Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • 2:1
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      •   So‘g‘diyona
      • 4:1
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      •   Navbahor
      • 0:0
      • Surxon
      • 13.09.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 13.09.2025 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Neftchi
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Mash’al 21 21
13 Xorazm 20 19
14 Qo‘qon-1912 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro
21-тур Mash’al 2-1 Sho‘rtan
21-тур So‘g‘diyona - OKMK
21-тур Navbahor - Surxon

Navbatdagi o'yinlar.

12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3995 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1691 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Manchester Siti» tarixidagi eng yomon transferlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Soccer.ru sayti ijodkorlari «Manchester Siti» tomonidan amalga oshirilgan omadsiz transferlar ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Xo‘sh, undan kimlar o‘rin oldi?

DARVOZABON

Klaudio Bravo («Barselona»dan 15,3 mln. funt­ga)

Bu kiper «shaharliklar» safiga qo‘shilgunga qadar «Manchester Siti» darvozasini Angliya termasi posboni Jo Xart qo‘riqlardi va bu ishni binoyidek uddalab kelayotgandi. Klub Pep Gvardiola qo‘liga o‘tgach esa, futbolchi va murabbiy orasida tushunmovchilik yuzaga kelib, ispaniyalik mutaxassis «Barselona» darvozabonini jamoaga jalb qildi va unga katta ishonch bildirdi. Xart esa «A» seriyaga yo‘l oldi. Ha, Bravo Ispaniyada o‘tkazgan oxirgi mavsumida o‘z harakatlari bilan butun Yevropani hayratga solgandi, ammo Angliyada kutilgan o‘yinni ko‘rsatib berolmadi. Unda xatolar ko‘payib ketdi va ba’zi kamchiliklari bevosita o‘yin taqdirini hal qiluvchi rolni ham o‘ynadi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng ispaniyalik mutaxassis xatosini tushundi chog‘i, mavsumning oxirgi bellashuvlarida asosan Villi Kabalyeroga ishonch bildirdi. Yangi mavsum oldidan esa «Benfika» posboni Edersonni rekord darajadagi summa evaziga o‘z jamoasiga jalb etdi.

HIMOYACHILAR

Elyakim Mangala («Portu»dan 26 mln. funtga)

«Shaharliklar» ushbu himoyachi uchun «Portu» hisobiga 25,90 million funt o‘tkazib berishdi. Albatta, «Manchester Siti» uchun bu hayratlanarli summa emas. Angliyada bir mavsum o‘tkazgan fransiyalik futbolchi rahbariyat nazariga tusha olmadi. Natijada ijara asosida «Valensiya»ga yo‘l oldi. Hozir esa o‘ziga yana yangi jamoa qidirish bilan band. Uning ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishini hisobga olsak, «Galatasaroy»ga yo‘l olish ehtimoli yuqori. Unga «Real» ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar bor edi. Ammo ishonch bilan aytish mumkinki, bu ma’lumot haqiqatga aylanmaydi.

Stefan Savich («Partizan»dan, 10 mln. funtga)

Omadsiz himoyachilar ro‘yxatiga Jerom Boatengni ham qo‘shsa bo‘ladi - germaniyalik futbolchi jamoaga keldi, o‘ynamadi va ketdi. Ammo «Bavariya» bo‘lajak jahon chempioni uchun yaxshigina summa to‘ladi (14 million yevro). Savichni Manchesterga qo‘yib yuborgan «Partizan» esa uning transferidan 10 million funt ishladi. Bu yerda uning Kompani bilan birga himoya markazini egallashi kutilgandi. Ammo belgiyalik himoyachi jarohatlar girdobida qoldi. Xullas, ozmi-ko‘pmi o‘yinlarda ishtirok etgan serbiyalik futbolchi murabbiylar ishonchini oqlay olmadi va yakunda Italiya orqali «Atletiko»ga yo‘l oldi. Bu yerda Simeone futbolchi bilan qanday ishlash kerakligini biladi, «shaharliklar» esa 10 million funtga qo‘shib futbolchini ham yo‘qotishdi.

Ueyn Brij («Chelsi»dan 10 mln. funtga)

Gvardiola jamoasining qanot himoyachilari - qayg‘uli va yo‘qotilgan sovrinlarga to‘la bo‘lgan alohida bir tarix. Kim Filipp Lamning faoliyatini tiklab, sensasion tarzda Manchesterga yo‘l olib, faoliyatini shu yerda yakunlashiga ishonadi? Hech kim! Ammo Gvardiola davriga qadar «Siti»da ham taniqli himoyachi to‘p surgan - Brij. U hatto terma jamoada ham ishonchli faoliyat ko‘rsatardi. Ammo Terri bilan oralaridagi muammo hammasini o‘zgartirib yubordi. Umidsizlikka tushib qolgan Ueyn «shaharliklar» tarkibida o‘ynab keta olmadi va erkin agent sifatida jamoani tark etdi.

YARIMHIMOYACHILAR

Xesus Navas («Sevilya»dan 17 mln. funtga)

Mazkur ro‘yxatda bu futbolchining ismini ko‘rib bahslashish mumkin. Chunki ispan ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushgan, gollar urgan, samarali uzatmalarni amalga oshirgan. Ammo Xesusning jamoadagi har bir mavsumi munozarali bo‘lgan. Navasning «Manchester Siti»ga kelgunga qadar qanday natijalarga erishganini bilasizmi? «Sevilya»da o‘ynab yurgan kezlari Ispaniya terma jamoasi bilan jahon va Yevropa chempioniga aylangan. Uning jamoadoshi David Silva ham xuddi shunday natijaga erishgan. Ammo ikki futbolchining klubda qanday obro‘ga ega ekanliklarini barcha yaxshi biladi. Shuning uchun Xesus jamoadan ketish vaqti kelganligini anglamoqda, chog‘i. Lekin 17 million yevroga ortga qaytmaydi. Shuningdek, u superyulduzga aylana olmagan oradagi vaqt ham.

Jek Roduell («Everton»dan 12,75 mln. funtga)

«Pul to‘la sumkalar» iqtidorli yoshlarni ham jalb qilgan. Mayli, Skot Sinklerning jamoadagi kelajagi shundoq ham shubha ostiga olingandi. Ammo Jek «Everton»da o‘ynab yurgan kezlari unga yuqori baho berishgandi. Keyinchalik 12,75 million funt evaziga «shaharlik»­­ka aylandi. Xo‘sh, keyin-chi? Vunderkind «Siti» bilan shartnoma imzoladi va zaxira o‘rindig‘iga «mixlandi». Kamdan-kam holatlarda uni zaxiradan maydonga tushirishdi. Asosiy tarkibda deyarli o‘ynamadi. Keyinchalik uni o‘z safida ko‘rishni xohlagan «Sanderlend» unchalik katta bo‘lmagan pul taklif qildi. Albatta, bu jamoaning bundan ortig‘iga qurbi yetmaydi. Xullas, Roduellda bosh-qa yo‘l qolmagandi. O‘rtacha saviyaga tushib qolgan yarim himoyachi tabiiyki, terma jamoaga ham boshqa jalb qilinmadi. Chunki bunday futbolchilar Angliyada yetarlicha topiladi.

Stevan Yovetich («Fiorentina»dan, 22,1 mln. funtga)

Chernogoriya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi uchun «Fiorentina»ga 22,1 million funt to‘landi. Stevan ham zaxira o‘rindig‘ini «bezadi». Jarohatlar va noto‘g‘ri uslub «shaharliklar»ning xato qilganidan darak berib turardi. Futbolchiga sarflangan xarajatni qandaydir yo‘l bilan qoplash qiyin edi va «Inter»dan kelgan 11,48 million funt miqdoridagi taklif bajonidil qabul qilindi. Yaxshi futbolchi uchun katta mablag‘ sarflansa-yu, jarohat uning kelajagiga ta’sir o‘tkazsa, bu juda achinarli holat. Mana shuni omadsiz transfer desa bo‘ladi. O‘z vaqtida Yovetich uchun «Manchester Siti»ga o‘tgandan ko‘ra, «Yuventus»ni tanlashi ma’qulroq edi. Ammo bunisi shunchaki taxmin...

Robinyo («Real»dan, 36 mln. funtga)

Nima deyish mumkin? «Santos» tarbiyalanuvchisi uchun «Real»ga 36 million funt to‘lagan «Siti» ikkinchi Peleni qo‘lga kiritmadi. Ammo mazkur summani eshitgan har biri kishi undan yuqori darajadagi o‘yin kutishi tabiiy edi. Robinyo esa Angliyada talab darajasida o‘ynab keta olmadi. Madrid Manchesterni aldadi. Ha, Ispaniyada boshqa futbolchi, tumanli o‘lkada boshqa futbolchiga aylanib qolgandek edi. Natijada Robinyo «Milan»ga yo‘l oldi va «Manchester Siti» uning transferidan qariyb 20 million funt zarar ko‘rdi. Balki undan ham ko‘proqdir?!

