Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

TOP-10: "MYU" Lukakuni ham eng qimmat o‘yinchi qildi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Manchester Yunayted" Romelu Lukaku transferi borasida "Everton" bilan kelishuvga erishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 75 mln funtni tashkil etadi. Bundan tashqari, shartnomada turli xil natijalar uchun qo‘shimcha 15 mln funt ham qayd etilgan. Bu xarid Angliya jamoalari o‘rtasida amalga oshirilgan eng qimmat transfer bo‘ldi. 

Keling, eng qimmat chempionat jamoalari o‘rtasida amalga oshirilgan eng qimmat 10ta transferlarni yodga olamiz. 

10. Dimitar Berbatov, £ 32 mln

2008 yilda yozgi transferlar oynasi yopilishidan oldian “Manchester Yunayted” “Tottenhem” bilan bolgariyalik hujumchining 32 mln funtga sotib olish borasida kelishuvga erishdi. Berbatov “MYU” safida 149ta o‘yinda maydonga tushib, 56ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 

9. Endi Kerroll, £ 34 mln

“Liverpul” 2011 yilda “Nyukasl”dan 22 yoshli hujumchini katta umidlar bilan 34 mln funtga xarid qilgan. Biroq futbolchi yangi jamoada ishonchni oqlay olmadi. Hujumchi 58ta o‘yinda atigi 11 marotaba o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olgan.

 

8. Sadio Mane, £ 35 mln

O‘tgan mavsumda “Liverpul” 35 mln funtga “Sauthempton” forvardi Sadio Maneni xarid qildi. Oradan bir mavsum o‘tgach, klub ushbu xaridni amalga oshirganidan afsuslanmasa kerak. Chunki futbolchi o‘tgan mavsumda qizillarning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. U 27ta o‘yinda 13ta gol va 6ta golli uzatma muallifiga aylandi.

 

7. Xuan Mata, £ 38 mln

Mata 2014 yilda 38 mln funt evaziga “Chelsi” tarkibidan “MYU”ga o‘tadi. Bugunga qadar futbolchi “MYU” tarkibida 146ta o‘yinda maydonga tushib, 36ta gol va 26ta golli uzatmaga qayd etishga ulgurgan.

 

6. Rio Ferdinand, £ 39 mln

Ferdinand 2002 yilda “Lids”dan “MYU”ga transferi mankunianliklar 39 mln funtga tushgan. O‘z vaqti uchun bu APL ichidagi eng qimmat transfer bo‘lgan. Futbolchi “MYU” tarkibida 400dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 6 marotaba Angliya chempioni bo‘lgan.

 

5. Kristian Benteke, £ 39 mln

“Liverpul”ning ushbu transferini ham Kerollning xaridi singari omadli xarid deyish qiyin. 2015 yilda qizillar “Aston Villa” hujumchisini 39 mln funtga xarid qilishgan. Futbolchi “Liverpul” tarkibida bir mavsumni o‘tkazgan va barcha musobaqalarda 42ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol kiritgan.

 

4. Jon Stouns, £ 47 mln

O‘tgan yozda “Everton”ning 22 yoshli futbolchisi rasman eng qimmat himoyachi unvonini Ferdinanddan tortib oldi. “Manchester Siti” himoyachi uchun 47 mln funt to‘lagan. Stouns o‘tgan mavsum Angliya chempionatining 27 o‘yinida ishtirok etdi.

 

3. Fernando Torres, £ 49 mln

2011 yilda “Liverpul” hujumchisining “Chelsi”ga o‘tishiga katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. “Liverpul” ushbu transferdan 49 mln funt ishlab olgan bo‘lsa-da, jamoa muxlislari futbolchini kechira olmagan. Hujumchi “Chelsi” tarkibida 182ta o‘yinda maydonga tushib, 48ta gol ura olgan.

 

2. Rahim Sterling, £ 53 mln

“Manchester Siti” 20 yoshli qanot hujumchisini xarid qilish uchun 2015 yilda Angliya chempionati ichidagi transferlar uchun rekord darajadagi pulni to‘lagan. Bonuslarni hisobga olganda Sterlingning transferi bugungi kunga kelib 53 mln funtga yetgan. Shaharliklar tarkibida 2ta mavsumda 94ta o‘yin o‘tkazgan futbolchi 21ta gol va 31ta golli uzatma muallifiga aylangan.

 

1. Romelu Lukaku, £ 75 mln

“Manchester Yunayted” Lukaku transferi borasida “Everton” bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi. Demak, rekord qayd etildi. Angliya OAV bergan ma’lumotlar ko‘ra, “MYU” Lukaku uchun 75 mln funt, shuningdek, 15 mln funt ham ehtimoliy qo‘shimcha bonuslar to‘laydi. Dunyoning eng qimmat futbolchisi Pol Pogba hamda Angliya chempionati jamoalari o‘rtasida amalga oshirilgan transferlar ichidagi eng qimmat futbolchi Romelu Lukaku jamoadosh bo‘ldi.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 08:56, 09.07.2017. O'qildi: 9609 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик