 9-marta 40 minglik dovonni bosib o‘tgan bundesliga hozircha muxlislar tashrifi bo‘yicha jahonning eng yaxshi birinchiligi bo‘lib turibdi. Ammo avvalgi yillarga nisbatan pasayish bor, zero o‘tgan chempionatlarda bu ko‘rsatkich 42 mingdan oshgandi.

FIKRLAR

«Dastlab do‘l yog‘di, keyin chaqmoq chaqdi, so‘ngra momaqaldiroq - bularning bari mavsumga to‘liq mos tushyapti», - degandi «Volfsburg» hujumchisi Mario Gomes tabiat injiqliklari tufayli menxengladbaxliklarga qarshi bahs boshqa muddatga qoldirilganda.

«Riberi kecha «Bavariya»ning uy o‘yinlariga hamisha chipta topib berishini aytdi. Bundan xabar topganim yaxshi bo‘ldi», - dedi Filipp Lam.

«Kvartira qidirish chog‘ida bir marta rad etishdi, chunki xonadon xo‘jayini uzoq muddat yashaydigan kishini xohlayotgandi», - dedi Markus Vaynsirl «Shalke» bosh murabbiyi sifatida tanishtirilayotganda.

«Men hali hech qachon Dortmundda yutqazmaganman, chunki bu yerda avval o‘ynamaganman», - dedi «Borussiya» M. ustozi Andre Shubert «qovog‘arilar»ga 1:4 hisobida boy berilgan o‘yin arafasida.

OMADLILAR

«Bavariya», «Leypsig» hamda «Borussiya» D. keyingi mavsum YECHLda ishtirok etishadi. «Xoffenxaym» esa 4-saralash raundida qatnashadi. «Kyoln» Yevropa Ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.

«Borussiya» D. Germaniya kubogida «Ayntraxt»ni mag‘lubiyatga uchratishi natijasida «Kyoln» yoniga «Gerta» ham qo‘shildi. Aks holda, berlinliklarni saralash bahs­lari kutayotgandi. Dortmundliklarning g‘alabasi «Frayburg»ni ham quvontirdi: endi bu jamoa ham YELda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

«Ingolshtadt» va «Darmshtadt» bundesligani tark etishdi, ularning oliy diviziondagi o‘rnini «Shtutgart» hamda «Gannover» egallashadi. «Volfsburg» esa «o‘tish o‘yini»da Braunshveygning «Ayntraxt»iga qarshi bahs yuritadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:10, 30.06.2017. O'qildi: 4119 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.