HUJUMCHILAR

Robbi Fauler («Lids»dan, 8,33 mln. funtga)

«Liverpul»ning mashhur hujumchisini esladingizmi? «Lids»ni tark etgan futbolchi katta umidlar bilan yangi jamoa safiga qo‘shilgandi, ammo Manchesterda jarohatlar va omadsiz o‘yinlardan boshi chiqmadi. Keyinchalik Robbi ko‘p vaqtini tungi klub va maishatga sarflaydigan bo‘lib qoldi. Tabiiyki, bu uning holatiga yanada salbiy ta’sir o‘tkazdi. Jamoaning unga bo‘lgan ishonchi so‘nib bo‘lgandi. 8,33 million funtga sotib olingan yulduz shunchaki, tirik murdaga aylanib qolgandi.

Roke Santa Krus («Blekbern»dan, 18 mln. funtga)

«Siti» tomonidan xarid qilingan futbolchilar orasida omadsiz hujumchilar yetarlicha topiladi - Boni, Byanki. Ha, jamoaning turli davrlaridan bunday misollarni istagancha keltirish mumkin. Adebayor va Balotelli bilan bo‘lgan klinik holatlar ham barchaga ma’lum. Paragvaylik forvard uchun to‘langan 18 million yevroga alohida to‘xtalish kerak. «Blekbern»ning goleador hujumchisi umuman foydasiz va o‘rinsiz transfer bo‘lgandi. Jamoa uchun bitta ham gol urolmagan forvard oxir-oqibat «Malaga»dan qo‘nim topdi. Ispanlar uni mutlaqo tekinga qo‘lga kiritishdi. Hozir futbolchi o‘z vatanida to‘p surmoqda, ammo uning xarid qilinishi omadsiz transfer sifatida «Manchester Siti» tarixiga muhrlandi.

Jo (SSKAdan, 20,4 mln. funtga)

Bu transfer jamoa tarixidagi eng omadsizlardan biri, chunki «shaharliklar» uni qo‘lga kiritish uchun 20,4 million funt sarflashgan. Uch yil jamoa safida yurib, keyin uni tekinga tark etgan braziliyalik futbolchi «Manchester Siti» safidagi eng qimmatbaho hujumchilardan biri bo‘ldi. Albatta, Jo Rossiyada ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgandi. Ammo «Siti»da 42ta uchrashuvda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 6ta gol urishni epladi, xolos. Hozirda Jo 30 yoshda va Xitoydagi faoliyatidan so‘ng «Korintians»dan qo‘nim topdi.

Asosiy transfer. «Siti» adashmadimi?

Jon Stounz («Everton», 47,26 mln. funtga)

O‘tgan yozda Gvardiola oldida Markinyos va Lyaport variantlari ham bo‘lgandi. Bir narsa aniq ediki, qaysi birini tanlamasin, unga ulkan mablag‘ sarflanishi talab etilardi. Balki bu tarixdagi eng qimmat himoyachi bo‘lar? Shubhasiz, yosh ingliz Pepning taktik sxemalariga mos kelardi. Ammo Stounzni qo‘lga kirita olishmasa, bu achinarli bo‘lardi. Chunki u juda iqtidorli himoyachi. Ammo hamma ham Jon Terri bo‘lolmaydi. Shuning uchun 47,26 million funt - bu tavakkal, ushbu pullar shunchaki, chiqindiga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas-ku.

«Manchester Siti»ning xatosi nimada?

Mayda va katta xatolar. Stounz, Bravo, Nolito, Roberts, Delf, Boni, Mangala, Sanya, Yovetich, Negredo, Leskott, Demikelis, Xavi Garsiya, Nastasich, Roduell, Sinkleyr, Nasri, Savich, Klishi, Jeko, Balotelli, Boa­teng - ajoyib jamoa tuzilishi mumkin edi, ammo «Manchester Siti» qaysi jabhada xato qilmoqda?

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:38, 04.07.2017. O'qildi: 8920 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.