Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 01.08.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Paxtakor
      • 01.08.2025 20:00
      • Buxoro
      • -:-
      • OKMK
      • 02.08.2025 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 02.08.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Nasaf
      • 02.08.2025 21:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

01/08/25 Mash’al - Paxtakor
01/08/25 Buxoro - OKMK
02/08/25 Neftchi - Bunyodkor
02/08/25 So‘g‘diyona - Nasaf
02/08/25 Dinamo - Navbahor
03/08/25 Andijon - Qo‘qon-1912
03/08/25 Sho‘rtan - Xorazm
03/08/25 Surxon - Qizilqum

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.08.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Кубок Испании. 1/2 финала. "Барселона" - "Атлетико Мадрид". 1-й матч.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бодрум" - "Фенербахче".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Италии. 1/2 финала. "Милан" - "Интер". 1-й матч.
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Галатасарай".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Кубок Испании. 1/2 финала. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид". 1-й матч.
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Самсунспор".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Форталеза".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ОФК.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/2 финала. "Барселона" - "Атлетико Мадрид". 1-й матч.
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Бодрум" - "Фенербахче".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/2 финала. "Милан" - "Интер". 1-й матч.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.08.2025

      05:00 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Вышка. Финал.
      06:30 "Вопреки всему".
      06:55 LIVE Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 6. Утренняя сессия. Прямая трансляция.
      09:30 Лёгкая атлетика. "Кубок Урал Логистики Вороново" в Москве. Ходьба.
      10:25 Лёгкая атлетика. "Кубок Урал Логистики Вороново" в Москве. Бег на 1 милю.
      10:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      12:50 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:15 "Страна спортивная".
      13:35 "Культовые".
      14:05 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. Финал. Прямая трансляция.
      15:55 LIVE Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 6. Вечерняя сессия. Финалы. Прямая трансляция.
      18:15 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Туринг-лайт. Гонка 1.
      18:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP TCR. Гонка 1.
      19:20 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Shortcut. Гонка 1.
      19:50 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Казань Ринг Каньон". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      20:15 "Вопреки всему".
      20:45 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 6. Утренняя сессия.
      23:30 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. 1/2 финала.
      01:40 "Культовые".
      02:05 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 6. Вечерняя сессия. Финалы.
      04:35 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.08.2025

      05:25 Новости.
      05:30 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 3.
      06:55 LIVE Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 6. Утренняя сессия. Прямая трансляция.
      09:30 Новости.
      09:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:30 Новости.
      10:35 "Небесная грация".
      10:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      12:55 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      14:00 Новости.
      14:05 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. Прямая трансляция.
      15:55 LIVE Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. День 6. Вечерняя сессия. Финалы. Прямая трансляция.
      18:15 Новости.
      18:20 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 118" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:40 LIVE Пляжный футбол. Московский международный кубок. "Аль-Махмаль" (Саудовская Аравия) - "Локомотив" (Россия). Прямая трансляция.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:20 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Де-Мойне, США. Предварительный кард. Яна Сантос против Миши Тейт.
      01:50 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 5 на автодроме "Игора Драйв".
      02:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:50 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Этап в Москве.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.08.2025

      05:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 6.
      07:00 Автоспорт. Формула E. Финальный этап в Лондоне, Великобритания. Обзор.
      08:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Обзор.
      09:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. 1/4 финала.
      11:00 LIVE Снукер. Shanghai Masters в Китае. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 14 в Локете, Чехия. Класс MX2. Гонка 2.
      14:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 14 в Локете, Чехия. Класс MXGP. Гонка 2.
      15:00 Олимпийский канал. Д/ф "Том Дейли: 1,6 секунды".
      17:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 1 эп.
      17:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 6.
      18:15 LIVE Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 7. Прямая трансляция.
      21:15 Велоспорт. Гонка "Классика Сан-Себастьяна" 2024 в Испании. Обзор.
      22:00 Автоспорт. Формула E. Финальный этап в Лондоне, Великобритания. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. 1/2 финала.
      01:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 7.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Biz bilmagan Aleksis Sanches

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Aeroportga yetib borguncha hech kim miq etmadi. Nimani ham gapirishsin? Murabbiy Marselo Byelsa fikrini kiyim almashtirish xonasidayoq bayon etib ulgurgan:

Vidal birorta topshiriqni bajarolmadi, Medel himoyani sayr maydoniga aylantirdi, Sanches esa yuqoridan uzatilgan to‘plar uchun kurashmadi. JCH-2010 saralashi rosa qizigan, ular esa Ekvadorga yutqazishdi, oldinda Argentina termasi kutib turibdi – bu jamoani yutib ko‘rchi!

Shuning uchun hammalari og‘zilariga talqon solib olishganday edi. Manzilgacha shu zayl yetib olishlari ham mumkin edi, ammo Aleksis to‘satdan o‘rindiqlar orasiga tushib, «breyk-dans» raqsini namoyish eta boshladi. Futbolchilar kulgudan o‘zlarini tiya olishmadi, lekin murabbiy hamon sukut saqlardi.

Shunda Sanches barmoqlari bilan uni ko‘rsatdi-da, polga yiqildi va raqsini yakunladi. Va nihoyat, Byelsa ham taslim bo‘ldi. U avval jilmaydi, so‘ngra xandon otib kula boshladi.

Oradan 4 kun o‘tgach, uning shogirdlari Argentina termasini mag‘lub etishdi.

Yuqorida qayd etilgan voqea 2008 yilning oktyabrida sodir bo‘lgandi. 2011 yilning fevralida esa Sanches «Udineze»dan «Palermo»ga keldi - o‘shanda anchayin obro‘li bo‘lgan, Siriguday posboni, Darmianday himoyachisi va Pastoreday yarimhimoyachisi bor jamoaga. «Udineze»dagi raqobat ham shunga monand edi: masalan, Xuan Kuadrado sotuvga qo‘yilgandi, boisi, chililik Islaga raqobatni boy bergandi. Qisqasi, tanaffusgacha «Udineze» 5:0 hisobida oldinda bordi, Sanches 3ta gol urdi. Agar Ekvador avtobusida u murabbiyni hayratda qoldirgan bo‘lsa, Sisiliya kiyim almashtirish xonasida barchasi aksincha rivojlandi. Franchesko Gvidolin shunday dedi: «Bizga imkon tug‘ildi deguncha gol urish va raqibni yakson qilish shart emas. Qanchalik kuchliligimizni ko‘rsatishning hojati yo‘q: minglab to‘p kiritsangiz ham 3 ochkodan ortig‘ini ololmaymiz. Eng muhimi, kuchimizni keyingi bahslarga asrash». Bularning barchasini tinglagan Sanches maydonga qaytdi va 4 daqiqadan so‘ng hisob 6:0ga yetdi.

- Nima ham qila olardim, hammasi avtomat tarzda, o‘z-o‘zidan sodir bo‘l­yapti.

- O‘z-o‘zidan, deysanmi, buni senga ko‘rsatib qo‘yaman!

Oradan yana 3 daqiqa o‘tgach, Gvidolin maydondan Sanchesni olib tashladi...

«Hech qachon kimga muxlislik qilayotganingni aytma, - deb maslahat bergandi darvozabon Nelson Tapia. - Kattalar futbolida bu faqat xalaqit qilishi mumkin».

«Kobreloa»da Sanchesga atalgan butsalar kichkina kelgani futbolchining hamon yodida. Shunga qaramay, iqtidorli hujumchi bu jamoadagi birinchi golini urdi. Keyinchalik Nike Aleksisni nisbatan qulayroq poyabzal bilan ta’minlab, o‘z mahsulotini reklama qilishni ham unutmadi. Tapia aytganidek, Sanches sevimli jamoasi to‘g‘risida og‘iz ochmadi, biroq 2009 yili Boliviyada 2-to‘pini kiritgach, chap tizzasiga cho‘kkaladi-da o‘ng ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga ko‘tardi. «Universidad»ning 90-yillardagi ramzi Marselo Salas o‘z gollarini ayni tarzda nishonlardi. Sanches aynan shu futbolchiga muxlislik qilardi.

2001 yili sevimli klubi uni rad etdi, biroq «Kobreloa» skauti Karlos Valdebenitoning qarori qat’iy edi: futbolchining texnikasi ajoyib, olish kerak. Aleksisning amakisi Ramon Santyagogacha boradigan avtobusga chipta xarid qildi va Sanches uyidan 1,5 ming km. uzoqqa yo‘l oldi. Manzilgacha salkam bir sutka vaqt sarflagan bo‘lsa-da, «Kolo-Kolo» darvozasiga 3ta to‘p kiritdi va «Kobreloa»da qoldi. Biroq xorijdagi ilk musobaqa - Yaponiya safarini o‘tkazib yubordi. Chilidan uchish uchun onasining notarial tartibda tasdiqlangan ruxsatnomasi kerak edi, lekin «Kobreloa» menejeri Rikardo Karvaxal ayolni topolmadi: u boshqalarning uyini tozalash va baliq sotish bilan shug‘ullanar, qayerdaligini esa hech kim bilmasdi.

Sanches 16 yoshga to‘lganida Chili o‘smirlar terma jamoasi tarkibida Paragvaydagi turnirda ishtirok etdi. Murabbiy Xorxe Aravena hayratda edi: Aleksis kunlik maoshini onasi uchun sarflaydigan jamoadagi yagona o‘yinchi sanalardi. Musobaqaning ikkinchi uchrashuvida Aleksis jarohat oldi, uyga qaytarib yubormasliklarini iltimos qilib, qo‘li gipslangan holda yana 2ta o‘yin o‘tkazdi.

Aleksis Kanadada o‘tgan yoshlar chempionatida omma e’tiboriga tushdi - o‘shanda chililiklar yarim finalga qadar yetib borishgandi. U yerdagi raqib esa tarkibida Aguero va Di Mariyalari bor Argentina termasi edi. Sanches yelkasidan olgan jarohati sabab boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmadi, murabbiy futbolchini o‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganida tushirdi. Biroq kech bo‘lgandi, hakam Volfgang Shtark dastlab Arturo Vidalni, keyin esa yana bir xavbek Dagoberto Kurrimilyuni maydonda chetlatgandi. Oqibatda, chililiklar 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. O‘yindan so‘ng ularni yuzlab muxlislar qarshi olishdi. Polisiya futbolchilarga ishqibozlarga yaqinlashmaslikni uqtirishiga qaramay, ular buyruqqa quloq solishmadi va tartibsizlik boshlandi. Tartib posbonlari o‘yin­chilarni avtobuslarga majburlab chiqarishar, u yerda esa nafas olish qiyin edi - muxlisalardan biri salonga ko‘zni achishtiruvchi moslama tashlagandi. Natijada futbolchilar avtobus oynasidan pastga sakray boshlashdi, tashqarida esa ularni polisiya kutardi. Bu pallada Aleksis dushda sochlarini tartibga keltirardi. «Sanches odatdagiday kiyim almashtirish xonasidan oxirgi bo‘lib chiqdi, - degandi Chili yoshlarining ikkinchi murabbiyi Rodolf Dubo Aleksis haqida kitob yozgan jurnalistlar Danilo Dias va Nikolas Oleoga. - To‘rt polisiyachi uni ushlab olishdi-da, yerga bosishdi. Biz futbolchining yelkasi jarohatlanganini aytib baqirardik, lekin bizni hech kim eshitmasdi. Sanches og‘riqdan ing­rar, tartib posbonlari esa eshitishmasdi».

Argentinalik agentlar - Felisevich va Tallariko Aleksisning «Udineze»ga transferini amalga oshirishdi, ammo u hali to‘la balog‘at yoshiga yetmaganligi bois, Chilining «Kolo-Kolo»siga bir yilga ijaraga berib yuborildi. Sanches ilk mashg‘ulotiga ko‘k butsada chiqdi va bu bilan murabbiy Klaudio Borgining qonini qaynatdi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘k - «Universidad»ning rangi hisoblanib, mazkur jamoa «Kolo-Kolo»ning ashaddiy raqobatchisi sanalarkan! Ammo bu ham hali hammasi emasdi. Bir kuni «Kolo-Kolo» yarim himoyachisi Arturo Vidal maydonga turli ranglardagi butsalarda yugurib chiqdi va Borgi uni mashg‘ulotlardan haydab yubordi.

2007 yilning 14 noyabrida Aleksisning vatani Tokopilyada kuchli zilzila kuzatildi: 4 daqiqa ichida shaharning yarmi xarobaga aylandi, Aleksisning onasi Martina jarohat oldi, uylari vayron bo‘ldi. Sanchesning singlisi undan uyga kelmaslikni so‘radi, ammo qahramonimiz Tokopilyaga shamolday uchdi va yaqinlarining xonadonlarini tiklashga 2 mln. Chili pesosi (taxminan 300 ming yevro) miqdoridagi jamg‘armasini sarfladi.

Aleksisning tog‘asi Xose o‘sha zilziladan keyin bir necha yil o‘tgach, saratondan vafot etdi. Aynan u Sanchesni futbolga oshno qilgandi. Zero, Tokopilyada o‘sha paytlarda beysbol ancha ommalashgan, ammo «Universi­dad»­ga bo‘lgan muhabbati bois, Aleksis uylari yaqinidagi asfaltda futbol o‘ynardi. Shuningdek, avtomobillarni yuvdi, qamoqxona soqchilari - o‘zidan kamida 30 yosh katta odamlar bilan to‘p ortidan yugurdi.

