Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tite: «Eng kuchli besh futbolchini aniqlashda ham qiynalib qolaman»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Braziliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi xushmuomalaligi bilan alohida ajralib turadi.

Ayniqsa, ayrim terma jamoalar ustozlarining «chaqib olish» odatlarini inobatga olganda. Qozonga braziliyalik mutaxassis Sport TV telekanalining eksperti maqomida tashrif buyurganiga qaramasdan, bir zumda vatandoshlari va xorijlik jurnalistlar qurshovida qoldi.

Murabbiy ularning barcha savollariga javob qaytardi. Keyin shampionat.com muxbiri bilan suhbatga kirishdi.

- Konfederasiyalar Kubogi xususida qanday fikrdasiz?

- Umuman, yurtingizda bo‘lishni yoqtiraman. Bu turnirni esa mundial arafasidagi musobaqa deyish mumkin. Ajoyib muhit, o‘yinchilardagi mas’uliyat ham shunga yarasha. Aynan mana shu jihat meni bu yerga chorladi. Chili terma jamoasi kuchli taassurot qoldirdi. Uni turnirdagi eng kuchli jamoa deb hisoblayman. Jamoa tarixi, futbolchilar tajribasi, anchadan beri hamkorlikda to‘p surayotganliklaridan kelib chiqqan holda shunday xulosaga keldim. Jamoa o‘z taktik uslubiga ega, Amerika Kubogidagi zafardan keyin o‘yinini yanada kuchaytira oldi.

- Juliano to‘p surayotgan RPLni ham kuzatib borasizmi?

- Albatta kuzataman. Murabbiylar shtabining vakillari turli mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada ham bo‘lishdi. Braziliya tashqarisida yetmishdan ortiq bellashuvlarni o‘z ko‘zlari bilan tomosha qilishdi. Xorijiy chempionatlarni diqqat bilan kuzatib boramiz. Bevosita Juliano xususida to‘xtaladigan bo‘lsam, u bilan «Internasyonal» va terma jamoada ishlaganman. Qo‘shimchasiga, videotasmalarni ham sinchkovlik bilan ko‘rib chiqamiz.

- Rossiya - Braziliya o‘rtoqlik uchrashuvi qachonga rejalashtirilgan?

- Bizda Argentina bilan Avstraliyada kuch sinashish va keyin Rossiyaga parvoz qilish rejasi mavjud edi. Biroq men rejani o‘zgartirishlarini iltimos qildim. Axir Avstraliyaga yetib borish uchun 12 soat, Rossiyaga kelish uchun yana 24 soat uchishimizga to‘g‘ri keladi-da. U holda mashg‘ulot o‘tkazish uchun umuman vaqt qolmaydi. Nima bo‘lganda ham, Rossiya terma jamoasi bilan albatta, uchrashuv o‘tkazamiz.

- Rus tilida qaysi so‘zlarni bilasiz?

- Faqat bitta so‘zni o‘rgandim - «Spasibo».

- Krishtianu Ronaldu Konfederasiyalar Kubogini tark etdi...

- Dunyoning eng yaxshi futbolchisi, demoqchisizda, a? Men esa eng sara beshlikni aniqlashda ham qiynalib qolaman.  Chunki Messi, Ronaldu, Neymar, Grizmann, Azar, Vidal kabi ajoyib yulduzlar bor. Ularning barchasi yetakchi o‘yinchilar.

- Braziliya terma jamoasi JCH-2018 yo‘llanmasini muddatidan avval naqd qildi. Qarorgohingizni Rossiyaning qaysi shahriga rejalashtiryapsiz?

- Murabbiylar shtabi yetib kelgan bo‘lsada, bu masalada yakuniy qarorga kelganimiz yo‘q. Biz bilan Dovud ham yetib kelgan. Bu borada u aniqroq ma’lumot berishi mumkin.

Dovud Eduardo Gaspar - Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, hozirda jamoa koordinatori lavozimida ish olib bormoqda. Savollarimizga u javob qaytardi.

- Braziliyaning qarorgohi xususida bir to‘xtamga kelinganmi?

- Mavjud variantlarni ko‘rib chiqyapmiz. Keyin ularni Titega ko‘rsatamiz. Rossiyadagi asosiy vazifamiz shu. O‘zimiz bo‘lgan va bizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan joylar videotasvirini namoyish etamiz.

- Sochiga bo‘lgan qiziqishingiz faqat yarim final bilan bog‘liq emasdir?

- Inkor etmayman. Sochi variantiga qiziqishimiz kuchliroq. Lekin Moskva va Sankt-Peterburgdek yirik markazlar ham bor. Shunday bo‘lsada, Sochi - o‘zgacha shahar, plyajlari bor. Qolaversa, Olimpiada tufayli sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. Chindan ham, ajoyib shahar. Lekin hammasi faqat bizga bog‘liq emas.

- Boshqa da’vogarlar ham bormi?

- Avstriya, Norvegiya, Gollandiya, boshqa jamoalar ham qarab turishmaydi. Hozircha aniq talabgorlarni bilmaymiz. Ammo Sochiga kelishni istaydiganlar ko‘p bo‘lishiga shubha yo‘q.

- Logistika nuqtai-nazaridan Moskva varianti ancha qulay bo‘lardi.

- Albatta, Moskva boshqa shaharlardan uncha uzoq bo‘lmagan markaziy nuqta. Lekin ochig‘i, logistika masalasi meni unchalik qiziqtirmaydi. Asosiysi-shinam mehmonxona, sifatli mashg‘ulot maydoni, qiziqarli infratuzilma. Sportchilar dam olish kunlarida oila a’zolari bilan hordiq chiqarishlari uchun bu juda muhim.

- Futbolchilarga o‘z yaqinlarini olib kelishga ruxsat etiladimi?

- Men terma jamoa delegasiyasini joylashtirish bilan shug‘ullanaman. Oila a’zolariga kelsak, ularga imkoni boricha yordamlashishga harakat qilaman. Yaqinroq joydan ularga mehmonxonalar topish va shunga o‘xshash masalalarda. Buning uchun hech kimdan haq talab qilmaymiz. Lekin mehmonxonada yashash va transport xarajatlarini ular o‘zlari hal qiladilar. Biz faqat qarindoshlar futbolchilarga yaqinroq bo‘lishlaridan manfaatdormiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:23, 11.07.2017. O'qildi: 7695 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Вильярреал Alberto Moleyro 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Сельта Borxa Iglesias 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.