Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alvaro Arbeloa: «Nimanidir yangilash vaqti keldi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ispaniyalik yarimhimoyachi Alvaro Arbeloa futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. O‘tgan mavsumni «Vest Hem»da o‘tkazgan futbolchi ketish sabablarini Marca nashriga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

- Qiyin kechgan «Vest Xem»dagi mavsumdan so‘ng ta’tilda hordiq chiqaryapsizmi?

- Haqiqatan ham mavsum qiyin kechdi. Hozir bu haqda o‘ylashni ham istamayapman. Lekin nafaqat professional, balki shaxsiy jihatdan ham qiyin bo‘ldi.

- Kelajak rejalaringiz qanday?

- Xayrlashish vaqti keldi. Faoliyatimni yakunlab, butsalarimni mixga ilishga qaror qildim. Ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlayapti. Shu bilan birga faoliyatimni davom ettirishimni istashmoqda. Jismonan bunga qodirman. Lekin ruhan... Futbol men uchun haftalik kurash, musobaqa. Shu bois ham Xitoy yoki AQSHda davom ettirish niyatim yo‘q. Har kuni bor kuchim bilan mashg‘ulot o‘tkazardim. Dam olish kunlari do‘stlarimga qo‘ng‘iroq qilib, yana bitta mashq o‘tkazishni taklif qilardim. Endi «stop» deyish vaqti keldi. Ayni payt menga bo‘layotgan takliflarni tushunchamda futbol hisoblamayman.

- «Vest Xem»da o‘tkazgan mavsumingiz faoliyatingizni yakunlashingizga sabab bo‘ldimi?

- Hamisha oyoqlarim quvvatdan qolguncha o‘ynayman, deb o‘ylardim. Lekin oxir-oqibat ruhiy holatim va motivasiya o‘z so‘zini aytdi. Odam o‘z kelajagini turlicha tasavvur qiladi. Biroq hayot boshqa narsalarni tayyorlab qo‘yar ekan. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak bo‘ladi. O‘tgan mavsum men o‘ylagandek kechmadi.

- Siz uchun yangi hayot boshlanadimi?

- Keyinchalik nima bilan shug‘ullanishim haqida gapirsam, endi pul uchun o‘ynamoqchi emasman. Qaytib oilamning ortimdan ko‘chib yurishini istamayman. Shunday ekan, nimanidir yangilash vaqti keldi. Hali hayotim oldinda va ko‘p narsa qilishim kerak. Futbol umrimning muhim bir bo‘limi edi. Omadim kelgani - 34 yoshimgacha ishlamadim. Aksincha, o‘zim yoqtirgan mashg‘ulotimni qildim. Mashg‘ulotlarga borishdan baxtli edim. Endi yana g‘ayratimga g‘ayrat qo‘shadigan ish topishni istayman.

- Faoliyatingizni yakunlashingiz borasidagi qarorni oilangiz qanday qabul qildi?

- Avvaliga ishonishmadi. Shunchaki, qizishganida aytvordi, deb o‘ylashdi. Keyin jiddiy ekanini tushunishdi. Albatta, oilam buni og‘ir qabul qildi. Chunki jismoniy holatim yana o‘ynashim uchun imkon beradi. Ammo qarorimni ruhiy holatimdan kelib chiqib qabul qildim.

- Faoliyatingizni Xabi Alonso bilan teng yakunladingiz.

- Ha. Lekin u chiroyli tarzda, asosiy eshikdan chiqib ketdi. Xabi top- klubda yuqori saviyada o‘ynab, faoliyatini tugatdi. Uning uchun xursandman, hamisha shunday yakunlashni istardi. Yana Alonso «Bernabeu»da ham xayrlashdi. Vaholanki, raqib jamoa tarkibida edi. Shunga qaramay, stadion Xabini olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi. Xabi boshqalardan ko‘ra qarorimni to‘g‘ri qabul qildi.

- Madridga yashash uchun qaytyapsiz. Nima bilan shug‘ullanishingizni hal qildingizmi?

- Nima bilandir shug‘ullanishim aniq. Chunki ishsiz yurolmayman. Biroz hordiq chiqarganimdan so‘ng ishga kirishaman.

- Yaqin yillarda o‘zingizni «Real»da ishlayotgandek tasavvur qilyapsizmi?

- «Real»dagilar klubda ishlamoqchi ekanimni bilishadi. U yer mening uyim, hayotim. Ammo o‘zim qo‘ng‘iroq qilib ish so‘ramayman. Agar chaqirishsa, bajonidil boraman. Umuman olganda, keyinchalik nima ish bilan shug‘ullanishimni bilmayman. Chunki faoliyatimni endi yakunladim. Bu haqda ko‘pchilik bilmaydi. Negaki, buni shu intervyu orqali rasman ma’lum qilyapman. Sport direktori lavozimida ishlashim, murabbiylik lisenziyasini olishim mumkin.

- Aytaylik, siz «Real» sport direktorisiz. Qanday transferlarni amalga oshirgan bo‘lardingiz?

- «Real»da jahonning eng yaxshi sport direktori ishlaydi. Jamoa tarkibida esa haqiqiy yulduzlar to‘p surishmoqda. Ayni payt jamoaning yangi falsafasi menga ma’qul tushdi. Negaki, tarkibga mahalliy yoshlarni jalb qilishmoqda. Aytish mumkinki, «Real» hozir «oltin davri»ni boshdan kechirmoqda.

- Agar murabbiy bo‘lganingizda, asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi kim bo‘lardi?

- Menda unday o‘yinchilar bo‘lmasdi. Kimnidir alohida ajratib olish qiyin. Hozir birinchi va ikkinchi jamoa haqida gapirishyapti. Aslida esa, «Real»da bunaqasi yo‘q. Madridda  ikkita birinchi jamoa bor.

- «Real»da o‘ynaganingizda sizga yoqadigan eng yaxshi narsa nima edi?

- Har kuni jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan birga mashg‘ulot o‘tash.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 22:07, 10.07.2017. O'qildi: 7007 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик