Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 30.06.2025 01:00
      • Flamengo
      • 2:4
      • Bavariya
      • 30.06.2025 23:59
      • Inter
      • 0:2
      • Fluminense
      • 01.07.2025 06:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 01.07.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Yuventus
      • 02.07.2025 06:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Monterrey
  • Superliga
      • 30.06.2025 20:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Surxon
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 13 28
3 Navbahor 14 26
4 Bunyodkor 14 24
5 Neftchi 13 24
6 OKMK 14 24
7 Paxtakor 14 23
8 Andijon 14 17
9 Surxon 14 17
10 Mash’al 14 15
11 Xorazm 14 14
12 Qizilqum 14 14
13 So‘g‘diyona 14 13
14 Buxoro 14 12
15 Qo‘qon-1912 14 12
16 Sho‘rtan 14 9

O'tgan o'yinlar.

14-тур Xorazm 2-3 Andijon
14-тур Qo‘qon-1912 2-3 Dinamo
14-тур Nasaf 2-2 Paxtakor
14-тур Navbahor 6-0 Mash’al
14-тур Qizilqum 1-1 Neftchi
14-тур Bunyodkor 3-2 So‘g‘diyona
14-тур Buxoro 3-1 Sho‘rtan
14-тур OKMK 0-1 Surxon

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Истанбул Башакшехир".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/64 финала. "Эстремадура" - "Жирона".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Дженоа" - "Реджана 1919".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Газиантеп".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Кубок Испании. 1/64 финала. "Лас-Росас" - "Севилья".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Кубок Италии. 1/32 финала. "Сассуоло" - "Читтаделла".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Истанбул Башакшехир".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/64 финала. "Эстремадура" - "Жирона".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Дженоа" - "Реджана 1919".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      09:20 "Регби. Сибириада". Специальный репортаж.
      09:40 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      12:30 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Финал.
      16:20 Д/с "Век нашего спорта".
      16:50 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 1.
      18:15 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 2.
      19:40 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии.
      21:00 "Страна спортивная".
      21:20 "Вопреки всему".
      21:50 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      00:30 Д/с "Век нашего спорта".
      01:00 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. Финал.
      04:40 Автоспорт. DTM. Этап 2 на трассе Лаузицринг, Германия. Гонка 1.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Дзюдо. Fonbet Российский профессиональный тур. Этап в Челябинске.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Профессиональный бокс. Артуро Гатти против Микки Уорда.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани.
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      20:30 LIVE Футбол. Betboom Братский кубок. ЦСКА (Россия) - "Партизан" (Сербия). Прямая трансляция.
      23:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 Смешанные единоборства. UFC 317 в Лас-Вегасе, США. Илия Топурия против Чарльза Оливейры.
      02:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Д/ф "КОПА 71".
      04:40 Специальный репортаж.
      04:55 Профессиональный бокс. Артуро Гатти против Микки Уорда.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.07.2025

      07:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      09:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      10:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 1. Флоренция - Римини.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 4. Пинероло - Валлуар.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      14:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 5. Сен-Жан-де-Морьен - Сен-Вюльба.
      18:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 9. Труа - Труа.
      21:30 Велоспорт. "Велошоу".
      22:00 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап в Зальцбурге, Австрия. Обзор.
      23:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Кингстоне, Ямайка. День 3.
      00:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 4 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Обзор.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 9. Труа - Труа.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 5. Сен-Жан-де-Морьен - Сен-Вюльба.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Germaniya terma jamoasining istiqboli tizimi

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Germaniya terma jamoasi Konfederasiyalar kubogi-2017 finalida g‘alaba qozondi. Nemislar musobaqalarga qanday tarkibda borishmasin, hamisha favoritlar qatorida bo‘lishadi. Buning siri nimada? «Sovetskiy sport» shuni tahlil qilishga urinib ko‘rdi.

Yaqindagina germaniyaliklar «Bundesfutbol borasida nima qilamiz?», deb boshlarini qotirishardi. Mahalliy mutaxassislarning ishonchlari komil edi: klub futboli bundesmanshaft bilan birga o‘sishdan to‘xtab qolgandi. O‘tgan o‘srning 90-yillari boshlarida sobiq GDRdan kelgan yangi qon allaqachon tugagandi. Yoshlar esa grandlarni qiziqtirmay qo‘yishgandi.

Buning ustiga jahon chempionati mezbonligiga oz qolgandi. Albatta, mamlakat terma jamoasi o‘z maydonida bo‘lib o‘tadigan mundialda sharmanda bo‘lmasligi talab etilardi. Mana, oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Vaziyat esa tubdan o‘zgarib ketdi. Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Germaniya termasining o‘rtacha yoshi 25ni tashkil qildi. Ulardan faqatgina Gana va KXDR terma jamoalari yoshroq edi. Buning sababi oddiy - mamlakatda 2002 yildan buyon «Futbol iqtidorlarini rag‘batlantirish milliy dasturi» ishlab kelmoqda.

Vaholanki, bu bir martalik emas ekan. Masalan, Yoaxim Lyov Konfederasiyalar kubogiga o‘rinbosarlar tarkibini olib keldi. Ular esa birorta mag‘lubiyatga uchramagan holda finalgacha yetib borishdi. Ammo buni o‘rinbosarlar deyish ham noo‘rin. Chunki Germaniyada bunday tushuncha yo‘q. Ayni paytda bundesmanshaft bosh murabbiyi terma jamoaga munosib 35-40 nafar futbolchiga ega. U yakuniy 23 nafar futbolchini ular orasidan tanlab olishga bosh qotiradi. Bizda esa, aksincha, yakuniy 23talik tarkibni to‘ldirish muammo.

Futbol maktablari tizimi

Germaniyada futbol maktablari oldindan ancha saviyali bo‘lgan. Unda bu islohot nima uchun kerak bo‘ldi?

Negaki, aqlli odamlar qo‘lga kalkulyator olib hisoblashni boshlashdi. Raqamlar ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi. Barcha kuchli maktablar klublar ixtiyorida ekan. Lekin ular terma jamoa uchun kadrlarni tayyorlab berishni to‘xtatishgandi. Shu bilan birga raqobatbardosh yoshlarning o‘sishi to‘xtab qolgandi. Xullas, Germaniya futbol ittifoqi rahbarlari klublar maktablari terma jamoa uchun kerakli bo‘lgan kuchli futbolchilarni tarbiyalay olmasligiga amin bo‘lishdi. Yuqori marralarni zabt etgan yulduzlar esa regional maktablardan chiqishgandi. Ballakning qayerdan chiqqanini bilasizmi? «Motor Karl-Marks-SHtadt» klubi. Birxoff-chi? «99|6 Essen». Lemann «Xaysingen»da, Yeremis esa «Motore» (Gerlits)da o‘ynagan.

Qaysidir futbolchilar kechroq yetilishgan. Misol uchun, Miroslav Kloze hech qachon yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarida o‘ynamagan.

Demak, futbolchilar bor. Lekin ularni topish kerak. Natijada regional maktablar tizimi o‘ylab topildi. Buning uchun GFI 10 millionlab yevro sarflamoqda. Aytaylik, har qanday maktabga borish uchun bola 25 km.dan ko‘p yo‘l yurmasligi kerak. Agar bolaning iqtidori bo‘lsa-yu, ota-onasi yo‘l kira berishga qodir bo‘lmasa, bolaga maktabdan uyigacha avtobus uchun chipta beriladi. Barcha mashg‘ulotlar kunning ikkinchi yarmiga belgilanadi. Albatta, ikkita mashg‘ulot orasida ikki soat nazariy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ana shu ikki soat bolalar bilan maktab darsliklari bo‘yicha repetitorlar ish olib borishadi. Oradan besh, yetti yillar o‘tgach, repetitorlardan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Chunki futbol maktabiga qatnayotgan bola maktab fanlaridan ham yaxshi o‘qishni boshlagandi. Ular ongiga «Sportchining yomon o‘qishi mumkin emas», degan tushuncha joylashtirilgandi. Mamlakatda esa ota-onalar far­zand­la­rini sport maktablariga berish jarayoni tezlab ketdi.

Dastur bo‘yicha 390ta baza qurishgan. Dastlabki yiliyoq bunday maktablarga 11dan 17 yoshgacha bo‘lgan 22 ming nafar bola qabul qilindi. Ular bilan 1200 nafar murabbiy ish olib bordi. Ammo xorijlik mutaxassislar taklif etilmagan. Shundoq ham Germaniyada futbol murabbiylari yetarli bo‘lgan. Endi ular uchun ish ko‘paygandi.

Bu gigant tizimni Germaniya futbol ittifoqining 30 nafar koordinatori boshqaradi. Ular bazalarga tashrif buyurib, hammasi qanday ish olib borayotganini tekshirib turishadi.

Bu qancha turadi?

«Iqtidorlarni rag‘batlantirish dasturi» uchun Germaniya futbol ittifoqi bir yilda o‘rtacha 10 million yevro sarflaydi. Albatta, bu katta summa. Ammo federasiyaning shunga yarasha homiylari bor. Aynan ular bu mablag‘ning ko‘p qismini to‘lashadi.

Klublar uchun pullar

XXI asr boshlarida bundesliga asosan televideniyedan olinadigan daromad evaziga yashardi. Lekin 2002 yili Leo Kirxning mediaxoldingi inqirozga yuz tutdi. Natijada klublar quruq qolishdi. Kirxning o‘rnini egallashga hech kim shoshilmasdi. Oqibatda klublar xarajatlarni kamaytirishga o‘tishdi. Legionerlardan voz kechib, mahalliy yosh futbolchilarga e’tibor kuchaydi. Masalan, 2003 yili shu yo‘lni tutgan «Shtutgart» ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘shanda jamoa safida hali tanilib ulgurmagan Timo Xildebrand, Kevin Kurani, Andreas Xinkel, Aleksandr Gleb kabi futbolchilar o‘ynashardi. Ke­yinchalik boshqa klublar ham shu modelni takrorlashga o‘tishdi. 2006|2007 yillar mavsumiga kelib Germaniyada legionerlar limitini bekor qilishdi. Chunki endi buning keragi ham yo‘q edi. Klublar xorijdan arzon ishchi kuchini xarid qilishni to‘xtatishgandi. Faqatgina aniq bir reja asosida kuchli legionerlarni sotib olishni boshlashdi. GFI esa bunga qarshilik qilmadi.

Germaniya klublarining moliyaviy holatlari yaxshilanganiga ancha bo‘ldi. Buning ustiga bundesliga Yevropaning eng serdaromad ligasiga aylandi. «Nimaga  APL emas?», deb so‘rashingiz mumkin. To‘g‘ri, Angliya klublarining daromadlari ancha katta. Lekin tumanli albiondagi jamoa­larning aksariyati ziyonga ishlaydi. Germaniyada esa daromad xarajatdan ko‘p. Maoshlar ham katta emas. Misol uchun, Angliyada futbolchi Germaniyaga qaraganda 1,5-2 baravar ko‘p haq oladi.

Klublarga kimlar egalik qiladi?

Yana Angliyaga solishtirsak. U yerda klublarga oligarxlar egalik qilishadi. Agar jamoaning ishlari orqaga ketsa, hamisha yordam beradilar. Shu bois ham inglizlar yangi futbolchilarni xarid qilishda to‘xtab turishmaydi.

Germaniya qonunlariga muvofiq, klublarga bir kishi egalik qila olmaydi. 50 foizdan oshiqroq aksiya «sport jamiyatlari»ga tegishli bo‘ladi. Ya’ni shu jamoa muxlislariga. Rus oligarxi yoki arab shayxi nemis klubini sotib ololmaydi.

Ammo bu qoidani chetlab o‘tishning bir yo‘li bor. Investor kompaniya nazorat paketni qo‘lga kiritishi mumkin. Faqat buning uchun shu klubga kamida 20 yil yordam bergan bo‘lishi lozim.

Shu bois ham «Bayer» va «Volfsburg» klublariga yirik kompaniyalar egalik qilishadi. Qolgan klublar esa yuqoridagi qoidalar asosida yashashadi.

Bordi-yu klub moliyaviy inqirozga yuz tutsa, hech kim yordam bermaydi. Shu bois ham jamoalar bunday holatga tushib qolmaslik uchun harakat qilishadi.

Yaqinda bundesligada Hasan Ismaik va RedBull paydo bo‘ldi. Birinchisi iordaniyalik milliarder, Arabtec qurilish kompaniyasi egasi. U «Myunxen-1860» klubi aksiyalarining 49 foizini 18 million yevroga sotib olgan. Uning pullari klubni bankrotlikdan qutqardi. Ismaikning maqsadi nazorat paketiga egalik qilish. Hozircha bu borada jiddiy urinishlar qilmadi.

Nemis futbolining asosiy antagonisti RedBull hisoblanadi. Avstriya kompaniyasi «RB Leypsig» klubini «dunyoga keltirdi». Bu korporasiya Avstriya va AQSHda o‘z klublariga ega. Sportga qilinadigan xarajatlar borasida faqatgina Adidas, Nike va Coca-Coladan keyingi o‘rinda turadi. Ammo RedBull ni homiylik kamroq qiziqtiradi.

2006 yili kompaniya Leypsigning «Zaxsen» klubiga nomini olib yurishi uchun tilla tog‘larni va’da qilgandi. Garchi bu jamoa to‘rtinchi divizionda o‘ynasada, fanatlar bunga qarshilik qilishgan. Futbol ittifoqi esa klublarda kompaniyalar nomi bo‘lmasligini aytdi. Natijada RedBull buning o‘zgacha yo‘lini topdi. Shu orqali «RB Leypsig» tug‘ildi. RB - RasenBallsport yana maydonda to‘p o‘ynash degani, RedBull emas. Brendni futbol jamoasiga aylantirishda Leypsigdan uzoqda bo‘lmagan «Markranshtedt» klubi yordam berdi. Bu jamoa 5-divizionda to‘p surardi. Ular qo‘shilishga rozi bo‘lishgan.

«Bavariya» - bundesfutbol lokomotivi

«Bavariya» Germaniyadagi sport va moliyaviy tarafdan ham eng yirik klub hisoblanadi. Ushbu sport jamiyatining 225 ming nafar a’zosi bor.

Ayni paytda klubning 24,9 foiz aksiyasi Germaniyaning uchta yirik kompaniyasiga tegishli: Adidas, Allianz sug‘urta kompaniyasi va Volkswagen avtokonserni tarkibiga kiruvchi Audi kompaniyasi.

Allianz «Bavariya»ning 8,3 foiz aksiyasi uchun 110 million yevro to‘ladi. Shuningdek, jamoa shu kompaniya nomi aks etgan «Alyans Arena» stadionida o‘ynaydi. Qolaversa, jamoa ko‘p yillardan buyon asosiy homiysi - Adidas kompaniyasi liboslarini kiyadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:53, 16.07.2017. O'qildi: 4789 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Насаф Husayn Norchayev 8
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
5 Бунёдкор Luis Kachorri 6
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.