Yana 2000-yillar oxirlariga qaytsak. Yoshlar o‘rtasidagi birinchilikdan so‘ng, Aleksis «River Pleyt» safiga qo‘shildi. Jamoani Daniel Passarella va Diyego Simeone boshqarishardi. «Tigre» bilan o‘yinda Sanches himoyachi Blenxioga to‘qnashib, yana yelkasidan jarohat oldi va boshqa Passarella qo‘l ostida o‘ynamadi, hisob. Biroq Simeone bilan Argentina chempioni bo‘ldi. Termada Aleksisni boshqa argentinalik - Marselo Byelsa shug‘ullantirdi. Fevralda chililiklarni Janubiy Afrikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi kutardi va Byelsa yordamchisi Eduardo Berissoga Argentinadan ikki o‘yinchi - Sanches va Valdo Ponseni («Veles Sarsfild») olib kelishni buyurdi.

Ular Buenos-Ayres aeroportiga yetib kelishganida Aleksis pasportining muddati tugaganini bilib qoldi. Berisso vahimaga tushdi, lekin Sanches uni tinchlantirdi: «Hozir hammasini hal qilamiz». U migrasiya xizmati ofiseriga yaqinlashib, so‘radi:

- Do‘stim, senga futbol yoqadimi?

- Ha.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasan?

- «River»ga.

- Buni qara-ya! - Sanches shunday deya Berissoning yelkasidan tutdi. - Oldingda «River»ning ikki yulduzi turibdi! Buyuk Berissoni ham tanishing shubhasiz! Shunday ekan, bizni mazkur reysga o‘tkazib yuborishing shart.

Ofiser xandon otib kuldi-da, Aleksisni xonasiga boshlab kirdi. U yerda pasportning amal qilish muddati uzaytirib berildi. Bir necha kundan so‘ng chililiklar Janubiy Afrikani mag‘lub etishdi - 2:0. Hisobni kim ochganini taxmin qilib ko‘ring-chi...

Oradan bir necha oy o‘tgach, Sanches «Kolon» darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritdi - «River»ga chempionlik maqomini bergan golni urdi. Jamoasi 18-daqiqadan boshlab maydonda kamchilik bo‘lib qoldi - shu vaqt mobaynida himoyachi Ponsio ikkita sariq kartochka olishga ulgurdi. Aleksis esa 2-bo‘limda Diyego Buonanottening o‘rniga tushdi. 10 daqiqa o‘tib, Abreu almashtirilganidan ke­yin esa maydonda yagona hujumchi bo‘lib qoldi. Chunki Simeone uchrashuvni qarshi hujum yordamida nihoyasiga yetkazishga qaror qilgandi. Ayni uslub tufayli Sanchesning oltin goli tug‘ildi va shunday so‘ng «River» fanatlari bor ovozlari bilan «Chililik! Chililik!», deya olqishlay boshlashdi - xuddi 90-yillar o‘rtalarida Marselo Salasni qo‘llab-quvvatlashgani kabi. Sanches «A» seriyaga ko‘chib o‘tganida Salas unga italyan tilini o‘rganishda yordamlashdi. Italiyadagi dastlabki 2 yil mobaynida Aleksis ko‘proq qanot forvardi vazifasini bajarib, 8ta gol urdi. Lekin «Udineze» uni Fransiya va Rossiyadagi klublarga sotishni istamay, uchinchi yilga ham qoldirdi. Yangi murabbiy Gvidolin ikki hujumchi sxemasini tanlagach, Sanches hujumda ko‘proq erkinlikka ega bo‘ldi. Oxir-oqibat, Antonio Di Natale bilan birga 40ta gol urdi.

«Udineze» Aleksisni 3 mln. yevroga sotib oldi, «Barselona»ga esa 26 mln.ga (bonuslar bilan) pulladi. Sanchesning xaridorlari orasida «Manchester Siti» ham bor edi. Futbolchining sobiq skauti Barri Xanter (hozir u «Liverpul»da) futbolchining sha’nini bulg‘aydigan ma’lumotlarni to‘pladi va ular keyinchalik FourFourTwoda chop etildi.

Aleksis Italiyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng bir necha oy o‘tgach, «Udineze» «Milan» mehmoni bo‘ldi. Aleksis hisob 1:5 bo‘lib turganida Antonio Floro Floresning o‘rniga maydonga tushdi. Muhim voqealardan biri esa oradan 5 daqiqa o‘tgach ro‘y berdi: maydonda Aleshandre Pato o‘rnida Andrey Shevchenko paydo bo‘ldi. Sanches bahs yakunlangach, Shevaga yaqinlashib, shunday dedi: «PlayStationda doim Shevchenkoni tanlardim va sen doim menga gollar olib kelarding».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 23.07.2017. O'qildi: 17868 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.